OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ShAHARDA, ShAHAR ATROFI, ShAHARLARARO VA XALQARO YOʻNALIShLARDA UMUMIY FOYDALANIShDAGI AVTOMOBIL VA ELEKTR TRANSPORTIDA HAMDA SOATBAY TAShIShLARDA TAShILGAN YOʻLOVChILAR SONINI VA YOʻLOVChILAR AYLANIShINI ANIQLASh TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQ VA UNGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChANI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA”
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1164-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-sonli “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 437-modda) bajarish maqsadida buyuraman,
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2002-yil 24-iyuldagi 97i-son “Oʻzbekiston Respublikasida shaharda, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda umumiy foydalanishdagi avtomobil va elektr transportida hamda soatbay tashishlarda tashilgan yoʻlovchilar sonini va yoʻlovchilar aylanishini aniqlash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1164, 2002-yil 10-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 15-16-son);
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2011-yil 24-martdagi 52-son “Oʻzbekiston Respublikasida shaharda, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda umumiy foydalanishdagi avtomobil va elektr transportida hamda soatbay tashishlarda tashilgan yoʻlovchilar sonini va yoʻlovchilar aylanishini aniqlash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1164-1, 2011-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 15-son, 158-modda).
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 17-oktabr,
6-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 17-oktabr
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2012-yil 17-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 499-modda)