Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMA YOZUVLARINING SHAKLLARI VA ULARNI TOʻLDIRISH BOʻYICHA QOIDALARNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2397]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 119-son “Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 193-modda) muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 271-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2397-3, 10.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2397-3/1196-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari shakllarini toʻldirish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi 2-ilovaga muvofiq;
Nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi 3-ilovaga muvofiq;
Nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi 4-ilovaga muvofiq;
Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-avgustdagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2397-6, 11.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/2397-6/0737-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B.Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S.Nuriyev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D.Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” – “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari rahbarlari 2012-yilning noyabr-dekabr oylarida belgilangan grafiklar asosida FHDY organlari xodimlari va fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) tomonidan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini mukammal oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 14-oktabrdagi 229-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 2018, 2009-yil 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 455-modda) va 2011-yil 19-oktabrdagi 242-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 2018-1, 2011-yil 19-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 458-modda) buyruqlari 2013-yil 1-dekabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2397-1, 30.12.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 603-modda)
6. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Q. Togʻayev zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-oktabr,
234-mh-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari shakllarini toʻldirish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini (bundan buyon matnda dalolatnoma yozuvlari deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Dalolatnoma yozuvlari ikki nusxada tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Dalolatnoma yozuvlarini qayd etish “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi.
Dalolatnoma yozuvlari davlat tilida kompyuter vositasida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida toʻldiriladi.
3. Dalolatnoma yozuvlarining barcha qatorlari qisqartirishlarsiz (umumiy qabul qilingan qisqartmalardan tashqari), toʻliq va xatosiz toʻldirilishi kerak.
4. Dalolatnoma yozuvining raqami, uni qayd etish vaqti (kun, oy, yil), shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining (bundan buyon matnda FHDY organi deb yuritiladi) nomi axborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.
5. Dalolatnoma yozuvlarining “Tugʻilgan joyi”, “Doimiy yashash joyi”, “Vafot etgan joyi” qatorlaridagi “davlat”, “viloyat, shahar”, “tuman, shahar” nomlari axborot tizimida tanlash orqali kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Masalan: “davlat” qatoriga Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Turkiya.
6. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Tugʻilgan sanasi” qatori fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnoma (bundan buyon matnda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar deb yuritiladi) asosida toʻldiriladi (kun, oy va yil raqam bilan yoziladi).
7. Dalolatnoma yozuvlarining “Millati” qatori shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida toʻldiriladi.
Chet el fuqarolariga nisbatan dalolatnoma yozuvlari qayd etilayotganda, millatidan tashqari mazkur shaxsning qaysi davlat fuqarosi ekanligi ham koʻrsatiladi. Bunda, uning millati haqida maʼlumot boʻlmagan taqdirda fuqaroligi toʻgʻrisidagi maʼlumot yoziladi.
8. Dalolatnoma yozuvlarining “Fuqaroligi” qatoriga shaxsning qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi koʻrsatiladi. Shaxsning fuqaroligi boʻlmagan taqdirda, mazkur qatorga “fuqaroligi yoʻq” deb yozib qoʻyiladi.
9. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Berilgan guvohnoma seriyasi” qatoriga berilgan gerbli guvohnomaning seriyasi va raqami yoziladi.
10. Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish yoki qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek guvohnomalar takroriy berilganda, bu haqidagi yozuvlar dalolatnoma yozuvlaridagi “Belgilar uchun” qatoriga qayd etiladi.
Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish yoki qoʻshimchalar kiritilganda, mazkur oʻzgartirish (tuzatish yoki qoʻshimchalar) dalolatnoma yozuvining qaysi qatorlariga va qanday asoslarga koʻra kiritilganligi toʻgʻrisida izoh yozilib, ushbu oʻzgartirish (tuzatish yoki qoʻshimchalar) qayd etilgan vaqt (kun, oy, yil), shuningdek berilgan guvohnomaning seriyasi va raqami koʻrsatiladi.
Guvohnomalar takroriy berilganda, takroriy berilgan guvohnomaning berilgan vaqti (kun, oy va yil), seriyasi va raqami koʻrsatiladi.
Dalolatnoma yozuvlaridagi “Belgilar uchun” qatoriga mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan yozuvlar kiritilgandan soʻng, ushbu yozuvlar axborot tizimida avtomatik ravishda saqlanadi.
Bunda, oʻzgartirish kiritilayotgan dalolatnoma yozuvining qogʻozga chop etilgan (toʻldirilgan) nusxasiga ham tegishli yozuvlar kiritiladi hamda FHDY organi xodimi ismining bosh harfi va familiyasi yozilib, ushbu xodim tomonidan imzolanadi, shuningdek gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
11. Dalolatnoma yozuvi toʻldirilgandan soʻng avtomatik ravishda axborot tizimida saqlanadi, shuningdek uning nusxasi qogʻozga chop etilib FHDY organi mudiri va inspektori tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
2-bob. Tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini toʻldirish
12. 1 — 3-qatorlarga tugʻilgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi yoziladi.
13. “4. JShShIR” qatoriga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritiladi.
14. “5. Jinsi” qatoriga bolaning jinsi toʻgʻrisidagi maʼlumot axborot tizimida “erkak”, “ayol” yoxud “nomaʼlum” degan soʻzlardan birini tanlash orqali kiritiladi.
15. “6. Tugʻilgan sanasi, vaqti, vazni va boʻyi” qatoriga bolaning tugʻilgan kuni, oyi, yili, soati va daqiqasi raqam bilan yoziladi, vazni va boʻyi tibbiyot maʼlumotnomasi asosida toʻldiriladi.
16. “8. Nechta bola tugʻildi” qatoriga tugʻilgan bolaning (bolalarning) soni raqam bilan yoziladi. Agar bittadan ortiq bola tugʻilgan boʻlsa, mazkur qatorga tirik tugʻilgan bolalarning soni yoziladi.
17. 9-qatorga bolaning oʻlik yoki tirik tugʻilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimida “tirik” yoki “oʻlik” degan soʻzlardan birini tanlash orqali kiritiladi.
Bittadan ortiq bola tugʻilgan boʻlib, ulardan biri oʻlik tugʻilgan, qolgani tirik tugʻilgan boʻlsa, u holda har bir bolaga alohida dalolatnoma yozuvi qayd etiladi.
18. “10. Onaning nechanchi bolasi” qatoriga onaning ilgari tugʻilgan bolalarining (shuningdek, vafot etgan bolalarining) soni qoʻshilgan holda hisoblanib, dalolatnoma yozuvi qayd etilayotgan bola onaning nechanchi bolasi ekanligi raqam bilan yoziladi. Bunda, oʻlik tugʻilgan bolalar soni hisobga kiritilmaydi.
Ikki yoki undan ortiq bolalar tugʻilganda, dalolatnoma yozuvlari tartib bilan roʻyxatga olinadi.
19. “11. Tibbiy maʼlumotnoma” qatoriga tibbiy maʼlumotnomaning soni, berilgan vaqti (kun, oy va yil) raqam bilan yoziladi.
Tibbiy maʼlumotnomani bergan tibbiyot muassasasining nomi toʻliq yoziladi.
Masalan: № 15; 10.03.2022-y., Toshkent shahar, Mirzo Ulugʼbek tuman 6-sonli akusherlik kompleksi (majmuasi).
20. 12 — 19-qatorlarga bolaning ota-onasi haqidagi maʼlumotlar ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki maʼlumotnoma (qonuniy nikohda turgan ota-onalar uchun) asosida toʻldiriladi.
Bunda, qonuniy nikohda turgan ota-onalar tomonidan nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki maʼlumotnoma taqdim etilmaganda, dalolatnoma yozuvining ushbu qatorlari ota-onaning avvalgi bolalarining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvlari asosida toʻldiriladi.
21. Bola yolgʻiz (nikohda boʻlmagan) onadan tugʻilganda, bolaning otasi haqidagi maʼlumotlar onaning koʻrsatmasiga asosan toʻldiriladi.
Tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvini qayd etishda yolgʻiz ona shaxsan ishtirok etolmagan taqdirda (bolaning otasi ham ishtirok etmasa), bolaning otasi haqidagi yozuv onaning notarial yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.
22. “19. Otasi haqida maʼlumotni yozish uchun asos” qatorining:
“a) nikoh qachon va qayerda qayd etilgan” bandida ota-onaning nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki maʼlumotnomasiga asosan nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvining raqami, qayd etilgan kuni, oyi va yili raqam bilan hamda FHDY organining nomi toʻliq yoziladi.
Nikoh boshqa davlatda qayd etilgan boʻlsa, ushbu bandda nikoh qayd etilgan davlat, shuningdek uni qayd etgan organning nomi ham yoziladi;
“b) otalikni belgilash toʻgʻrisida ariza” bandida arizaning roʻyxatga olingan (kirim) raqami va vaqti (kun, oy, yil) raqam bilan toʻldiriladi;
“d) onaning arizasi” bandida yolgʻiz ona arizasining roʻyxatga olingan (kirim) raqami va vaqti (kun, oy, yil) raqam bilan toʻldiriladi.
23. “20. Ariza bilan murojaat qilgan shaxsning F.I.O., imzosi (aloqadorligi)” qatoriga tugʻilganlikni qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi murojaat qilgan shaxsning soʻziga asosan qisqartirishlarsiz, toʻliq yoziladi hamda dalolatnoma yozuvining qogʻozda chop etilgan nusxasi ariza muallifi tomonidan imzolanadi.
Masalan: Rahmonov Aziz Rustamovich (bobosi), imzo.
3-bob. Nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvini toʻldirish
24. 1 — 3-qatorlarda nikohlanuvchilarning nikohgacha va nikohdan keyingi familiyasi, ismi, otasining ismi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida qisqartirishlarsiz koʻrsatiladi.
25. “Nikohdan keyingi familiyasi” qatori nikohlanuvchilarning oʻz xohishlariga koʻra nikohga kirish haqidagi arizalari asosida toʻldiriladi.
26. “5. Yoshi” qatori nikohlanuvchilarning tugʻilgan vaqtidan (kun, oy, yil) kelib chiqib, axborot tizimi orqali avtomatik ravishda toʻldiriladi.
27. “10. Oilaviy ahvoli” qatoriga nikohlanuvchilarning oilaviy ahvoli haqidagi maʼlumotlar axborot tizimida “nikohda boʻlmagan”, “tul” yoxud “ajrashgan” degan soʻzlardan birini tanlash orqali kiritiladi.
28. “11. Umumiy farzandlar soni” qatoriga nikohlanuvchilarning umumiy farzandlari boʻlsa, ularning soni yoziladi.
Nikohlanuvchilarning umumiy farzandlari boʻlmasa, ushbu qatorga “yoʻq” deb yoziladi.
29. “12. Doimiy yashash joyi” qatori nikohlanuvchi shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. “13. Taqdim etilgan hujjatlar” qatoriga nikohlanuvchi shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarining seriyasi va raqami yoziladi.
31. 14-qator bilan nikohlanuvchilar tanishtiriladi.
32. “15. Nikohga kiruvchilarning nikohgacha familiyasi va imzosi” qatoriga nikohlanuvchilarning nikohgacha boʻlgan familiyalari yoziladi hamda dalolatnoma yozuvining qogʻozga chop etilgan nusxasi nikohlanuvchilar tomonidan imzolanadi.
33. “16. Guvohlarning familiyasi va imzosi” qatoriga, nikoh nikohlanuvchilarning xohishiga koʻra guvohlar ishtirokida qayd etilganda, guvohlarning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi hamda dalolatnoma yozuvining qogʻozga chop etilgan nusxasi nikohlanuvchilar tomonidan imzolanadi.
34. “18. Belgilar uchun” qatorida quyidagilardan biri koʻrsatiladi:
ilgari nikohda boʻlgan shaxsning avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma;
sudning nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarori;
sudning nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori;
er (xotin)ning oʻlimi haqidagi guvohnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Shuningdek, mazkur qatorda nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalar qayd etilgan sana, dalolatnoma yozuvining raqami va qaysi FHDY organida roʻyxatga olinganligi, sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, uning sanasi hamda qaysi sud tomonidan chiqarilganligi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini toʻldirish
35. 1 — 3-qatorlarga nikohdan ajralish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida qisqartirishlarsiz yoziladi.
36. “Nikohdan ajralgandan keyingi familiyasi” qatori er yoki xotinning nikohdan ajralish haqidagi arizasida koʻrsatilgan nikohgacha boʻlgan familiyasiga qaytish toʻgʻrisidagi xohishiga asosan toʻldiriladi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroriga asosan nikohdan ajralishni qayd etish haqida er yoki xotindan biri FHDY boʻlimiga murojaat qilgan vaqtda FHDY organiga kelmagan er yoki xotinning “Nikohdan ajralgandan keyingi familiyasi” qatori toʻldirilmaydi.
37. “5. Yoshi” qatori nikohdan ajralayotganlarning tugʻilgan vaqtidan (kun, oy, yil) kelib chiqib, axborot tizimi orqali avtomatik ravishda toʻldiriladi.
38. “10. Nechanchi nikohi” qatoriga nikohdan ajralayotgan shaxslarning nechanchi nikohi ekanligi haqidagi maʼlumotlar axborot tizimida “birinchi”, “ikkinchi”, “uchinchi va undan ortiq” degan soʻzlaridan birini tanlash orqali kiritiladi.
39. “11. Ajratilayotgan nikoh” qatoriga nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va qayd etilgan vaqti (kun, oy, yil) raqam bilan yoziladi. Bunda, nikoh qayerda va qaysi FHDY organida qayd etilganligi toʻliq yoziladi.
40. “12. Dalolatnoma yozuvi uchun asos” qatorining:
“a)” bandida er-xotinning birgalikda bergan arizasi, uning berilgan vaqti (kun, oy, yil) va kirim raqami yoziladi;
“b)” bandida nikohdan ajratish toʻgʻrisida hal qiluv qarorini chiqargan sudning toʻliq nomi, hal qiluv qarori chiqarilgan vaqt (kun, oy, yil) yoziladi;
“d)” bandida fuqaroni bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqargan sudning toʻliq nomi, hal qiluv qarori chiqarilgan vaqt (kun, oy, yil) hamda fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi;
“e)” bandida fuqaroni ozodlikdan mahrum qilish toʻgʻrisida hukm chiqargan sudning toʻliq nomi, hukm chiqqan vaqt (kun, oy, yil) hamda fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi.
41. “13. 18 yoshga toʻlmagan umumiy bolalari soni” qatori raqamlarda toʻldiriladi. Agar nikohdan ajralayotgan shaxslarning 18 yoshga toʻlmagan bolalari boʻlmasa, mazkur qatorga “yoʻq” deb yoziladi.
42. “14. Undirilgan davlat boji summasi va toʻlanganligi toʻgʻrisida belgi” qatorida toʻlangan davlat bojining summasi koʻrsatiladi.
43. “15. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar” qatori nikohdan ajralayotgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida toʻldiriladi.
44. “16. Ajraluvchilar imzosi” qatori dalolatnoma yozuvining qogʻozga chop etilgan nusxasida ajraluvchilar tomonidan imzolanadi.
5-bob. Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvini toʻldirish
45. 1 — 3-qatorlarga marhumning familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishlarsiz yoziladi.
46. “4. Jinsi” qatoriga marhumning jinsi toʻgʻrisidagi maʼlumot axborot tizimida “erkak”, “ayol” yoxud “nomaʼlum” degan soʻzlardan birini tanlash orqali kiritiladi.
47. “5. Millati” qatori marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida toʻldiriladi.
Agar marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud boʻlmasa yoki ushbu hujjatda marhumning millati toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, mazkur qatorga “ — “ belgisi qoʻyiladi.
48. “7. Vafot etgan vaqti” qatorida oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma asosida marhumning vafot etgan sanasi (kun, oy va yil raqam bilan) koʻrsatiladi.
49. “8. Vafot etgan joyi” qatoriga marhum vafot etgan joyning nomi toʻliq yoziladi.
50. “9. Oʻlimning sababi” qatori oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma asosida toʻldiriladi.
51. “10. Tugʻilgan sanasi” qatori marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va (yoki) oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma asosida toʻldiriladi.
52. “11. Shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlar” qatori vafot etgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida toʻldiriladi.
Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan hollarda, yozuvlar oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma asosida yoziladi.
16 yoshga toʻlmasdan vafot etganlarga nisbatan oʻlimni qayd etish ularning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
Bunda, ushbu qatorga tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi, raqami, shuningdek tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami, qachon va qaysi FHDY organi tomonidan berilganligi yoziladi, agar guvohnoma FHDY organiga taqdim etilmagan boʻlsa, ushbu qatorga “Taqdim etilmadi” deb yoziladi va “16. Belgilar uchun” qatorida taqdim etilmaganlik sababi koʻrsatiladi.
“Yoshi” qatori marhumning tugʻilgan vaqtidan (kun, oy, yil) kelib chiqib, axborot tizimi orqali avtomatik ravishda toʻldiriladi.
Agar vafot etgan shaxsning tugʻilgan kuni, oyi va yili nomaʼlum boʻlsa yoki shaxsi aniqlanmaganlarning oʻlimini qayd etishda tibbiy muassasaning xulosasida yoshi va tugʻilgan joyi haqida maʼlumotlar boʻlmasa “10. Tugʻilgan sanasi” qatoriga “nomaʼlum” deb yoziladi.
“Bir yoshgacha vafot etgan bola”, “Nechanchi bola”, “Onaning yoshi” qatorlari bir yoshgacha vafot etgan bolalarga nisbatan dalolatnoma yozuvi qayd etilayotganda toʻldiriladi.
Bunda, “Bir yoshgacha vafot etgan bola” qatoriga tirik tugʻilib, bir yoshga qadar vafot etgan bolalarning oʻlimiga qadar necha oy, kun yashaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, “Onaning yoshi” qatoriga onaning yoshi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimi orqali avtomatik ravishda toʻldiriladi.
“Nechanchi bola” qatorida vafot etgan bola onaning nechanchi bolasi ekanligi (bunda onaning ilgari tugʻilgan bolalari, shuningdek vafot etgan bolalari ham hisoblanadi, oʻlik tugʻilgan bolalari hisoblanmaydi) raqam bilan koʻrsatiladi.
53. “12. Oʻlimni tasdiqlovchi hujjatlar” qatoriga oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma yoki sudning shaxsni vafot etgan deb topish toʻgʻrisidagi qarori haqidagi maʼlumotlar quyidagicha kiritiladi:
“a)” bandiga oʻlim haqida tibbiy maʼlumotnoma raqami, berilgan vaqti (kun, oy va yil), kim tomonidan (tibbiyot muassasasining nomi, shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi) berilganligi toʻliq yoziladi.
Masalan: № 315, 10.02.2022-y., Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani 9-sonli oilaviy poliklinika, shifokor Olimova Salima Tursunovna.
“b)” bandida shaxsni vafot etgan deb topish toʻgʻrisida qaror chiqargan sudning nomi hamda qaror chiqarilgan sana koʻrsatiladi.
Masalan, Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudi, 13.03.2021-y.
54. “13. Ariza bilan murojaat qilgan shaxsning F.I.O., manzili yoki oʻlim haqida ariza bergan muassasaning nomi va manzili” qatoriga dalolatnoma yozuvini qayd etish uchun murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (muassasaning nomi), shuningdek vafot etgan shaxsga qarindoshligi (aloqadorligi) toʻliq yoziladi.
55. “15. Qabristonga topshirish uchun maʼlumotnomalarni olganlik toʻgʻrisida belgi” qatori dalolatnoma yozuvining qogʻozga chop etilgan nusxasida oʻlim haqidagi guvohnoma va qabristonga topshirish uchun maʼlumotnomani olgan shaxs tomonidan imzolanadi.
56. “16. Belgilar uchun” qatoriga vafot etgan shaxsning shaxsi aniqlanmaganda, shuningdek tugʻilib vafot etgan yoki bir yoshgacha vafot etgan bolalarga nisbatan dalolatnoma yozuvi qayd etilganda tegishli izoh yozib qoʻyiladi (“murdaning shaxsi aniqlanmagan”, “tugʻilganlik haqidagi guvohnoma topshirilmadi”, “oʻlim haqidagi guvohnoma berilmagan”).
6-bob. Yakuniy qoidalar
57. Dalolatnoma yozuvlari toʻldirilgandan soʻng qogʻozga chop etiladi hamda murojaat qilgan shaxs tomonidan oʻqib chiqilib, imzolanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-avgustdagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2397-6, 11.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/2397-6/0737-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-avgustdagi 17-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2397-6, 11.08.2022-y.) asosan 2022-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/2397-6/0737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-avgustdagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2397-6, 11.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/2397-6/0737-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-avgustdagi 17-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2397-6, 11.08.2022-y.) asosan 2022-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/2397-6/0737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
3-ILOVA
3-ILOVA
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-avgustdagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2397-6, 11.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/2397-6/0737-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-avgustdagi 17-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2397-6, 11.08.2022-y.) asosan 2022-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/2397-6/0737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
4-ILOVA
4-ILOVA
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-avgustdagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2397-6, 11.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/2397-6/0737-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-avgustdagi 17-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2397-6, 11.08.2022-y.) asosan 2022-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/2397-6/0737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻiga
5-ILOVA
5-ILOVA
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-avgustdagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2397-6, 11.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/2397-6/0737-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 501-modda, 52-son, 603-modda; 2015-y., 16-son, 202-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2397-3/1196-son; 27.12.2019-y., 10/19/2397-4/4237-son; 19.01.2021-y., 10/21/2397-5/0047-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/2397-6/0737-son; 24.11.2022-y., 10/22/2397-7/1035-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)