28.01.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN ISPANIYA QIROLLIGI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INVESTITSIYaLARNI RAGʻBATLANTIRISh VA OʻZARO HIMOYALASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ispaniya Qirolligi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala mamlakatning oʻzaro manfaati uchun iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Bitimga muvofiq investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoyalash bu sohadagi amaliy faollikni qoʻllab-quvvatlashini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim maqsadlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Investor” atamasi Ahdlashuvchi Tomonlardan birining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududida investitsiyalarni amalga oshirayotgan istalgan fuqarosini yoki istalgan kompaniyasini anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Fuqaro” atamasi ushbu Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq uning fuqarosi hisoblangan jismoniy shaxsni bildiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Kompaniya” atamasi ushbu Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq tuzilgan yoki oʻzgacha tegishli tarzda tashkil topgan hamda oʻsha Ahdlashuvchi Tomon hududida oʻz manziliga ega boʻlgan korporatsiyalar, shirkatlar yoki tadbirkorlar assotsiatsiyalari kabi yuridik shaxslarni yoki har qanday boshqa savdo-ishlab chiqarish korxonasini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Investitsiya” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida uning qonunlari va tartibotlariga muvofiq investitsiyalangan barcha turdagi aktivlarini bildiradi, ammo nafaqat ularni, xususan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻchar va koʻchmas mulk, shuningdek ipoteka, chegirib qolish huquqi, garov kabi har qanday boshqa mulkiy (mulkka egalik qilish bilan bogʻliq) huquqlar hamda shu singari huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kompaniya aksiyalari, jamgʻarmalari va qarz majburiyatlari yoki kompaniya yoxud savdo-ishlab chiqarish korxonalarida ishtirok etishning har qanday boshqa shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) pul talabnomalari yoki investitsiyalar bilan bogʻliq, moliyaviy qiymatga ega boʻlgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan talabnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) intellektual va sanoat mulkiga boʻlgan huquqlar; texnik jarayonlar, “nou-xau” va “gud vil”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) iqtisodiy va tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun qonunga koʻra yoki shartnomaga muvofiq, shu jumladan tabiat resurslarini tadqiq qilish, qayta ishlash, qazib olish yoki foydalanish uchun konsessiyalar asosida berilgan huquqlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida ushbu Ahdlashuvchi Tomonning har qanday yuridik shaxsi tomonidan amalga oshirilgan, aslida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlari ega boʻlgan yoki nazorat qiladigan investitsiyalar ham, basharti, ular birinchi Ahdlashuvchi Tomonning qonun va tartibotlariga muvofiq amalga oshirilgan boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari hisoblanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aktivlar investitsiyalangan yoki qayta investitsiyalangan shakldagi hech qanday oʻzgarish ularning investitsiya sifatidagi xarakteriga taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Daromadlar” atamasi investitsiyalar natijasida olingan qiymatlarni bildiradi, ammo nafaqat ularni, xususan sarmoyalarning oʻsishidan keladigan foyda, dividendlar, foizlar, daromadlar, royalti va mukofotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Hudud” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan: Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi va xalqaro huquqqa muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oʻz yurisdiksiyasi hamda boshqa suveren huquqlarini amalga oshiradigan quruq yer hududi, ichki suvlar va hududiy suvlar, havo kengligi hamda har qanday boshqa hududni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ispaniya Qirolligiga nisbatan: xalqaro huquqqa muvofiq Ispaniya Qirolligi yurisdiksiyaga ega boʻlgan yoki ega boʻlishi mumkin boʻlgan va/yoki boshqa suveren huquqlarini amalga oshiradigan quruq yer hududi, ichki suvlar va hududiy suvlar, havo kengligi, shuningdek mutlaq iqtisodiy zona va uning hududiy suv chegaralaridan tashqarida boʻlgan kontinental shelʼfni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Tomon oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalarini imkon qadar ragʻbatlantiradi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining qonun va tartibotlariga muvofiq shunday investitsiyalarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻz hududida investitsiyalarni qabul qilgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonun va tartibotlariga muvofiq shunday investitsiyalar va bitimlarni litsenziyalashtirish hamda texnikaviy, tijorat va maʼmuriy koʻmaklashuv toʻgʻrisidagi shartnomalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan zaruriy ruxsatnomalar beradi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, zarurat tugʻilganda, oʻzining milliy qonunchiligiga muvofiq maslahatchilar va boshqa malakali shaxslarning millatidan qatʼi nazar, ularning faoliyatiga taalluqli zaruriy ruxsatnomalar berishga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Himoyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshirgan investitsiyalariga nisbatan adolatli va teng huquqli rejim yaratiladi hamda ular toʻla himoya va xavfsizlik bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hech qaysi Ahdlashuvchi Tomon shunday investitsiyalarni boshqarish, qoʻllab-quvvatlash, foydalanish, egalik qilish yoki tasarruf etish borasida asoslanmagan yoki kamsituvchi choralar qoʻllash yoʻli bilan hech qanday tarzda toʻsqinlik qilmaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari xususida yozma ravishda oʻz zimmasiga olgan har qanday majburiyatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Milliy rejim va eng qulay rejim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida tegishli investor uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining amalga oshirgan investitsiyalariga oʻz investorlari yoki istalgan uchinchi davlat investorlarining investitsiyalariga yaratilganidan kam boʻlmagan eng qulay rejimni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida tegishli investor uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalarini boshqarish, qoʻllab-quvvatlash, foydalanish, egalik qilish yoki tasarruf etish borasida oʻz investorlari yoki istalgan uchinchi davlat investorlarining investitsiyalariga yaratilganidan kam boʻlmagan eng qulay rejimni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlariga muvofiq yaratiladigan rejim istalgan Ahdlashuvchi Tomonni quyidagilardan kelib chiqadigan istalgan rejim, imtiyozlar yoki yengilliklarni boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlariga hamda ularning investitsiyalariga nisbatan tatbiq etishga majburlovchi omil sifatida talqin qilinmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Tomonlardan biri aʼzosi boʻlgan yoki kelgusida aʼzosi boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday mavjud yoki kelgusida tashkil etiladigan erkin savdo zonasi, bojxona ittifoqi, moliya uyushmasi yoxud mintaqaviy iqtisodiy tashkilotning har qanday boshqa shakllari, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻlaligicha yoki qisman soliq solishga taalluqli boʻlgan har qanday xalqaro bitim yoki kelishuv yoxud asosan yoki butunlay soliq solishga aloqador boʻlgan har qanday milliy qonunchilik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ekspropriatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida davlat tasarrufiga oʻtkazilmaydi, ekspropriatsiya qilinmaydi, yoki ularga nisbatan davlat tasarrufiga oʻtkazish yoki ekspropriatsiya qilish (bundan keyin “ekspropriatsiya” deb ataladi) kabi choralar qoʻllanilmaydi, jamoatchilik maqsadlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bundan mustasno. Ekspropriatsiya kamsitmaslik asosida, tegishli huquqiy tartibotlarga muvofiq ravishda hamda kechiktirmasdan, aynan bir xil va samarali badal toʻlovlarini toʻlash tarzida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday badal toʻlash, avval qanday hol roʻy berganligidan kelib chiqqan holda (“qiymat aniqlangan sana” deb ataluvchi), ekspropriatsiya qilingan investitsiyalarning bevosita ravishda ekspropriatsiyagacha yoki boʻlgʻusi ekspropriatsiya toʻgʻrisidagi qaror maʼlum boʻlgunga qadar mavjud boʻlgan bozor qiymatiga teng boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bunday bozor qiymati investitsiyalarni qabul qilayotgan Ahdlashuvchi Tomonning valyutani muomalada boʻlishini tartibga soluvchi qoidalariga muvofiq qiymat aniqlangan sanadagi valyutaga nisbatan qoʻllaniladigan ustuvor almashuv kursi boʻyicha erkin muomaladagi valyutada hisoblanadi. Badal toʻlash ekspropriatsiya sanasidan toʻlovlar sanasigacha qiymati aniqlangan valyuta uchun bozor narxlari asosida belgilangan tijorat stavkasi boʻyicha foizlarni oʻz ichiga oladi. Badal toʻlash kechiktirishlarsiz, samarali ravishda amalga oshirilishi hamda erkin tarzda oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Zarar koʻrgan investor ekspropriatsiyani amalga oshirayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq ushbu moddada qayd etilgan prinsiplar asosida oʻz ishini, jumladan investitsiyalari qiymatini aniqlash hamda badal toʻlovlari masalasini boshqa Ahdlashuvchi Tomonning sudi yoki boshqa vakolatli va mustaqil organi tomonidan tez orada koʻrib chiqilishini talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududining istalgan qismida amaldagi qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki tashkil topgan hamda boshqa Tomon investorlarining ulushlariga ega boʻlgan kompaniya aktivlarini ekspropriatsiya qilganda, bu ulushlarga egalik qiluvchi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning bunday investorlariga ularning investitsiyalariga nisbatan ushbu modda qoidalari kechiktirishlarsiz, aynan bir xil va samarali badal toʻlanilishini kafolatlagan holda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Zararlarni qoplash uchun badal toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon investorining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi urush yoki boshqa qurolli toʻqnashuv, favqulodda holat, isyon, qoʻzgʻolon, fuqarolik tartibsizliklari yoki shu kabi boshqa voqealar oqibatida zarar koʻrgan investitsiyalari uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻz investorlari yoki istalgan uchinchi davlat investorlari uchun restitutsiya, tovon toʻlovi, badal toʻlash yoki boshqa tartibotlarni tegishli investorga nisbatan koʻzda tutuvchi rejimdan kam boʻlmagan qulay rejimni yaratadi. Ulardan kelib chiqadigan toʻlovlar erkin tarzda oʻtkaziladigan mablagʻ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalaridan qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Tomonning boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida avvalgi bandda qayd etilgan har qanday voqea-hodisalar oqibatida quyidagilar tufayli zarar koʻrgan investorlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning qurolli kuchlari yoki hokimiyati tomonidan uning investitsiyalari yoki ularning bir qismi rekvizitsiya qilingan holda; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) vaziyat taqozo etmagan hollarda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning qurolli kuchlari yoki hokimiyati uning investitsiyalari yoki ularning bir qismi nobud boʻlishi oqibatida yetkazilgan zarar uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon har qanday holatda kechiktirishlarsiz, aynan bir xil va samarali ravishda restitutsiya yoki badal toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulardan kelib chiqadigan toʻlovlar kechiktirishlarsiz erkin tarzda oʻtkaziladigan mablagʻ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Pul oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlariga ularning investitsiyalarga taalluqli barcha toʻlovlarning erkin oʻtkazilishini kafolatlaydi. Bunday pul oʻtkazishlar, xususan quyidagilarni, ammo nafaqat ularni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash yoki koʻpaytirish uchun dastlabki sarmoyalar va qoʻshimcha sarmoyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-moddada qayd etilgan investitsiyalardan kelgan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) investitsiyalarga taalluqli boʻlgan zayomlarni toʻlash uchun jamgʻarmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 5- va 6-moddalarda qayd etilgan badal toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) investitsiyalarni butunlay yoxud qisman sotishdan yoki tugatishdan kelgan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) investitsiyalar munosabati bilan xorijdan yollangan xodimlarning ish haqi yoki boshqa mukofotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) nizolarni hal etishda yuzaga keladigan toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimga muvofiq pul oʻtkazishlar investitsiyalarni qabul qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning valyutani muomalada boʻlishini tartibga soluvchi qoidalariga muvofiq pul oʻtkazilayotgan sanadagi ustuvor almashtirish kursi boʻyicha erkin muomaladagi valyutada kechiktirishlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomon, agar uning qonun va tartibotlari talab qilgan taqdirda, ushbu moddaga muvofiq toʻlovlar bilan bogʻliq soliq majburiyatlarini pul oʻtkazilgunga qadar investor amalga oshirishini talab qilishi mumkin biroq bunday talabnoma ushbu moddada qayd etilgan erkin va kechiktirishlarsiz pul oʻtkazishga nisbatan toʻsiq sifatida qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Boshqa qoidalarni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar istalgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi yoki xalqaro huquqqa muvofiq hozirda mavjud boʻlgan yoxud keyinchalik Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida ushbu Bitimga qoʻshimcha ravishda belgilangan majburiyatlar, boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlari amalga oshirgan investitsiyalarga ushbu Bitimda koʻzda tutilgandan koʻra qulayroq rejim yaratish huquqini beruvchi umumiy yoki maxsus qoidalarni oʻz ichiga olsa, bunday qoidalar, agar ular yanada qulayroq boʻladigan boʻlsa, ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimga koʻra Ahdlashuvchi Tomonlardan biri bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori oʻrtasida erishilgan kelishuv boʻyicha yaratiladigan yanada qulayroq shart-sharoitlarga ushbu Bitim taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimdagi hech qanday holat u imzolangan sanada kuchga kirgan intellektual va sanoat mulki huquqlari bilan bogʻliq boʻlgan istalgan davlatlardan biri ishtirokchisi boʻlgan xalqaro bitimlarda belgilangan qoidalarga taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Subrogatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Ahdlashuvchi Tomon yoki uning tayinlangan agentligi oʻzining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida investitsiyalarni amalga oshirgan istalgan investoriga investitsiyalar borasida notijorat xavfidan kafillik, tovon toʻlash kafolati yoki sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday investorning har qanday huquq yoki talabnomalari birinchi Tomonga yoki uning tayinlangan agentligiga oʻtishini hamda subrogatsiya asosida, dastlabki huquq egasi sifatida birinchi Ahdlashuvchi Tomon yoki uning tayinlangan agentligining istalgan shunday huquq va talabnomalarini amalga oshirish huquqini tan olishi lozim. Bunday subrogatsiya investorning huquqi boʻlgan zararlarni qoplash yoki boshqa badal toʻlash uchun har qanday toʻlovlarda birinchi Ahdlashuvchi Tomon yoki uning tayinlangan agentligiga bevosita benefitsiar boʻlish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllashga taalluqli boʻlgan har qanday nizolar imkon qadar diplomatik kanallar orqali hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar nizoni bunday yoʻl bilan muzokaralar boshlangandan soʻng olti oy mobaynida hal etish imkoniyati boʻlmasa, ikkala Ahdlashuvchi Tomonlardan birining talabiga koʻra, nizo Arbitraj sudiga koʻrib chiqish uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Arbitraj sudi quyidagi tarzda tashkil etiladi: har bir Ahdlashuvchi Tomon bittadan arbitrini tayinlaydi va bu ikkita arbitr uchinchi davlat fuqarosini Rais sifatida saylaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni nizoni Arbitraj sudida koʻrib chiqish istagi toʻgʻrisida xabardor etgan sanadan boshlab, arbitrlar uch oy ichida va Rais besh oy ichida tayinlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar ushbu moddaning 3-bandida belgilangan muddat mobaynida zaruriy tayinlovlar amalga oshirilmasa, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri, oʻzgacha kelishuv mavjud boʻlmagan boʻlsa, zaruriy tayinlovlarni amalga oshirish uchun Xalqaro Sud Prezidentini taklif qilishi mumkin. Basharti, Prezident Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, yoki oʻzga sabablar qayd etilgan vazifani bajarishga toʻsqinlik qilsa, zaruriy tayinlovlarni amalga oshirish uchun vitse-Prezident taklif etiladi. Agar vitse-Prezident Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, yoki u ham qayd etilgan vazifani bajara olmasa, zaruriy tayinlovlarni amalga oshirish uchun Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlmagan, lavozimi keyingi oʻrinda turgan Xalqaro Sudning aʼzosi taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Arbitraj sudi oʻz qarorini qonunga hurmat asosida, ushbu Bitimda qayd etilgan qoidalarga yoki Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kuchga kirgan boshqa bitimlarga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplariga muvofiq qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzgacha qaror qabul qilmasa, Arbitraj sudi oʻz tartibotlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Arbitraj sudi oʻz qarorlarini koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi va bunday qaror ikkala Ahdlashuvchi Tomon uchun tugal va majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir Ahdlashuvchi Tomon arbitraj jarayonidagi oʻz arbitri va vakilligi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydi. Boshqa xarajatlarni, jumladan Rais uchun sarflanadigan chiqimlarni, ikkala Ahdlashuvchi Tomon teng tarzda qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Bir Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon
investori oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori oʻrtasida ushbu Bitim doirasida investitsiyalar xususida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday nizolar toʻgʻrisida investor, vaziyatni batafsil bayon qilgan holda, yozma ravishda birinchi Ahdlashuvchi Tomonni xabardor etadi. Tegishli tomonlar bunday nizolarni imkon qadar doʻstona tarzda hal etishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar bunday nizolar 1-bandda qayd etilgan yozma xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab olti oy mobaynida doʻstona tarzda hal etilmasa, investorning istagiga koʻra, nizo:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT Xalqaro Savdo huquqi boʻyicha Komissiyasining Arbitraj qoidalariga muvofiq taʼsis etilgan “ad hoc” arbitraj sudiga; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatlar va boshqa davlatlar fuqarolari oʻrtasidagi investitsion nizolarni hal etish boʻyicha 1965-yil 18-martda imzolash uchun Vashingtonda ochilgan Konvensiyaga muvofiq taʼsis etilgan Investitsion nizolarni hal etish boʻyicha xalqaro Markaz (ISCID)ga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Arbitraj:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Bitim qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning milliy qonunchiligi, shu jumladan kollizion huquqqa taalluqli boʻlgan uning qoidalari; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyor va prinsiplariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomon himoya sifatida investorning yetkazilgan zararning hammasi yoki uning bir qismi evaziga kafolat yoki sugʻurta shartnomasiga muvofiq badal olganligi yoki olishi mumkinligi faktiga asoslanmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Arbitraj qarorlari nizodagi tomonlar uchun tutal va majburiy hisoblanadi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon qarorlarni oʻzining milliy qonunchiligiga muvofiq bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Bitimni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim, u kuchga kirgunga qadar yoki kuchga kirgandan soʻng bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshirgan investitsiyalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Bitimning kuchga kirishi, davomiyligi va amal
qilishining toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro bitimlarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan tegishli konstitutsion talablarni bajarganliklari toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qilgan sanadan boshlab kuchga kiradi. U dastlabki oʻn yil davomida amal qiladi va keyingi ikki yillik davrlarga uzaytirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu moddaning 1-bandida qayd etilgan istalgan davr muddati tugashidan olti oy ilgari yozma ravishda xabardor qilgan holda ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim amal qilishidan toʻxtatilgan kunga qadar amalga oshirilgan investitsiyalar, ushbu Bitimning qolgan barcha boshqa modda qoidalari u amal qilishidan toʻxtatilgan kundan soʻng keyingi oʻn yillik davr mobaynida ham oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UShBUNI TASDIQLAGAN HOLDA, tegishli tarzda vakolatlanganlar ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madrid shahrida 2003-yil 28-yanvarda, ikki nusxada, oʻzbek, ispan va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda ingliz tilidagi matn asosiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)