21.11.2012 yildagi PQ-1855-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Investitsiya dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni qurishga, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga, transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmalarni jadal rivojlantirishga yoʻnaltirilgan strategik ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini amalga oshirishni taʼminlash va buning negizida yangi ish oʻrinlarini yaratish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror va joʻshqin rivojlantirishga erishish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Respublikasining 2013-yilgi Investitsiya dasturi kapital qoʻyilmalarining asosiy parametrlari, shuningdek 2013-yilgi ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga topshirish prognozlari hamda obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish dasturi 1 va 3-ilovalarga* muvofiq maqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 va 3 ilovalar berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturini amalga oshirishda qatnashayotgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga 2013-yilda obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishning asosiy parametrlarini toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda 2013-yilning 10-yanvarigacha boʻlgan muddatda 2012-yilda ishga tushirilishi kerak boʻlgan obyektlar boʻyicha belgilangan topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmaganligi sabablarini tanqidiy oʻrganib chiqsin hamda amalda bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmlarini va moliyalashtirish hajmlari va manbalari, obyektlarni ishga tushirishning tuzatilgan tarmoqli jadvallari boʻyicha buyurtmachilar bilan pudrat tashkilotlarining kelishilgan takliflarini hisobga olgan holda 2013-yilda mazkur obyektlarni ishga tushirishni taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq tadbirlarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2012-yilda kapital qoʻyilmalar hajmlarini oʻz vaqtida oʻzlashtirishni taʼminlamagan hamda obyektlarni ishga tushirish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarmagan aybdor mansabdor shaxslarga, shu jumladan investitsiya loyihalari buyurtmachilari va pudrat tashkilotlari rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini koʻrsin, shuningdek, mazkur obyektlarning 2013-yilda ishga tushirilishini taʼminlash ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2013-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*4-ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2013-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*5-ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2013-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*6-ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning aniq manzilli dasturi 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*7-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning aniq manzilli dasturi 8-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*8-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2013-yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 9-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*9-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb etgan holda 2013-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 10-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*10-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2013-yilgi investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 11-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*11-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda tashkilotlarning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 12-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*12-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda amalga oshiriladigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, amaldagilarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish boʻyicha yirik investitsiya loyihalarining yigʻma manzilli dasturi 13-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*13-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buyurtmachilar — vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga pudrat tashkilotlari va texnologik uskunalarni yetkazib beruvchilar bilan birgalikda ishlab chiqilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish kalendar jadvallari bilan uzviy bogʻliq holda moliyalashtirish manbalari va hajmlarini aniqlashtirib, 2013-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan avvalgi yildan oʻtuvchi obyektlar boʻyicha 2013-yilgi qurilishlarning manzilli roʻyxatlarini taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning belgilangan tartibda tasdiqlangan tarmoqli jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan, 2013-yilda qurilishi yangitdan boshlanadigan obyektlar boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazishni, yangitdan boshlanadigan obyektlar boʻyicha tanlov savdolari gʻoliblari bilan pudrat shartnomalari tuzishni, moliyalashni ochish uchun vakolatli organlarga belgilangan tartibda taqdim etgan holda titul roʻyxatlarini tasdiqlashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari nihoyasiga yetgach oʻn kun muddatda 2013-yilgi qurilishlarning yakuniy manzilli roʻyxatlarini kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Investitsiya dasturiga kirmay qolgan loyihalarni oʻz ichiga oladigan mintaqaviy investitsiya dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi, obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarining oʻz vaqtida ishga tushirilishi, buyurtmachilar hamda pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilayotgan ishlarning sifat talablariga qatʼiy rioya qilgan holda tuzilgan shartnomalarning shartlari ijro etilishi yuzasidan qattiq nazorat oʻrnatsin hamda zarur hollarda, mazkur qaror bilan belgilangan, kapital qoʻyilmalarning limitlari chegarasida, mablagʻlarning amalda oʻzlashtirilishini hisobga olgan holda qurilishlarning manzilli roʻyxatlariga tuzatishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oy yakunlari boʻyicha 2013-yilgi Investitsiya dasturi bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlislarida muhokama qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ–1855-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 11-son, 326-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 300-modda)