18.02.1998 yildagi PF-1930-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.02.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IMPORT OPERATSIYALARINI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import operatsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish, bu operatsiyalarni amalga oshirish chogʻida shartnoma va moliya intizomini mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasida 1998-yil 1-martdan boshlab tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni import qilishni tariflar bilan boshqarish va import bitimlari tuzish hamda ularning ijrosini nazorat qilish tartibini yengillashtirishga doir chora-tadbirlar tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklari va bojxona organlarida yuridik va jismoniy shaxslarning import bitimlarini hisobga olish va ular ijrosini nazorat qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻz valyuta zaxiralari bilan taʼminlanmagan xoʻjalik yuritish subyektlarining import bitimlarigina Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatga olinishi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Import boʻyicha respublika bojxona chegarasiga keltirilgan va toʻlash uchun valyuta mablagʻi bilan taʼminlanmagan tovarlar bojxonada rasmiylashtirilmasligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tovarlar vaqtincha saqlash tartibida joylashtiriladi, bu muddat oʻtgach, tegishli hujjatlar taqdim etilmasa, importchi mablagʻi hisobidan tovarni yetkazib beruvchiga qaytarib yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va vakolatli banklargina xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish chogʻida import bitimlari haqini toʻlash boʻyicha kafolat majburiyati berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat organlariga import qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlash boʻyicha xorijiy hamkorlariga kafolatlar berish yoki oʻzga majburiyatlarni olish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat Bojxona qoʻmitasi, vakolatli banklar import bitimlari haqini toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ichki isteʼmol bozorini himoya qilishni taʼminlash manfaatlarini koʻzda tutib, bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan keltiriladigan aksiz soligʻi olinadigan tovarlar roʻyxatini, aksiz soligʻi stavkalari va import boj toʻlovlari roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar aksiz soligʻi toʻlamay olib kelishi mumkin boʻlgan tovarlar meʼyorini qayta koʻrib chiqsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoniga 3-ilova 1998-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni bajarish yuzasidan bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1930-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 41-modda; 2003-y., 9-10-son, 164-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 3-modda; 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2013-y., 1-son, 2-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)