Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organi xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son va “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son farmonlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son qaroriga muvofiq:
(muqqadima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 31-oktabr,
312-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son farmonlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda prokuratura organlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi;
Sudyalarga, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tijorat banklari tomonidan sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uzoq muddatli ipoteka krediti (keyingi oʻrinlarda ipoteka krediti deb ataladi) berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda tijorat banklarining ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ipoteka kreditlari yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uyda kvartira sotib olish uchun qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va muddatlilik shartlarida tijorat banklari tomonidan beriladi.
4. Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari quyidagilar hisobidan beriladi:
xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlarning ipoteka krediti uchun berilgan kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, grantlari va investitsiyalari;
tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb qilgan mablagʻlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ipoteka krediti ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda sudyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining mulkiga oʻtadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani ipotekaga olish uchun beriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Muomaladan olib qoʻyilgan va begonalashtirilishi mumkin boʻlmagan koʻchmas mulk ipoteka predmeti boʻlishi mumkin emas.
6. Tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ipoteka krediti olish uchun buyurtmanoma berilgan kunda respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining 2000 baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ipoteka krediti sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga kamida 10 yil muddatga beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Ipoteka kreditlari prokuratura organlari xodimlariga uch yillik imtiyozli davr bilan beriladi va mazkur davr mobaynida kreditlar boʻyicha faqat foizlar toʻlanadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimi tijorat bankidan ipoteka krediti olish uchun sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak.
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar tijorat bankida sudyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimining nomiga milliy valyutada ochilgan jamgʻarma hisob raqamida (keyingi oʻrinlarda sudyaning, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimining hisob raqami deb ataladi) boʻlishi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
II. Sudyalarning dastlabki badalni olish, berish va qaytarish tartibi
(II bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/847/0142-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal (keyingi oʻrinlarda dastlabki badal deb ataladi) sudyaning hisob raqamiga Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan oʻtkazilishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan dastlabki badalni oʻtkazish uchun sudya ish joyida tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi (keyingi oʻrinlarda sud raisi deb ataladi) nomiga qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Sudya Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
sudyaning va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar yoki sudyaning va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
sudyaning oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi;
sudyani tayinlash (saylash) toʻgʻrisidagi tegishli qarorning nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ariza va ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin sud raisi ularni oʻrganish (tekshirish) natijalariga koʻra Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab besh kun muddatda Jamgʻarmaga (arizani va barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda) iltimosnoma bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Sud raisining iltimosnomasi va ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi oʻrganish va tekshirish natijalariga koʻra Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashiga dastlabki badal uchun qarz berish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi sud raisining iltimosnomasini, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi arizani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasining xulosasini koʻrib chiqib arizani qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini koʻrsatgan holda qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan xulosa berish va Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan qaror qabul qilish muddati sud raisi tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar ilova qilingan iltimosnoma taqdim etilgan kundan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi bu toʻgʻrida zudlik bilan sud raisini yozma ravishda xabardor qiladi va sudya bilan qarz shartnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qarz garov taʼminoti yoki kafillik hujjati taqdim etilgan holda foizsiz va qaytarish asosida beriladi. Qarzni qaytarish muddati ipoteka kreditini qaytarish muddatidan kam boʻlishi mumkin emas.
17. Jamgʻarma qarz shartnomasi tuzilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda mablagʻlarni sudyaning hisob raqamiga oʻtkazadi.
Kredit shartnomasiga muvofiq toʻlangan dastlabki badal yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizidan ortiq boʻlgan taqdirda sudya ortiqcha summani kredit shartnomasi imzolangan kundan boshlab ikki kun mobaynida Jamgʻarmaga qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi bu toʻgʻrida zudlik bilan sud raisini yozma ravishda xabardor qiladi. Xabarnomada mablagʻ berishni rad etish sabablari koʻrsatilishi kerak.
Quyidagilar rad etish sabablari boʻlishi mumkin:
sudya tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilsa;
sudya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Jamgʻarma mablagʻlari yetishmasa.
Sud raisi Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasidan xabarnoma olingan kundan boshlab bir kun muddatda sudyaga Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi qarorini yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Sudya tomonidan qarzni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish;
naqd pul topshirish;
sudyaning tijorat banklaridagi omonatlar boʻyicha hisob raqamlaridan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda qarz boʻyicha qarz mablagʻlari qarz shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq toʻlanadi.
Sudyalar qarzni qarz shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
II1 bob. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining dastlabki badalni olishi, uni berish va qaytarish tartibi
191. Dastlabki badal davlat soliq xizmati organlari xodimining hisob raqamiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Maxsus jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan kiritilishi mumkin.
192. Davlat soliq xizmati organlari xodimlariga dastlabki badalni toʻlash uchun Maxsus jamgʻarma mablagʻlaridan ajratish maqsadida ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarida tegishli komissiya (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi komissiyasi (keyingi oʻrinlarda DSQ komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
193. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan dastlabki badalni oʻtkazish uchun davlat soliq xizmati organlari xodimi ish joyi boʻyicha hududiy komissiyalarga, Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari esa DSQ komissiyasiga qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari xodimi qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
davlat soliq xizmati organlari xodimining va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar yoki davlat soliq xizmati organlari xodimining va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
davlat soliq xizmati organlari xodimining oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi;
davlat soliq xizmati organlari xodimini tayinlash toʻgʻrisidagi tegishli qarorning nusxasi.
194. Ariza va ushbu Nizomning 193-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin hududiy komissiya oʻn kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda hududiy komissiya ikki kun muddatda ushbu qarorni (zarur hujjatlarni ilova qilgan holda) DSQ komissiyasiga yuboradi.
Mablagʻ ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda hududiy komissiya bir kun muddatda davlat soliq xizmati organlari xodimini rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
195. DSQ komissiyasi bir hafta muddatda hududiy komissiya qarori va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijalari yuzasidan ikki nusxada bayonnoma tuzadi. Bayonnomaning har ikki nusxasi DSQ komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda DSQ komissiyasi ikki kun muddatda bayonnomaning bir nusxasini Davlat soliq qoʻmitasi Hayʼati (keyingi oʻrinlarda DSQ Hayʼati deb ataladi) qarori loyihasini tayyorlash uchun Davlat soliq qoʻmitasi raisiga kiritadi.
Mablagʻ ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda bir kun muddatda hududiy komissiya rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Quyidagilar rad etish sabablari boʻlishi mumkin:
hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi;
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari yetishmasa.
196. DSQ Hayʼati qarori tasdiqlangandan keyin ikki kun muddatda DSQ komissiyasi bu haqda hududiy komissiyani yozma ravishda xabardor qiladi va davlat soliq xizmati organlari xodimi bilan qarz shartnomasini tuzadi.
Qarz garov taʼminoti yoki kafillik hujjati taqdim etilgan holda foizsiz va qaytarish asosida beriladi. Qarzni qaytarish muddati ipoteka kreditini qaytarish muddatidan kam boʻlishi mumkin emas.
197. Dastlabki badalni toʻlash davlat soliq xizmati organlari xodimi xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki bilan kredit shartnomasini tuzgandan keyin xodimning tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshiriladi.
Dastlabki badal uchun ajratiladigan summa yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizi miqdoridan oshmasligi kerak.
198. Davlat soliq xizmati organlari xodimi tomonidan qarzni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va boshqa daromadlar, shu jumladan qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish;
naqd pul topshirish;
davlat soliq xizmati organlari xodimining tijorat banklaridagi omonatlar boʻyicha hisob raqamlaridan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish.
Bunda qarz boʻyicha qarz mablagʻlari qarz shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq toʻlanadi.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari qarzni qarz shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega.
(II1 bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 847-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/847/0142-son)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomani koʻrib chiqish va buyurtmanoma boʻyicha qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
20. Yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uyda kvartira sotib olish uchun sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tijorat bankiga ipoteka krediti olish uchun soʻralayotgan kredit summasini koʻrsatgan holda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
sudyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining va ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar yoki sudyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining va ularning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
bankning pul mablagʻlari sudyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining hisob raqamiga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
sudyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi;
sudyani Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tayinlash (saylash) toʻgʻrisidagi tegishli qarorning, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxalari.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilgandan keyin tijorat banki ularni ipoteka krediti olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi. Sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari ipoteka krediti olishda quyidagi xarajatlarni amalga oshirishlari kerak:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji;
garovga qoʻyilgan koʻchmas mulkni sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar;
baholash tashkilotining mulk qiymatini aniqlash xizmatlariga haq toʻlash;
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov.
22. Ipoteka krediti olish uchun ariza va ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar qabul qilib olingandan keyin tijorat banki xodimi tomonidan ular bir hafta muddatda oʻrganiladi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Garovga qoʻyilgan mulkni baholash sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari (ipotekaga qoʻyuvchi) va tijorat banki (ipotekaga oluvchi) oʻrtasidagi bitimga koʻra bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
24. Ushbu Nizomning 22-bandiga muvofiq oʻtkazilgan oʻrganish va tekshirish natijalariga koʻra tijorat bankining ipoteka krediti olish yuzasidan arizaning koʻrib chiqilishi uchun masʼul boʻlgan xodimi tomonidan tijorat bankining kredit komissiyasiga (kredit qoʻmitasiga) kredit berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida asoslangan xulosa kiritiladi.
25. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) ipoteka krediti olish yuzasidan arizani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va ushbu ariza boʻyicha bankning masʼul xodimi xulosasini koʻrib chiqib arizani qanoatlantirish yoki ipoteka krediti olish yuzasidan arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olish yuzasidan arizani koʻrib chiqish muddati ariza va ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 ish kunidan oshmasligi kerak.
26. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin:
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banki kredit shartnomasi tuzish uchun bu haqda sudyani, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari uch kun muddatda yozma ravishda xabardor qiladi. Shuningdek sotuvchining nomiga yoʻqlab olinadigan depozit hisob raqami ochish uchun ular tomonidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotuvchining (keyingi oʻrinlarda sotuvchi deb ataladi) bankka kelishini taʼminlashning zarurligi ham yozma shaklda koʻrsatiladi;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
ipotekaga qoʻyuvchi bank foydasiga oʻz hisobidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiraning toʻliq qiymatini yoʻqolish va shikastlanish xavflaridan sugʻurta qilishi, agar mulkning toʻliq qiymati ipoteka bilan taʼminlangan olingan kredit summasi va uning boʻyicha hisoblangan foizlar miqdoridan ortiq boʻlsa, u holda bank oldidagi ushbu majburiyati summasidan past boʻlmagan summaga sugʻurta qilishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banki sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari bilan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan ipoteka toʻgʻrisida shartnoma, shuningdek kredit shartnomasi tuzadi.
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tijorat banki qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda sudyaga Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga xulosani yozma ravishda, ipoteka krediti berishning rad etilishi sabablarini koʻrsatgan holda joʻnatadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Ipoteka kreditini berish va qaytarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
28. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berish sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani oldi-sotdi shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi ilova qilingan holda sudyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining yozma topshiriqnomasi asosida, sotuvchining (mulkdorning) omonat hisob raqamiga pul mablagʻlarini naqd pulsiz shaklda memorial order vositasida oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan ipoteka kreditini qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar, shu jumladan qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish;
naqd pul topshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
sudyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining tijorat banklaridagi omonatlar boʻyicha hisob raqamidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish.
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni muddatidan oldin, kredit shartnomasida belgilangan qaytarish muddati boshlangungacha, kreditni muddatidan oldin qaytarganligi uchun vositachilik toʻlovi toʻlamasdan qaytarish huquqiga ega.
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Tijorat banklari sudyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha oʻz majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Monitoring joyiga borgan holda amalga oshirilishi mumkin. Tijorat banki tomonidan monitoringni amalga oshirish tartibi kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Asosiy qarz va uning boʻyicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda tijorat banki xodimi sudya va davlat soliq xizmati organlari xodimi bilan shaxsan uchrashib majburiyatlarning bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan ipoteka kreditining qaytarilishini taʼminlash choralarini koʻrishni talab qiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/847/0142-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan ipoteka krediti va hisoblangan foizlar boʻyicha toʻlovlar toʻlanmaganda yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda tijorat banki undiruvni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda garovga qoʻyilgan mulkka qaratadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakunlovchi qoida
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi sud organlari xodimlariga, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida
nizom
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son farmonlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son qaroriga muvofiq sudyalarga, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura va organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga (keyingi oʻrinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibini belgilaydi;
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning amal qilishi sudyalarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalariga (keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda sud organlari deb ataladi) xodimlariga va prokuratura organlari xodimlariga tatbiq etiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi (keyingi oʻrinlarda pul kompensatsiyasi deb ataladi) uy-joylar bilan taʼminlanmagan sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari xodimlariga va prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), lekin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahrida — eng kam oylik ish haqining toʻrt baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — eng kam oylik ish haqining uch baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari va tumanlar markazlarida — eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda (sudyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari xodimining va prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining oʻzini hisoblamagan holda) ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda sudyaning, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarini tayinlash (saylash) joyiga kelgan oila aʼzolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sudyaga, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlash uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab tayinlangan (saylangan) joyiga kelgandan keyin, notarius tomonidan tasdiqlangan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Sudyaga, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari toʻxtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi toʻlash toʻxtatiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sudyaga va sud organlari xodimiga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki ular uy-joy sotib olganda ular bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha tegishli hududiy boʻlimi (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimiga xizmat turar joyi berilgan yoki u Toshkent shahrida turar joy sotib olgan taqdirda u bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ishlar boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda tegishli organ deb ataladi) pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza beradi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Prokuratura organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan (saylangan) joyida uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturasi hamda ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan joyda uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri Davlat soliq boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 847-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/847/0142-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tayinlangan (saylangan) joyida ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari uy-joylarida birga yashayotgan sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari xodimlariga va prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari xodimi va prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun amaldagi xarajatlar summasini, kommunal xizmatlar qiymatisiz, koʻrsatgan holda tegishli organ rahbariga ariza beradi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Pul kompensatsiyasi toʻlash toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
sudyani Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tayinlash (saylash) toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi, sud organlari xodimini va prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
qonun hujjatlariga muvofiq oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hujjatlarining nusxasi;
uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi.
Tegishli organ taqdim etilgan hujjatlar asosida uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) uchun kompensatsiya miqdorini koʻrsatgan holda pul kompensatsiyasi tayinlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Tegishli organlar shaxslar ijaraga olingan uy-joyda yashashlarini va ularning yashash joylari oʻzgarishini doimiy nazorat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sudyaga bola ikki yoshga toʻlgungacha uni parvarish qilish uchun taʼtil berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi taʼtilning butun davriga, biroq sudya ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan, sudya etib tayinlangan (saylangan) muddatdan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud organlari xodimiga va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va prokuratura organlari xodimiga bola ikki yoshga toʻlgungacha uni parvarish qilish uchun taʼtil berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi taʼtilning butun davriga, biroq sud organlari xodimi va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va prokuratura organlari xodimi ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan beriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Pul kompensatsiyasi sud, sud organi va prokuratura organi joylashgan joy boʻyicha tegishli organning buxgalteriyasi tomonidan, ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq chiqarilgan buyruq asosida, ish haqi toʻlash bilan birgalikda oʻtgan oy uchun toʻlov vedomosti boʻyicha toʻlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlariga pul kompensatsiyasi tegishli organ tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda toʻlanadi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Pul kompensatsiyasini olish uchun hujjatlar tegishli organlarda qonun hujjatlarida belgilangan muddat tamom boʻlgungacha saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Pul kompensatsiyasi miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan oila tarkibi oʻzgargan taqdirda, sudyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari xodimining va prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining oila tarkibi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilingan pul kompensatsiyasi miqdorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizasi asosida yangi miqdorlardagi pul kompensatsiyasi belgilangan tartibda ushbu oʻzgarishlar boshlangan kundan boshlab toʻlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari xodimi va prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolish yoʻli bilan toʻliq miqdorda undan undirib olinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ushbu Nizomga muvofiq sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari xodimlariga va prokuratura organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1005/045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Pul kompensatsiyasi toʻlashga pul mablagʻlari sarfi toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yilning har choragida taqdim etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)
Keyingi tahrirga qarang.
12. Pul kompensatsiyasi toʻlashning toʻgʻriligini nazorat qilish tegishli organlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)