1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddatlari |
Masʼul bajaruvchilar |
|
I. Sud-ekspertiza xizmati faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish | ||||
| 1. |
DNK (genom maʼlumotlar) milliy maʼlumotlar baʼzasini yaratish uchun biologik namunalarni olish, hisobga olish va saqlashning huquqiy asoslarini belgilovchi, shuningdek ulardan foydalanish va ularni yoʻq qilish masalalarini tartibga soluvchi “Genom boʻyicha roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi | 2013-yil I chorak | Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
| 2. |
Markazning tarkibiy oʻzgartirilganligini, shuningdek unga yuklangan qoʻshimcha vazifalarni hisobga olgan holda Markaz Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash. |
Adliya vazirining buyrugʻi | 2012-yil IV chorak | Adliya vazirligi |
| 3. |
Markaz hududiy boʻlinmalarining yangilangan nizomlari va tuzilmalarini unga yuklatilgan vazifalarni inobatga olgan holda tasdiqlash. |
Adliya vazirining buyrugʻi | 2012-yil IV chorak | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi |
| II. Sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish, sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish | ||||
| 4. |
Markazda tadqiqotlarning yangi turlarini joriy etish: |
Chora-tadbirlar rejasi | Rejani tasdiqlash — 2012-yil IV chorak, amalga oshirish — 2013-2014-yillar |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
raqamli texnologiyalar, shuningdek elektroakustik montaj belgilari asosida audio va videomanbalarni kompleks tadqiq qilish; | ||||
|
yer uchastkalariga boʻlgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash; | ||||
|
tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi; | ||||
|
sud-ekologik ekspertiza; | ||||
|
sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertiza; | ||||
|
sud-filologik ekspertiza. | ||||
| 5. | Ekspertlar xulosalarining ilmiy asoslangani va ishonchliligi oshishini taʼminlaydigan ekspert tadqiqotlari sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish. | Qoʻshma qaror | 2014-yil | Adliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi |
| 6. |
Markazning ekspert laboratoriyalarini jihozlash boʻyicha standartlarni ishlab chiqish, ularni standartlashtirish va sertifikatlash boʻyicha ekspert tadqiqotlarining yuqori sifati va ishonchliligini taʼminlaydigan tadbirlarni amalga oshirish. |
Chora-tadbirlar dasturi | 2015-yil | Adliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi |
| 7. |
Ekspertlik amaliyotiga ekspertizalarni oʻtkazish muddatlarini qisqartirishga, sud-tergov ishi tezkorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotning ilgʻor metodikalarini joriy etish. |
Chora-tadbirlar dasturi | 2013 — 2015-yillar | Adliya vazirligi |
|
III. Sud-ekspertlik xizmatning ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish | ||||
| 8. |
Oʻzbekistonda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash. |
Sud ekspertizasi muammolari boʻyicha Kengash qarori | 2013-yil I-chorak | Adliya vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar |
| 9. |
Quyidagi mavzular boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish: |
Ilmiy tadqiqotlar | 2013 — 2015-yillar | Adliya vazirligi |
| IV. Sud-ekspertlik xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash | ||||
| 10. |
Ekspert mutaxassisliklari boʻyicha sud ekspertlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv dasturlarini tasdiqlash. |
Oʻquv dasturlari | 2013-yil | Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati |
| 11. |
Markazda sud ekspertlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish. |
Oʻquv kurslari | 2013-yil | Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati |
| 12. |
Sud ekspertlarining ilgʻor xorijiy mamlakatlardagi sud-ekspertlik muassasalarida stajirovkadan oʻtishini, shuningdek xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan Jahon sud ekspertlari assotsiatsiyasi (IAFS) shafeligida oʻtkaziladigan anjumanlarda muntazam ishtirok etishini tashkil qilish. |
Stajirovkalar rejasi (kelishuv boʻyicha) | Muntazam ravishda | Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
V. Sud-ekspertlik xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||
| 13. |
Markaz hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasi holatini oʻrganish, hududiy boʻlinmalarda ekspertizaning qoʻshimcha turlarini tashkil etish maqsadida ularni mustahkamlash va qoʻshimcha ravishda jihozlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Chora-tadbirlar rejasi | 2012-yil IV chorak | Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
| 14. |
Markazning yangi ixtisoslashtirilgan binosini qurish uchun Markazga yer uchastkasi ajratish. |
Toshkent shahar hokimining qarori | 2012-yil IV chorak | Toshkent shahar hokimligi, Adliya vazirligi |
| 15. |
Markazning sud-ekspertlik laboratoriyalarini joylashtirishning zamonaviy standartlariga javob beradigan yangi ixtisoslashtirilgan binosini qurish. |
Chora-tadbirlar rejasi | 2013 — 2015-yillar | Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi |
| 16. | Markaz faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturini amalga oshirish. | Adliya vazirining buyrugʻi | 2013 — 2015-yillar | Adliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
| 17. |
Markazning ekspertizalarni zamonaviy ilmiy darajada uzluksiz oʻtkazishni taʼminlaydigan uskunalar bazasini (kriminalistika texnikasi, ehtiyot qismlar, sarflash materiallari) modernizatsiya qilish. |
Chora-tadbirlar dasturi | 2013 — 2015-yillar | Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
VI. Huquqiy targʻibot boʻyicha tadbirlar | ||||
| 18. |
“Oʻzbekistonda sud-ekspertlik faoliyatining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish. |
Konferensiya | 2013-yil II chorak | Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi |
| 19. |
Markazning Internet tarmogʻidagi Markazning tuzilmasi, tarkibi, vazifalari va funksiyalari haqida axborot taqdim etishni, shuningdek aholiga interfaol davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlaydigan rasmiy veb-saytini modernizatsiya qilish hamda muntazam yangilab borish. |
Adliya vazirining buyrugʻi | 2013-yil I chorak | Adliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
| 20. |
Huquqni muhofaza qilish organlari va sud xodimlari oʻrtasida sud ekspertizalarining zamonaviy imkoniyatlarini tushuntirish boʻyicha mavzuga oid seminarlar, davra suhbatlari va maʼruzalarni tashkil etish. |
Jadval | Muntazam ravishda | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi |
2-ILOVA
3-ILOVA
|
Lavozimlar nomi |
Tarif razryadi |
| Direktor | 16 |
| Direktor oʻrinbosari | 14 |
| Ilmiy kotib, laboratoriya mudiri (boʻlim, boʻlinma) | 12 |
| Bosh ekspert | 11 |
| Yetakchi ekspert | 10 |
| Katta ekspert | 9 |
| Ekspert | 8 |
| Ish oʻrganuvchi-ekspert* | 7 |
| Bosh buxgalter | 13 |
| Kadrlar boʻlimi boshligʻi | 13 |
| Markazlashtirilgan taʼminot xizmati boshligʻi | 8 |
| Buxgalter | 8 |
| Iqtisodchi | 8 |
| Devonxona mudiri | 8 |
| Kutubxona mudiri |
6 |
| Katta nozir (kadrlar boʻlimi) |
6 |
| Katta laborant (oliy maʼlumotli) | 5 |
| Laborant (oliy maʼlumotsiz) | 4 |
| Nozir (devonxona) | 4 |
| Omborxona mudiri | 4 |