Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2013 — 2017-yillarda “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Paxta tolasini sertifikatlash milliy tizimini dinamik va barqaror rivojlantirishni taʼminlash, shuningdek ilgʻor asbob-uskunalarni joriy etish, paxta tolasi sifatini baholashning yuqori xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan zamonaviy yaxlit tizimini izchil shakllantirish hisobiga oʻzbek paxtasining raqobatga bardoshligini oshirish va xaridorlarning ishonchini qozonish, sinovlarning xalqaro tizimiga keng integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2013—2017-yillarda “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Belgilansinki, “Sifat” markazining paxta mahsulotini sertifikatlash va tarozida tortishga doir koʻrsatilgan xizmatlar uchun tushadigan oʻz mablagʻlari Dasturni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
“Sifat” markazi moliyaviy mablagʻlar Dasturni maqsadli moliyalashtirish uchun alohida subhisobraqamida jamlanishini taʼminlasin.
4. “Sifat” markazining paxta tolasi sifatini baholash milliy tizimini xalqaro meʼyorlar va standartlarga muvofiq boʻlgan yuqori unumli NVI avtomatlashtirilgan tizimlar va ularga butlovchi uskunalar bilan texnologik jihatdan qayta jihozlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi texnik parametrlari boʻyicha xalqaro talablarga muvofiq boʻlgan yuqori unumli NVI avtomatlashtirilgan tizimlar va ularga butlovchi uskunalar xarid qilishda “Sifat” markaziga koʻmaklashsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli bank bilan birgalikda “Sifat” markazining maxsus hisob raqamida jamlangan mablagʻlar Dastur doirasida yuqori unumli NVI avtomatlashtirilgan tizimlar va ularga butlovchi uskunalar xarid qilish uchun zarur boʻlgan hajmda belgilangan tartibda konvertatsiya qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
7. “Sifat” markazi Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida har yillik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 12-yanvar,
6-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 30-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda)