Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-dekabr,
353-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 8-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“soliqlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish, axborot resurs maʼlumotlarining yagona integratsiyalashtirilgan bazasini yuritish asosida soliq toʻlovchilarni hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga koʻrsatiladigan axborot-maslahat xizmatlari va interaktiv xizmatlar sohasini kengaytirish, soliq sohasidagi huquq buzilishlarining oldini olish, aniqlash va ularga barham berish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish”.
2. 9-bandda:
a) “v” kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (toʻxtatilishi) toʻgʻrisida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
belgilangan tartibda soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan moliya va soliq hisobotlarini, shuningdek soliq toʻlovchilarning faoliyati toʻgʻrisida soliq organlari axborot resurs maʼlumotlarining yagona integratsiyalashgan bazasida yigʻilgan boshqa hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida kameral nazoratni amalga oshiradi”;
oltinchi xatboshidagi “maʼlumotlarning yagona elektron bazasida” soʻzlari “soliq organlari axborot resurs maʼlumotlarining yagona integratsiyalashtirilgan bazasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “maʼlumotlarning yagona elektron bazasini” soʻzlari “axborot resurs maʼlumotlarining yagona integratsiyalashtirilgan bazasini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“soliq maʼmuriyatchiligi jarayonida davlat soliq xizmati organlari ishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi hamda xarajatlarni maqbullashtirish va resurs taʼminotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlaydi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“soliq toʻlovchilarga real vaqt rejimida keng koʻlamli interaktiv xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etadi”;
toʻrtinchi—oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi—yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 565-modda)