Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 04.03.1998 yildagi PF-1939-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FOND BOZORINI YaNADA RIVOJLANTIRISh HAMDA DAVLAT MULKI NEGIZIDA TAShKIL ETILGAN AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxonalarning Oʻzbekiston va xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishdan manfaatdorligini oshirish, ularning texnik qayta jihozlanishini taʼminlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hamda fond bozoridagi faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxonalarning aksiyalari paketlarini Oʻzbekiston Prezidentining 1997-yil 31-martdagi 1740-sonli Farmonida belgilangan ulushlari boʻyicha quyidagi tartibda joylashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat jamoasi aksiyalari paketi aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxona tasarrufiga beriladi, jamoa aʼzolari oʻrtasida tarqatiladi hamda ular koʻzlagan tartibda foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli aksiyalar paketi davlat mulkini boshqarish vakolatiga ega boʻlgan organ sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi ixtiyorida qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin sotuv hamda xorijiy sarmoyadorlarga sotishga moʻljallangan aksiyalar paketlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxonalar tomonidan birgalikda joylashtiriladi va tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1999-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda erkin sotuv va xorijiy sarmoyadorlarga moʻljallangan aksiyalardan tushgan mablagʻ (valyuta hisobidagi tushumni ham hisobga olgan holda), istisno tarzida, toʻlaligicha (operatsiya xarajatlaridan tashqari) qaytarmaslik imtiyozi bilan, aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxonalarga oʻtkaziladi. Bu mablagʻ soliqqa tortilmaydi hamda undan ishlab chiqarilayotgan mahsulotni renavatsiya qilish va yangilash boʻyicha qatʼiy maqsad yoʻlida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilayotgan korxonalarning erkin sotuv va xorijiy sarmoyadorlarga moʻljallangan aksiyalarni sotishdan tushgan mablagʻlari maxsus ochiladigan maxsus ssuda hisoblarida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga 1999-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilayotgan korxonalar bilan birgalikda ularning erkin sotuv va xorijiy sarmoyalarga moʻljallangan aksiyalarini sotish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qoʻmitasi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarni sotishdan oʻz ixtiyorida qolgan mablagʻlardan aniq maqsadlarda foydalanishi ustidan nazorat qilsin. Bu mablagʻlardan koʻzda tutilgan maqsadlarda foydalanmaslik hollari aniqlangan taqdirda, ular respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayonida paydo boʻlgan aksiyalar yangi egalariga belgilangan tartibda sotilgunga qadar birinchi marta joylashtirilgan davlat mulki hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan dividendlarni oʻtkazish, ularni toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdagi holatiga koʻra, nizom jamgʻarmasining boshlangʻich hajmiga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning toʻla summasi boʻyicha, aksiyalarning davlatga tegishli, lekin sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar bilan birgalikda 1998-yilning 1 choragi mobaynida aksiyadorlar roʻyxatini ular olishi lozim boʻlgan dividendlarni toʻlash uchun davlatga tegishli boʻlgan aksiyalar paketlariga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida Xususiylashtirish Investitsiya Fondlari (XIFlar) faoliyatini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. Taklifda quyidagilar hisobga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIFlarni boshqaruvchi kompaniyalarning moliyaviy barqarorligi hamda ularning rahbarlari professional darajasiga talabchanlikni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIFlarni boshqarishning cheklangan kishilar doirasida konsentratsiyalashuvi va XIFlar aktivlari bilan gʻayriqonuniy operatsiyalar oʻtkazilishiga barham berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va Davlat Soliq qoʻmitasi bir hafta muddat ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi idoraviy meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalarni mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.Chjen hamda Moliya vaziri J.Sayfiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1939-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 44-modda)