Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi yigʻimlar va boshqa toʻlovlar undirmasdan tegishli ravishda:
tugatilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va ular hududiy organlarining (keyingi oʻrinlarda tugatilayotgan organlar deb ataladi) Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlariga oʻtayotgan avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida tegishli ravishda qayta roʻyxatdan oʻtkazsin;
tugatilayotgan organlarning nomi oʻzgarishi munosabati bilan ularning koʻchmas mulki kadastr hujjatlarini tegishli ravishda Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlariga qayta roʻyxatdan oʻtkazsin;
organlarning tugatilishi munosabati bilan xoʻjalik jamiyatlarining taʼsis hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlarining depo hisobvaraqlaridagi aksiyalar davlat paketlarini tegishli ravishda Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlarining depo hisobvaraqlariga oʻtkazsin.
3. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
tugatilayotgan organlar tomonidan tuzilgan barcha shartnomalar, shu jumladan davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha tegishli ravishda Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari huquqiy voris hisoblanadilar hamda ushbu shartnomalar qayta tuzilmaydi;
tugatilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan savdolarga qoʻyilgan obyektlar boʻyicha Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari sotuvchi funksiyalarini amalga oshiradilar, bunda savdolar shartlari va turlari oʻzgarishsiz qoladi, obyektlar esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi tugatilishi munosabati bilan savdolardan olib qoʻyilishi, qayta baholanishi va takroran savdolarga qoʻyilmaydi;
tugatilayotgan organlarning budjetdan tashqari jamgʻarmalaridagi pul mablagʻlari qoldiqlari toʻliq hajmda Davlat raqobat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
tugatilayotgan organlar tomonidan ilgari berilgan litsenziyalar, huquq belgilovchi, ruxsat beruvchi hujjatlar hamda ular tomonidan ilgari qabul qilingan qarorlar oʻz kuchida qoladi va tugatilayotgan organlar nomi oʻzgarganligi tufayli bekor qilinmaydi yoxud oʻzgartirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparatining va uning hududiy organlarining, shuningdek tugatilayotgan organlarning taʼminoti, shu jumladan ularni tugatish bilan bogʻliq xarajatlar 2012-yil oxirigacha — tugatilayotgan organlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga va doirasida, 2013-yildan boshlab esa — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
5. Xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari tadqiqotlari markazi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini va Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi negizida ular qoʻshib yuborish yoʻli bilan tashkil etilishi belgilab qoʻyilsin.
6. “Birja” noshirlik uyi MChJ va “Isteʼmolchi” MChJni qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etish asosida ular negizida iqtisodiyotga oid gazeta va jurnallar nashr etish yoʻli bilan tadbirkorlarni va mamlakat aholisini tezkor va ishonchli iqtisodiy maʼlumotlar bilan taʼminlash, shuningdek internet-portalni muntazam toʻldirib borish uchun davlat ulushi kamida 51 foizdan iborat (jamiyat qatnashchilari tarkibida birjalarni saqlab qolgan holda) “Biznes-Daily Media” MChJ tashkil etish toʻgʻrisidagi Davlat raqobat qoʻmitasining taklifiga hamda jamiyat qatnashchilarining qaroriga rozilik berilsin.
7. Davlat raqobat qoʻmitasiga “Biznes-Daily Media” MChJ faoliyatini rivojlantirish uchun Davlat raqobat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasining 10 foizgacha mablagʻlarini, keyinchalik ularni belgilangan tartibda ustav fondiga kapitallashtirgan holda yoʻnaltirishga ruxsat etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-dekabr,
374-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Davlat raqobat qoʻmitasi xususiylashtirish, davlat mulkini boshqarish, qimmatli qogʻozlar bozori, monopoliyaga qarshi siyosat, raqobatni rivojlantirish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, birja, baholash, rieltorlik va reklama faoliyati sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi va oʻz faoliyatini davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Davlat raqobat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari taʼminoti, ularni moddiy-texnik taʼminlash:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Davlat raqobat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
7. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega boʻladi.
II. Davlat raqobat qoʻmitasining vazifalari
8. Quyidagilar Davlat raqobat qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav jamgʻarmalaridagi davlatga tegishli aktivlarni hamda aksiyalar paketlari (ulushlari)ni xususiy mulkka sotish, davlat mulkining xususiy mulk egalariga sotilishida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlovchi davlat mulkidan chiqarishning yangi shakl va usullarini joriy etish, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining ular tomonidan bajarilishi ustidan monitoring olib borish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
eng avvalo, aksiyadorlik jamiyatlarining kapitallashuvi va rentabelligi oʻsishini ragʻbatlantirish hisobiga fond bozorini, ayniqsa ikkilamchi fond bozorini rivojlantirish, tadbirkorlar va aholining xabardorligini kengaytirish, ularning birja operatsiyalarida faol ishtirokini taʼminlash bozor infratuzilmasini yanada takomillashtirish, savdolarni elektron shaklda oʻtkazishga toʻliq oʻtish chora-tadbirlarini tizimli asosda amalga oshirish;
aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlarning va kuzatuvchi kengashlarning rolini tubdan oshirishga, minoritar aksiyadorlarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlashga, korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish;
monopoliyaga qarshi samarali tartibotlar oʻrnatish hamda tovar va moliya bozorlarida raqobat cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish, raqobat va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilib borish;
raqobat muhitini rivojlantirish uchun qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlarida, birinchi navbatda ichki isteʼmol bozorida va reklama sohasida insofsiz raqobatga chek qoʻyish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jamoat tuzilmalari bilan yaqindan muvofiqlashtirilgan holda isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlari va huquqlari himoya qilinishini taʼminlash;
past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish, ularni, birinchi navbatda,yangi investorlarni jalb etish, modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash, mahsulot tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yangi raqobatbardosh mahsulot turlarini oʻzlashtirish hisobiga moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va bankrot qilish borasidagi funksiyalarni bajarish, sudgacha va sud sanatsiyasini oʻtkazish, bankrot korxonalarning tashqi boshqaruvi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
III. Davlat raqobat qoʻmitasining asosiy funksiyalari
9. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) xususiylashtirish obyektlarini sotishdan oldin tayyorlash va realizatsiya qilish, investorlar tomonidan majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish sohasida:
nostrategik korxonalarda davlatning ishtirokini qisqartirishni taʼminlaydi;
manfaatdor davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarini jalb etgan holda xususiylashtirish boʻyicha davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
xususiylashtirish obyektlarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshiradi va xususiylashtirishning, shu jumladan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga bepul beriladigan obyektlarni xususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilaydi;
xususiylashtirish obyektlari, shartlari va shakllari yuzasidan qabul qilinadigan qarorlarning oshkoraligi va ochiqligini taʼminlaydi, xususiylashtiriladigan korxonalar - emitentlar va ular tomonidan chiqariladigan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi axborotni tarqatadi, shuningdek mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida reklama-axborot ishlarini amalga oshiradi;
xususiylashtirish obyektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlangʻich sotuv narxini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan davlatga tegishli qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va xorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va xalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;
xususiylashtirish obyektlarining oldi-sotdisi boʻyicha Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tuziladigan bitimlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi, shu jumladan investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib boradi;
yangi mulkdorga xususiylashtirilgan obyektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek xaridorning xizmat koʻrsatuvchi depozitariysiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni oʻtkazishga (razblokirovka qilishga) depo topshirigʻini taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
xususiylashtirish bilan bogʻliq jarayonlarni tahlil qiladi hamda xususiy mulkdorlar tomonidan xususiylashtirish obyektlari sotilishining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlaydigan xususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu jumladan mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantiradi;
b) qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish va korporativ boshqaruv sohasida:
qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishga, shuningdek qimmatli qogʻozlar birja savdosi tamoyillariga rioya qilishni taʼminlashga doir choralar koʻradi;
moliyaviy vositalarning yangi turlarini, shu jumladan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etish imkonini beradigan qimmatli qogʻozlar hosilalarini joriy etishga koʻmaklashadi;
davlat boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozorini, shuningdek ushbu bozorni rivojlantirish uchun zarur muhit va infratuzilmani shakllantirish va ularning amal qilishi jarayonlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;
qimmatli qogʻozlar bozorida fuqarolarning va xorijiy investorlarning, shu jumladan investitsion va professional faoliyatni ragʻbatlantirish, qimmatli qogʻozlar bozorida jamoaviy investitsiya qoʻyish shartlarini takomillashtirish yoʻli bilan faolligini oshirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
savdolarni oʻtkazishning elektron shakliga toʻliq oʻtishni va qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyat koʻrsatishining xalqaro amaliyotini joriy etish choralarini koʻradi;
korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish bilan bogʻliq jarayonlarni tahlil qiladi va korporativ munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantiradi;
xoʻjalik jamiyatlarida korporativ boshqarishni takomillashtirish, shu jumladan ularning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha xalqaro tamoyillar va qoidalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;
davlat-aksiyadorlik kompaniyalarining va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa xoʻjalik jamiyatlarining ijroiya organi hamda kuzatuv kengashi rahbarlarining korporativ boshqarishning sifatli tizimini joriy etish boʻyicha hisobotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida vaqti-vaqti bilan eshitilishini tashkil etadi;
davlat aktivlarini samarali boshqarish boʻyicha “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUKning hamda korporativ boshqarish va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ular faoliyati monitoringini olib boradi, shuningdek ularning samarali oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlaydi;
aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv va nazorat organlari faoliyatining amaliy masalalarini aks ettiruvchi korporativ boshqarish boʻyicha qoʻllanmalar chiqaradi, shuningdek investorlar va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarini taʼlim jihatidan qoʻllab-quvvatlashning shakllantirilishiga koʻmaklashadi;
xalqaro tashkilotlar doirasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama samarali oʻzaro hamkorlikni tashkil etish yoʻli bilan korporativ boshqarish va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish sohasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
v) davlat mulki obyektlarini tasarruf etish, shu jumladan ularni xatlovdan oʻtkazish, hisobga olish va samarali boshqarish sohasida:
davlat korxonalari va muassasalarining, shuningdek davlat korxonalari va muassasalarini xususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muassisi boʻladi;
qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat aksiyalar paketi (ulushi) boʻyicha xoʻjalik jamiyatlarining aksiyadori (ishtirokchisi) huquqlarini amalga oshiradi, shuningdek ushbu huquqlarni ishonchli boshqaruvchilarga va boshqa shaxslarga beradi;
“Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUK boshqaruviga beriladigan xoʻjalik jamiyatlari aksiyalari paketlari (ulushlar) roʻyxatini Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
davlat koʻchmas mulkini, davlat korxonalari va muassasalarini, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarini, shu jumladan chet eldagi va davlat nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ish koʻradigan xoʻjalik jamiyatlarining, davlat koʻchmas mulkini xatlovdan oʻtkazadi va hisobga oladi (xatlovdan oʻtkazish va hisobga olish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno);
davlat aksiyalar paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritadi;
davlat mulki boʻlgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi boʻladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat korxonalariga davlat mulkini berish yuzasidan davlat korxonalari tashkil etilishi kelishilishini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq davlat mulkini boshqarish masalalari boʻyicha davlat organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxati boʻyicha takliflarni Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring olib borish komissiyasiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi;
xoʻjalik jamiyatlarida davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlat ishonchli vakillari va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqidan foydalanuvchi (“oltin aksiya”) davlat vakillarini tayinlash va ozod etish yuzasidan takliflarni Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa — boshqa yuridik shaxslar bilan xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish shartnomalari tuzilishini taʼminlaydi;
davlatning ishonchli vakillari, davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar faoliyati monitoringi olib borilishini taʼminlaydi, aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yigʻilishlarida va kuzatuvchi kengashlar majlislarida ovoz berish tartibi boʻyicha ularga koʻrsatmalar beradi, shuningdek ularni taqdirlash tartibini belgilaydi;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tahlil qiladi, jamiyatning biznes-rejasi parametrlari muntazam ravishda bajarilmagan taqdirda esa — jamiyatning ijro etuvchi organi tarkibini oʻzgartirish tashabbusi bilan chiqadi;
g) monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish sohasida:
monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlariga va xoʻjalik boshqaruvi organlariga yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
raqobatga qarshi xatti-harakatlarni va tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ning shuningdek Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlarga narxlar asossiz oʻsishini aniqlaydi va ularning oldini oladi;
(9-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini oʻrganadi va xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhlarining ustunlik mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhlari qatnashchilarining tarkibini aniqlaydi;
tovar yoki moliya bozorida ustunlik mavqeyini egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, ularni qoʻshish yoki birlashtirishda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) aksiyalarni (ulushlarni) sotib olishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish, shuningdek tabiiy monopoliyalar subyektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishda tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar va tariflarni tahlil qiladi hamda tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining asossiz oshirib yuborilishidan va sifati pasayishidan isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiladi;
tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ga va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ustama narxlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliyalar subyektlari va ustunlik mavqeyini egallagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini narxlarni shakllantirishda deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarning asoslanganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va davlat organlari reyestrini yuritadi va eʼlon qiladi;
markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishda boshlangʻich narxlar shakllanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
oʻz vakolatlari doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzuvchi xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilishni taʼminlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari va ustunlik mavqeyini egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar yoki moliya bozorlariga kirishini taʼminlash boʻyicha qonun hujjatlari va boshqa hujjatlar ijro etilishini nazorat qiladi;
mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;
mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qoʻyilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
tanlov (tender) va birja savdolari oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi va majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilar roʻyxatini aniqlash yuzasidan takliflar kiritadi;
ustunlik mavqeyini egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliyalarning tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bogʻliq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki moliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar narxlari ustidan monitoring olib boradi;
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
d) isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida:
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;
isteʼmol tovarlariga narxlar va xizmatlarga tariflar monitoringini olib boradi, bozorda sifatsiz isteʼmol tovarlari va xizmatlar paydo boʻlishining oldini olish choralarini koʻradi;
jamoat tuzilmalari bilan birgalikda isteʼmolchilarning huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini, shuningdek aholining isteʼmol madaniyatini oshirish boʻyicha maʼrifiy ishlar olib borilishini amalga oshiradi;
reklama sohasida insofsiz raqobatga yoʻl qoʻymaslik va notoʻgʻri reklamaga barham berish maqsadida reklama bozorini tartibga solish chora-tadbirlarini koʻradi;
davlat organlari bilan birgalikda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga va reklama sohasida insofsiz raqobatning oldini olishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
e) bankrotlik, iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta oʻzgartirish va sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan nazorat qilish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish sohasida:
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliyaviy holatini, shu jumladan toʻlovga qodir boʻlmagan, zarar koʻrib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida maʼlumotlar bazasini yuritish yoʻli bilan monitoring va tahlil qiladi, shuningdek manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining takliflari asosida bankrotlik taomillarini qoʻllash tashabbusi bilan chiqish, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta oʻzgartirish va ixchamlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarda bankrotlik taomillarining borishi ustidan nazoratni tashkil etadi, shuningdek sudgacha sanatsiya, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv rejalarini kelishadi;
tijorat banklariga berilgan (realizatsiya qilingan) bankrot korxonalar boʻyicha ishlab chiqarish faoliyatini tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib boradi;
iqtisodiy nochor korxonalarda bankrotlik yoki sudgacha sanatsiya taomillarini amalga oshirishda kreditorlarning manfaatlari va aksiyadorlar (qatnashchilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzdor boʻlgan korxonalarning sudgacha sanatsiyasini oʻtkazish, uzaytirish yoki muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisida, shuningdek sudgacha sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
tarkibiy oʻzgartirilishi kerak boʻlgan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik taomillari qoʻllanilgan korxonalarning qurilishi tugallanmagan obyektlarini hamda asosiy fondlarini konservatsiya qilish va sotish masalalarini koʻrib chiqadi va bu haqdagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
sud boshqaruvchilarini tayyorlash tizimini tashkil etadi, ularni attestatsiyadan oʻtkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi, sud boshqaruvchilari attestatini berish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan korxonalarning sudgacha sanatsiyasini uzaytirish va muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlovga qodir boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta oʻzgartirish, ixchamlashtirish, moliyaviy sogʻlomlashtirish va sudgacha sanatsiyani amalga oshirish davrida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining zarar koʻrib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta oʻzgartirish, moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturlarini amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
tashqi boshqaruvchilarning, shuningdek davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan yoxud mulkida davlat ulushi boʻlgan sanatsiya qilinayotgan korxonalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
j) birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash sohasida:
birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalaydi;
baholovchilar va rieltorlarga malaka talablarini belgilaydi, ularga malaka sertifikatlari beradi;
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
birjalar, baholash, rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarning litsenziyalari hamda baholovchilar va rieltorlarning malaka sertifikatlari reyestrini yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda birja aʼzolari va rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi.
(9-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 180-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 27-son, 355-modda)
z) faoliyatning boshqa sohalarida:
Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy va metodologik bazani ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida zarur xatti-harakatlarni amalga oshiradi;
Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalarning hal etilishi boʻyicha sansalorlik, byurokratizm, muddatlar choʻzilishi holatlarini aniqlaydi va ularning bartaraf etilishini taʼminlaydi;
kadrlarni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etishni taʼminlaydi, Davlat raqobat qoʻmitasi hamda idoraviy mansub tuzilmalarining rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazadi;
xalqaro hamkorlikni va oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
10. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy organlar va uning idoraviy mansub tuzilmalari orqali amalga oshiradi.
IV. Davlat raqobat qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi
11. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatlari doirasida xususiylashtirish, davlat mulkini boshqarish va tasarruf etish, baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash, monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobatni rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama va bankrotlik, mol-mulkni va intellektual mulkni baholash standartlarini, birja standartlarini, rieltorlik faoliyati, birja savdolari elektron tizimlari standartlarini, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, muassislaridan biri davlat organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari boʻlgan davlat korxonalari, muassasalari va xoʻjalik birlashmalarini tashkil etish (qayta tashkil etish, tugatish) masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va metodik materiallarni tasdiqlash hamda koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish va ularni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar berish;
Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari va arizalar berish, normativ-huquqiy hujjatlar qoʻllanilishi va buzilishi bilan bogʻliq ishlarni sudda koʻrib chiqish jarayonida qatnashish;
davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan, shu jumladan tijorat banklaridan va boshqa tashkilotlardan Davlat raqobat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va materiallarni soʻrash va bepul olish;
Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar belgilari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;
Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha, shu jumladan korporativ boshqarishni, qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish, davlat aktivlarini samarali boshqarish, monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobatni rivojlantirish, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, bankrotlik va korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasi mablagʻlarini jamlash, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlash;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar)ni va mol-mulkni sotish, shuningdek ularni shu jumladan tashqi bozorlarda xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalariga (ulushiga) va mol-mulkiga almashtirish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;
investorlar tomonidan investitsion va/yoki boshqa majburiyatlar bajarilishini, shu jumladan investitsiya qoʻyish obyektiga borib oʻrganish;
muayyan davrga oʻzaro majburiyatlar va xususiylashtirilgan obyekt faoliyati shakllari toʻgʻrisida bitim tuzish;
shu jumladan, nostrategik kompaniyalarda davlat aksiyalari paketlari (ulushlari), shuningdek boshqa mol-mulk hisobiga ustav fondlarini shakllantirish yoʻli bilan yangi yuridik shaxslar tashkil etish, ularga oʻzining investitsion jalb etuvchanligini oshirish vazifalarini yuklash.
joyiga borgan holda xatlovdan oʻtkazish va davlat mulkidan foydalanish samaradorligini tekshirish;
idoraviy boʻysunishdan, idoraviy boʻysunish mavjud boʻlmaganda hududiy boʻysunishdan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kengashlarga yoki xoʻjalik jamiyatlarining yigʻilishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslariga, davlat boshqaruvi organlariga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga asoslangan taqdimnomalar kiritish yoʻli bilan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan davlat korxonalari, xoʻjalik jamiyatlari rahbarlarini almashtirish masalalari tashabbusi bilan chiqish;
davlat unitar korxonalarida, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida tashabbus koʻrsatiladigan auditorlik tekshirishlari oʻtkazish uchun auditorlik kompaniyalarini tanlov asosida aniqlash;
aksiyadorlik jamiyatlari, boshqa xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining aksiyalarini (ulushlari, paylarini) sotib olish;
amaliy tadqiqotlarni bajarish, ekspertiza oʻtkazish, normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarda modernizatsiyalash samaradorligini oshirish va marketingni rivojlantirish uchun ilmiy-tadqiqot, auditorlik, advokatlik, konsalting tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni, mustaqil ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish;
korporativ boshqarish, menejment, moliya va qimmatli qogʻozlar sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni ularni ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuvchi kengashlari tarkibiga kiritish uchun jalb etish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, bankrotlik va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish va qonun buzilishlarini aniqlash, ular boʻyicha ish qoʻzgʻash va (yoki) koʻrib chiqish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birjalar, baholash va rieltorlik tashkilotlarini ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish, qonun buzilishlaridan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa rejadan tashqari tekshirishlar oʻtkazish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, davlat organlarini, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarini tegishli javobgarlikka tortish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga, sud boshqaruvchilariga raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish va (yoki) ularning oqibatlarini bartaraf etish, dastlabki holatni tiklash toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek berilgan koʻrsatmalar bajarilishini nazorat qilish;
ustunlik mavqeyini egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish zarurligi toʻgʻrisida koʻrsatma berish, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan koʻrsatmalar ular tomonidan bajarilmagan taqdirda ustunlik mavqeyini egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ularni ajratib chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilish;
berilgan vakolatlar doirasida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va ularning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda jarimalar solish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi ishlari boʻyicha qarorlar qabul qilish, shu jumladan raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi natijasida asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olib qoʻyish va (yoki) isteʼmolchilarga qaytarish, shuningdek jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda tahlil qilish (oʻrganish, koʻrikdan oʻtkazish);
hayʼat qarori asosida xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasi boʻyicha, agar mablagʻlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish xoʻjalik yurituvchi subyektning bankrotligiga olib kelishi mumkin boʻlsa, undirilishi kerak boʻlgan summani boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish;
tegishli davlat organlariga litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini oʻzgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish yoxud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini taqdim etish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
zarar koʻrib ishlayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta oʻzgartirish, ixchamlashtirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturlarini shakllantirishda qatnashish, shuningdek ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, iqtisodiy tavakkalchilik guruhida turgan korxonalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini normallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berish;
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda sudgacha sanatsiyaning borishi monitoringini olib borish, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning bankrotlik taomillari amalga oshirilishini nazorat qilish;
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini, shuningdek tarkibiy qayta oʻzgartirish va sanatsiya amalga oshirilayotgan korxonalarning umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning funksional mansubligi boʻyicha tegishli xoʻjalik birlashmalari balansiga berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilishi aniqlangan taqdirda uni majburiyatlarni ijro etish boshqaruvchisidan ozod etish haqida xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilish, sud boshqaruvchilariga berilgan attestatlarning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatib turish va toʻxtatish;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan xoʻjalik jamiyati boʻyicha tugatish ishlarini amalga oshirishda qatnashish;
zarur hollarda boshqa davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish, shuningdek xulosalar olish uchun boshqa organlarning mutaxassislarini jalb etish;
Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun komissiyalar, kengashlar va boshqa maslahat organlari tashkil etish, shuningdek ularning nizomlari va tartibini tasdiqlash, zaruriyat boʻlganda ularga boshqa vazirliklar, idoralarning va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish;
Davlat raqobat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarini belgilangan tartibda tasarruf etish.
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda birja aʼzolari va rieltorlik tashkilotlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishini tekshirish, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 180-sonli qaroriga asosan oʻttiz yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 27-son, 355-modda)
Davlat raqobat qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
13. Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama va bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan mansabdor shaxslarga va fuqarolarga jarimalar solish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
14. Moliyaviy sanksiyalar solish boʻyicha Davlat raqobat qoʻmitasiga berilgan huquqlar va vakolatlar faqat Davlat raqobat qoʻmitasining markaziy apparatida va hududiy organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan maxsus komissiyalarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.
V. Davlat raqobat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish
15. Davlat raqobat qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Davlat raqobat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Davlat raqobat qoʻmitasi raisi:
Davlat raqobat qoʻmitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi va Davlat raqobat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari shtat jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy organlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
hududiy organlarning ular tomonidan qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarini (yozma koʻrsatmalarini) bekor qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Rais vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini birinchi oʻrinbosar bajaradi.
16. Davlat raqobat qoʻmitasida rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), Davlat raqobat qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Davlat raqobat qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat:
Davlat raqobat qoʻmitasi faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash.
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-maydagi 134-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 260-modda)
ijro intizomini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi taʼminlanishi uchun Davlat raqobat qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Hayʼat Davlat raqobat qoʻmitasining vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
Hayʼat majlislariga Davlat raqobat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hayʼat majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa Hayʼat vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hayʼat qarorlari Davlat raqobat qoʻmitasi raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va Hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.
Hayʼat faoliyatining tartibi Hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlari Davlat raqobat qoʻmitasi hayʼati qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Davlat raqobat qoʻmitasi hayʼati qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-maydagi 134-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 260-modda)
18. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari ekspert kengashlari va boshqa maslahat organlari tashkil etishga haqli, ular toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli ravishda Davlat raqobat qoʻmitasi raisi va hududiy organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
19. Quyidagilar Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari hisoblanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi;
viloyatlar va Toshkent shahrida — xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari bevosita Davlat raqobat qoʻmitasiga boʻysunadi va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar.
20. Hududiy organlar oʻz faoliyatini Davlat raqobat qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan oʻzlari toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
21. Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3 va 9-ilovalarda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
22. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlarining mansabdor shaxslari biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish va xizmat mavqeyini shaxsiy maqsadlarda foydalanish huquqiga ega emas.
VI. Davlat raqobat qoʻmitasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
23. Davlat raqobat qoʻmitasi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.
Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari xodimlariga Raqobat davlat qoʻmitasi tizimida uzluksiz muayyan muddat xizmat qilganlik uchun har yillik mukofot quyidagi miqdorlarda (lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) biryoʻla toʻlanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 0,6; 5 yildan 10 yilgacha — 0,8; 10 yildan 15 yilgacha — 1,0; 15 yildan ortiq — 1,5. Muayyan muddat xizmat qilganlik uchun toʻlanadigan mukofot olish huquqini beruvchi ish staji Davlat raqobat qoʻmitasi raisi tomonidan kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari ish haqi va boshqa mukofotlarni toʻlash manbalari hisoblanadi.
VII. Yakunlovchi qoida
24. Davlat raqobat qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda, 43-son, 573-modda; 2015-y., 20-son, 260-modda, 26-son, 340-modda, 27-son, 355-modda, 39-son, 507-modda; 2017-y., 26-son, 588-modda)