25.01.2001 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati Bilan Pokiston Islom Respublikasi hukumati Oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

ULARNING BOJXONA ORGANLARIGA OʻZARO KOʻMAKLAShIShi TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qonunlarining buzilishi oʻz mamlakatlarining iqtisodiy, moliyaviy va tijoriy manfaatlariga ziyon yetkazadi, deb hisoblab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona bojlari, soliqlari va boshqa toʻlovlarning aniq belgilanishi, taqiqlash, cheklash va nazoratga doir choralarni qabul qilish muhimligini tushunib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qonunlarini qoʻllash va ularga rioya qilishda xalqaro hamkorlik zarurligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qonunlarini buzishning oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlar ular bojxona organlarining qalin hamkorligining yanada samarali vositasi boʻlishiga ishonib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon bojxona tashkiloti Bojxona hamkorligi kengashining Oʻzaro maʼmuriy koʻmaklashish toʻgʻrisida 1953-yil 5-dekabrdagi Tavsiyalarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek muayyan tovarlarga nisbatan taqiqlar, cheklashlar va maxsus nazorat choralari yuzasidan xalqaro konvensiyalarni nazarda tutgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Bojxona qonunlari” atamasi bojxona maʼmuriyatlari tomonidan tovarlar importiga, eksportiga, tranzitiga va ularni har qanday bojxona rejimiga solinishiga, bunga taqiqlash, cheklash va nazorat qilish ham kiradi, nisbatan qoʻllanadigan va rioya qilinadigan qonunlar, qonunga doir va normativ hujjatlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Bojxona huquqbuzarligi” bojxona qonunlarini istalgan tarzda buzish yoki buzishga urinishni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Bojxona bojlari va soliqlari” atamasi tovarlar importi va eksporti chogʻida yoki shunga bogʻliq ravishda undiriladigan bojxona bojlari va boshqa barcha bojlar, soliqlar va yigʻimlarni anglatadi, qiymati koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatiga taxminan teng cheklangan yigʻimlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Bojxona maʼmuriyati” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Davlat bojxona qoʻmitasini, Pokiston Islom Respublikasiga nisbatan Daromadlar Markaziy Boshqarmasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Shaxs” atamasi har qanday jismoniy va yuridik shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Axborot” atamasi har qanday maʼlumotni, hujjatni, hisobotni, ularning tasdiqlangan yoki bir xil nusxalari yoxud boshqa maʼlumotlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Operativ maʼlumotlar” atamasi bojxona huquqbuzarligi yuz berganda tegishli ravishda qoʻllanadigan ishlangan yoki tahlil etilgan axborotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Soʻrovchi maʼmuriyat” atamasi koʻmaklashishni soʻrab murojaat qilayotgan bojxona maʼmuriyatini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Soʻralayotgan maʼmuriyat” atamasi koʻmaklashish soʻralayotgan bojxona maʼmuriyatini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Bitimni qoʻllash sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, Ushbu Bitim doirasida har ikkala Tomon oʻz milliy qonunlari va vakolati hamda bojxona maʼmuriyatlarining mavjud imkoniyatlari darajasida koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona maʼmuriyatlari ushbu Bitim doirasida bojxona qonunlarini risoladagidek qoʻllash hamda bojxona huquqbuzarligining oldini olish, taftish etish va unga qarshi kurashishda hamkorlik qiladilar va bir- biriga oʻzaro koʻmaklashadilar. Bunday koʻmaklashish barcha yuridik, maʼmuriy va boshqa sud ishlab chiqarishiga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim faqat Tomonlar oʻrtasida oʻzaro maʼmuriy koʻmaklashishni amalga oshirishga moʻljallangan; ushbu Bitimning qoidalari biron-bir alohida shaxsga har qanday dalilni olish, yashirish yoki yoʻq qilish shuningdek soʻrovni bajarishga toʻsqinlik qilish huquqini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Koʻmaklashish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻrovga binoan yoki Soʻrovchi maʼmuriyatining oʻz tashabbusiga koʻra Soʻralayotgan maʼmuriyati bojxona qonunlariga rioya qilinishini taʼminlashga yordam berishi mumkin boʻlgan barcha axborotni beradi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona bojlari, soliq va yigʻimlarini oʻrinli ravishda solishni taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tovarlar qiymatini bojxona maqsadlari uchun aniq belgilash, shuningdek notoʻgʻri toʻldirilgan deklaratsiyalarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) tovarlarning toʻgʻri tarif tasnifoti va kelib chiqishini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sertifikatlar, hisoblar hamda boshqa hujjatlarning haqiqiyligini aniqlash yoki ulardagi xato va buzilishlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik quyidagi axborotlarni ham oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona huquqbuzarligining oldini olishda foydasi tegishi mumkin boʻlgan huquqni himoya qilish harakatlari, xususan, bojxona huquqbuzarligiga qarshi kurashishning alohida metodlariga oid;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona qonunbuzarligini amalga oshirishning yangi metodlariga oid;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) bojxona huquqbuzarligiga qarshi kurashda yangi texnikaviy vositalar va metodlarni qoʻllashda qoʻlga kiritilgan tajriba va muvaffaqiyatlarga oid; hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yoʻlovchilar va yuklarni rasmiylashtirishning yangi usul va metodlariga oid.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Nazoratni amalga oshirishda koʻmaklashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻrovchi maʼmuriyatining soʻroviga koʻra Soʻralayotgan maʼmuriyati Soʻrovchi maʼmuriyatiga quyidagilar borasida axborot beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Soʻrovchi maʼmuriyatning yuk uchun berilgan bojxona deklaratsiyasi bilan birgalikda etilgan rasmiy hujjatlarning muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Soʻrovchi maʼmuriyatning davlati hududiga olib kirilayotgan tovar haqiqatan ham Soʻralayotgan maʼmuriyatning davlati hududidan qonuniy eksport qilinayotganligi yoki yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Soʻrovchi maʼmuriyatning davlati hududidan olib chiqilayotgan tovar Soʻralayotgan maʼmuriyatning davlati hududiga chindan ham import qilinayotganligi yoki yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday axborotda tovarlarni bojxona tozalovidan oʻtkazishda qoʻllanadigan bojxona protseduralari ham koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Axborotning maxfiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻrovchi maʼmuriyatiga beriladigan har qanday axborot yoxud oshigʻich maʼlumot maxfiylik rejimida boʻladi va ulardan faqat ushbu Bitimda koʻrsatilgan maqsadlardagina foydalaniladi. Ularni qabul qilib oladigan Soʻrovchi maʼmuriyat ham oʻz davlatida shu kabi axborot va oshigʻich maʼlumotlarga joriy etiladigan muhofaza vositalari va rasmiy maxfiylik darajasini joriy etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday axborot va oshigʻich maʼlumotdan faqat tekshiruv oʻtkazilganida, maʼmuriy yoki sud ishlab chiqarishida foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim doirasida shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot almashinganida Soʻrovchi maʼmuriyat ulardan faqat muayyan maqsaddagina hamda Soʻralayotgan maʼmuriyat qoʻygan har qanday talabga amal qilingan holdagina foydalanilishiga yoʻl qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻrovchi maʼmuriyat Soʻralayotgan maʼmuriyati bilan oldindan kelishib olmasdan turib, ushbu Bitim doirasida olingan ashyoviy dalil hamda axborotdan soʻrovda koʻrsatilganidan boshqa maqsadda foydalanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Koʻmaklashishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan maʼmuriyat soʻrovni bajarish uning davlati suvereniteti, xavfsizligi hamda boshqa oʻta muhim milliy manfaatlariga ziyon yetkazadi yoki sanoat, tijorat yoxud professional sirlarga daxl qiladi, deb hisoblasa, u koʻmaklashishni rad etishi yoki muayyan shartlar va talablarga amal qilinganidagina koʻmaklashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrov rad etiladigan boʻlsa, Soʻrovchi maʼmuriyatga buning sababini koʻrsatib, yozma ravishda xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrovni bajarish oʻtkazilayotgan tekshiruv, jazo yoki protsessni amalga oshirishga xalaqit beradigan boʻlsa ham Soʻralayotgan maʼmuriyat koʻmaklashishni rad etishi mumkin. Bunday hollarda Soʻralayotgan maʼmuriyat Soʻrovchi maʼmuriyat bilan koʻmaklashish Soʻralayotgan maʼmuriyat qoʻyishi mumkin boʻlgan muayyan talablarga amal qilingan holda soʻrovni bajarishga koʻmaklashish mumkinligi toʻgʻrisida maslahatlashuv oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻrovchi maʼmuriyatning oʻzi Soʻralayotgan maʼmuriyatdan xuddi shunday soʻrovnoma olingan taqdirda uni bajarishga qodir boʻlmasa, u oʻz soʻrovida bunga eʼtibor qaratishi lozim. Bunday soʻrovni bajarish- bajarmaslik Soʻralayotgan maʼmuriyatning ixtiyorida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Soʻrovni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovning shakli va mazmuni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Bitimga muvofiq soʻrovlar yozma ravishda yuboriladi. Bunday soʻrovlarni bajarish uchun zarur hujjatlar soʻrovga ilova qilinadi. Zarurat tugʻilsa, shoshilinch hollarda oshigʻich soʻrovlar ham qabul qilinadi, biroq ular darhol yozma shaklda tasdiqlanishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yozma ravishdagi soʻrovlar ingliz tilida bitiladi. Bunday soʻrovlarga ilova etilayotgan har qanday hujjatlar ham, lozim boʻlsa, ingliz tiliga tarjima qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan soʻrovlar quyidagi axborotni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrovchi maʼmuriyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻralayotgan koʻmakning tarzi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) soʻrovdan maqsad va uning sababi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar maʼlum boʻlsa, koʻrib chiqilayotgan ishga jalb etilgan Tomonlarning nomi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) koʻrib chiqilayotgan ishning qisqa tafsiloti va koʻtarilayotgan huquqiy meʼyor, hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) soʻralayotgan koʻmak bilan uni taqozo etayotgan ish orasidagi bogʻliqlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻmak tegishli Bojxona maʼmuriyatlari orasidagi toʻgʻridan toʻgʻrialoqa orqali bevosita beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralayotgan maʼmuriyat soʻrovni oʻzi qondirishga qodir tashkilot boʻlmasa, tegishli maslahatlashuvlardan keyin, yo uni amaldagi qonunlarga muvofiq, oʻz vakolati doirasida bajara oladigan tegishli tashkilotga beradi yoki bunday soʻrovning bajarilishi uchun amal qilinishi lozim boʻlgan protsedurani koʻrsatib, Soʻrovchi maʼmuriyatni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har qanday bojxona maʼmuriyatining muayyan protsedurani bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovi soʻralayotgan Tomonning milliy, huquqiy va maʼmuriy nizomlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bojxona maʼmuriyatlari ushbu Bitimni bajarish maqsadida bunday aloqani roʻyobga chiqarishga masʼul boʻlgan xodimlarni tayinlaydilar va ularning nomi, lavozimi, telefon va faks nomerlari roʻyxatini almashlaydilar. Ular oʻz tekshiruv boʻlinmalari oʻrtasida bevosita aloqani yoʻlga qoʻyishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Soʻrovni bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan maʼmuriyat oʻz milliy qonunlariga muvofiq, soʻrovni qoniqarli muddatlarda bajarish uchun maqbul tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻralayotgan maʼmuriyat Soʻrovchi maʼmuriyatning soʻroviga binoan har qanday zarur soʻrovlarni amalga oshiradi, jumladan ekspertlar hamda guvohlarni, yoxud bojxona huquqbuzarligini amalga oshirishda gumon qilinayotgan shaxslarni soʻroq qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ishlar, hujjatlar va guvohlar/ekspertlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar nusxalarning mavjudligi kifoya qilmasa, ishlar, hujjatlar va boshqa materiallarning asl nusxalari soʻrab olinadi. Maxsus soʻrovga koʻra, bunday ishlar, hujjatlar va boshqa materiallarning nusxalari lozim tarzda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Berib turilgan ishlar, hujjatlar va boshqa materiallarning asl nusxalari darhol qaytarilishi shart. Soʻrovga binoan sudga taqdim etish yoki shu kabi boshqa maqsadlar uchun zarur boʻlgan hujjatlar kechiktirmay qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimda koʻrsatilgan hujjatlar xuddi shu maqsadda istalgan shakldagi kompyuter axboroti bilan almashtirilishi mumkin. Axborotni talqin qilish yoki sharhlash boʻyicha barcha zarur materiallar bir vaqtning oʻzida etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir maʼmuriyatning soʻroviga binoan boshqa maʼmuriyat oʻz ixtiyoriga koʻra oʻz xodimlarini boshqa Tomon davlati hududida olib borilayotgan jinoiy yoki maʼmuriy ishda guvoh va/yoki ekspert boʻlib ishtirok etish uchun vakil etib tayinlashi hamda ularni bajarishda muhim ahamiyat kasb etadigan ishlar, hujjatlar va boshqa materiallar yoxud ularning tasdiqlangan nusxalarini etishi mumkin. Bunday soʻrovda sud boʻlib oʻtadigan vaqt, uning joyi hamda turi, shuningdek xodimlarning kim sifatida ishtirok etishlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bir Tomon bojxona maʼmuriyatining rasmiy shaxslari ushbu Bitimda koʻzda tutilgan holatlar yuzasidan boshqa Tomon davlati hududida boʻlgan chogʻlarida ular har qanday vaqtda oʻz rasmiy vakolatlarini isbotlay olishlari lozim. Bu joyda ular boshqa Tomonning amaldagi qonunlariga muvofiq, bojxona mansabdor shaxslari foydalanadigan muhofaza darajasidan foydalanadilar va yoʻl qoʻyadigan qoidabuzarliklari uchun javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu Bitim qoidalarini bajarishga aloqador xarajatlar qoplanishini talab qilishdan voz kechadilar, ammo davlat xizmatchisi boʻlmagan guvohlarni joʻnatish, ekspertlar va tarjimonlarga haq toʻlashga borliq xarajatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar soʻrovni bajarish xiyla katta sarf-xarajatni taqozo etadigan boʻlsa, Tomonlar ularni bajarishning shart-sharoitlari hamda xarajatlar qoplanishi tarzini maslahatlashib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Koʻmaklashishning alohida hollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan maʼmuriyat Soʻrovchi maʼmuriyatning soʻroviga koʻra oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, quyidagilarni maxsus nazorat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Soʻrovchi maʼmuriyatning mamlakatiga yuborilgan, biroq u noqonuniy yurgizilayapti deb hisoblayotgan tovarlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Soʻralayotgan maʼmuriyat davlati hududida huquqbuzarlikni amalga oshirishda foydalanilgan deb gumon qilinayotgan transport vositalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) bojxona huquqbuzarligini amalga oshirgani aniqlangan yoki shunda gumon qilinayotgan konkret shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Soʻrovchi maʼmuriyat boshqa Tomon davlati hududida bojxona huquqbuzarligini amalga oshirishda foydalanilayapti deb gumon qilgan binolarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning bojxona maʼmuriyatlari bir-biriga boshqa Tomon hududida huquqbuzarlik sodir etilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan faoliyat toʻgʻrisidagi axborotni berib turadilar. Boshqa Tomonning iqtisodiyoti, odamlar salomatligi, jamoat xavfsizligi va boshqa hayotiy muhim manfaatlariga xiyla katta ziyon etishi mumkin boʻlgan hollarda bunday axborot soʻrovsiz yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bojxona maʼmuriyatlari oʻz milliy qonunlariga muvofiq ravishda, oʻzaro ahdlashuv va kelishuv boʻyicha oʻz tegishli davlatlari hududida noqonuniy yurgizilishga jalb etilgan tovarlarning importi, eksporti va tranziti yuzasidan birgalikda choralar koʻrishi mumkin. Bunday hamkorlik shu xildagi tovarlarni nazorat ostida oʻtkazishga ruxsat berishni ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Bitimni qoʻllash va nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ularning bojxona maʼmuriyatlari quyidagilarni amalga oshirishiga rozidirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Bitimdan kelib chiqadigan masalalarni hal etish uchun bevosita aloqani yoʻlga qoʻyishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maslahatlashuv oʻtkazilganidan soʻng ushbu Bitimni bajarish uchun har qanday maʼmuriy koʻrsatmalarni ishlab chiqishlari; hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) oʻzaro kelishuvga koʻra, ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashga oid har qanday bahsli masalalarni koʻrib chiqishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hal etilmagan bahsli masalalar diplomatik kanallar orqali bartaraf qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilishi mumkin. Ular alohida bayonnomalar tarzida yoki diplomatik yozishmalar bilan rasmiylashtiriladi va ushbu Bitimning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Kuchga kirishi va faoliyatining toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim uni kuchga kiritish uchun zarur davlat ichki protseduralari bajarilgani toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi xabar olinganidan soʻng 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimning muddati cheklanmagan. Tomonlardan birontasi diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonni ushbu Bitim faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi niyatidan yozma ravishda xabardor qilganidan soʻng uch oy oʻtgach u oʻz faoliyatini toʻxtatadi. Ushbu Bitimning amal qilish muddati tutagan paytda yakunlanmay qolgan ishlar uning qoidalariga muvofiq yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning amal qilish muddati tutagan paytda yakunlanmay qolgan ishlar uning qoidalariga muvofiq yakunlanadi. Islomobod shahrida, 2001-yil 25-yanvarda ikki nusxada, oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitimni talqin qilishda har xilliklar kelib chiqsa, ingliz tilidagi matn ustuvor kuchga ega boʻladi.

(imzolar)