Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH SOHASI TASHKILOTLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI YANADA MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Davlat aktivlarini boshqarishni yanada maqbullashtirish, aloqa va axborotlashtirish sohasi tashkilotlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi va “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan qiymat boʻyicha davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha mol-mulkni “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar, Shayxontohur koʻchasi, 136a-uyda joylashgan, umumiy maydoni 2 677 kv.m boʻlgan, “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining mulkida boʻlgan binoni davlat mulki sifatida, tasarruf etish huquqisiz Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga bepul berish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 119-uyda (“A” korpus) joylashgan, umumiy maydoni 6 495 kv.m boʻlgan binoni Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi balansidan tasarruf etish huquqisiz Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga bepul berish;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 119-uyda (“B” korpus) joylashgan, umumiy maydoni 573 kv.m boʻlgan binoni Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi balansidan tasarruf etish huquqisiz Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasiga bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
bir oy muddatda ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan mol-mulkning bozor qiymatini belgilangan tartibda baholasin;
ikki oy muddatda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan berilayotgan mol-mulkni hisobga olgan holda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi koʻpaytirilishini taʼminlasin;
ikki oy muddatda ushbu qaror 1-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan binolar qabul qilinishi-topshirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi berilayotgan mol-mulkdan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi ushbu qaror 1-bandining toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan binoni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talabalar turar joyi sifatida moddiy-texnik taʼminlashni, uni xayriya mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga mukammal taʼmirlashni nazarda tutsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-apreldagi 84-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 167-modda)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Toshkent shahar, Navoiy koʻchasidagi 28a-uyda joylashadi.
5. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qaroriga qisman oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2003-yil 25-avgustdagi 367-son qarorining 1-bandi;
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-avgustdagi 401-f-son farmoyishining 1-bandining “b” kichik bandi va 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 16-oktabr,
296-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 296-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan qiymat boʻyicha davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga “Oʻzbektelekom” kompaniyasining ustav fondiga beriladigan mol-mulki
roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
|
T/r |
Bino va inshootlar manzili |
Umumiy maydoni (kv.m) |
Balansda saqlovchi (berayotgan tomon) |
Izoh |
| 1. | Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 28 “A” | 4 827 | Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
Maʼmuriy bino, shuningdek |
| 2. | Chirchiq shahri, P. Yusupov koʻchasi, “3A” | 1 083,51 | Chirchiq shahri hokimligi | Maʼmuriy bino, shuningdek yondosh inshootlar va uskunalar beriladi |
| 3. | Chirchiq shahri, 9-mikrorayon, 50-yillik shohkoʻchasi | 5 660,67 | Chirchiq shahri hokimligi | |
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 484-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2014-y., 15-son, 167-modda)