Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
INVESTITSIYa LOYIHALARINI AMALGA OShIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish, korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, qoʻshma korxonalarni barpo qilishga xorijiy sarmoyalarni keng koʻlamda jalb etish hisobiga iqtisodiyotning tarkibiy oʻzgarishlarini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan quyidagi texnologiya uskunalari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin:
Keyingi tahrirga qarang.
1998-yilgi investitsiya programmasiga kiritilgan ustuvor obyektlar*ni jihozlash uchun;
* Obyektlar roʻyxati rus tilidagi matnda berilgan.
hukumatning kafolati bilan beriladigan xorijiy kreditlar hisobiga moliyalanadigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun;
xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan, yangi barpo etilayotgan va qayta qurilayotgan korxonalar uchun;
xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning ustav mablagʻiga qoʻyilma sifatida xorijiy sarmoyadorlar tomonidan keltiriladigan texnologiya uskunalari.
2. Belgilab qoʻyilsinki, import boʻyicha yetkazib beriladigan hamda hukumat qarorlariga muvofiq “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” qoʻmitasi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi tomonidan olib kelinib, mashina-traktor saroylariga sotiladigan qishloq xoʻjalik texnikasi, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari olib kelinganida ikki yil mobaynida qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, shuningdek, ishlab turgan korxonalarni yangilash va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq, respublika hududiga keltirilayotgan texnologiya uskunalari, vakolatli bankning tegishli tasdiqlovchi hujjati boʻlgan taqdirda, qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 3-avgustdagi PF-2065-son Farmoniga asosan band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 8-son, 145-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-yanvar,
PF-1919-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y.,1-son, 32-modda; 8-son, 145-modda; 2007-y., 23-son, 232-modda)