Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Bitim
Кучга кириш санаси
06.06.2000
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Bitim OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA QIRGʻIZISTON RESPUBLIKASINING RADIOXIZMATLARI FOYDALANADIGAN 29,7–960 MGS RADIOChASTOTA POLOSASIDAGI RADIOChASTOTA TASARRUFINI MUVOFIQLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA 2000-yil 6-iyun, Toshkent (2000-yil 6-iyundan kuchga kirgan) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar, aloqa sohasida hamkorlikni rivojlantirish istagida, radioaloqa, televideniye va radioeshittirish xizmatlariga talab darajasini hisobga olib, radioxizmatlarning oʻzaro zararli radioxalalini bartaraf etish maqsadida 29, 7 — 960 MGts radiochastotasi polosasidagi radiochastota tasarrufini muvofiqlashtirish zarur deb topib, Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi(XEU)ning radioxizmat Reglamentiga muvofiq faoliyat yuritib, quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar: 1-modda Ushbu Bitimda: “chegaraoldi tumani” atamasi Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasidagi Davlat chegarasining har ikki tomonida joylashgan, bir Tomon davlatining radioelektron vositalari boshqa Tomon davlati hududida boshqa Tomon davlati radioelektron vositalari uchun ushbu Bitim 5-moddasining 2-bandida qabul qilingan yoʻl qoʻyiladigan miqdordan ortiqroq zararli radioxalal darajasi kelib chiqishi mumkin boʻlgan hududni anglatadi; “radiochastotalar tasarrufini muvofiqlashtirish” atamasi Tomonlardan radioelektronika vositalarini bu radioelektron vositalarning radiochastota tasarrufi xususiyatlariga muvofiq tarzda ishga tushirish va foydalanish uchun rozilik olish protsedurasini anglatadi. 2-modda Tomonlarning huquqlari, majburiyat hamda masʼuliyati xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlari, Tomonlarning milliy qonunlari va ushbu Bitim qoidalariga koʻra belgilanadi va tartibga solinadi. 3-modda Ushbu Bitimni roʻyobga chiqarish uchun Tomonlarning vakolatli organlari etib quyidagilar tayinlanadi: Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiya agentligi 700000, Toshkent, A. Tolstoy koʻchasi, 1. Telefaks: (998 371) 133-52-27. Telefon: (998 371) 133-66-45. Qirgʻiziston Respublikasida — Qirgʻiziston Respublikasi Milliy aloqa agentligi 720005, Bishkek, Sovet koʻchasi, 7-6. Telefaks: (996 312) 544 105. Telefon: (996 312) 544 103. E-mail: nta@infotel.kg. Tomonlarning vakolatli organlari: radiospektrlardan foydalanishni boshqarish boʻyicha milliy maʼlumotlar bazasidagi tegishli maʼlumotlarni almashishni amalga oshiradilar; zararli radioxalallar toʻsatdan paydo boʻlgan hollarda ularni bartaraf etish metodlarini belgilaydilar va qoʻllaydilar; tarkibida muvofiqlashtirish bitimlari qoʻllanadigan Muvofiqlashtirish zonalarini belgilash singari protsedura mexanizmlari va hokazolarni belgilaydilar hamda qoʻllaydilar; ushbu Bitim doirasida radioxizmat tasarrufi chastotalarini muvofiqlashtirish yoki ayrim chastota maydonlaridan foydalanish boʻyicha boshqa bitimlar tuzadilar; ushbu Bitimni amalga oshirishga doir boshqa ishlarni bajaradilar, Boshqa vakolatli organ tayinlanadigan boʻlsa, Tomonlar bu haqda bir-birlariga darhol xabar beradilar. 4-modda Tomonlar turli radioxizmat stansiyalarining chegaraoldi tumanlarida 29, 7 — 960 MGts radiochastotasi polosasidagi radiochastotalaridan ushbu Bitim qoidalari asosida foydalanishni muvofiqlashtirish masalalarida hamkorlik qiladilar. 5-modda 1. Ushbu Bitimga muvofiq, quruqlikdagi harakatchan, barqaror, radio eshittirishlar radioxizmati radiochastotalarni tasarruf etishni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi. Barqaror yoki quruqlikdagi harakatchan radioxizmatlar vakolatli organlar tomonidan tasarruf etilmas ekan, Tomonlar tarafidan belgilanguniga qadar ushbu Bitimning qoidalari ularga nisbatan qoʻllanmaydi. 2. 4-moddada koʻrsatilgan kyenglikdagi radiochastotalarni muvofiqlashtirishga Tomonlar davlatlarining chegaraoldi tumanlaridagi, shuningdek chegaraoldi tumanlari hududidan tashqarida joylashgan stansiyalarning radiochastota tasarruflari, agar u qoʻshni davlatning chegaraoldi tumanida joylashgan stansiyalariga Tomonlarning vakolatli organlari tarafidan muvofiqlashtirishning texnikaviy asoslari toʻgʻrisida tuzilgan qoʻshimcha bitimlarda belgilab berilgan, yoʻl qoʻyiladigan darajadan katta boʻlgan maydon kuchlanishi tufayli zararli radioxalal tugʻdirayotgan boʻlsa, tegishlidir, Zararli radioxalal deb radioaloqa xizmati trafigi sifatining oʻta yomonlashuviga yoki radioxalal maydonidagi kuchlanishning maksimal yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortib ketishi tufayli radioaloqa xizmatining tez-tez uzilishiga yoki uning amal qilishini toʻxtatishga olib keladigan har qanday toʻlqin aralashuvi tushuniladi. 3. Chegaraoldi tumanlaridagi qabul qiluvchi stansiyalarni radioxalallardan muhofaza etish lozim boʻlsa, ularning radiochastota tasarrufini muvofiqlashtirishni amalga oshirish mumkin. 6-modda 1. Tomonlar quyidagi chastota toifalarini belgilaydilar: ustuvor radiochastotalar, ular istalgan Tomonning vakolatli organi tarafidan mutlaq yoki ustuvor asosda, boshqa Tomonning vakolatli organi bilan oldindan muvofiqlashtirilmagan holda tayinlanadi. Bunda stansiyalarni muvofiqlashtirishning texnikaviy asoslari toʻgʻrisidagi qoʻshimcha bitimda qayd etilgan tavsifi maqullanishi lozim. Ustuvor radiostansiya maqomi chegaraoldi tumanining istalgan nuqtasida joylashgan radiostansiyalarga tayinlanadi (beriladi); qoʻshilgan radiochastotalar, ular ikkala Tomon tarafidan foydalaniladi va ularning vakolatli organlari tarafidan oldindan muvofiqlashtirilmagan holda xavfsizlikni taʼminlash xizmatlarining (bojxona, ichki ishlar vazirliklari, xavfsizlik, favqulodda vaziyatlar va shu kabi istisno hollar xizmatlari) fuqarolik kanallari sifatida tayinlanadi. Bunda muvofiqlashtirishning texnikaviy asoslari yuzasidan qoʻshimcha bitimda qayd etilgan stansiyalarning tavsiflari maqbul topiladi; muvofiqlashtirilgan radiochastotalar, ular faqat muvaffaqiyatli muvofiqlashtirish natijasidagina tayinlanadi (beriladi); rejalashtirilgan aloqa tarmoqlari uchun radiochastotalar, ular Tomonlarning vakolatli organlari tarafidan aloqa tarmoqlari(uyali aloqa, radioeshittirish, radiorele liniyalari va hokazo)ni rivojlantirish uchun muvofiqlashtirilishi lozim. Bunday tarmoqlar katta sarmoya qoʻyilishini taqozo etishi, ularni ishga tushirish koʻp vaqtni olishi mumkin, biroq, ular faqat muvofiqlashtirilgan hamda tasdiqlangan hududiy chastota rejalari asosidagina barpo etilishi mumkin. Muvofiqlashtirilgan radiochastotalarni tayinlash (berish) boshqa Tomonning vakolatli organi bilan oldindan oʻtkazilgan muvofiqlashtirish shartlari asosida amalga oshiriladi. 2. Radiostansiyalarga ustuvor, aralash radiochastota roʻyxatini berish, shuningdek alohida stansiyalar hamda rejalashtirilgan aloqa tarmoqlari uchun muvofiqlashtiriluvchi toifa roʻyxatidagi radiochastotalarni berish Tomonlar tarafidan oʻzaro kelishuv asosida amalga oshirilgan deb qaraladi. Quyidagilar Tomonlardan har birining barcha chastota tasarruflari muvofiqlashtirilgan, deb qaraladi: Xalqaro chastota maʼlumotlari registrida qayd qilingan va Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi har yillik sirkulyarining ikkinchi qismida eʼlon etilgan boʻlsa; tayinlanish SSSR davrida markazlashtirilgan boʻlsa; ushbu Bitim tuzilishidan avval ikkala Tomon maʼmuriyati tarafidan muvofiqlashtirilgan boʻlsa; Tomonlarning radiochastota tasarruflari radioaloqa boʻyicha Butunjahon konferensiyalari Rejasiga kiritilgan va tasdiqlangan boʻlsa. Tomonlarning chastota tasarruflari, agar ular Bitim tuzilgan vaqtda Xalqaro elektr aloqasi Xar yillik sirkulyarining birinchi qismida eʼlon etilgan boʻlsa, ushbu Bitim qoidalari asosida muvofiqlashtirilishi lozim. 3. Tomonlardan har birida mazkur toifalardagi radiochastotalarning roʻyxati boʻlishi va ular oʻtkazilgan muvofiqlashtirish asosida toʻlgʻazilishi lozim. Tomonlar muvofiqlashtirilgan stansiyalar roʻyxatini kelishilgan shaklda almashib turadilar. Roʻyxatlarda faqat chegaraoldi tumanlarida joylashtirilgan yoki shu tumanlarda radioxalallarni yuzaga keltiradigan stansiyalarning tavsifi beriladi. Tomonlar radiochastotalarining roʻyxati har yili Tomonlar ekspertlarining kengashlarida aniqlashtirib olinishi kerak. 4. Tomonlar oʻz radiostansiyalari oʻrtasida 4-moddada koʻrsatilgan radiochastotalar boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan radioxalal vaziyatlarini koʻrib chiqadilar hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻradilar. 7-modda 1. Har bir konkret holatda axborotni (pochta, faks yoki elektron pochta orqali) berish Tomonlar vakolatli organlarining qaroriga koʻra amalga oshiriladi. 2. Tomonlar ushbu Bitimning oltinchi moddasida koʻrsatib oʻtilgan radiochastotalar roʻyxatini, shuningdek boshqa Tomon yozma ravishda rozilik bermagan boʻlsa, uning radiochastotalari tasarrufini muvofiqlashtirish masalalariga oid yozishmalar va axborotni oshkor qilmaslik hamda uchinchi tomonga berib yubormaslik majburiyatini oladilar. 3. Berilayotgan axborot maxfiyligining darajasini bu axborotni berayotgan Tomon belgilaydi. Berilayotgan axborot matbuotda oshkor etish taqiqlangan maʼlumotlardan xoli boʻlishi lozim. Bu talablarga rioya etish masʼuliyati axborotni berayotgan Tomon zimmasiga yuklatiladi. 4. Tomonlar hamkorlik davomida olingan axborotni muhofaza etishni taʼminlaydilar. Axborotni muhofaza etish Tomonlarning milliy qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. 5. Axborotni muhofaza etishning buzilishi shu hol hududida roʻy bergan davlatning qonunlariga binoan malakalanadi. 6. Tomonlarning vakolatli organlari olingan axborotdan faqat ayni maqsad boʻyicha foydalanishlari va u qaysi xodimning xizmat vazifasini bajarish jarayonida zarur boʻlsa, oʻshangagina taqdim etishlari lozim. 7. Tomonlar olingan barcha axborotni boshqa Tomon talab qilgan hollarda taqqoslash va mavjudligi nuqtai nazaridan taqdim etish majburiyatini oladilar. 8. Dolzarbligi va amaliy qiymati qolmagan axborot Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra qaytarib beriladi yoki qayta tiklanmasligi kafolatlanadigan tarzda yoʻq qilinadi. Yoʻq qilib yuborish fakti hujjatlashtiriladi va bu hujjatning bir nusxasi ushbu axborotni taqdim etgan Tomonga joʻnatiladi. 9. Axborot yoʻqolsa yoki oshkor boʻlib qolsa, Tomonlar darhol oʻzaro maslahatlashuv oʻtkazadilar, taftish uyushtiradilar va uning natijalari hamda koʻrilgan choralar toʻgʻrisida bir-birini axborot yoʻqolgan yoki oshkor boʻlgan sanadan uzogʻi bilan 90 kun ichida xabardor qiladilar. 10. Axborotni yoʻqotib qoʻygan yoki oshkor etgan Tomon uni bergan Tomonga shu hol tufayli yetkazilgan zararni qoplaydi. Zararni toʻlashning koʻlami va uni toʻlash tartibi Tomonlar vakolatli delegatsiyalarining muzokaralari orqali belgilanadi. 8-modda 1. Radiochastotalar tasarrufini muvofiqlashtirishda Tomonlar qabul qilingan va kelishilgan yagona texnikaviy asoslardan foydalanadilar. Tomonlarning vakolatli organlari muayyan tavsiya hamda metodlar asosida muvofiqlashtirishning texnikaviy asoslari boʻyicha, ustuvor va aralash chastotalarga chastota toifasini berish uchun chastota maydonlari ajratish boʻyicha bitimlar tayyorlashlari va tuzishlari, muvofiqlashtirish yuzasidan boshqa masalalarni hal etishlari mumkin. Ushbu Bitim qamroviga toʻgʻri keladigan stansiyalarni boshqa radioaloqa xizmatlarining taʼsiridan muhofaza etish maqsadida oʻzaro radioxalallar miqyosi ushbu xizmatlarga taalluqli xalqaro bitimlar va tegishli andozalarga toʻgʻri kelishi lozim. 2. Radiochastotalarni tasarruf etishda Tomonlar radiochastotalar spektridan samarali foydalanishga harakat qilishi hamda taqdim etilayotgan aloqa xizmatlarining maqsad yoʻnalishidan kelib chiqqan holda ular sifatining qoniqarli boʻlishini taʼminlash uchun oʻz radiostansiyalari quvvati samarali taralishini minimum darajaga qadar pasaytirishga intiladilar. 3. Aloqa texnikasi taraqqiyotini hisobga olib, Tomonlar aniqlash va muvofiqlashtirishning texnikaviy asoslarini bundan keyin rivojlantirish maqsadida ekspertlar kengashlarini oʻtkazadilar. 9-modda 1. Har bir Tomon uning uchun radiochastotalar roʻyxatida belgilanmagan yangi radiochastota tasarrufidan foydalanish yoki muvofiqlashtiriluvchi radiochastotalar roʻyxatiga oʻzgartish kiritishdan oldin XEU Radioaloqa reglamenti talablari asosida muvofiqlashtirish oʻtkazishi kerak. 2. Muvofiqlashtirish yuzasidan soʻrov yuborilgan Tomon 3 kun ichida tan olganligini tasdiqlashi va 30 kun ichida asoslangan javob qaytarishi lozim. Bunda u eʼlon etilayotgan radiochastotalar tasarrufiga rozi boʻlmasa, ushbu muammoni maqbul tarzda hal etish yuzasidan oʻz takliflarini bayon qilishi kerak. 3. Muvofiqlashtirish yuzasidan buyurtma yuborgan Tomon 45 kun ichida javob olmasa, u boshqa Tomonning eʼlon qilingan radiochastotalar tasarrufiga eʼtirozi yoʻq, deb hisoblaydi va uni oʻzining muvofiqlashtirilgan radiochastotalar roʻyxatiga qoʻshib, bu toʻgʻrida boshqa Tomonni xabardor qiladi. 4. Quyidagi hollarda radiochastotalar tasarrufini muvofiqlashtirish shart emas: a) tasarruf muayyan Tomonning ustuvor chastotalaridan birida amalga oshirilsa; b) muvofiqlashtirilgan radiochastotalar tasarrufidan foydalanadigan stansiyada boshqa Tomon hududida qoʻshimcha radioxalal paydo boʻlishiga olib kelmaydigan jihatlargina oʻzgargan boʻlsa; v) ilgari muvofiqlashtirilgan radiochastotalarda ish olib boradigan qoʻshimcha stansiya ishga tushirilgan chogʻida boshqa Tomon hududida radioxalal koʻpaymasa. 5. Muvofiqlashtirilgan radiochastotalar tasarrufidan foydalanadigan stansiya ishi toʻxtatilsa, boshqa Tomonga uning oʻrniga ishga tushirilgan stansiyaning texnikaviy tavsifi xabar qilinadi. 6. Baʼzi shoshilinch hollarda Tomonlar vaqtincha (30 kungacha) quvvati samarali taralganida 13 dB Vt.dan oshmaydigan stansiyalarga radiochastotalardan foydalanish uchun ruxsat berish huquqiga egadirlar. Bunda Tomonlar bir-birini bunday foydalanish hollaridan ogoh qilib, yuz berishi mumkin boʻlgan radioxalalni bartaraf etish choralarini koʻradilar. 7. Tomonlardan birontasi muvofiqlashtirilgan radiochastotalari tasarrufi roʻyxatiga muvofiqlashtirishni talab qilmaydigan oʻzgartish kiritgan, jumladan muvofiqlashtirilgan stansiyadan foydalanishni toʻxtatgan boʻlsa, u bu toʻgʻrida boshqa Tomonga xabar beradi. 10-modda Bir Tomonning qabul qiluvchi stansiyasi zararli radioxalallarni qayd etayotgan boʻlsa, u stansiyalari radioxalallarni yuzaga keltirayotgan Tomonga bu toʻgʻrida xabar beradi. Ushbu Tomonning qabul qiluvchi stansiyasini zararli radioxalallardan muhofaza etish toʻgʻrisidagi talab quyidagi hollarda rad etilishi mumkin: maydonining kuchlanishi maksimal yoʻl qoʻyiladigan darajadan katta boʻlgan radioxalal priyomnikda boshqa Tomonning avvalroq muvofiqlashtirilgan uzatkichi tufayli yuzaga kelayotgan boʻlsa; priyomnikning muhofazasi boshqa Tomon ustuvor radiochastotasidan muvofiqlashtirishning texnikaviy asoslari boʻyicha bitimda koʻrsatib oʻtilgan sharoitlarda foydalanish imkonini yoʻqqa chiqarsa; muvofiqlashtirishning texnikaviy asoslari boʻyicha bitimda koʻrsatib oʻtilgan chegaraoldi tumanlarida zararli radioxalallarning maksimal yoʻl qoʻyiladigan darajasini tartibga soladigan shartlarga rioya qilinmasa. Boshqa Tomon muvofiqlashtirilishini bildirgan bir yoki bir necha uzatkichlarning zararli radioxalal kuchlanishi maydoni muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi buyurtmada eslatilgan priyomnikning qabul qilishida bitimda soʻz yuritilgan yoʻl qoʻyiladigan darajadan katta boʻlsa, qabul qiluvchi stansiyalarning radiochastota tasarruflarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi buyurtmasi rad etilishi mumkin. Tomonlar radioxalallarga tegishli masalalarni oʻzaro hamjihatlik va hamkorlik ruhida hal etish uchun barcha choralarni koʻradilar. 11-modda 1. Ushbu Bitimda koʻzda tutilmagan barcha masalalarda Tomonlar Xalqaro elektr aloqa konferensiyalarining qoidalari, Xalqaro radio aloqa reglamenti qoidalari va Xalqaro elektr aloqa uyushmasining tavsiyalariga amal qiladilar. 2. Ushbu Bitim Tomonlarning ular aʼzo boʻlgan xalqaro bitimlar hamda radiochastotalardan foydalanishni tartibga soladigan milliy qoidalarni bajarishlariga hamda Xalqaro elektr aloqasi uyushmasining Nizomi va Konvensiyasidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga monelik qilmaydi, 12-modda Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllash chogʻida kelib chiqadigan barcha muammo hamda nizolar Tomonlarning vakolatli organlari tarafidan muzokara va maslahatlashuv oʻtkazish orqali hal etiladi, 13-modda Ekspertlarning uchrashuvlari Tomonlar tarafidan oldindan kelishib olinadi, uning tashkiliy jihatlarini hududida bunday uchrashuv oʻtkaziladigan davlat hal qiladi. Ekspertlarni moliyaviy taʼminlash Tomonlardan har birining zimmasiga yuklatiladi, 14-modda Tomonlarning ushbu Bitimga muvofiq oʻzaro munosabatlarida rus tili qoʻllanadi. 15-modda Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan, ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Barcha oʻzgartish va qoʻshimchalar alohida bayonnomalar tarzida rasmiylashtiriladi va ushbu Bitimning tarkibiy qismi hisoblanadi. 16-modda Ushbu Bitimni imzolagan Tomonlarning loaqal bittasi bilan ham chegaradosh boʻlgan istalgan uchinchi davlat Bitimga qoʻshilishi mumkin. Bitimni ilgari imzolagan Tomonlar maqullasa, qoʻshilish soʻrayotgan Tomon uchun ushbu Bitim u imzolagan sanadan boshlab kuchga kiradi. 17-modda Tomonlarning aloqa maʼmuriyatlari Xalqaro elektr aloqasi uyushmasining Bosh Kotibiga ushbu Bitim tuzilganini xabar qiladilar va uning mazmunini yetkazadilar. 18-modda Ushbu Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi, Bitim besh yil muddatga tuziladi va Tomonlardan hech qaysisi tegishli muddat tugashidan kamida olti oy ilgari boshqa Tomonni uning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi niyatidan yozma ravishda xabardor qilmasa, u har gal keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzayadi. Bu olti oy ichida Tomonlar berilgan axborotdan foydalanish tartibi yuzasidan oʻzaro maslahatlashuv oʻtkazadilar. Ushbu Bitim faoliyatining toʻxtatilishi Tomonlarni uning faoliyati toʻxtatilguniga qadar olingan axborotni muhofaza qilish masʼuliyatidan, shuningdek uning yoʻqolishi yoki oshkor qilinishi boʻyicha javobgarlikdan ozod qilmaydi. Toshkent shahrida, 2000-yil 6-iyunda ikki nusxada, oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitimni talqin qilishda har xilliklar yuzaga kelsa, Tomonlar rus tilidagi matndan foydalanadilar. (imzolar) |
Соглашение Между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Кыргызской Республики О КООРДИНАЦИИ РАДИОЧАСТОТНЫХ ПРИСВОЕНИЙ В ПОЛОСЕ РАДИОЧАСТОТ 29,7–960 МГЦ, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ РАДИОСЛУЖБАМИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И КЫРГЫЗСКОЙ РЕСПУБЛИКИ Ташкент, 6 июня 2000 года (Вступило в силу с 6 июня 2000 года) Правительство Республики Узбекистан и Правительство Кыргызской Республики, именуемые в дальнейшем Сторонами, желая развивать сотрудничество в области связи, учитывая темпы спроса на услуги радиосвязи, телевидения и радиовещания, считая необходимым осуществлять координацию радиочастотных присвоений в полосе радиочастот 29,7—960 МГц с целью избежания вредных взаимных помех их радиослужбам, действуя в соответствии с Регламентом радиосвязи Международного союза электросвязи (МСЭ), согласились о нижеследующем: Статья 1 В целях настоящего Соглашения : термин «приграничный район» означает территорию, расположенную по обе стороны границы между Республикой Узбекистан и Кыргызской Республикой, где радиоэлектронные средства одной Стороны могут создать вредные помехи с уровнем, превышающим допустимую величину, принятую в пункте втором статьи пятой настоящего Соглашения, радиоэлектронным средствам другой Стороны; термин «координация радиочастотных присвоений» означает процедуру получения согласия Сторон на установку и эксплуатацию радиоэлектронных средств в соответствии с характеристиками радиочастотных присвоений этих радиоэлектронных средств. Статья 2 Права, обязанности и ответственность Сторон определяются и регулируются общепризнанными нормами международного права, национальным законодательством Сторон и положениями настоящего Соглашения. Статья 3 Компетентными органами Сторон по реализации настоящего Соглашения, именуемыми в дальнейшем уполномоченными органами, являются; для Республики Узбекистан — Узбекское агентство почты и телекоммуникаций, 700000, Ташкент, ул. А. Толстого, 1. Телефакс: (998-71) 133-52-27. Телефон: (998-71) 133-66-45. для Кыргызской Республики — Национальное агентство связи Кыргызской Республики, 720005, Бишкек, ул. Советская, 7-6. Телефакс: (996 312) 544 105. Телефон: (996 312) 544 103. Е-mail: nta@infotel.kg. Уполномоченные органы Сторон: осуществляют обмен соответствующими данными по управлению использования радиоспектра из национальных баз данных; определяют и принимают методы решения в случае непредвиденных вредных помех; определяют и принимают процедурные механизмы, такие, например, как установление Координационной зоны, в пределах которой применяется координационное соглашение и др.; заключают, в рамках настоящего Соглашения, соглашения по техническим основам координации частотных присвоений радиослужб или по использованию отдельных полос частот; осуществляют другие действия по реализации настоящего Соглашения. При назначении нового уполномоченного органа Стороны незамедлительно извещают друг друга об этом. Статья 4 Стороны будут сотрудничать в вопросах координации использования радиочастот в полосе радиочастот 29,7- 960 МГц станциями различных видов радиослужб в приграничных районах в соответствии с положениями настоящего Соглашения. Статья 5 1. В соответствии с настоящим Соглашением осуществляется координация радиочастотных присвоений станций сухопутной подвижной, фиксированной и радиовещательной радиослужб. Фиксированные или сухопутные подвижные радиослужбы, не подпадающие под ответственность уполномоченных органов Сторон, не должны регулироваться положениями данного Соглашения до тех пор, пока это не будет предусмотрено. 2. Координации в полосе радиочастот, указанной в Статье 4, подлежат радиочастотные присвоения станций, расположенных в приграничных районах Сторон, а также отдельных станций за пределами приграничных районов, если они создают станциям, расположенным в приграничном районе сопредельной Стороны, вредную помеху с напряженностью поля, превышающей допустимый уровень, определяемый для соответствующих служб дополнительным соглашением по техническим основам координации, заключаемым уполномоченными органами Сторон. В качестве вредной помехи должно трактоваться любое излучение, которое вызывает серьезное ухудшение качества трафика службы радиосвязи или неоднократно прерывает или прекращает функционирование этой службы из-за превышения максимально допустимой напряженности поля помехи, которая определена в настоящем Соглашении. 3. Может осуществляться также координация радиочастотных присвоений приемных станций приграничных районов, если требуется их защита от помех. Статья 6 1. Сторонами определяются следующие категории частот: предпочтительные радиочастоты, назначаемые уполномоченным органом любой Стороны на исключительной или преимущественной основе без предварительной координации с другой Стороной. При этом должны поддерживаться характеристики станций, зафиксированные в дополнительном соглашении по техническим основам координации. Предпочтительные радиочастоты назначаются (присваиваются) радиостанциям, расположенным в любой точке на территории приграничного района; совмещенные радиочастоты, которые могут совместно использоваться обеими Сторонами и назначаются их уполномоченными органами без предварительной координации как гражданские каналы служб обеспечения безопасности (каналы совместной связи таможни, Министерства внутренних дел, служб безопасности, в чрезвычайных ситуациях и подобных исключительных случаях). При этом поддерживаются характеристики станций, зафиксированные в дополнительном соглашении по техническим основам координации; скоординированные радиочастоты, которые могут назначаться (присваиваться) только в результате успешной координации; радиочастоты для запланированных сетей связи, которые должны быть скоординированы уполномоченными органами Сторон для развития сетей связи (таких как сети сотовой связи, радиовещания, радиорелейных линий и др.). Такие сети могут требовать больших капиталовложений, иметь длительные сроки ввода в эксплуатацию, но могут быть созданы только в результате скоординированных и утвержденных частотно-территориальных планов. Назначение (присвоение) скоординированных радиочастот осуществляется на условиях предварительно проведенной координации с другой Стороной. 2. Присвоения станциям радиочастот из категорий предпочтительных, совмещенных, а также радиочастотные присвоения, скоординированные, как для отдельных станций, так и для запланированных сетей связи, рассматриваются Сторонами, как осуществленные на основе взаимного согласия. Считаются скоординированными все частотные присвоения каждой из Сторон: зарегистрированные в Международном справочном регистре частот и опубликованные в части второй Еженедельного циркуляра Международного союза электросвязи; назначенные централизованно при СССР; скоординированные администрациями связи обеих Сторон до момента заключения настоящего Соглашения; радиочастотные присвоения Сторон, внесенные в Планы, утвержденные Всемирными конференциями по радиосвязи. Заявки на частотные присвоения Сторон, которые на момент подписания Соглашения были опубликованы в части первой Еженедельного циркуляра Международного союза электросвязи, подлежат координации согласно положениям настоящего Соглашения. 3. Каждая из Сторон должна иметь списки радиочастот вышеуказанных категорий и пополнять их на основе проведенной координации. Стороны обмениваются списками скоординированных станций по согласованной форме. Списки включают характеристики только станций, находящихся в приграничных районах, или станций, оказывающих помехи в этих районах. Списки радиочастот Сторон должны уточняться, как правило, ежегодно на совещаниях экспертов Сторон. 4. Стороны будут рассматривать возможные помеховые ситуации между действующими станциями в указанных в Статье 4 полосах радиочастот и принимать меры по их устранению. Статья 7 1. Передача информации в каждом конкретном случае осуществляется по решению уполномоченных органов Сторон (почтой, факсом или электронной почтой). 2. Стороны обязуются не разглашать и не передавать третьей стороне списки радиочастот, указанных в статье шестой настоящего Соглашения, а также переписку по вопросам координации и информацию по радиочастотным присвоениям другой Стороны без ее письменного согласия. 3. Степень конфиденциальности передаваемой информации определяется Стороной, передающей информацию. Передаваемая информация не должна содержать сведений, запрещенных к опубликованию в открытой печати. Ответственность за соблюдение этих требований возлагается на Сторону, передающую информацию. 4. Стороны обеспечивают защиту информации, полученной в ходе сотрудничества. Защита информации обеспечивается в соответствии с национальным законодательством Сторон. 5. Нарушения защиты информации квалифицируются в соответствии с законодательством государства, допустившего факт нарушения. 6. Полученную информацию уполномоченные органы Сторон обязаны использовать строго по назначению и предоставлять ее только тем из служащих, которым она необходима в процессе выполнения служебных обязанностей. 7. Стороны обязуются предоставлять по требованию другой Стороны всю полученную информацию для сверки и наличия. 8. Потерявшая свою актуальность или практическую ценность информация по взаимному согласованию Сторон возвращается или уничтожается способом, гарантирующимее невоспроизведение. Факт уничтожения документируется и копия документа высылается предоставившей эту информацию Стороне. 9. При утере или разглашении информации Стороны незамедлительно проводят взаимные консультации, организуют расследование и информируют друг друга о его результатах и принятых мерах не позднее 90 дней с даты обнаружения факта утери или разглашения информации. 10. Сторона, допустившая утерю или разглашение информации, возмещает Стороне, предоставившей информацию, нанесенный этими действиями ущерб. Размер и порядок возмещения ущерба определяется путем переговоров полномочных делегаций Сторон. Статья 8 1. При координации радиочастотных присвоений Стороны пользуются принятыми и согласованными едиными техническими основами. Уполномоченные органы Сторон на основе известных рекомендаций и методов могут разрабатывать и заключать соглашения по техническим основам координации, по выделению полос частот для назначения частотных присвоений категорий предпочтительных и совмещенных частот, решать другие вопросы по координации. С целью защиты станций, подпадающих под данное Соглашение, от излучений других служб радиосвязи, расчеты взаимных помех должны основываться на международных соглашениях и соответствующих стандартах, относящихся к данным службам, 2. При присвоении радиочастот каждая Сторона должна стремиться к эффективному использованию радиочастотного спектра и осуществлять меры по снижению эффективной излучаемой мощности своих станций до минимума, необходимого для обеспечения удовлетворительного качества предоставляемых услуг связи в зависимости от их назначения. 3. Учитывая развитие техники связи, Стороны будут проводить совещания экспертов с целью уточнения и дальнейшего развития технических основ координации Статья 9 1. Прежде чем Сторона начнет использование нового радиочастотного присвоения, не предусмотренного для нее в списках радиочастот, или пожелает внести изменения в список радиочастот категории скоординированных, она должна провести координацию, в соответствии с требованиями Регламента радиосвязи МСЭ. 2. Сторона, которой направлен запрос на координацию, должна в течение 3 дней подтвердить его получение и в течение 30 дней направить мотивированный ответ. Если при этом она не согласна с использованием заявляемого радиочастотного присвоения, она должна дать свои предложения для удовлетворительного решения проблемы. 3. Если Сторона, направившая заявку на координацию, не получит ответ в течение 45 дней, то она считает, что у другой Стороны нет возражения против использования заявляемого радиочастотного присвоения, включает его в список скоординированных радиочастот и извещает об этом другую Сторону. 4. Координация радиочастотных присвоений не требуется в следующих случаях: а) если присвоение осуществляется на одной из предпочтительных радиочастот данной Стороны; б) если у станции, использующей скоординированное радиочастотное присвоение, изменяются только те характеристики, которые не приводят к появлению дополнительных помех на территории другой Стороны; в) если введение в эксплуатацию дополнительной станции, работающей на ранее скоординированной радиочастоте, не приводит к увеличению помех на территории другой Стороны. 5. В случае прекращения работы основной станции, использовавшей скоординированное радиочастотное присвоение, другой Стороне сообщаются технические характеристики станции, введенной вместо нее. 6. В отдельных срочных случаях Стороны имеют право присваивать радиочастоты для временного использования (до 30 дней) станциям с эффективной излучаемой мощностью не более 13 дБ Вт. При этом Стороны информируют друг друга о фактах такого использования и принимают меры по устранению возможных помех. 7. Во всех случаях, когда одна из Сторон вносит не требующие проведения координации изменения в список скоординированных радиочастотных присвоений, в том числе и при прекращении использования скоординированной станции, она информирует другую Сторону об этих изменениях. Статья 10 Сторона, которой принадлежит приемная станция, испытывающая вредные помехи, уведомляет об этом Сторону, станции которой создают помехи. Защита приемной станции данной Стороны от вредной помехи может быть отклонена, если: помеха, напряженность поля которой превышает максимально допустимые значения, создается на приемнике от уже ранее скоординированного передатчика другой Стороны; защита приемника делает невозможной использование предпочтительной радиочастоты другой Стороны на условиях, оговоренных в соглашении по техническим основам координации; не соблюдаются условия, регулирующие максимально допустимые величины вредной помехи в приграничных районах, оговоренные в соглашениях по техническим основам координации. Заявка на координацию радиочастотных присвоений приемных станций может быть отклонена, если один или несколько передатчиков, заявленных ранее другой Стороной и ожидающих координации, создают на входе заявляемого на координацию приемника вредную помеху, напряженность поля которой превышает допустимое значение, оговоренное в соглашении. Стороны принимают возможные меры для урегулирования вопросов, касающихся помех, на основе взаимопонимания и сотрудничества. Статья 11 1. Во всем том, что не предусмотрено настоящим Соглашением, Стороны будут руководствоваться положениями Международных конференций электросвязи, Международного Регламента радиосвязи и рекомендациями Международного союза электросвязи. 2. Настоящее Соглашение не препятствует выполнению Сторонами международных соглашений, участниками которых являются Стороны, национальных правил, регулирующих использование радиочастот у каждой из Сторон, и не влияет на их права и обязанности, вытекающие из Устава и Конвенции Международного союза электросвязи. Статья 12 Все вопросы и разногласия, возникающие между Сторонами при толковании или применении положений настоящего Соглашения, будут решаться уполномоченными органами Сторон путем переговоров и консультаций. Статья 13 Встречи экспертов оговариваются Сторонами заблаговременно, организационные вопросы решаются Стороной, на территории которой состоится встреча. Финансирование экспертов осуществляется за счет каждой из Сторон. Статья 14 При взаимодействии Сторон в соответствии с настоящим Соглашением будет использоваться русский язык. Статья 15 Настоящее Соглашение может быть изменено и дополнено по согласованию Сторон. Все изменения и дополнения оформляются протоколами, которые являются неотъемлемой частью настоящего Соглашения. Статья 16 Любое третье государство, граничащее хотя бы с одной из Сторон, подписавших Соглашение, может присоединиться к настоящему Соглашению. При одобрении Сторон, ранее подписавших Соглашение, присоединение вступит в силу с даты подписания настоящего Соглашения запрашивающей Стороной. Статья 17 Администрации связи Сторон уведомят Генерального секретаря Международного союза электросвязи о заключении и о содержании настоящего Соглашения. Статья 18 Настоящее Соглашение вступает в силу с даты его подписания. Соглашение заключено сроком на пять лет и будет автоматически продлеваться каждый раз на последующие пятилетние периоды до тех пор, пока одна из Сторон не направит другой Стороне за шесть месяцев до окончания соответствующего периода письменное уведомление о своем намерении прекратить его действие. В эти шесть месяцев Стороны проводят взаимные консультации по порядку использования переданной информации. Прекращение действия настоящего Соглашения не освобождает Стороны от обязательств по защите полученной до его расторжения информации, а также ответственности за ее утрату или разглашение. Совершено в г. Ташкенте 6 июня 2000 года в двух экземплярах на узбекском, кыргызском и русском языках, причем все тексты имеют одинаковую силу. В случае возникновения разногласия при толковании настоящего Соглашения Стороны будут пользоваться текстом на русском языке. (подписи) |