Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMA YOZUVLARINING SHAKLLARI VA ULARNI TOʻLDIRISH BOʻYICHA QOIDALARNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2397]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 329-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 119-son “Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 193-modda) muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining shakli 1-ilovaga muvofiq;
Nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining shakli 2-ilovaga muvofiq;
Nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining shakli 3-ilovaga muvofiq;
Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining shakli 4-ilovaga muvofiq;
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari shakllarini toʻldirish qoidalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B.Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S.Nuriyev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D.Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” – “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari rahbarlari 2012-yilning noyabr-dekabr oylarida belgilangan grafiklar asosida FHDY organlari xodimlari va fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) tomonidan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini mukammal oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 14-oktabrdagi 229-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 2018, 2009-yil 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 455-modda) va 2011-yil 19-oktabrdagi 242-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 2018-1, 2011-yil 19-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 458-modda) buyruqlari 2013-yil 1-dekabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2397-1, 30.12.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 603-modda)
6. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Q. Togʻayev zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-oktabr,
234-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
3-ILOVA
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
4-ILOVA
4-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
5-ILOVA
5-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari shakllarini toʻldirish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini (bundan keyingi oʻrinlarda dalolatnoma yozuvlari deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Dalolatnoma yozuvlari ikki nusxada tuziladi.
Dalolatnoma yozuvlarining har bir turi har yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha tartib bilan ketma-ket raqamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Dalolatnoma yozuvlari davlat tilida tushunarli va chiroyli dastxat bilan yoki kompyuter vositasida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga muvofiq toʻldiriladi. Dalolatnoma yozuvlari standart varaqda (A4 formatdagi qogʻoz) har bir bet hoshiyasi: yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan va oʻngdan 3 sm boʻlishi lozim.
3. Dalolatnoma yozuvlarining barcha ustunlari qisqartirishlarsiz (umumiy qabul qilinganlaridan tashqari) va toʻliq toʻldirilishi kerak. Dalolatnoma yozuvlarini dastxat bilan toʻldirishda havo rang pastali sharikli ruchka ishlatilishi lozim.
Dalolatnoma yozuvlari xatosiz toʻldirilishi kerak. Ulardagi soʻzlarni boʻyash, oʻchirish va chizish yoʻli bilan tuzatish man etiladi.
4. Dalolatnoma yozuvlari raqami katakchalariga dalolatnoma yozuvining raqami yoziladi. Uni qayd etish kuni, yili raqam bilan, oyi esa soʻzlar bilan toʻldiriladi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining (bundan keyingi oʻrinlarda FHDY organi deb yuritiladi) shtampi qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Dalolatnoma yozuvlarining “Tugʼilgan joyi”, “Doimiy yashash joyi”, “Oʼlgan joyi” ustunlaridagi “davlat”, “viloyat, shahar”, “tuman, shahar”, “shaharcha, qishloq, ovul” nomlari toʻliq yoziladi.
Masalan: “davlat” ustuniga Oʼzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Turkiya.
Tegishliligiga qarab “viloyat, shahar”, “tuman, shahar” va “shaharcha, qishloq, ovul” soʻzlaridan birining tagi chiziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Masalan: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʼbek “tuman, shahar” yoki Samarqand “viloyat”, Kattaqoʼrgʼon “tuman, shahar”, Chimboy “qishloq, ovul”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Tugʼilgan sanasi” ustuni fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida toʻldiriladi. Kun, oy va yil raqam bilan yoziladi.
7. Dalolatnoma yozuvlarining “Millati” ustuni shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida toʻldiriladi.
Chet el fuqarolariga nisbatan dalolatnoma yozuvlari qayd etilayotganda millatidan tashqari qaysi davlat fuqarosi ekanligi ham koʻrsatiladi. Millati haqida maʼlumot boʻlmagan taqdirda fuqaroligi toʻgʻrisidagi maʼlumot yoziladi.
8. Dalolatnoma yozuvlarining “Fuqaroligi” ustuniga qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi koʻrsatiladi. Shaxsning fuqaroligi boʻlmasa, mazkur ustunga “fuqaroligi yoʼq” deb yozib qoʻyiladi.
9. Dalolatnoma yozuvlarining “Qayerda va kim boʼlib ishlaydi” ustunida tashkilotning toʻliq nomi hamda lavozimi koʻrsatiladi.
Masalan: Moliya vazirligida boʼlim boshligʼi, Toshkent davlat yuridik institutida talaba, yakka tartibdagi tadbirkor yoki uy bekasi.
Yoshga doir pensiyada boʻlgan shaxslarga nisbatan “pensioner”, harbiy xizmatchilarga nisbatan “harbiy xizmatchi” deb yozib qoʻyiladi. Nogironlik pensiyasidagi shaxslarga nisbatan “pensioner” deb, qaysi guruh nogironligi koʻrsatiladi.
10. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Maʼlumoti” ustuni ariza beruvchining koʻrsatmasi asosida toʻldiriladi.
Oliy taʼlim muassasasini tugatgan shaxslar uchun “oliy”, oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan, lekin oʻqishni tugatmagan shaxslar uchun “toʼliqsiz oliy”, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini tugatgan shaxslar uchun “oʼrta maxsus, kasb-hunar”, umumiy oʻrta taʼlim muassasasini (I – IX sinflar) tugatgan shaxslar uchun “umumiy oʼrta”, umumiy oʻrta taʼlim muassasasini tugatmagan shaxslar uchun “toʼliqsiz oʼrta” va maʼlumoti boʻlmagan shaxslar uchun “maʼlumotsiz” soʻzlarining tagi chiziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Berilgan guvohnoma” ustuniga berilgan gerbli guvohnomaning seriyasi va raqami yoziladi.
12. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Belgilar uchun” ustuniga takroriy berilgan guvohnomaning seriyasi, raqami, berilgan kun, oy va yil hamda guvohnoma bergan FHDY organi xodimining familiyasi yozilib, imzolanadi.
13. Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish yoki qoʻshimchalar kiritilganda kun, oy, yil yoziladi hamda dalolatnoma yozuvining qaysi ustunlariga va qanday asosga koʻra kiritilganligi izohlanib, berilgan guvohnomaning seriyasi va raqami koʻrsatiladi.
Oʻzgartirish, tuzatish, qoʻshimcha kiritgan FHDY organi xodimining familiyasi yozilib, imzolanadi va muhrlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Dalolatnoma yozuvi toʻldirilgandan soʻng FHDY organi mudiri va inspektor tomonidan ularning familiyalari yozilib, imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II bob. Tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining toʻldirilishi
15. 1 — 3-ustunlarga tugʻilgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi yoziladi.
16. “4. Jinsi” ustunida “erkak”, “ayol” yoki “nomaʼlum” soʻzlaridan birining tagi tegishliligiga qarab chiziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. “5. Tugʼilgan sanasi, vaqti, vazni va boʼyi” ustunida bolaning tugʻilgan kuni, oyi, yili, soati va daqiqasi raqam bilan yoziladi, vazni va boʻyi tibbiyot maʼlumotnomasi asosida toʻldiriladi.
6-ustunning “Doimiy roʼyxatga qoʼyiladigan joyi” qatori mazkur Qoidalarning 5-bandiga muvofiq (ota yoki onaning ogʻzaki koʻrsatmasiga asosan) toʻldiriladi.
18. “7. Nechta bola tugʼildi” ustunida tugʻilgan bolaning (bolalarning) soni raqam bilan yoziladi. Agar ona koʻp homilali boʻlsa, unda tirik tugʻilgan bolalarning soni yoziladi.
19. 8-ustunda “tirik” yoki “oʼlik” soʻzlaridan birining tagi chiziladi. Bittadan ortiq tugʻilgan bolalardan biri oʻlik, qolgani tirik boʻlsa, har bir bolaga alohida dalolatnoma yozuvi qayd etiladi va dalolatnoma yozuvi raqami chiziqcha orqali, yaʼni quyidagi tartibda koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Masalan, d/yo № 252 bilan Nasan (tirik), d/yo № 252/253 bilan Nusan (oʼlik).
Keyingi tahrirga qarang.
20. “9. Onaning nechanchi bolasi” ustunida onaning ilgari tugʻilgan bolalari va vafot etgan bolalari ham hisobga kiritilib, raqam bilan yoziladi. Oʻlik tugʻilganlar hisobga kiritilmaydi. Ikkita yoki undan ortiq bolalar tugʻilganda dalolatnoma yozuvlari tartib bilan roʻyxatga olinadi.
21. “10. Tibbiy maʼlumotnoma” ustuniga tibbiy maʼlumotnomaning soni, berilgan kuni, oyi va yili raqam bilan yoziladi.
Tibbiy maʼlumotnoma bergan tibbiyot muassasasining nomi toʻliq yoziladi.
Masalan: № 15; 10.03.2007-y., Toshkent shahar, Mirzo Ulugʼbek tuman 6-sonli akusherlik kompleksi (majmuasi).
22. 11 — 17 va 20-ustunlar qonuniy nikohda turgan ota-onadan tugʻilgan bola ota-onasining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, harbiy guvohnoma) va nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma taqdim etilmaganda, avvalgi bolalarining tugʻilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvlari asosida toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ota-onalardan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan hollarda, FHDY organi tugʻilganlikni qayd etishni rad qilishi mumkin emas.
23. Bola yolgʻiz (nikohda boʻlmagan) onadan tugʻilganida ota ustuni onaning koʻrsatmasiga asosan toʻldiriladi.
Agar ota-onalari oʻrtasida nikoh qayd etilmagan boʻlsa (tugʻilganlikni qayd etishda otasi ishtirok etmagan taqdirda) bolaning otasi haqidagi yozuv onaning notarial yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.
24. “20. Otasi haqida maʼlumotni yozish uchun asos” ustunining:
“a) nikoh qachon va qayerda qayd etilgan” bandida ota-onaning nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasiga asosan nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvining raqami, qayd etilgan kuni, oyi va yili raqam bilan hamda FHDY organining nomi toʻliq yoziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Nikoh boshqa davlatda qayd etilgan boʻlsa, uni qayd etgan organning nomi yoziladi.
“b) otalikni belgilash toʼgʼrisida ariza” bandida arizaning roʻyxatga olingan (kirim) tartib raqami, kuni, oyi va yili raqam bilan toʻldiriladi;
“d) onaning arizasi” bandida yolgʻiz ona arizasining roʻyxatga olingan (kirim) raqami, kuni, oyi, yili va pasport maʼlumotlari raqam bilan toʻldiriladi.
25. “21. Ariza bilan murojaat qilgan shaxsning F.I.O., manzili va imzosi (aloqadorligi)” ustunida tugʻilganlikni qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili ariza muallifining ogʻzaki koʻrsatmasiga asosan toʻliq, qisqartirishlarsiz yoziladi va ariza muallifi tomonidan imzolanadi.
Masalan: Rahmonov Aziz Rustamovich (bobosi), Samarqand viloyati, Jomboy tumani, S.Rahimov koʼchasi, 77-uy – imzo.
III bob. Nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining toʻldirilishi
26. 1 — 3-ustunlarda nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma) asosida nikohgacha va nikohdan keyingi familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishlarsiz koʻrsatiladi.
27. “Nikohdan keyingi familiyasi” qatori nikohlanuvchilarning oʻz xohishlariga koʻra nikohga kirish haqidagi arizalari asosida toʻldiriladi.
28. “5. Yoshi” ustuniga nikohlanuvchilarning yoshi nikoh qayd etiladigan kun, oy va yilga qarab belgilangan holda toʻldiriladi.
Agar nikoh qayd etiladigan oy nikohlanuvchilarning tugʻilgan oyidan keyin boʻlsa (tugʻilgan oy bilan nikoh belgilangan oy bir boʻlsa, kuniga qarab belgilanadi) ularning yoshi qayd etiladigan yil bilan tugʻilgan yil oʻrtasidagi farqqa teng boʻladi.
Agar nikoh qayd etiladigan oy nikohlanuvchilarning tugʻilgan oyidan oldin boʻlsa, unda ularning yoshi nikoh qayd etiladigan yil bilan tugʻilgan yil oʻrtasidagi farqdan bir yilga kam boʻladi.
Masalan, 2007-yil 8-fevralda nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvi qayd etildi. Kuyovning tugʻilgan sanasi 1978-yil 1-yanvar boʻlsa, 2007 – 1978 = 29 yosh. Kelinning tugʻilgan sanasi 1986-yil 5-iyun boʻlsa, 2007 – 1986 – 1= 20 yosh.
29. “11. Oilaviy ahvoli” ustunida “nikohda boʼlmagan”, “tul” yoxud “ajrashgan” soʻzlaridan birining tagi chiziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. “12. Umumiy farzandlar toʼgʼrisida maʼlumot” ustunida nikohlanuvchilarning umumiy farzandi boʻlsa, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida farzandining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, tugʻilganligini qayd etgan FHDY organining nomi, qayd etilgan sanasi, dalolatnoma yozuvining raqami yoziladi.
Umumiy farzandlari ikki yoki undan ortiq boʻlgan hollarda, ulardan faqat birining maʼlumotlari koʻrsatilib, qolganlarining soni yoziladi.
Masalan: 3 ta. Karimov Doniyor – 2005-yil 20-aprel Toshkent shahar, Mirzo Ulugʼbek tuman FNDYo boʼlimi, 25.04.2005-yil, d/yo № 705.
Keyingi tahrirga qarang.
Umumiy farzandlari boʻlmasa “yoʼq” deb yoziladi.
31. “13. Doimiy yashash joyi” ustuni nikohlanuvchi shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida toʻldiriladi.
32. “14. Taqdim etilgan hujjatlar” ustuni nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari boʻyicha toʻldiriladi va ularning seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi koʻrsatiladi.
33. 15-ustun bilan nikohlanuvchilar tanishtiriladi.
34. “16. Nikohga kiruvchilarning nikohgacha familiyasi va imzosi” ustunida nikohlanuvchilarning nikohgacha boʻlgan familiyalari yoziladi va nikohlanuvchilar tomonidan imzolanadi.
35. “17. Guvohlarning familiyasi va imzosi” ustuni nikohlanuvchilarning istaklariga binoan, guvohlar ishtirokida nikoh qayd etilganda guvohlarning familiyalari yozilib imzolanadi.
36. “19. Belgilar uchun” ustunida quyidagilardan biri koʻrsatiladi:
ilgari nikohda boʻlgan shaxsning avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma;
sudning nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarori;
nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori;
er (xotin)ning oʻlimi haqidagi guvohnoma.
Shuningdek, mazkur ustunda nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalar qayd etilgan sana, dalolatnoma yozuvining raqami va qaysi FHDY organida roʻyxatga olinganligi koʻrsatiladi. Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorining sanasi va qaysi sud tomonidan chiqarilganligi koʻrsatiladi.
IV. Nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining toʻldirilishi
37. 1–3-ustunlarda nikohdan ajralish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport, harbiy guvohnoma) asosida familiyasi, ismi, otasining ismlari qisqartirishlarsiz koʻrsatiladi.
38. “Nikohdan ajralgandan keyingi familiyasi” qatori er yoki xotindan birining nikohgacha boʻlgan familiyasiga qaytish toʻgʻrisida nikohdan ajralish haqidagi arizasida koʻrsatilishi boʻyicha toʻldiriladi.
Sudning 1998-yilning 1-sentabrigacha qonuniy kuchga kirgan qarori boʻyicha nikohdan ajralishni qayd etish haqida er yoki xotindan biri FHDY boʻlimiga murojaat qilgan paytda FHDY organiga kelmagan er yoki xotinning “Nikohdan ajralgandan keyingi familiyasi” qatori toʻldirilmaydi.
39. “5. Yoshi” ustuniga nikohdan ajralayotganlarning yoshi (nikohdan ajralganlik qayd etilayotgan kun, oy va yilga qarab) yoziladi.
Agar nikohdan ajralish qayd etiladigan oy nikohdan ajraluvchilarning tugʻilgan oyidan keyin boʻlsa (tugʻilgan oy bilan nikohdan ajratilishi belgilangan oy bir boʻlsa, kuniga qarab belgilanadi), ularning yoshi qayd etiladigan yil bilan tugʻilgan yil oʻrtasidagi farqqa teng boʻladi.
Agar nikohdan ajralganlik qayd etiladigan oy nikohdan ajraluvchilarning tugʻilgan oyidan oldin boʻlsa, ularning yoshi nikohdan ajralish qayd etiladigan yil bilan tugʻilgan yil oʻrtasidagi farqdan bir yilga kam boʻladi.
Masalan: 2006-yil 12-aprelda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etildi. Erning tugʻilgan vaqti 1976-yil 18-fevral boʻlsa, 2006 – 1976 = 30 yosh. Xotinning tugʻilgan vaqti 1982-yil 15-avgust boʻlsa, 2006 – 1982 – 1 = 23 yosh.
40. “11. Nechanchi nikohi” ustunida nikohdan ajraluvchilarning nechanchi nikohi ekanligiga qarab “birinchi”, “ikkinchi”, “uchinchi va undan ortiq” soʻzlaridan birining tagi chiziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. “12. Ajratilayotgan nikoh” ustunida nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami, kuni, oyi, yili raqam bilan toʻldiriladi. Nikoh qaysi FHDY organida va qayerda qayd etilganligi toʻliq yoziladi.
42. “13. Dalolatnoma yozuvi uchun asos” ustunining:
“a)” bandida er-xotinning birgalikda bergan arizasi, uning berilgan kuni, oy, yili va kirim raqami yoziladi;
“b)” bandida nikohdan ajratish toʻgʻrisida qaror chiqargan sudning toʻliq nomi, qaror chiqqan kun, oy, yil yoziladi;
“d)” bandida fuqaroni bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topgan sudning nomi va fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi, qaror chiqqan kun, oy, yil yoziladi;
“e)” bandida fuqaroni ozodlikdan mahrum qilish toʻgʻrisida hukm chiqargan sudning toʻliq nomi va fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, hukm chiqqan kun, oy, yil yoziladi.
43. “14. 18 yoshga toʼlmagan umumiy bolalari soni” ustuni raqamlarda toʻldiriladi. Agar bolalari boʻlmasa, katakcha ichiga chiziq tortiladi va “yoʼq” deb yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. “15. Undirilgan davlat boji summasi va toʼlanganligi toʼgʼrisida belgi” ustunida toʻlangan davlat bojining summasi, toʻlov qogʻozining (patta) raqami va toʻlangan kuni, oyi, yili koʻrsatiladi.
45. “16. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar” ustuni nikohdan ajraluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport yoki harbiy guvohnoma) asosida toʻldiriladi.
46. “17. Ajraluvchilar imzosi” ustuni ajraluvchilar tomonidan imzolanadi.
V bob. Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining toʻldirilishi
47. 1 — 3-ustunlarda marhumning familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishlarsiz yoziladi.
48. “4. Jinsi” ustunidagi “erkak” yoki “ayol” yoxud “nomaʼlum” soʻzlaridan birining tagiga chiziladi.
49. “5. Millati” ustuni marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida toʻldiriladi.
Agar shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmasa, chiziq tortiladi. “Belgilar uchun” ustuniga “pasport topshirilmadi” deb yozib qoʻyiladi.
50. “7. Oʼlgan vaqti” ustunida oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida marhumning vafot etgan sanasi (kun, oy va yil raqam bilan) koʻrsatiladi.
51. “8. Oʼlgan joyi” ustunida marhum vafot etgan joy nomi toʻliq yoziladi.
52. “9. Oʼlimning sababi” ustuni oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida toʻldiriladi.
53. “10. Tugʼilgan sanasi va joyi” ustuni marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va (yoki) oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida toʻldiriladi. Bu ustunda “davlat”, “viloyat, shahar”, “tuman, shahar”, “shaharcha, qishloq, ovul” soʻzlarining tagiga tegishligiga qarab chiziladi va nomlari toʻliq yoziladi.
54. “11. Yashagan joyi (manzili) va shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlar” ustunida vafot etgan shaxsning yashagan joyi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida koʻrsatiladi.
Pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi koʻrsatiladi, agar pasport FHDY organiga taqdim etilmagan boʻlsa, bu band toʻldirilmasdan, chiziq tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan hollarda, yozuvlar oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida kiritiladi.
16 yoshga toʻlmay vafot etganlarga nisbatan oʻlimni qayd etish uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi asosida amalga oshiriladi, guvohnomaning seriyasi, raqami va dalolatnoma yozuvining raqami, qachon va qaysi FHDY organi tomonidan berilganligi yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Yoshi” katakchalarida marhumning yoshini toʻldirishda marhumning vafot etgan oyi tugʻilgan oyidan keyin boʻlsa, yosh toʻliq hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Masalan, vafot etgan vaqti 2006-yil 23-iyul, tugʻilgan vaqti 1926-yil 10-may boʻlsa, yoshi 2006 – 1926 = 80 yosh.
Agar marhumning vafot etgan oyi tugʻilgan oyidan oldin boʻlsa, unda marhumning yoshi (bir xil oylarda – kun), vafot etgan vaqti bilan tugʻilgan vaqtidagi farq 1 (bir) yilga kam boʻladi.
Masalan, oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi 2006-yil 27-iyunda toʻldirilayotgan va marhumning tugʻilgan vaqti 1937-yil 29-dekabr boʻlsa, 2006 – 1937 – 1 = 68 yosh.
Agar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarda (pasport, harbiy guvohnoma) tugʻilgan kun va oyi koʻrsatilmay, faqat yil koʻrsatilgan boʻlsa, tugʻilgan vaqti boʻlib, shu yilning 1-iyul kuni hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar vafot etgan shaxsning tugʻilgan kuni, oyi va yili nomaʼlum boʻlsa yoki shaxsi aniqlanmaganlarning oʻlimini qayd etishda tibbiy muassasaning xulosasida yoshi va tugʻilgan joyi haqida maʼlumotlar boʻlmasa 9-ustunga “nomaʼlum” deb yoziladi.
“Bir yoshgacha vafot etgan bola” katakchalariga tirik tugʻilib, bir yoshga qadar vafot etgan bolalarning oʻlimiga qadar necha oy, kun yashagani raqam bilan yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Nechanchi bolasi” katakchalarida tugʻilgan bola (vafot etgan bolalari ham hisoblanadi, oʻlik tugʻilganlari hisobga kirmaydi) nechanchi bolasi ekanligi raqam bilan koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Onaning yoshi” katakchalarida yosh raqam bilan toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Bir yoshgacha vafot etgan bola”, “Nechanchi bolasi”, “Onaning yoshi” katakchalari 1 yoshgacha vafot etgan bolalarga nisbatan toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. “12. Oilaviy ahvoli” ustunida “nikohda boʼlmagan”, “beva (tul)” yoxud “ajrashgan” soʻzlaridan birining tagiga chiziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
56. “13. Ish joyi (qayerda va kim boʼlib ishlagan)” ustunida vafot etgan shaxsning ish joyi va lavozimi yoziladi.
57. “15. Oʼlimni tasdiqlovchi hujjatlar” ustunida oʻlim haqidagi tibbiy guvohnomaning raqami, berilgan kuni, oyi va yili, kim tomonidan (tibbiyot muassasasining nomi) berilganligi toʻliq yoziladi.
a) bandida oʻlim haqida tibbiy guvohnoma raqami va berilgan sanasi raqam bilan, shifokorning familiyasi, ismi va ota ismi toʻliq yoziladi.
Masalan: № 315, 10.02.2007-y., Toshkent shahar, Mirzo Ulugʼbek tumani 9-sonli oilaviy poliklinika, shifokor Olimova Salima Tursunovna.
b) bandida fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqida qaror chiqargan sudning nomi yoziladi va sanasi koʻrsatiladi.
Masalan, Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʼyicha Mirzo Ulugʼbek tumanlararo sudi, 13.03.2006-y.
58. “16. Ariza bilan murojaat etgan shaxsning F.I.O., manzili yoki oʼlim haqida ariza bergan muassasaning nomi va manzili” ustunida murojaat etgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (muassasaning nomi), yashash manzili (joylashgan yeri), qarindoshligi (aloqadorligi) toʻliq yoziladi.
59. “18. Qabristonga va sugʼurta kassasiga topshirish uchun maʼlumotnomalarni olganlik toʼgʼrisida belgi” ustuni oʻlim haqidagi guvohnomani, qabriston va sugʻurta kassasiga topshirish uchun maʼlumotnomalarni olgan shaxs tomonidan imzolanadi.
60. “19. Belgilar uchun” ustuniga nomaʼlum shaxs va shaxsi aniqlanmaganlarning oʻlimi qayd etilganda “murdaning shaxsi aniqlanmagan”, “pasport” yoki “tugʼilganlik haqidagi guvohnoma topshirilmadi”, tugʻilib vafot etgan yoki 1 yoshgacha vafot etgan bolalarga “oʼlim haqidagi guvohnoma berilmagan” deb belgi qoʻyiladi.
VI bob. Yakuniy qoidalar
61. Dalolatnoma yozuvlari toʻldirilgandan soʻng ariza bilan murojaat qilgan shaxs tomonidan oʻqib chiqiladi va imzolanadi.
62. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B.TOʻRAYEV
2012-yil 16-oktabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A.ALIMOV
2012-yil 16-oktabr
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B.XODIYEV
2012-yil 16-oktabr
Xalq taʼlimi vaziri T.SHIRINOV
2012-yil 16-oktabr
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 501-modda, 52-son, 603-modda; 2015-y., 16-son, 202-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2397-3/1196-son; 27.12.2019-y., 10/19/2397-4/4237-son; 19.01.2021-y., 10/21/2397-5/0047-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/2397-6/0737-son; 24.11.2022-y., 10/22/2397-7/1035-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)