28.05.2009 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN BRAZILIYAFEDERATIV RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XOʻJALIGI SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Braziliya Federativ Respublikasi Hukumati, bundan buyon “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish orqali ikkala mamlakat oʻrtasidagi mavjud doʻstona aloqalarni mustahkamlash istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala davlatning milliy iqtisodiyotini rivojlanishida qishloq xoʻjaligining muhimligini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan buyon ham qishloq xoʻjaligi savdosini va qishloq xoʻjaligiga investitsiyalarni jalb etish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining mavjud qonun va qoidalariga muvofiq,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Hamkorlikning maqsadi va sohalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar qishloq xoʻjaligining barcha sohalarni, ayniqsa, quyidagi sohalarni, biroq ular bilan cheklanmagan holda rivojlantirishni ragʻbatlantiradilar: chorvachilik va chorva sogʻligʻini muhofaza qilish, biologik yonilgʻi uchun xomashyo ishlab chiqarish, sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, bogʻdorchilik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, qishloq xoʻjaligini boshqarish, yer resurslarini boshqarish, genetika va biotexnologiyalar, ishlov berish hamda hosildan keyingi texnologiyalar va qishloq xoʻjaligi mashinalari, shuningdek oʻsimlikshunoslik va zootexnika, shu jumladan, kasalliklarga qarshi kurash, karantin, zararkunandalar ustidan nazorat zararkunandalar paydo boʻlish xavfini tahlili chorva oʻsimlik mahsulotlari va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi vositalarini xalqaro tashishlarda inspeksiya tartibotlari boʻyicha hamkorlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan sohalardagi hamkorlikni ilmiy, texnikaviy hamda mazkur Bitimning II-moddasida sanab oʻtilgan hamkorlikning boshqa shakllari orqali rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Hamkorlikning yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimning hamkorlik shakllari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat ichki tartib-qoidalariga muvofiq, jumladan, ikkala mamlakatning xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlari va boshqa tegishli qonunlariga muvofiq sanitariya va fitosanitariya protokollariga qatʼiy rioya qilgan holda genetik materiallar va genetik texnologiyalarni takomillashtirish boʻyicha almashinuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qishloq xoʻjalik fani va texnologiyalarini, jumladan biologik yonilgʻi texnologiyalari va xomashyo materiallarini ishlab chiqishni almashish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mutaxassislar, olimlar va stajorlar bilan almashinish hamda oʻquv safarlari, seminarlar va boshqa kasbiy oʻquvni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) texnikaviy koʻmaklashuvni oʻz ichiga olgan loyihalarni birgalikda ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ilmiy-texnikaviy axborot, hujjatlar va nashrlar bilan almashinuvni qamrab olgan birgalikda tadqiqot hamda qishloq xoʻjaligi sohasida birgalikda tadqiqotlarni chuqurlashtirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) hosil yigʻimidan avvalgi va keyingi vositalarni va qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirishda hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) qishloq xoʻjaligi va muhofazasi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha oʻquv kurslari, simpoziumlar, seminarlar, anjuman va konferensiyalar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) savdo yarmarkalari, savdoni ragʻbatlantiruvchi tadbirlarni va maxsus koʻrgazmalarni uyushtirish hamda savdo vakolatxonalarini tashkil qilishni qamrab olgan bozor iqtisodiyotiga koʻmaklashuvchi strategik faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) qoʻshma korxonalar, investitsiyalar, marketing va hamkorlikning boshqa maqbul shakllarini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha hamkorlikning har qanday boshqa shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar qishloq xoʻjaligi sohasida bozorning rivojlanishiga koʻmaklashish boʻyicha xususiy tadbirkorlar sektori ishtirokini, tadbirkorlikni rivojlantirish, qoʻshma korxonalar va boshqa ishbilarmonlik faoliyatlarini ragʻbatlantiradi va qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar qishloq xoʻjalik savdosi va texnologiyasini olgʻa surishga kelishdilar hamda mavjud ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalari boʻyicha oʻzlarining tegishli majburiyatlariga daxl qilmagan xolda muhim mahsulotlar ayniqsa, chorva va goʻsht mahsulotlari importi va eksporti uchun qulay sharoit yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yanada keng qiziqishni vujudga keltirish uchun mazkur Bitim har ikkala mamlakatning boshqa manfaatdor hukumat idoralarini, shuningdek ilmiy, ishbilarmon, akademik birlashmalarini va xususiy sektorni jalb qilish vakolatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Kelishuvlarni amalga tatbiq etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu Bitim qoidalariga muvofiq hamkorlikning yuqorida koʻrsatilgan sohalarini amalga oshirish uchun muayyan loyiha shartlari toʻgʻrisida muzokaralar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimni jumladan, loyihalar va faoliyatning boshqa shakllarini amalga oshirilishi ikkala mamlakatning tegishli qonun va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Qoʻshma ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu Bitimning amalga tatbiq etilishini taʼminlash maqsadida diplomatik kanallar orqali kelishgan holda ikkala Tomonning teng sonli vakillaridan tashkil topgan Qoʻshma ishchi guruhini tuzadilar. Yetakchi muvofiqlashtiruvchi va masʼul agentliklar sifatida quyidagilar belgilandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan:‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi‎
Braziliya Federativ Respublikasi nomidan:‎ Qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va oziq-ovqat vazirligi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻshma ishchi guruhi ikkala mamlakat qishloq xoʻjaligini rivojlantirishni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq tavsiyalar ishlab chiqadi va taqdim etadi. Shuningdek, mazkur Bitim doirasida loyihalarni rejalashtirish bajarish monitoringini amalga oshirish va baholash uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshma ishchi guruhi uchrashuvlarini har ikki (2) yilda navbatma-navbat bilan Oʻzbekistonda va Braziliyada qabul qiluvchi tomon vakili uchrashuvga raislik qilgan holda oʻtkazadi. Zarur xollarda Tomonlarning roziligi va diplomatik kanallar orqali kelishuviga koʻra oraliq uchrashuvlar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Moliyaviy shartlar va boshqa koʻmaklashuv shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, agar oʻzgacha kelishilmagan boʻlsa, ushbu Bitim doirasidagi faoliyatlari bogʻliq xarajatlar uchun masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Intellektual mulk huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ikkala mamlakatda amaldagi milliy qonunchilik va xalqaro bitimlarga muvofiq, ushbu Bitimning amalga tatbiq etilishi bilan bogʻliq intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish boʻyicha tegishli choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimga binoan olinishi mumkin boʻlgan va/yoki intellektual mulk huquqiga ega boʻlish, saqlab qolish va tijoratda foydalanish shartlari muayyan dasturlar, kontraktlar yoki ishchi rejalarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muayyan dasturlar, kontraktlar yoki ishchi rejalarda, shuningdek nashr qilinishi yoki oshkor etilishi ushbu Bitimga binoan olingan intellektual mulk huquqlariga egalik qilish, foydalanish va tijoratda foydalanishni xavf ostiga qoʻyishi mumkin boʻlgan axborotning maxfiyligi xususidagi shartlar ham belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muayyan dasturlar, kontraktlar yoki ishchi rejalarda, zarur hollarda, ushbu Bitimga binoan intellektual mulk masalalari boʻyicha nizolarni hal etishga doir tartib-qoidalar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Nizolarning hal etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni qoʻllash yoki talqin qilishda yuzaga keladigan har qanday kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida doʻstona maslahatlashuv yoki muzokaralar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlardan birining boshqa Tomonni ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarni bajarganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnomani olgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Oʻzgartish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan biri diplomatik kanallar orqali yozma ravishda ushbu Bitimga oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritishni taklif etishi mumkin. Tomonlarning kelishuviga koʻra har qanday oʻzgartish yoki qoʻshimchalar Tomonlar tomonidan belgilagan sanada, ular mamlakatlarining ichki tartibotlarini inobatga olgan holda kuchga kiradi va ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Amal qilish muddati va bekor qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim besh (5) yil muddat davomida amal qiladi va Tomonlardan biri boshqa Tomonga ushbu Bitim muddati tugashidan kamida olti (6) oy oldin uning bekor qilish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilmasa, Bitim oʻz-oʻzidan navbatdagi besh yillik muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim amal qilishining toʻxtatilishi ushbu Memorandumga muvofiq amalga oshirilayotgan har qanday loyiha, kontrakt, kelishuv yoki faoliyatning amalga oshirish hamda tugatishga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Braziliya shahrida 2009-yilning 28-may kunida ikki asl nusxada har biri oʻzbek, portugal va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)