19.05.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

XALQARO AVTOMOBIL QATNOVI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala davlat oʻrtasida va ular davlatlari hududidan tranzit tarzda yoʻlovchilar hamda yuklarni avtomobilda xalqaro tashish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va takomillashtirish hamda bu qatnovni yengillatish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida yoki Rossiya Federatsiyasida roʻyxatga olingan avtotransport vositalarida ikkala davlat oʻrtasida hamda ularning hududidan tranzit tarzda, shuningdek uchinchi mamlakatlarga/dan yoʻlovchilar va yuklarni muntazam va nomuntazam tashishlar amalga oshiriladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoʻlovchilarni avtobuslarda muntazam tashish Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday tashishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari bir-biriga beradilar. Bunday takliflarda tashuvchining nomi, bosib oʻtiladigan yoʻnalish, harakat, tariflar, tashuvchi tomonidan yoʻlovchilar chiqariladigan va tushiriladigan toʻxtash bekatlari, shuningdek tashishlarni amalga oshirish moʻljallanadigan davr hamda uning muntazamligi jadvali aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari oʻz davlatlari hududi boʻylab yoʻlovchilarni muntazam tashishni tashkil etish toʻgʻrisida (yozma ravishda) kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikkala davlat orasida yoki ular hududidan tranzit tarzda yoʻlovchilarni avtobusda nomuntazam tashishni amalga oshirish uchun (ushbu Bitimning 4-moddasida koʻzda tutilgan tashishlar bundan mustasno) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tarafidan beriladigan ruxsatnomalar olinishi kerak. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari ruxsatnoma blanklarini almashish tartibini oʻzaro belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari ruxsatnomalarni ular davlatlarining hududidan oʻtadigan yoʻl qismi uchun beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoʻlovchilarni avtobuslarda har galgi nomuntazam tashish uchun, agar ruxsatnomaning oʻzida boshqacha tartib koʻrsatilmagan boʻlsa, bir gal borish va kelish huquqini beradigan ruxsatnoma berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari yoʻlovchilarni nomuntazam tashish uchun beriladigan ruxsatnomalarning oʻzaro kelishilgan nusxalari miqdorini bir-biriga har yili berib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday nusxalarda ruxsatnomani bergan davlatni vakolatli organ masʼul shaxsining muhri hamda imzosi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muayyan yoʻlovchilarning tarkibi oʻzgarmaydigan guruhi bir avtobusning oʻzida butun yoʻnalish boʻylab tashiladigan boʻlsa, yoʻlovchilarni tashish boʻyicha quyidagi nomuntazam tashishlarni bajarish uchun ruxsatnoma olish shart emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bu qatnov shu avtobus roʻyxatga olingan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida boshlanadigan va tugaydigan yoʻnalish boʻylab tashilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtobus roʻyxatga olingan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida boshlanib, ikkinchi Tomon davlati hududida tugaydigan yoʻnalishda amalga oshirilsa, shu shart bilanki, avtobus bu hududni boʻsh tark etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buzilgan avtobus boshqa avtobus bilan almashtirilganida ruxsatnoma talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan tashishlar amalga oshirilayotganida haydovchida yoʻlovchilar roʻyxati boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala davlat oʻrtasida yoki ular hududidan tranzit tarzda yuk tashish ruxsatnomasiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuksiz yoki yuk bilan ketayotgan avtotransport vositasining oʻlchamlari hamda ogʻirlik koʻlami boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatida belgilangan meʼyordan oshadigan boʻlsa, shuningdek xavfli yuklarni tashish uchun tashuvchi boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakolatli organining maxsus ruxsatnomasini olishi kerak boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida tilga olingan ruxsatnomada avtotransport vositasining muayyan yoʻnalish boʻylab harakatlanishi koʻrsatilgan boʻlsa, tashish ana shu yoʻnalish boʻylab olib borilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan tashishlar Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunlariga muvofiq faqat xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat olgan tashuvchilar tomonidangina amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning avtotransport vositalari oʻz davlatining qaydlov hamda taniqlik belgilariga ega boʻlishlari kerak. Yuk avtomobillari va shatakchi avtomobillar Tomonlar davlatlarining qaydlov hamda taniqlik belgilariga ega boʻlsagina tirkama va yarim tirkamalar boshqa davlatlarning qaydlov hamda taniqlik belgilariga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashuvchiga boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida joylashgan punktlar oraligʻida yoʻlovchilar va yuk tashishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining tashuvchisi, agar boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakolatli organining maxsus ruxsatini olgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidan uchinchi davlat hududiga va uchinchi davlat hududidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga tashishlarni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari uchinchi davlatlarga/dan tashishlar uchun ruxsatnoma berish tartibini belgilaydilar hamda yil sayin tegishli miqdordagi bunday ruxsatnomalarni almashlab turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtobus yoki yuk avtomobilining haydovchisi oʻzi boshqarayotgan avtotransport vositasining toifasiga toʻgʻri keladigan milliy yoki xalqaro haydovchilik guvohnomasiga va avtotransport vositasi uchun milliy qaydlov hujjatlariga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy yoki xalqaro haydovchilik guvohnomasi hamda qaydlov hujjatlari Yoʻl harakati toʻgʻrisida 1968-yil 8-noyabrda imzolangan Vena Konvensiyasida belgilangan namunaga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro andozaga mos boʻlgan ruxsatnoma, yuk tashish uchun yukxatlar va boshqa hujjatlar, avtotransport vositasi haydovchisida turishi va Ahdlashuvchi Tomonlar vakolatli nazorat organlari talab qilganidayoq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida yoʻlovchilar va yuklarni tashiydigan avtotransport vositalari avtomobil yoʻllaridan foydalanganlik va uni tutib turish, avtotransport vositalariga ega boʻlganlik hamda undan foydalanishga bogʻliq yigʻim va toʻlovlardan ozod qilinadi, pullik avtomobil yoʻllaridan, avtomagistrallardan, koʻprik va tonnellardan oʻtganlik uchun, jumladan shu Ahdlashuvchi Tomoni avtotransport vositalaridan ham undiriladigan yigʻim va toʻlovlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan tashishlar amalga oshirilayotganda quyidagilar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga olib kirganlik uchun yigʻim va bojlardan ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir avtotransport vositasi modeli uchun tayyorlovchi zavodda koʻzda tutilgan, dvigatelning taʼminot tizimiga texnologik va konstruktiv jihatdan bogʻlangan idishlardagi yonilgʻi, shuningdek tayyorlovchi zavod tomonidan tirkama va yarimtirkamalarga oʻrnatilgan idishlardagi, qizdirish yoki sovutish qurilmalarining ishlashi uchun moʻljallangan yonilgʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashish davomida asqotadigan miqdorda moylash materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xalqaro tashishni amalga oshirayotgan avtotransport vositasi yoʻl bosayotganda yaxshi ishlashi uchun lozim darajada ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Foydalanilmagan va almashtirilgan ehtiyot qismlar qaytarib olib chiqilishi yoxud tegishli Ahdlashuvchi Tomon davlatining bojxona qonunlarida belgilangan yoʻq qilishning bojxona rejimiga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan yoʻlovchilar va yuklarni tashish avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik masʼuliyati majburiy sugʻurtasi sharti bilan amalga oshiriladi. Tashuvchi ushbu tashishlarni amalga oshiradigan har bir avtotransport vositasini oldindan sugʻurta qildirishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chegara, bojxona va sanitariya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qatnashgan xalqaro shartnomalarning qoidalari asosida amalga oshiriladi, bu shartnomalar orqali tartibga solinmagan masalalar yuzasidan esa har bir Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining qonunlari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tez tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan shaxslarni tashishda, yoʻlovchilarni avtobusda muntazam tashishda, shuningdek tez buziladigan yuklarni hamda jonivorlar tashishda chegara, bojxona va sanitariya nazorati navbatsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchilar yoʻl harakati qoidalari hamda avtotransport vositasi qaysi davlat hududida boʻlsa oʻsha Tomon davlatining qonunlariga rioya qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim qoidalari buzilgan hollarda hududida avtotransport vositasi roʻyxatga olingan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organi davlati hududida qoidabuzarlik yuz bergan boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakolatli organining iltimosiga koʻra, amaldagi qonunlardan qatʼi nazar, quyidagi tadbirlardan birini amalga oshirishga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoidabuzarlik takrorlansa, tashishni amalga oshirish ruxsatnomasi yoki maʼlum muddatga olib qoʻyilishi yo bekor qilinishi toʻgʻrisida tashuvchini ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoidabuzarlik yuz bergan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga kirishni maʼlum muddatga taqiqlash yoki bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari koʻrilgan choralar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2, Ushbu moddaning qoidalari boshqa Tomon davlati tashuvchisiga hududida qoidabuzarlik yuz bergan davlatda amal qiladigan qonunlarda koʻzda tutilgan sanksiyalar qoʻllanishiga monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimni amalga oshirish uchun Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari bevosita aloqalarni amalga oshiradilar, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri vakolatli organining taklifiga binoan yoʻlovchilar va yuklarni tashish uchun ruxsatnoma tizimiga daxldor masalalarni hal qilish uchun muzokara va maslahatlashuvlar oʻtkazadilar, shuningdek berilgan ruxsatnomalardan foydalanish toʻgʻrisida tajriba va axborot almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan ishlarni amalga oshirish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar vakolatli organlari vakillaridan iborat Aralash komissiya tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aralash komissiya xalqaro avtomobil tashishlari sohasida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida munosabatlarga taalluqli barcha masalalarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ishtirok etgan xalqaro shartnomalar orqali tartibga solinmagan masalalar har bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunlariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitimni talqin etish va qoʻllash yuzasidan kelib chiqadigan barcha bahsli masalalarni muzokara oʻtkazish va maslahatlashuvlar orqali hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ishtirok etgan xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro kelishib, ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin. Ular alohida bayonnomalar tarzida rasmiylashtiriladi va ushbu Bitimning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning uni kuchga kiritish uchun davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali yoʻllagan oxirgi xabarlari olingan sanadan 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2, Ushbu Bitim cheklanmagan muddatga tuzilgan boʻlib, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri diplomatik kanallar orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomonni uning faoliyatini toʻxtatish oʻz niyatidan xabardor qilgan kundan soʻng olti oygacha amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, 2000-yil 19-mayda ikki nusxada, oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda ikkala matn bir xil kuchga ega.

(imzolar)

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida Bitimni qoʻllash yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BAYoNNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati xalqaro avtomobil qatnovi 2000-yil 19-mayda Toshkent shahrida imzolangan Bitimni (bundan keyin Bitim deb ataluvchi) qoʻllash yuzasidan quyidagi ahdlashuvga erishdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitimdagi “ Tomonlarning vakolatli organlari” deganda quyidagilar koʻzda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-, 3-, 8-, 15-, 16-moddalar boʻyicha — Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-moddaning 3-bandi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda boʻyicha — “Oʻzavtoyoʻl” Davlat aksionerlik konserni hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-moddaning yirik oʻlchamli va ogʻir yuklarni tashishga taalluqli qismi boʻyicha — shuningdek Rossiya yoʻl Agentligi hamda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-moddaning 3-bandi boʻyicha — shuningdek Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bitimda qoʻllanadigan atamalar quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “tashuvchi” — Ahdlashuvchi Tomonlardan biri davlatining hududida roʻyxatga olingan, ushbu Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunlariga binoan yoʻlovchilar va yuklarni xalqaro tashishga ruxsat olgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “avtotransport vositasi”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarni tashishda — avtobus, yaʼni yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan, haydovchi oʻrnini qoʻshganda kamida toʻqqizta oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasi, shuningdek bagajlarni tashish uchun tirkama;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarni tashishda — yuk tashishga moʻljallangan mexanik uzatmali avtotransport vositasi, bunga tirkama va yarim tirkamalar ham kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “yoʻlovchilarni muntazam tashish” — Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasida kelishilgan harakat jadvali, tariflar va tashuvchi tomonidan yoʻlovchilar tushiriladigan/chiqariladigan toʻxtash bekatlari bilan harakatning boshlanish va yakuniy punktlari koʻrsatilgan tarzda yoʻlovchilarni avtobuslarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “yoʻlovchilarni nomuntazam tashish” “yoʻlovchilarni muntazam tashish” atamasi qamroviga kirmaydigan tarzda yoʻlovchilarni avtobuslarda tashishning barcha turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “sanitariya nazorati” — sanitariya, veterinariya, shuningdek fitosanitariya nazoratini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pullik avtomobil yoʻllari, koʻprik va tonnellar bor boʻlgan hollarda tashuvchi muqobil bepul avtomobil yoʻllari boʻylab tashishni amalga oshirish imkoniyatiga ham ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarining vakolatli organlari Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududida amal qiladigan pullik avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida axborot almashib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan qoidalar ikkala davlat tashuvchilarini Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining qonunlarida koʻzda tutilgan bojxona protseduralariga rioya qilishdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bayonnoma Bitimning tarkibiy qismi hisoblanadi va Bitimning 21-moddasi qoidalariga muvofiq kuchga kiradi.