14.11.2012 yildagi 321-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning malakali ekspert tadqiqotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, sud ekspertizasi sohasidagi tadqiqotlarning ilmiy asoslanganligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazini rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) xodimlarining cheklangan umumiy soni 177 nafar (xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarni hisobga olmagan holda), ulardan boshqaruv xodimlari 49 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 338-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/338/3003-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 274-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida sud ekspertizasi institutini har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, sud ekspertizasi muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, odil sudlovni amalga oshirish, jamoat tartibini, xavfsizlikni taʼminlash, jinoyatlar va huquqbuzarlikka qarshi kurashish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarga maxsus bilimlarni qoʻllash yoʻli bilan koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning maxsus bilimlarga boʻlgan ehtiyojlarini tizimli oʻrganish, zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlari, ilmiy tavsiyalar va ilgʻor xorijiy tajriba asosida yangi metodikalarni sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik, xoʻjalik ishlari, maʼmuriy va jinoiy ishlar, tergovgacha tekshiruvlar materiallari boʻyicha sud ekspertizalarini, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari boʻyicha ekspert ixtisosliklarga muvofiq tadqiqotlarni oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha faoliyatni tashkil qilish
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 274-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus bilimlar va texnika vositalarini qoʻllashda huquqni muhofaza qilish va sud organlari xodimlariga metodik yordam koʻrsatish, ularni sud ekspertizasi sohasidagi zamonaviy yutuqlar va imkoniyatlar bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus bilimlar asosida huquqbuzarliklarni sodir etishga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularning oldini olishga doir takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslar, jinoyatchilar qoldirgan biologik izlar, shaxsi aniqlanmagan murdalar, shuningdek bedarak yoʻqolgan shaxslar boʻyicha DNK maʼlumotlari milliy bazasini (genom maʼlumotlarni) yaratishga doir tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar kompleksini ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yillarda Markazda tadqiqotlarning raqamli texnologiyalar, shuningdek elektroakustik montaj belgilari asosida audio va videomanbalarni kompleks tadqiq qilish; yer uchastkalariga boʻlgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash; tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi; sud-ekologik, sud-siyosatshunoslik-lingvistik, sud-filologik ekspertizalar kabi yangi turlarini tashkil etish tadbirlari rejasini ikki oy muddatda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnikaning soʻnggi yutuqlariga, ilmiy tavsiyalarga asoslangan yangi tadqiqotlar turlari Markazning sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etilishining holati yuzasidan doimiy monitoringni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 1-noyabrdan boshlab Markazning rahbar xodimlariga va ekspertlariga alohida mehnat sharoitlari uchun tarif stavkasiga ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblab yozishda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan 30 foiz miqdoridagi har oylik ustama haq belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan moddiy ragʻbatlantirish shartlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning rahbar xodimlariga va ekspertlariga lavozim maoshlariga martaba darajasi va muayyan yil ishlaganligi uchun budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan toʻlanadigan ustamalar va qoʻshimcha haq saqlab qolinsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, ushbu qarorning amalga oshirilishi, shu jumladan Markaz xodimlari sonining koʻpaytirilishi, Markazni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sud ekspertizalarining yangi turlarini oʻtkazish va joriy etish uchun uni sarflash materiallari bilan taʼminlash va DNK maʼlumotlari milliy bazasini (genom maʼlumotlarni) yaratish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar uchun mablagʻlar ajratsin, 2013-yildan boshlab esa ushbu mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2013 — 2015-yillarda Markazni zamonaviy tadqiqot va kriminalistika uskunalari bilan jihozlash uchun xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar grantlarini jalb etish toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaz oʻz faoliyatini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan keltiriladigan kriminalistika uskunalari, reaktivlar va sarflash materiallari uchun bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan 2016-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Markazning yangi ixtisoslashtirilgan binosini qurish uchun yer uchastkasi ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markazning ixtisoslashtirilgan binosini qurish boʻyicha buyurtmachi funksiyasi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Investitsiya dasturini shakllantirishda 2013-yilda – loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, 2014-yildan boshlab esa – Markazning ixtisoslashtirilgan binosini qurishga zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Markazning tuzilmasi oʻzgarganligini va unga ushbu qarorda nazarda tutilgan qoʻshimcha vazifalar yuklanganligini hisobga olgan holda uning Ustavini yangi tahrirda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ekspertiza xizmatini rivojlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 22-iyundagi 234-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda) ilovaning 7-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari boʻyicha kengash faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 15-dekabrdagi 299-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 67-modda) 3-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 14-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-noyabrdagi 321-qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Amalga oshirish shakli‎

Bajarish muddatlari‎

Masʼul bajaruvchilar‎

I. Sud-ekspertiza xizmati faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish

1.‎

DNK (genom maʼlumotlar) milliy maʼlumotlar baʼzasini yaratish uchun biologik namunalarni olish, hisobga olish va saqlashning huquqiy asoslarini belgilovchi, shuningdek ulardan foydalanish va ularni yoʻq qilish masalalarini tartibga soluvchi “Genom boʻyicha roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.‎

Qonun loyihasi‎ 2013-yil I chorak‎ Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi‎
2.‎

Markazning tarkibiy oʻzgartirilganligini, shuningdek unga yuklangan qoʻshimcha vazifalarni hisobga olgan holda Markaz Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.‎

Adliya vazirining buyrugʻi‎ 2012-yil IV chorak‎ Adliya vazirligi‎
3.‎

Markaz hududiy boʻlinmalarining yangilangan nizomlari va tuzilmalarini unga yuklatilgan vazifalarni inobatga olgan holda tasdiqlash.‎

Adliya vazirining buyrugʻi‎ 2012-yil IV chorak‎ Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi ‎
II. Sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish, sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish
4.‎‏

Markazda tadqiqotlarning yangi turlarini joriy etish:‎

Chora-tadbirlar rejasi ‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Rejani tasdiqlash — 2012-yil IV chorak, amalga oshirish — 2013-2014-yillar
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

raqamli texnologiyalar, shuningdek elektroakustik montaj belgilari asosida audio va videomanbalarni kompleks tadqiq qilish;‎

yer uchastkalariga boʻlgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash;‎

tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi;‎

sud-ekologik ekspertiza;‎

sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertiza;‎

sud-filologik ekspertiza.‎

5.‎ Ekspertlar xulosalarining ilmiy asoslangani va ishonchliligi oshishini taʼminlaydigan ekspert tadqiqotlari sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish.‎ Qoʻshma qaror‎ 2014-yil‎ Adliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi‎
6.‎

Markazning ekspert laboratoriyalarini jihozlash boʻyicha standartlarni ishlab chiqish, ularni standartlashtirish va sertifikatlash boʻyicha ekspert tadqiqotlarining yuqori sifati va ishonchliligini taʼminlaydigan tadbirlarni amalga oshirish.‎

Chora-tadbirlar dasturi‎ 2015-yil‎ Adliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi‎
7.‎

Ekspertlik amaliyotiga ekspertizalarni oʻtkazish muddatlarini qisqartirishga, sud-tergov ishi tezkorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotning ilgʻor metodikalarini joriy etish.‎

Chora-tadbirlar dasturi‎ 2013 — 2015-yillar ‎ Adliya vazirligi‎

‎‎III. Sud-ekspertlik xizmatning ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish

8.‎

Oʻzbekistonda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash.‎

Sud ekspertizasi muammolari boʻyicha Kengash qarori‎ 2013-yil I-chorak‎ Adliya vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar‎
9.‎

Quyidagi mavzular boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish:
‎lotin grafikasi asosida oʻzbek tilida yozilgan qoʻlyozma matnlarni bajargan shaxsning jinsini aniqlash metodikasini ishlab chiqish;
‎lotin grafikasi asosida oʻzbek tilida dastxati ataylab oʻzgartirib yozilgan qoʻlyozma matnlarni tekshirish;
‎Oʻzbekiston tub aholisining odam DNKsini Y-xromosomasi boʻyicha tekshirish;
‎giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar va prekursorlarning mikro miqdorlarini tekshirish usullarini takomillashtirish;
‎bosma vositalar va printer markasini identifikatsiya qilish maqsadida turli printerlarda bajarilgan bosma matnlar chiziqlarining mikro tuzilishini tekshirish;
‎yangi rusumdagi shinalar protektorlari koʻrinishining albomini yaratish;
‎sud-ballistika ekspertizasi boʻyicha oʻq uzgan shaxsni aniqlash uchun elektron mikroskapiyadan foydalanish;
‎izshunoslik (trasologiya) ekspertizasi boʻyicha maʼlumotnoma-axborot fondini yaratish;
‎oʻsimlik moyi va hayvonlar yogʻini tekshirish boʻyicha sud-ekspertlik tadqiqoti metodikalarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
‎turli markadagi kislotali boʻyoqlar bilan turli darajada boʻyalgan jun tolalarni taqqoslab tekshirish uchun spektral usulning kriminalistika ekspertizalarini amalga oshirishga joriy etish;
‎“UzGM” rusumidagi avtomobillarning tormoz xususiyatlarini aniqlash;
‎bank sohasida iqtisodiy jinoyatlarni sodir etish uchun qoʻllanadigan hujjatlarni tekshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
‎baholashning bozor usullaridan foydalangan holda obyektlar qurilishini narxlash boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish;
‎raqamli manbalar yordamida yozib olingan oʻzbek tilidagi fonogrammalarda nutq signali koʻrsatkichlariga tozalash vositalarining (filtrlarning) taʼsirini oʻrganish.‎

Ilmiy tadqiqotlar‎ 2013 — 2015-yillar ‎ Adliya vazirligi‎
IV. Sud-ekspertlik xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash
10.‎

Ekspert mutaxassisliklari boʻyicha sud ekspertlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv dasturlarini tasdiqlash.‎

Oʻquv dasturlari‎ 2013-yil‎ Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati‎
11.

Markazda sud ekspertlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.‎

Oʻquv kurslari‎ 2013-yil‎ Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati‎
12.‎

Sud ekspertlarining ilgʻor xorijiy mamlakatlardagi sud-ekspertlik muassasalarida stajirovkadan oʻtishini, shuningdek xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan Jahon sud ekspertlari assotsiatsiyasi (IAFS) shafeligida oʻtkaziladigan anjumanlarda muntazam ishtirok etishini tashkil qilish.‎

Stajirovkalar rejasi (kelishuv boʻyicha)‎ Muntazam ravishda ‎ Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎

‎‎V. Sud-ekspertlik xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

13.‎

Markaz hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasi holatini oʻrganish, hududiy boʻlinmalarda ekspertizaning qoʻshimcha turlarini tashkil etish maqsadida ularni mustahkamlash va qoʻshimcha ravishda jihozlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish. ‎

Chora-tadbirlar rejasi‎ 2012-yil IV chorak‎ Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari‎
14.‎

Markazning yangi ixtisoslashtirilgan binosini qurish uchun Markazga yer uchastkasi ajratish.‎

Toshkent shahar hokimining qarori ‎ 2012-yil IV chorak‎ Toshkent shahar hokimligi, Adliya vazirligi‎
15.‎

Markazning sud-ekspertlik laboratoriyalarini joylashtirishning zamonaviy standartlariga javob beradigan yangi ixtisoslashtirilgan binosini qurish.‎

Chora-tadbirlar rejasi‎ 2013 — 2015-yillar ‎ Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi‎
16.‎ Markaz faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturini amalga oshirish.‎ Adliya vazirining buyrugʻi‎ 2013 — 2015-yillar ‎‎ Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
17.‎

Markazning ekspertizalarni zamonaviy ilmiy darajada uzluksiz oʻtkazishni taʼminlaydigan uskunalar bazasini (kriminalistika texnikasi, ehtiyot qismlar, sarflash materiallari) modernizatsiya qilish.‎

Chora-tadbirlar dasturi‎ 2013 — 2015-yillar ‎‎‎ Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi‎

‎‎VI. Huquqiy targʻibot boʻyicha tadbirlar

18.‎

“Oʻzbekistonda sud-ekspertlik faoliyatining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.‎

Konferensiya ‎ 2013-yil II chorak‎ Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi‎
19.‎

Markazning Internet tarmogʻidagi Markazning tuzilmasi, tarkibi, vazifalari va funksiyalari haqida axborot taqdim etishni, shuningdek aholiga interfaol davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlaydigan rasmiy veb-saytini modernizatsiya qilish hamda muntazam yangilab borish.‎

Adliya vazirining buyrugʻi‎ 2013-yil I chorak‎ Adliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi ‎
20.‎

Huquqni muhofaza qilish organlari va sud xodimlari oʻrtasida sud ekspertizalarining zamonaviy imkoniyatlarini tushuntirish boʻyicha mavzuga oid seminarlar, davra suhbatlari va maʼruzalarni tashkil etish.‎

Jadval ‎ Muntazam ravishda ‎ Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi‎
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-noyabrdagi 321-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 177 shtat birligi, ulardan boshqaruv xodimlari — 49 shtat birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni normativlar boʻyicha belgilanadi. Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassis va olimlar shartnoma asosida qoʻshimcha ravishda jalb qilinishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 338-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/338/3003-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-noyabrdagi 321-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi xodimlari mehnatiga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlar nomi‎

Tarif razryadi

Direktor‎ 16‎
Direktor oʻrinbosari‎ 14‎
Ilmiy kotib, laboratoriya mudiri (boʻlim, boʻlinma)‎ 12‎
Bosh ekspert ‎ 11‎
Yetakchi ekspert ‎ 10‎
Katta ekspert ‎ 9‎
Ekspert ‎ 8‎
Ish oʻrganuvchi-ekspert*‎ 7‎
Bosh buxgalter‎ 13‎
Kadrlar boʻlimi boshligʻi‎ 13‎
Markazlashtirilgan taʼminot xizmati boshligʻi‎ 8‎
Buxgalter‎ 8‎
Iqtisodchi‎ 8‎
Devonxona mudiri‎ 8‎
Kutubxona mudiri‎

6‎

Katta nozir (kadrlar boʻlimi)‎

6‎

Katta laborant (oliy maʼlumotli)‎ 5‎
Laborant (oliy maʼlumotsiz)‎ 4‎
Nozir (devonxona)‎ 4‎
Omborxona mudiri‎ 4‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mustaqil ishlashga tayyorlash davrida sud eksperti sifatida ekspert lavozimlariga 2 yildan ortiq boʻlmagan muddatga qabul qilingan shaxslar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 522-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 16-son, 274-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 22.04.2019-y., 09/19/338/3003-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2022-y., 09/22/11/0007-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.12.2024-y., 09/24/849/1038-son)