Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.10.2012 yildagi 310-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PAXTA TOLASI TOYLARINI OʻRAShNING ZAMONAVIY TIZIMIGA OʻTISh VA OʻRASh VA BOGʻLASh MATERIALLARI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston paxta tolasining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida, xorijiy isteʼmolchilarning paxta tolasi toylarining tashqi koʻrinishiga va oʻralishiga nisbatan tavsiyalarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtasanoat Ilmiy Markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyat mutaxassislari bilan birgalikda mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqarilgan oʻrash va bogʻlash materiallarini izlash, sinovdan oʻtkazish va parametrlarini maqbullashtirish boʻyicha kompleks ishlar amalga oshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nantong Yufeng Plastic Packing Co., Ltd” kompaniyasi (XXR) tomonidan ishlab chiqarilgan oʻrash va bogʻlash materiallarining sinovlari ijobiy natijalar berganligi hamda ularni respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha texnik va texnologik parametrlarni ishlab chiqish tugallanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mustaqil Oʻzbekistonning 5 yilligi nomli Yangiyoʻl paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Chinoz paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari umumiy yigʻilishining “Mustaqil Oʻzbekistonning 5 yilligi nomli Yangiyoʻl paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini “Chinoz paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish yoʻli bilan “Mustaqil Oʻzbekistonning 5 yilligi nomli Yangiyoʻl paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish, “Chinoz paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondida kamida 51 foiz davlat ulushini saqlab qolish va uni “Toshkentpaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining ustav fondiga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Chinoz paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining “Mustaqil Oʻzbekistonning 5 yilligi nomli Yangiyoʻl paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mol-mulkining bir qismi negizida 2013-yilning 1-choragidan boshlab polietilenteraftolat lenta va yumshoq polietilen konteynyerlar ishlab chiqarish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi kompaniyasi tomonidan respublika hududida polietilenteraftolat lenta va yumshoq polietilen konteynyerlarni ishlab chiqarish boshlangunga qadar 2012-yil noyabr — 2013-yil yanvar oylarida paxta tozalash korxonalarini oʻrash va bogʻlash materiallari bilan taʼminlash uchun 13,226 mln AQSh dollari qiymatidagi 2,3 million dona sarflash materiallari (polietilenteraftolat lenta va yumshoq polietilen konteynyerlar va paxta tolasi toylarini paketlash uchun uskunalar), majburiy tartibda yuklasholdi inspeksiyasi oʻtkazgan holda yetkazib berishga “Nantong Yufeng Plastic Packing Co., Ltd” kompaniyasi (XXR) bilan kontrakt tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror 2-bandining uchinchi xatboshida koʻrsatilgan, tashkil etilayotgan yuridik shaxsning muassislari etib, — “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va “Chinoz paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror 2-bandining uchinchi xatboshida koʻrsatilgan, tashkil etilayotgan yuridik shaxs ustav fondini moliyalashtirish manbalari etib, — “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining oʻz mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror 2-bandining toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan sarflash materiallarini import qilish boʻyicha xaridlarni moliyalashtirish manbalari etib, — “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining milliy valyutadagi oʻz mablagʻlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga “Agrobank” aksiyadorlik-tijorat banki bilan birgalikda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etiladigan buyurtmalarga muvofiq import boʻyicha sarflash materiallari uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishga “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining soʻm mablagʻlari oʻz vaqtida konvertatsiya qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 44-son, 505-modda)