OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
“OʻZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASINING
“OʻZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASINING
Qarori
Sayyohlarga xizmat koʻrsatilgani uchun turistik firma va mehmonxona xoʻjaliklaridan undiriladigan turistik yigʻimlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 4-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1407-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrdagi 288-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 41-42-son, 478-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasining 2004-yil 29-avgustdagi 106 va 19-son “Sayyohlarga xizmat koʻrsatilgani uchun turistik firma va mehmonxona xoʻjaliklaridan undiriladigan turistik yigʻimlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1407, 2004-yil 13-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 413-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-dekabr,
91-son
“Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi raisi F. RIZAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-dekabr,
01/3711-son
Kelishilgan:
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2012-yil 24-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 13-modda)