02.11.2001 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN AVSTRIYA RESPUBLIKASI FEDERAL HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

XAVFSIZLIK VA JINOYATChILIKKA QARShI KURAShDA HAMKORLIK QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Respublikasi Federal Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishiga koʻmaklashishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikning ikki davlat uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy savdosi, ikki davlatning xavfsizligiga va boshqa muhim manfaatlariga tahdid solayotgan xalqaro jinoyatchilikning boshqa koʻrinishlarini tarqalishidan tashvishlanayotganliklarini izhor qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushgan xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda qoʻshma faoliyatni muvofiqlashtirishni istab va;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT Bosh Assambleyasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik toʻgʻrisida 1990-yil 14-dekabrdagi 45/123 Rezolyutsiyasi, shuningdek giyohvandlik vositalari toʻgʻrisida 1961-yil 30-martdagi Umumiy Konvensiyasi, Bayonnoma orqali 1972-yil 25-martda unga kiritilgan oʻzgartishlar, psixotrop moddalar toʻgʻrisida 1971-yil 21-fevraldagi Konvensiya hamda BMTning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisida 1988-yil 20-dekabrdagi Konvensiyasidan kelib chiqqan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlatlarining qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga asoslanib, oʻzlarining vakolatli idoralari orqali mazkur Bitimning bandlariga muvofiq, jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining vakolatli idoralarining roʻyxatlarini almashadilar va ushbu roʻyxatlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimni bajarish maqsadida vakolatli idoralar bir-birlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlatlarining qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga asoslanib oʻzlarining vakolatli idoralari orqali birinchi navbatda, quyidagi jinoiy koʻrinishlarga qarshi kurashda hamkorlikni olib boradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni noqonuniy oʻstirish, ishlab chiqarish, olib kirish, olib chiqish, tashish va savdo qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xalqaro ekstremizm va terrorizm, garovga olish va jamoat xavfsizligiga tahdid solayotgan boshqa xavfli tajovuzlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kishining hayoti, sogʻligʻi va erkinligiga qarshi jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qurol-yarogʻ, oʻq-dori, portlovchi moddalar, yadroviy va radioaktiv moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish va noqonuniy savdo qilish hamda man etilgan zaharli va xavfli chiqindilarning tashib oʻtilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) pul va boshqa toʻlov vositalari, qimmatbaho qogʻozlar va hujjatlarni qalbakilashtirish, hamda ularning noqonuniy tarqalishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sanʼat asarlari va antikvar buyumlarning noqonuniy savdosi va kontrabandasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar va jinoiy faoliyat natijasida olingan daromadlarni qonuniylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) fohishabozlikdan foydalanish va odamlarni sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) shaxslarni chegaradan noqonuniy olib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) avtotransport vositalari va boshqa qimmatbaho tovarlarning noqonuniy operatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) tovlamachilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) kompyuter sohasidagi jinoyatchilik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining milliy qonunchiligiga muvofiq, shaxs va buyum qidiruvi, shuningdek nomaʼlum jasadlarning shaxsini aniqlash borasida bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik ushbu Bitimga koʻra Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish hamda jamoat xavfsizligiga katta xavf tugʻdiruvchi jinoyatni bartaraf qilish maqsadida axborot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) huquqiy qoidalarni qoʻllash, jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek kriminalistikadagi usullar, vositalar va texnikani qoʻllash borasidagi tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jinoyatchilikning maʼlum bir sohasidagi ekspertlar tajribasini almashish va ekspertlar uchrashuvlarini tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitimga koʻra va oʻz davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq quyidagilar toʻgʻrisida axborot almashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) giyohvand vositalarni topish va aniqlashda yangi usullarni qoʻllash, ularning noqonuniy olib oʻtishdagi yangi yoʻnalishlari, noqonuniy aylanishga kelib tushayotgan giyohvand moddalarning yangi koʻrinishlari, ularning xususiyatlari va tayyorlash texnologiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uyushgan guruhlar tomonidan jinoyatlarni sodir etish usullari, ularning tarkibi, tuzilishi, faoliyat doirasi va jinoiy aloqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylashtirish usullari va shu kabi faoliyatga aloqadorligi gumon qilinayotgan tashkilotlar, bank muassasalari va firmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududida doimiy istiqomat qiladigan yoki vaqtincha boʻlib turgan, ushbu Bitimning 2-moddasida koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitim doirasida hamkorlikni yozma soʻrovlarga muvofiq olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarurat tugʻilganda soʻrovga lozim boʻlgan hujjatlar ilova qilinadi. Ahdlashuvchi Tomonlar soʻrovning bajarilishini yengillashtirish maqsadida, qoʻshimcha maʼlumot soʻrash huquqiga egalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar maʼlumot boshqa Ahdlashuvchi Tomon uchun qiziqish uygʻotdi dyeyishga asos boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlar soʻrovsiz oʻz tashabbuslariga koʻra bir-birlariga maʼlumot yuborishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqa zobitlari orqali ham olib borilishi mumkin. Aloqa zobiti maʼlumot va axborot berish faoliyati bilan shugʻullanadi va ijro etuvchi huquqlarga ega boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi jismoniy shaxslar toʻgʻrisida oʻzaro maʼlumot berish berayotgan tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq quyidagi tamoyillarga koʻra amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) olingan maʼlumotlarni ular belgilanmagan boshqa maqsadlarda, taqdim etayotgan vakolatli idoraning roziligisiz foydalanish mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) noaniq maʼlumotlar berilgan yoki berish uchun moʻljallanmagan maʼlumotlar berib yuborilgani aniqlansa, olingan maʼlumotlarni oʻchirish yoki toʻgʻrilash zarur. Oluvchi vakolatli idora bu toʻgʻrida darhol xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan qoidalar, shuningdek ular yuborilgan maqsadlarni bajarishda maʼlumotlar kerak boʻlmagan holda ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining vakolatli idorasining soʻrovi kelib tushgan holda, ushbu maʼlumotlarning har qanday qoʻllanilishi toʻgʻrisida xabardor qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli idoralari shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarga nisbatan taʼsir qilishi yoki oʻzgarishga olib kelishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etuvchi va oluvchi vakolatli idoralar ularning berilishi va qabul qilinishini roʻyxatga olish majburiyatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taqdim etuvchi tomonning roziligiga koʻra manfaatdor shaxsga uning iltimosiga binoan milliy qonunlarga muvofiq u toʻgʻridagi mavjud maʼlumotlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qabul qilib oluvchi vakolatli idora shaxslar toʻgʻrisida berilgan maʼlumotlarni noqonuniy tarzda ega boʻlish, oʻzgartirish yoki oshkora qilishdan samarali himoya qilish majburiyatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri soʻrovning bajarilishi oqibatida davlatning suvereniteti, xavfsizligi, jamoat tartibi (ordre public) yoki uning davlatining boshqa muhim manfaatlarini buzadi deb hisoblasa, butunlay yoki vaqtincha yordam berishdan bosh tortishi yoki maʼlum bir shartlar qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrovning bajarilishini rad etish qarori qabul qilingan holda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli idoralari soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni bu toʻgʻrida rad javobining sababini koʻrsatgan holda yozma xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning boshqa ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama shartnomalaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish va ekstraditsiya masalalariga, shuningdek soliq hamda bojxona qonunchiliklarini buzish bilan bogʻliq ishlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Tomonlar vakolatli idoralarining boshqaruv xodimlari ushbu Bitimni samarali qoʻllash vositalari va yoʻllarini muhokama qilish uchun uchrashishlari, shuningdek hamkorlikni rivojlantirish va mukammallashtirish boʻyicha mumkin choralarni koʻrishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro roziligiga koʻra ushbu Bitimga oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida Tomonlarning oʻzaro xabar qilganlaridan soʻng 60 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim nomaʼlum muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim Tomonlar tarafidan diplomatik kanallar orqali denonsatsiya qilinishi mumkin, Tomonlardan biri boshqa Tomondan xabarnoma olganidan soʻng olti oy oʻtgach, ushbu Bitim amal qilishini toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2001-yil 2-noyabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek va nemis tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.

(imzolar)