Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 24.07.2012 yildagi 622-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QarorI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHRIDA 2012/2013 YILLAR QISh-BAHOR MAVSUMI UChUN ASOSIY TURDAGI QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI ZAXIRAGA GʻAMLASh IShLARINI TAShKIL QILIShGA QARATILGAN ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2012-yil 12-iyundagi 02/03-34-5-sonli topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda Toshkent shahrida 2012/2013-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash ishlarini tashkil qilish asosida shahar aholisini arzon qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻlaqonli qondirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahrida 2012/2013-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash masalalarini nazorat qilish boʻyicha shahar ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahridagi dehqon bozorlari qoshida tashkil etilgan “Elga xizmat” shuʼba korxonalari, “Toshkent agro sabzavot” davlat korxonasi, “Toshkent oziq-ovqat zaxirasi” davlat korxonasi, ijtimoiy soha muassasalari, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, yirik sanoat korxonalari va tashkilotlar hamda mahallalarda 2012/2013-yillar kuz-qish mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash topshirigʻi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Toshbozorsavdo” uyushmasi (E.Inogʻomov), “Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozori” OAJ (M.Mirsolixov), “Toshkent agro sabzavot” davlat korxonasi (I.Saydullayev), tuman hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Toshkent viloyatining Boʻka, Bekobod, Yangiyoʻl, Parkent, Zangiota va Oʻrtachirchiq tumanlari bilan “Toshkent agro sabzavot” davlat korxonasi oʻrtasida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirib berish yuzasidan oʻrnatilgan tartibda fyuchers shartnomalarini tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tuzilgan shartnomaga asosan 50,0 ming tonna asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini (kartoshka, piyoz va sabzi) shahardagi 476 ta mahallalarda istiqomat qiluvchi aholining qish-bahor mavsumida isteʼmoli uchun 75 kun (15.09-30.11. 2012-yil) davomida ommaviy tarzda avtomashinalarda koʻchma savdo orqali savdosi tashkil etilishi belgilab qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— “Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozori” OAJ orqali Toshkent viloyatining Bekobod, Pskent, Boʻka, Parkent va Zangiota tumanlari bilan takroriy yetishtiriladigan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirib berish yuzasidan oʻrnatilgan tartibda fyuchers shartnomalarini tuzsin hamda yer maydonlariga ekiladigan ekinlar va ular uchun zarur boʻladigan urugʻlik, yoqilgʻi-moylash materiallari va mineral oʻgʻitlarga belgilangan tartibda boʻnak mablagʻlarini ajratish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Toshkent shahridagi yirik korxona va tashkilotlar, oliy oʻquv yurtlari, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan “Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozori” OAJ oʻrtasida 2012/2013-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi) zaxiraga gʻamlash uchun shartnoma tuzsin hamda belgilangan miqdorda mahsulotlarni yetkazib berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tuman hokimliklari savdoga jalb qilingan sotuvchilarni zarur miqdorda tosh-torozi, kerakli uskunalar, rastalar hamda maxsus joylar bilan taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar boʻlimi (J.Inogʻomov), tuman boʻlimlari bilan birgalikda: har bir mahallada mahalla oqsoqoli boshchiligida shtab tuzilib, mahalla aholisi orasida zaxira yaratish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilsin, aholi uchun mahallada qulay boʻlgan markaziy joylar belgilansin hamda mahallada tuzilgan shtab tomonidan olib kelib sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxini doimiy nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahridagi har bir yirik sanoat korxonalari, oliy oʻquv yurtlari, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻz ishchi xodimlarining qish-bahor mavsumida isteʼmoli uchun zarur qishloq xoʻjalik mahsulotlari zaxirasini yaratish maqsadida “Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozori” OAJ bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish va belgilangan mablagʻlarni oʻtkazib berish, shuningdek mahsulotlarni har bir ishchi-xodimlariga ommaviy tarzda yetkazib berish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Toshbozorsavdo” uyushmasi (E.Inogʻomov), “Elga xizmat” shuʼba korxonalari rahbarlari bilan birgalikda Surxondaryo viloyati tumanlaridagi agrofirma va fermer xoʻjaliklari tomonidan 2012-yil takroriy yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini (kartoshka, sabzi, piyoz) xarid qilish boʻyicha fyuchers shartnomalar tuzilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi (U.Baxodirov), Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar boshqarmasi (N.Artikxodjayev) bilan birgalikda zaxira tadbirlariga jalb qilingan “Elga xizmat” shuʼba korxonalari bilan Surxondaryo viloyati tumanlaridagi mahsulot yetishtiruvchilar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha maqsadli kredit resurslarini oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash chora-tadbirlarini belgilasinlar va ushbu masalaga shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish departamenti (R.Abdumajitov), “Toshbozorsavdo” uyushmasi (E.Inogʻomov), Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (T.Matyoqubov), Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (B.Mamajonov), Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi (F.Inoyatov), “Beminnat savdo” MChJ (N.Tiyasov), kommunal xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar, oliy oʻquv yurtlari rektorlari, tuman hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mavjud zaxira omborlarini va sovutish kameralarini joriy va kapital taʼmirlab, mavsumga tayyorlash ishlarini tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— 2012-yil sentyabr-noyabr oylarida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining zaxiraga qoʻyish grafigini (setevoy) ishlab chiqib, Toshkent shahar hokimligiga taqdim etsinlar va ijrosi yuzasidan kundalik monitoring oʻrnatsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— 2012/2013-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash topshirigʻini soʻzsiz bajarilishini taʼminlash yuzasidan nazorat mexanizmi oʻrnatish uchun 3, 3a, va 3b-ilovalarga muvofiq shakllarda tahlil maʼlumotlarni Toshkent shahar hokimligiga taqdim etib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti, “Toshbozorsavdo” uyushmasi, “Elga xizmat” shuʼba korxonalari, “Toshkent agro sabzavot” davlat korxonasi, yirik korxona va tashkilotlar, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, oliy oʻquv yurtlari rektorlari, ijtimoiy soha muassasalari, tuman hokimlari aholini isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash, mahsulotlarni bir tekisda va belgilangan narxlarda yetkazib berish masalalariga shaxsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi (U.Baxodirov), tijorat banklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— zaxira tadbirlariga jalb qilingan tayyorlovchi korxonalar bilan mahsulot yetishtiruvchilar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha maqsadli kredit resurslari va naqd pul mablagʻlarini oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash masalasiga shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilganligi inobatga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tijorat banklari tomonidan tayyorlovchi tashkilotlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash uchun zarur boʻlgan kredit resurslari va naqd pul mablagʻlarini oʻz vaqtida ajratilishiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tayyorlovchi korxonalar tomonidan kredit va naqd pul mablagʻlariga taqdim etilgan buyurtmalar va ularning ijrosi yuzasidan har 10 kunda tahliliy maʼlumotlar Toshkent shahar hokimligiga taqdim etib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Nazarbek qishloq fuqarolar yigʻini hududida joylashgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari omborxonasida dehqon bozorlari qoshidagi “Elga xizmat” shuʼba korxonalari, “Toshkent agro sabzavot” davlat korxonasi tomonidan zaxiraga tayyorlanadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari saqlanilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toshkent shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha yordamchisi (A.Akromov): “Toshkent shahrida 2012/2013-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash ishlarini tashkil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari F.Ziyayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi R. USMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
622-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining 2012-yil 24-iyuldagi 622-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi dehqon bozorlari qoshida tashkil etilgan “Elga xizmat” shuʼba korxonalari, “Toshkent agro sabzavot” davlat korxonasi, “Toshkent oziq-ovqat zaxirasi” davlat korxonasi, ijtimoiy soha muassasalari, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, yirik sanoat korxonalari va tashkilotlar hamda mahallalarda 2012/2013-yillar kuz-qish mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash topshirigʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎(tonna hisobida)

№‎‏

Tumanlar

Korxona nomi‎‏

Jami zaxiraga
‎mahsulot qoʻyish
‎topshirigʻi‎‏

Shu jumladan mahsulot turlari boʻyicha‎

kartoshka‎

piyoz‎

sabzi‎

karam‎

guruch‎

dukakli don‎

1.‎ Bektemir tumani‎ “Qoʻyliq Elga xizmat” ShK‎ 1060‎ 450‎ 350‎ 120‎ 60‎ 55‎ 25‎
2.‎ Mirobod tumani‎ “Mirobod Elga xizmat” ShK‎ 880‎ 400‎ 290‎ 85‎ 40‎ 45‎ 20‎
3.‎ M.Ulugʻbek tumani‎ “Navroʻz Elga xizmat” ShK‎ 870‎ 400‎ 290‎ 80‎ 45‎ 40‎ 15‎
4.‎ Olmazor tumani‎ “Qoraqamish Elga xizmat” ShK‎ 660‎ 350‎ 200‎ 50‎ 25‎ 25‎ 10‎
5.‎ Sirgʻali tumani‎ “Sergeli Elga xizmat” ShK‎ 780‎ 390‎ 250‎ 60‎ 35‎ 35‎ 10‎
6.‎ Uchtepa tumani‎ “Farhod Elga xizmat” ShK‎ 1050‎ 450‎ 350‎ 120‎ 50‎ 55‎ 25‎
7.‎ Hamza tumani‎ “Aviasozlar Elga xizmat” ShK‎ 1000‎ 430‎ 350‎ 100‎ 55‎ 50‎ 15‎
8.‎ Shayxontoxur tumani‎ “Eski Juva Elga xizmat” ShK‎ 1060‎ 450‎ 350‎ 120‎ 60‎ 55‎ 25‎
9.‎ Chilonzor tumani‎ “Besh yogʻoch Elga xizmat” ShK‎ 970‎ 430‎ 320‎ 100‎ 50‎ 50‎ 20‎
10.‎ Yunusobod tumani‎ “Yunusobod Elga xizmat” ShK va
‎“Oloy Elga xizmat” ShK‎
1050‎ 450‎ 350‎ 120‎ 50‎ 55‎ 25‎
11.‎ Yakkasaroy tumani‎ “Askiya Elga xizmat” ShK‎ 620‎ 300‎ 200‎ 45‎ 30‎ 35‎ 10‎
‎ Jami tuman boʻyicha‎ ‎ 10000‎ 4500‎ 3300‎ 1000‎ 500‎ 500‎ 200‎
12.‎ “Toshkent oziq-ovqat zaxirasi”‎ “Toshkent oziq-ovqat zaxirasi”‎‎ 3000‎ 0‎ 0‎ 0‎ 0‎ 3000‎ 0
‎ Jami shahar boʻyicha‎ ‎ 13000‎ 4500‎ 3300‎ 1000‎ 500‎ 3500‎ 200‎
13.‎ “Toshkent agro sabzavot” DK ‎ Tuman hokimlari tomonidan
‎avtomashina orqali koʻchma
‎savdoni 476 ta mahallalarda
‎istiqomat qiluvchi aholiga 75
‎kun davomida sotish orqali
‎(15.09-30.11. 2012-y) ‎
50000‎ 25000‎ 17000‎ 8000‎ 0‎ 0‎ 0‎
14.‎ “Toshkent agro sabzavot” DK‎ Toshkent viloyatida
‎joylashgan ‎ fermer xoʻjaliklari
‎omborxonalarida ‎ shartnomaga
‎asosan saqlanadigan qishloq
‎xoʻjalik mahsulotlari ‎
26210‎ 6000‎ 1160‎ 7000‎ 8680‎ 1285‎ 2085‎
15.‎ “Beminnat savdo” MChJ‎ 11 ta tumandagi savdo bazalari‎ 1700‎ 600‎ 500‎ 200‎ 200‎ 150‎ 50‎
16.‎ Xalq taʼlimi bosh
‎boshqarmasi‎
Toshkent shahridagi 300 ta
‎ umumtaʼlim maktablaridagi
‎32 ta korxonalar‎
880‎ 300‎ 250‎ 100‎ 100‎ 80‎ 50‎
17.‎ Oʻrta maxsus kasb-hunar
‎boshqarmasi‎
120 ta taʼlim muassasalari‎ 715‎ 300‎ 250‎ 50‎ 50‎ 50‎ 15‎
18.‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
‎vazirligi‎
29 ta oliy oʻquv yurtlari‎ 505‎ 200‎ 150‎ 50‎ 40‎ 55‎ 10‎
19.‎ Sogʻliqni saqlash
‎boshqarmasi‎
43 ta tibbiyot muassasalari‎ 730‎ 200‎ 150‎ 140‎ 140‎ 50‎ 50‎
20.‎ Respublika kasalxonalari‎ 15 ta yirik respublika
‎kasalxonalari‎
500‎ 200‎ 150‎ 50‎ 40‎ 50‎ 10‎
21.‎ “Toshkent qishloq xoʻjalik
‎ ulgurji bozori” OAJ‎
Shahardagi yirik korxona va
‎tashkilotlar (110 ta)‎
3160‎ 1500‎ 1200‎ 250‎ 100‎ 100‎ 10‎
22.‎ “Toshshahartransxizmat”
‎ uyushmasi‎
21 ta korxona va tashkilot‎ 850‎ 300‎ 250‎ 100‎ 100‎ 80‎ 20‎
23.‎ “Toshaharnur”DUK‎ Korxona ishchi xodimlari uchun‎ 200‎ 100‎ 80‎ 5‎ 5‎ 10‎ 0‎
24.‎ “Toshissiqlikquvvati” IChB‎ Korxona ishchi xodimlari uchun ‎ 310‎ 150‎ 120‎ 10‎ 5‎ 25‎ 0‎
25.‎ “Suvsoz tresti” DUK‎ Korxona ishchi xodimlari uchun‎ 360‎ 200‎ 140‎ 10‎ 10‎ 0‎ 0‎
26.‎ “Toshissiqlikmarkazi”
‎ birlashmasi‎
Korxona ishchi xodimlari uchun‎ 300‎ 150‎ 100‎ 15‎ 10‎ 25‎ 0‎
27.‎ “Toshshahargaz” korxonasi‎ Korxona ishchi xodimlari uchun‎ 290‎ 150‎ 100‎ 10‎ 10‎ 20‎ 0‎
28.‎ Elektr tarmoqlari korxonasi‎ Korxona ishchi xodimlari uchun‎ 290‎ 150‎ 100‎ 10‎ 10‎ 20‎ 0‎
‎ Jami tashkilotlar boʻyicha‎ ‎ 87000‎ 35500‎ 21700‎ 16000‎ 9500‎ 2000‎ 2300‎
‎‎Umumiy shahar boʻyicha: ‎ 100000‎ 40000‎ 25000‎ 17000‎ 10000‎ 5500‎ 2500‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining 2012-yil 24-iyuldagi 622-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qish mavsumiga zaxiraga qoʻyish ishlarining borishi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT ( __holatiga)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎(tonna hisobida)

Tumanlar va tashkilotlar nomi‎‏

Jami mahsulot‎‎ Kartoshka Piyoz‎‎ Sabzi‎‎ Karam‎‎ Guruch‎‎ Dukakli don‎‎
reja‎ amalda‎ foiz‎ reja‎ amalda‎ foiz‎ reja‎ amalda‎ foiz‎ reja‎ amalda‎ foiz‎ reja‎ amalda‎ foiz‎ reja‎ amalda‎ foiz‎ reja‎ amalda‎ foiz‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ �� ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Jami:‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎
‎‎
‎‎

‎‎Rahbar (imzo)

‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu maʼlumotlar 2012-yilning 1-sentabridan 1-dekabriga qadar har haftaning juma kuni soat 18:00 ga qadar Toshkent shahar hokimligiga taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining 2012-yil 24-iyuldagi 622-sonli qaroriga
3a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qish mavsumi uchun zaxiraga qoʻyish uchun shartnomalar tuzish va kredit resurslari ajratilishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEZKOR MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎

Tayyorlov tashkilotlari soni‎

Zaxiraga mahsulot qoʻyish topshirigʻi (ming tonna) ‎

Holatiga fermerlar bilan tuzilgan shartnomalar

‎‎Holatiga fermerlar bilan tuzilgan shartnomalar

‎

‎

‎

soni‎

miqdori
‎(tonna) ‎

buyurtma
‎
(mln.soʻm) ‎

amalda ajratildi (mln.soʻm) ‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

Jami:‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎
‎‎
‎ ‎ Rahbar (imzo)‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu maʼlumotlar 2013-yilning 1-sentabridan 1-dekabriga qadar har haftaning juma kuni soat 18:00ga qadar Toshkent shahar hokimligiga taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining 2012-yil 24-iyuldagi 622-sonli qaroriga
3b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida zaxiraga qoʻyilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kish-bahor mavsumida savdoga chiqarish ishlarining borishi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT (____ holatiga)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎(tonna hisobida)

Tuman va tashkilotlar nomi‎‏‎

Jami mahsulot‎‎‏

Mahsulotlar‎‎

kartoshka‎‎

piyoz‎‎

sabzi

karam‎‎

guruch‎‎

dukakli don‎‎

reja‎

sotildi‎

qoldik‎

reja‎

sotildi‎

qoldik‎

reja‎

sotildi‎

qoldik‎

reja‎

sotildi‎

qoldik‎

reja‎

sotildi‎

qoldik‎

reja‎

sotildi‎

qoldik‎

reja‎

sotildi‎

qoldik‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎
‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎Rahbar ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ (imzo)‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu maʼlumotlar 2012-yilning 1-dekabridan 2013-yilning 1-iyunigacha har haftaning juma kuni soat 18:00ga qadar Toshkent shahar hokimligiga taqdim etib boriladi.