Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida Bitim
Кучга кириш санаси
20.11.2009
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida Bitim Davlatlar hududlarida yashirin ravishda boʻlgan shaxslarni qabul qilish-topshirish toʻgʻrisida Toshkent, 2009-yil 25-fevral (2009-yil 20-noyabrdan kuchga kirgan) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va prinsiplariga amal qilib, oʻzarolik asosida yashirin migratsiyaga qarshi kurash olib borish niyatida, quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar: 1-modda. Tomonlar davlatlarining fuqarolarini qabul qilish va topshirish 1. Tomonlardan har biri boshqa Tomonning taqdimnomasiga koʻra topshirayotgan Tomon davlati hududiga kirish va boʻlish shartlariga rioya etmagan shaxslarni qabul qiluvchi Tomon davlati fuqaroligiga mansubligining dalil-isboti mavjud boʻlganda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish orqali qabul qiladi yoki topshiradi. 2. Topshirayotgan Tomon qabul qilinishi lozim boʻlgan shaxslarni topshirish uchun zarur yoʻl hujjatlarini kechiktirmasdan rasmiylashtiradi. 3. Topshirgan Tomon, agar keyingi tekshiruvlarga koʻra ushbu shaxslar ularni qabul qilish-topshirish paytida qabul qilgan Tomon davlatining fuqaroligiga ega boʻlmaganligi isbotlansa, fuqaroligi aniqlanmagan shaxslarni xuddi shunday shartlarda qabul qiladi. 2-modda. Uchinchi mamlakatlar fuqarolarini qabul qilish va topshirish 1. Topshirayotgan Tomon taqdimnomasiga koʻra qabul qilayotgan Tomon topshirayotgan Tomon davlatiga kirish va boʻlish qoidalarini buzgan holda topshirayotgan Tomon davlati hududiga qabul qilayotgan Tomon davlati hududidan kirgan uchinchi davlatlar fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni qabul qiladi. 2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq shaxslarni qabul qilish-topshirish haqidagi majburiyatlar ushbu davlat hududiga shaxslar kirgan paytdan soʻng kirish davlatining tegishli idoralari tomonidan rasmiylashtirilgan kirish vizasi yoki yashash uchun haqiqiy ruxsatnomaga ega shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. 3. Tomonlar imkon qadar Tomonlar davlatlari hududida yashirin ravishda boʻlgan uchinchi davlatlar fuqarolarini ularning kelib chiqish davlatlariga joʻnatish uchun butun kuchlarini beradilar. 4. Agar topshirayotgan Tomon hududiga kelgan shaxs kirish yoki boʻlish shartlarini bajarmasa va agar bunday shaxs qabul qilayotgan Tomon bergan haqiqiy viza yoki yashash ruxsatnomasiga ega boʻlsa, bu shaxsni qabul qilayotgan Tomon qabul qilib olishi lozim. 3-modda. Vaqt cheklovlari 1. Qabul qilayotgan Tomon shaxslarni qabul qilish va topshirish haqida soʻrovlarga har qanday sharoitda 30 (oʻttiz) sutka ichida javob beradi. 2. Qabul qilayotgan Tomon qabul qilish va topshirish haqidagi masalasi kelishib olingan shaxslarni har qanday sharoitda oʻttiz kundan koʻp boʻlmagan muddatda qabul qilib oladi. Bu muddat topshirayotgan Tomon soʻroviga koʻra shaxslarni oʻz vaqtida topshirishga xalal beruvchi shartlar mavjud boʻlganda uzaytirilishi mumkin. 3. 2-moddada koʻrsatilgan shaxslarni qabul qilish va topshirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma topshirayotgan Tomon bunday shaxslarning qabul qilayotgan Tomon davlati hududiga kirishi va oʻz davlati hududida yashashi noqonuniy deb tan olgan sanadan boshlab, olti oy ichida koʻrib chiqilishi lozim. 4-modda. Shaxsni qabul qilish-topshirish maqsadida tranzit olib oʻtish 1. Tomonlar, agar Tomonlardan biri buni iltimos qilsa, va agar shaxslarni qabul qilish va topshirish boshqa davlatlar hamda yetkazib berish moʻljallangan davlat tomonidan kafolatlansa, uchinchi davlatlar fuqarolari va fuqaroligi yoʻq shaxslarning oʻz davlatlari hududi orqali shaxslarni qabul qilish va topshirish uchun tranzit olib oʻtilishiga ruxsat beradilar. 2. Soʻralayotgan Tomon tranzit vizasini rasmiylashtirishi shart emas. 3. Berilgan biror ruxsatnomaga qaramasdan tranzit olib oʻtilishi tasdiqlangan shaxslar 1-moddaning 3-bandida koʻzda tutilgan shartlarda boshqa Tomonga qaytarilishi mumkin. Koʻrsatilgan shaxslar, agar ularning uchinchi davlat hududi orqali tranzit olib oʻtilishi yoki yetkazib berilishi moʻljallangan davlat tomonidan ularning qabul qilinishi kafolatlanmagan boʻlsa, va shuningdek joʻnatib yuborilgan shaxs keyingi tranzit davlat yoki yetkazib berilishi moʻljallangan davlatga yetib bormagani uchun shaxsan javobgar boʻlsa, boshqa Tomonga qaytarilishi mumkin. 4. Tomonlar oʻzlari kelib chiqqan davlatga bevosita qaytarilishi mumkin boʻlgan shaxslarga tranzit yoʻnalishini cheklashga intiladilar. 5-modda. Axborot taqdim etilishidagi cheklovlar Agar ushbu Bitimni amalga oshirish uchun shaxsiy maʼlumotlar taqdim etilishi lozim boʻlsa, bunday axborot faqat quyidagilarga daxldor boʻlishi mumkin: 1) topshirilayotgan shaxs haqida va zarur holatlarda uning oila aʼzolari haqida maʼlumotlar (familiyasi, ismi, har qanday oldingi ismlari, boshqa ismlari, taxalluslari, tugʻilgan sanasi va joyi, jinsi, hozirgi va istagan boshqa fuqaroligi); 2) pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (shu jumladan, raqami, amal qilish muddati, berilgan sanasi, bergan organ, berilgan joyi va shu kabilar haqidagi axborot); 3) topshirilayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish uchun zarur boshqa maʼlumotlar; 4) bekatlar va marshrutlar joylari; 5) Tomonlardan biri rasmiylashtirgan yashash ruxsatnomalari yoki vizalar. 6-modda. Xarajatlar 1. Ushbu Bitimning 1 va 2-moddalarida eslatib oʻtilgan shaxslarni qabul qilayotgan Tomon chegarasigacha yetkazib qoʻyish xarajatlarini topshirayotgan Tomon qoplaydi. 2. Belgilangan davlat chegarasigacha tranzit olib oʻtish xarajatlari va zarur holatlarda qaytish xarajatlarini topshirayotgan Tomon toʻlaydi. 7-modda. Bahslarni hal qilish Tomonlar oʻrtasida ushbu Bitim qoʻllanilishi yoki talqin etilishi xususidagi har qanday bahslar maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal etiladi. 8-modda. Ijro qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Turkmaniston Davlat migratsiya xizmati ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblangan alohida bayonnomani imzolaydilar hamda ushbu Bitim qoʻllanilishi uchun zarur shartlar, xususan, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oladilar: 1) oʻzaro aloqa qilish usuli; 2) qabul qilish-topshirish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlar; 3) ushbu Bitimni amalga oshirish uchun masʼul organlarning uchrashuvlari haqida kelishib olish; 4) shaxslarni qabul qilish va topshirish uchun davlat chegarasidan oʻtkazish xalqaro punktlar roʻyxati; 5) transportda tashish shartlari. 9-modda. Boshqa xalqaro shartnomalarga munosabat Ushbu Bitim Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston ishtirokchisi hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxldor emas. 10-modda. Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish Tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin, bunda ular ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. 11-Modda. Kuchga kirish Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi va Tomonlardan biri boshqa Tomonning uning harakatini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnomasini olgan kundan boshlab olti oy oʻtgandan soʻng oʻz kuchini tugatadi. Toshkent shahrida 2009-yil 25-fevralda ikki nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, rus tilidagi matn asos qilib olinadi. (imzolar) |
Соглашение Между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Туркменистана О приеме-передаче лиц, пребывающих на территории государств нелегально Ташкент, 25 февраля 2009 года (Вступило в силу 20 ноября 2009 года) Правительство Республики Узбекистан и Правительство Туркменистана, в дальнейшем именуемые Сторонами, руководствуясь общепризнанными нормами и принципами международного права, намереваясь вести борьбу с нелегальной миграцией на основе взаимности, согласились о нижеследующем: Статья 1 Прием и передача граждан государств Сторон 1. Каждая из Сторон по представлению другой Стороны принимает или передает лиц, которые не соблюдают условий въезда или пребывания на территории государства передающей Стороны, при наличии доказательств принадлежности к гражданству государства принимающей Стороны с составлением соответствующих документов. 2. Передающая Сторона без промедления оформляет проездные документы, необходимые для передачи лиц, которые должны быть приняты. 3. Передавшая Сторона на таких же условиях принимает лиц с не установленным гражданством, если последующими проверками будет доказано, что они не имели гражданства государства принявшей Стороны на момент их приема-передачи. Статья 2 Прием и передача граждан третьих стран 1. По представлению передающей Стороны принимающая Сторона принимает граждан третьих государств или лиц без гражданства, которые въехали с территории государства принимающей Стороны на территорию государства передающей Стороны в нарушение правил въезда и пребывания государства передающей Стороны. 2. Обязательства о приеме-передаче лиц, в соответствии с пунктом 1 настоящей статьи, не применяются к лицам, которые имели въездную визу или действительные разрешения на проживание, оформленные соответствующими органами государства въезда, после того как лица вступили на его территорию. 3. Стороны прилагают все усилия для отправки граждан третьих государств, нелегально находящихся на территориях государств Сторон, в государства их происхождения. 4. Если лицо, прибывшее на территорию государства передающей Стороны, не выполняет условия въезда или пребывания, и если такое лицо имеет действительную визу или разрешение на проживание, представленное ей принимающей Стороной, это лицо должно быть принято принимающей Стороной. Статья 3 Временные ограничения 1. Принимающая Сторона отвечает на запросы о приеме и передаче лиц при любых условиях в течение 30 (тридцати) суток. 2. Принимающая Сторона принимает лиц, вопрос о приеме и передаче которых уже согласован, и при любых условиях без задержки в срок не более тридцати дней. Этот срок может быть продлен по запросу передающей Стороны при наличии условий, препятствующих своевременной передаче лиц. 3. Представления на прием и передачу лиц, указанных в статье 2, должны быть рассмотрены в течение шести месяцев с даты, когда передающая Сторона признала незаконным въезд с территории государства принимающей Стороны и проживание таких лиц на территории своего государства. Статья 4 Транзитный проезд с целью приёма-передачи лица 1. Стороны разрешают гражданам третьих государств и лицам без гражданства проезжать через территории своих государств транзитом для приема и передачи лица в случае, если одна из Сторон высказывает просьбу об этом, и если приём и передача лица гарантируется другими государствами транзита и государством места назначения. 2. Запрашиваемой Стороне не обязательно оформлять транзитную визу. 3. Несмотря на какое-либо выданное разрешение, лица, чей транзитный проезд подтвержден, могут быть возвращены другой Стороне на условиях, предусмотренных пунктом 3 статьи 1. Указанные лица могут быть возвращены другой Стороне, если их транзитный проезд через территорию третьего государства либо прием их государством назначения не гарантируется, а также, когда высланное лицо лично несёт ответственность за неприбытие в следующее транзитное государство или в государство назначения. 4. Стороны будут стремиться ограничить маршрут транзита лицам, которые могут быть возвращены непосредственно в государство своего происхождения. Статья 5 Ограничение в предоставлении информации В случае, если для реализации настоящего Соглашения должны передаваться личные данные, информация может касаться только: 1) сведений о лице, которое передают, и, при необходимости, о членах его семьи (фамилия, имя, любые предыдущие имена, другие имена, псевдонимы, дата и место рождения, пол, нынешнее и любое другое гражданство); 2) паспорта либо другого документа, который удостоверяет личность (включая информацию о номере, сроке действия, дате выдачи, органе выдачи, месте выдачи и т.п.); 3) других данных, необходимых для идентификации лиц, которые передаются; 4) мест остановок и маршрутов; 5) разрешений на проживание или виз, оформленных одной из Сторон. Статья 6 Расходы 2. Расходы транзитной перевозки до границы государства назначения и, при необходимости, расходы возможного возвращения оплачиваются передающей Стороной. Статья 7 Разрешение споров Любые споры между Сторонами относительно применения или толкования настоящего Соглашения будут решаться путём консультаций и переговоров. Статья 8 Исполнительные положения Министерство внутренних дел Республики Узбекистан и Государственная Миграционная служба Туркменистана подписывают отдельный протокол, который является неотъемлемой частью настоящего Соглашения, и согласуют необходимые условия для применения настоящего Соглашения, в частности, относительно: 1) способа взаимного общения; 2) документов и данных, которые необходимы для приема-передачи; 3) договоренности о встречах органов, ответственных за реализацию настоящего Соглашения; 4) перечня международных пунктов пропуска через государственную границу для приема и передачи лиц; 5) условий транспортировки. Статья 9 Отношение к другим международным договорам Настоящее Соглашение не затрагивает права и обязательства Сторон, вытекающие из других международных договоров, участниками которых являются Республика Узбекистан и Туркменистан. Статья 10 Внесение дополнений и изменений Стороны по взаимному согласию могут вносить в настоящее Соглашение необходимые изменения и дополнения, которые будут оформляться отдельными протоколами, являющимися неотъемлемой частью настоящего Соглашения. Статья 11 Вступление в силу Настоящее Соглашение вступает в силу с даты получения последнего письменного уведомления о выполнении Сторонами внутригосударственных процедур, необходимых для его вступления в силу и прекращает свое действие по истечении шести месяцев со дня получения одной из Сторон письменного уведомления другой Стороной о ее намерении прекратить действие настоящего Соглашения. Совершено в городе Ташкенте 25 февраля 2009 года, в двух экземплярах, каждый на узбекском, туркменском и русском языках, причем все тексты имеют одинаковую силу. При возникновении разногласий в толковании положений настоящего Соглашения, за основу принимается текст на русском языке. (подписи) |