Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
JINOYaTChILIKKA QARShI KURAShDA HAMKORLIK QILISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
xalqaro jinoyatchilik, ayniqsa uyushgan shakldagi jinoyatchilik, shu jumladan terrorizm rivojlanish miqyoslarining oʻsishi va yoʻnalishlaridan tashvishlanayotganliklarini bildirib,
oʻz mamlakatlari fuqarolarining hayoti, huquqi va qonuniy manfaatlarini, jamiyat hamda davlat manfaatlarini jinoiy tajovuzkorlikdan ishonchli himoya qilishga intilib,
jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik samaradorligini oshirishga alohida ahamiyat berib,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinoyatchilik oldini olish va jinoiy odil sudlov sohasidagi xalqaro konvensiya va qarorlarini eʼtiborga olib,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Bitimning qoʻllanish doirasi va subyektlari
Bitimning qoʻllanish doirasi va subyektlari
1. Tomonlar milliy qonunlar va xalqaro huquq normalariga tayanib, oʻz davlatlarining markaziy vakolatli organlari orqali ushbu Bitim qoidalariga muvofiq jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni amalga oshiradilar.
2. Ushbu Bitim maqsadlarida quyidagilar markaziy vakolatli organlar hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasidan — Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy bank;
Moldova Respublikasidan — Bosh Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Axborot va xavfsizlik xizmati, Davlat Bosh soliq inspeksiyasi, Bojxona departamenti, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank.
3. Ushbu Bitim kuchga kirgandan keyin bir oy ichida Tomonlar markaziy vakolatli organlarning ularning vakolati, manzili va boshqa muhim maʼlumotlarining chegarasi koʻrsatilgan roʻyxatlarni almashadilar. Bu roʻyxatlardagi barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida Tomonlar bir-birlarini darhol xabardor qiladilar.
4. Markaziy vakolatli organlar ushbu Bitimni bajarish maqsadida bir-birlari bilan bevosita hamkorlik qiladilar.
Tomonlarning markaziy vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirish maqsadida alohida bitimlar tuzishlari mumkin.
5. Ushbu Bitim jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish va ekstraditsiya masalalariga daxl qilmaydi.
2-modda
Hamkorlik yoʻnalishlari
Hamkorlik yoʻnalishlari
1. Tomonlar jinoyatning quyidagi turlariga qarshi kurashda hamkorlik qiladilar:
a) terrorizm, garovga olish va jamoat xavfsizligiga boʻlgan boshqa tajovuzlar;
b) shaxsga qarshi jinoyatlar;
v) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning gʻayriqonuniy yurgizilishi (keyingi oʻrinlarda — giyohvandlik moddalari);
g) oʻq otar qurollar va oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari, shuningdek radioaktiv materiallarning gʻayriqonuniy operatsiyalari;
d) iqtisod sohasidagi jinoyatlar, gʻayriqonuniy moliyaviy operatsiyalar, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan foydalarni qonuniylashtirish;
e) soxta pasportlar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni tayyorlab tarqatish;
j) olib ketish mumkin boʻlgan madaniy tarixiy boyliklarga jinoiy tajovuz;
z) bojxona qonunlarini buzish;
i) avtotransport vositalarida gʻayriqonuniy operatsiyalar;
k) fohishabozlikdan foydalanish;
2. Tomonlar, shuningdek quyidagi sohalarda xam hamkorlik qiladilar:
a) tergov va suddan yashirinib yurgan, jinoiy javobgarlikni oʻtashdan bosh tortayotgan shaxslarni, shuningdek bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish;
b) raqam yoki oʻziga xos ajralib turadigan belgilarga ega hamda yetarli darajada qimmatbaho boʻlgan toʻgʻrilangan predmet va buyumlarni, pasport va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, raqamli qimmatbaho qogʻozlar hamda kredit kartochkalarini qidirish;
v) shaxslarni, shuningdek kimligi noaniq murdalarni aniqlash;
g) yoʻl harakati xavfsizligi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash;
d) aeroport, temir yoʻl stansiyalari va metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek shaxslar hamda obyektlarni turli xil jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish;
e) axborotlashtirish sohasida xavfsizlikni taʼminlash;
j) jinoiy jazolarni ijro etishni tashkil qilish.
3-modda
Hamkorlik shakllari
Hamkorlik shakllari
1) Tomonlar milliy qonunlar va ushbu Bitim doirasida quyidagi shakllarda hamkorlik qiladilar:
a) jinoyatlarni fosh qilish, bartaraf etish va ochib tashlashga, shuningdek ushbu Bitimning 2-moddasiga muvofiq boshqa vazifalarni hal etishga koʻmaklashadigan axborotni almashish;
b) ushbu Bitimning 2-moddasida koʻzda tutilgan jinoyat faktlarini tergov qilishda jismoniy hamda yuridik shaxslar faoliyatini oʻrganish, shaxslarni, predmet va hujjatlarni tegishli ravishda roʻyxatga olish orqali koʻmaklashish;
v) oshigʻich-qidiruv tadbirlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrovlarni bajarish;
g) uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatiga qarshi qaratilgan muvofiqlashtirilgan choralarni amalga oshirish;
d) ish tajribasini, shu jumladan stajirovka, konsultatsiya va seminarlar oʻtkazish orqali almashish;
e) jinoyatga qarshi kurash masalalari boʻyicha qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni almashish.
2. Hamkorlikning hajmi va muayyan shakllari Tomonlar davlatlarining markaziy vakolatli organlari tarafidan zaruratga koʻra shartnoma boʻyicha, shuningdek boshqa muhim hollarda belgilanadi.
4-modda
Hamkorlikning boshqa shakllari va kadrlarni tayyorlash
Hamkorlikning boshqa shakllari va kadrlarni tayyorlash
1. Tomonlar milliy qonunlar doirasida ushbu Bitimning 2-moddasida koʻzda tutilgan jinoyatlar yoʻlini kesish uchun huquq-tartibot choralarining samaradorligini oshirish maqsadida bir-birlari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar.
2. Tomonlar oʻz davlatlarining markaziy vakolatli organlariga, imkon qadar qisqa muddat ichida agar tuzilmagan boʻlsa, quyidagilarni koʻzda tutadigan konkret bitimlarni ishlab chiqish va tuzishni topshiradilar:
a) ular oʻrtasida aloqa oʻrnatish hamda tutib-turish, jinoyatning barcha jihatlariga aloqador axborotni ishonchli va tez almashish hamda ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan boshqa vazifalarni hal qilish;
b) ushbu Bitimning 2-moddasida koʻzda tutilgan va xalqaro xarakterga ega boʻlgan jinoyatlarni taftish etish, bunday jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni fosh etish maqsadida qidirish;
v) bunday jinoyatlarni, ayniqsa, giyohvandlik moddalarining gʻayriqonuniy yurgizilishini toʻxtatishdagi boshqa harakatlar, agar bunday harakatlar milliy qonunlarga zid kelmasa va yuqorida koʻrsatilgan maqsadlarga erishish uchun muhim deb topilsa.
3. Tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurash, maxsus bilimlarni almashish maqsadida fan va texnika sohasidagi tadqiqotlar dasturlarini loyihalashtirish hamda amalga oshirishda bir-birlariga koʻmaklashadilar.
4. Tomonlar oʻzaro manfaatdorlik asosida alohida bitimlarga muvofiq jinoyat adliyasi organlari, bojxona va soliq xizmatlari uchun kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilishga shartlashib oldilar.
5-modda
Hamkorlikning huquqiy asosini kengaytirish
Hamkorlikning huquqiy asosini kengaytirish
Tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish maqsadida imkon qadar qisqa muddat ichida ikki davlat oʻrtasida tegishli shartnomalarni, jumladan jinoiy ish boʻyicha huquqiy yordam va ekstraditsiya toʻgʻrisida shartnomalarni tayyorlash va tuzishga oldilar.
6-modda
Muayyan jinoyatlar toʻgʻrisida axborot almashish
Muayyan jinoyatlar toʻgʻrisida axborot almashish
Ushbu Bitimning 3-moddasi 1-bandi “a” kichik bandida koʻzda tutilgan axborotni almashish, konkret jinoyatlarga, jumladan quyidagilarga taalluqli boʻladi:
a) Bir Tomon davlatining hududida uyushgan guruhlar tarafidan tayyorlanayotgan yoki amalga oshirilgan jinoyatlarga, agar bunday guruhlar tarkibiga boshqa Tomon davlatining fuqarolari kirsa yoki bunday jinoyatlar bu davlatning manfaatlariga biron-bir tarzda taʼsir etayotgan boʻlsa;
b) bir Tomon davlatiga boshqa Tomon davlatidan giyohvandlik moddalarining gʻayriqonuniy yurgizilishini tashkil etadigan giyohvandlik moddalari kiritilayotgan boʻlsa, shu jumladan uchinchi davlatlardan tranzit tarzida, shuningdek giyohvandlik moddalarning gʻayriqonuniy tayyorlanishi yoki savdosida bir Tomon davlatida boshqa Tomon davlatining fuqarosi aloqador boʻlsa;
v) bir Tomon davlatining hududi yoki muassasasi boshqa Tomon davlatining fuqarolari tarafidan jinoiy faoliyatdan keladigan daromadlarni qonuniylashtirish bilan bogʻliq ravishda foydalanilsa.
7-modda
Jinoiy faoliyat toʻgʻrisida axborot almashish
Jinoiy faoliyat toʻgʻrisida axborot almashish
Tomonlar milliy qonunlar hamda ushbu Bitim doirasida quyidagilar toʻgʻrisida axborot almashadilar:
a) terrorchilik faoliyatining shakl hamda metodlari, fosh qilingan terrorchilar guruhlarining tuzilishi va tarkibi, ular tomonidan foydalanadigan texnika vositalari, tayyorlanayotgan hamda amalga oshirilgan terrorchilik xurujlari va ularga aloqador shaxslar, yoki bunday jinoyatlar bu Tomon davlatining manfaatlariga biron-bir tarzda daxl qilsa.
b) giyohvandlik moddalarini yashirishning yangi usullari va ularni oshkor qilish metodlari, ularni gʻayriqonuniy tashishning yangi yoʻnalishlari, gʻayriqonuniy yurgizilishga kelib tushayotgan giyohvandlik moddalarning yangi turlari, ularning xususiyati va tayyorlash texnologiyasi;
v) uyushgan guruhlar tarafidan jinoyatlarni amalga oshirish usullari, ularning tarkibi, tuzilishi, faoliyat doirasi va jinoiy aloqalari;
g) jinoiy faoliyatdan topilgan daromadlarni qonuniylashtirish usullari, tashkilot, bank muassasalari va firmalarda bunday turdagi faoliyatda shu ahdlanilayotganlar;
d) ushbu Bitimning 2-moddasida koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda shubhalanilayotgan, boshqa Tomon davlati hududida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻlib turgan bir Tomon davlati fuqarolari.
8-modda
Hamkorlikni amalga oshirishning shartlari
Hamkorlikni amalga oshirishning shartlari
1. Axborotni taqdim etish va ushbu Bitimning 3-moddasida koʻzda tutilgan boshqa faoliyatlarni markaziy vakolatli organlar bergan soʻrovlarga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday soʻrovlar Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti — Interpol orqali yoki bevosita, shu jumladan elektr aloqa vositalari yordamida yoʻllanadi.
2. Yordam toʻgʻrisidagi soʻrovda quyidagilar aks ettiriladi:
a) soʻrayotgan va soʻralayotgan markaziy vakolatli organning nomi;
b) ayni ish boʻyicha oʻtuvchi yoki unga daxldor shaxs yoki shaxslarga taalluqli ish mohiyati toʻgʻrisida imkon qadar toʻlaroq maʼlumot, faktlar, predmet va hujjatlar toʻgʻrisida talab qilinadigan axborot;
v) bajarilishi soʻralayotgan konkret protseduraning qoʻllanish sabablari va lozim boʻlsa, tavsifi;
g) zarur boʻlganda, soʻrovning bajarilishi kutilayotgan muddat.
3. Zarur boʻlsa, soʻrovga hujjatlarning tegishli ravishda tasdiqlangan nusxalari yoki ulardan olingan, soʻrovning bajarilishini yengillashtiradigan koʻchirmalar ilova qilinadi.
4. Soʻrovni bajarishda soʻralayotgan Tomon davlatining qonunlari qoʻllanadi. Markaziy vakolatli organlar zarur boʻlsa, soʻrovni yengillashtiradigan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish huquqiga ega. Soʻrovning bajarilishi jinoiy qidiruv ishiga yoki soʻralayotgan Tomon davlatida amalga oshirilayotgan boshqa tadbirga xalal bersa, bu holda uning bajarilishi keyinga qoldirilishi mumkin yoki soʻrayotgan Tomon bilan kelishiladigan muayyan sharoitlarga bogʻliq qilib qoʻyilishi mumkin.
5. Markaziy vakolatli organlar oʻz tashabbusiga koʻra agar axborot boshqa Tomonda qiziqish uygʻotishiga asos boʻlsa, ushbu Bitim doirasida axborotni soʻrovsiz almashishlari mumkin.
9-modda
Soʻrovni bajarishni rad etish
Soʻrovni bajarishni rad etish
1. Soʻrovning bajarilishi inson huquqlarining buzilishiga olib kelishi, davlat suvereniteti yoki xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa yoxud soʻralayotgan Tomon davlatining qonunlariga zid boʻlsa, soʻrovni bajarish butunlay yoki qisman rad etilishi mumkin.
2. Shuningdek, yordam koʻrsatish toʻgʻrisida kelib tushgan soʻrovga asos boʻlgan qilmish soʻralayotgan Tomon davlati qonunlariga muvofiq jinoyat hisoblanmasa, soʻrovni bajarish rad etilishi mumkin.
3. Soʻrovni bajarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, markaziy vakolatli organlar rad etish sababini yozma ravishda izohlab, bir-birlarini xabardor qiladilar.
10-modda
Axborotdan foydalanish
Axborotdan foydalanish
1. Tomonlar bir-birlaridan olinadigan axborot yopiq xarakterga ega boʻlsa yoki taqdim etuvchi Tomon biron sababga koʻra uning oshkor qilinishi maqsadga muvofiq emas deb topsa, oʻz davlatlarining markaziy vakolatli organlari axborot maxfiyligini milliy qonunlarga muvofiq saqlashni kafolatlaydi, deb kelishib oldilar. Axborotning maxfiylik darajasini taqdim etuvchi Tomon belgilaydi. Bu tartib Tomonlar ushbu Bitim doirasida bir-birlariga taqdim etadigan texnik vositalar, uskuna va materiallarga xam birdek taalluqli.
2. Zarur boʻlsa, ushbu Bitim doirasida olingan axborot, texnik vositalar, uskuna va materiallarning uchinchi tomonga taqdim etilishida ularni bergan markaziy vakolatli organlarning yozma roziligi olinishi lozim.
3. Jismoniy shaxslar toʻgʻrisida Tomonlar bir-birlaridan olgan maʼlumotdan faqat ushbu Bitimda koʻrsatilgan maqsadda foydalanish mumkin. Maʼlumotni beruvchi Tomon uning haqqoniyligini, shuningdek zarur boʻlsa, tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlaydi. Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, saqlash, foydalanish va yoʻq qilish uni qabul qilib olgan Tomonning davlat qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Tomonlar davlatlarining qonunlarida belgilangan hollarda va tartibda manfaatdor shaxslarga ularning iltimosiga koʻra unga taalluqli hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berilishi mumkin.
5. Barcha hollarda Tomonlar axborotni begona shaxslar qoʻliga tushib qolishidan, unga ruxsat etilmagan oʻzgartishlar kiritilishidan, yoʻq qilib yuborilishidan yoki oshkor etilishidan samarali himoya qiladilar.
11-modda
Nazorat qilinadigan yetkazib berishlar
Nazorat qilinadigan yetkazib berishlar
Tomonlar milliy qonunlarga muvofiq va oʻz imkoniyatlariga koʻra zarur hollarda, shu jumladan shartnoma boʻyicha istalgan uchinchi tomon bilan yurgizilishi tegishli ravishda maxsus qoidalarga koʻra boshqariladigan narsa, modda va vositalarni bunday narsalar, vosita va moddalarni noqonuniy yurgizishda qatnashayotgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy taʼqib qilish maqsadida nazorat qilinadigan yetkazib berish metodidan foydalanadilar.
12-modda
Jinoyatchilikning oldini olishda hamkorlik qilish
Jinoyatchilikning oldini olishda hamkorlik qilish
1. Tomonlar jinoyatchilikning oldini olish, shu jumladan huquqbuzarlik qilgan, xususan voyaga etmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy integratsiyalash boʻyicha dasturlarda, shuningdek giyohvandlik moddalariga boʻlgan talabni va oʻz davlatlarida giyohvandlik koʻlamlarini qisqartirish maqsadida hamkorlik qiladilar. Shu maqsadda, jumladan penitensiar sistemalarning amaliy tajribasidan foydalaniladi, qamoqqa olinganlarni ozodlikdan mahrum qilish joylarida tutib turish sharoitlarini yaxshilashda, jinoyat qilganliklari uchun berilgan jazoni oʻtab kelgan shaxslarni ijtimoiy koʻniktirish markazlarining ishida oʻzaro hamkorlik qilinadi.
2. Tomonlar davlat organlari va oʻz davlatlari jamoat uyushmalarining milliy qonunlarga zid kelmaydigan istalgan xatti-harakatlarini ular oʻrtasida jinoyatni bartaraf etish, uning oʻsishiga yordam beradigan sharoitni bartaraf etish maqsadida hamkorlik oʻrnatilishi yuzasidan xatti-harakatlarni ragʻbatlantiradilar.
13-modda
Xarajatlar
Xarajatlar
1. Tomonlar, agar xar bir muayyan holatda boshqacha tartib kelishib olingan boʻlmasa, ushbu Bitimni bajarishda yuzaga keladigan xarajatlarni mustaqil qoplaydilar.
2. Tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha konkret masalalarni hal qilishda zarur texnika vositalari va materiallarni bir-birlariga yordam sifatida bepul berishlari mumkin.
14-modda
Hamkorlik tili
Hamkorlik tili
1. Ushbu Bitim doirasida hamkorlik qilishda Tomonlar rus tilidan foydalanadilar.
2. Zarur xollarda Tomonlar rus tiliga ogʻzaki va yozma tarjima qilinishini taʼminlaydilar.
15-modda
Maslahatlashuv va muzokaralar
Maslahatlashuv va muzokaralar
1. Ushbu Bitim qoidalarini bajarish boʻyicha masalalarni koʻrib chiqish va hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida Tomonlar vakillari uchrashuv hamda maslahatlashuvlar oʻtkazishlari mumkin.
2. Ushbu Bitimni talqin qilish yoki bajarishda yuzaga keladigan barcha bahsli masalalar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar orqali hal qilinadi.
16-modda
Boshqa shartnomalarga munosabat. Tuzatishlar
Boshqa shartnomalarga munosabat. Tuzatishlar
1. Ushbu Bitim Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyat va huquqlariga daxl qilmaydi.
2. Tomonlarning oʻzaro kelishuvlariga koʻra ushbu Bitimga oʻzgartish va toʻldirishlar kiritilishi mumkin. Ular alohida bayonnomalar tarzida rasmiylashtiriladi, 17-moddaning qoidalariga muvofiq kuchga kiradi va ushbu Bitimning tarkibiy qismi hisoblanadi.
17-modda
Kuchga kirishi, amal qilish muddatlari, faoliyatning toʻxtatilishi
Kuchga kirishi, amal qilish muddatlari, faoliyatning toʻxtatilishi
1. Ushbu Bitim Tomonlar uni kuchga kiritish uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
2. Ushbu Bitim besh yil muddatga tuziladi. Tomonlardan birontasi uning faoliyati toʻxtatilishi koʻzlangan sanadan kamida olti oy ilgari boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali uni bekor qilish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilmasa, uning faoliyati oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayadi.
Kishinyov shahrida 2000-yil 19-dekabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, moldavan va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)