28.05.2009 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI VA BRAZILIYAFEDERATIV RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

IQTISODIYOT VA SAVDO SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Braziliya Federativ Respublikasi Hukumati bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Braziliya Federativ Respublikasi oʻrtasida iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlikka katta ahamiyat qaratib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquq prinsiplariga asoslangan holda, ikki davlat oʻrtasida iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlikni rivojlantirish va doʻstona munosabatlarni mustahkamlashni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, mazkur Bitim qoidalariga va Tomonlarning milliy qonunchiligiga muvofiq iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻzaro ikki davlat oʻrtasidagi tovarlar importi va eksportiga nisbatan qoʻllaniladigan boj toʻlovlari va xuddi shunday taʼsirga ega boʻlgan soliqlarga taalluqli eng qulay rejim yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandidagi qoidalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tomonlardan biri tarafidan chegaraboʻyi savdosini yengillashtirish maqsadida qoʻshni davlatlarga yaratiladigan imtiyozlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir tomon tarafidan ular aʼzo boʻlgan erkin savdo va bojxona ittifoqi toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida yaratiladigan imtiyozli rejimga, rivojlanayotgan davlatlar bilan imtiyozga oid bitimlarga yoki rivojlanayotgan davlatlarga imtiyozlarni bir tomonlama berishga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzlarining milliy qonunchiliklariga muvofiq boshqa Tomonning hududida xar qanday Tomonning qoʻshma korxonalarini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning filiallarini, banklarini va boshqa tuzilmalarini tashkil etilishiga yordam beradilar. Tomonlar investitsiyalarni va texnologiyaga bogʻliq ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni va mustahkamlashni muhimligini anglab yetadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni qoʻshma loyihalar va dasturlar orqali qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ikki davlatning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarining mazkur Bitim asosida imzolagan shartnomalari doirasidagi barcha toʻlovlar, Tomonlarning milliy qonunchiligiga muvofiq xalqaro toʻlovlarda qabul qilingan talablarga asosan erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar hududlarida oʻtkaziladigan xalqaro yarmarkalar va koʻrgazmalarda va boshqa shunga oʻxshash anjumanlarda ikki davlat xoʻjalik yurituvchi subyektlarining ishtirok etishlariga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻrtasidagi iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlik ikki davlat xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida ularning mulkiy va hamkorlik shakllaridan qatʼi nazar, Tomonlarning milliy qonunchiligi hamda xalqaro savdo tajribasidan dunyo tovarlari va xizmatlari bozori narxlari asosida shartnomalar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ikki davlat xoʻjalik yurituvchi subyektlarining tuzgan shartnomalari boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganliklari yuzasidan javobgar boʻlmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi va Braziliya Federativ Respublikasi oʻrtasida Tomonlarning tegishli davlat organlari va ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiya (bundan keyin — Hukumatlararo komissiya) tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukumatlararo komissiya yigʻilishlari bir yilda bir marta yoki har ikki Tomon oʻzaro kelishuvi boʻyicha zarur deb hisoblagan vaqtlarda Oʻzbekiston Respublikasi va Braziliya Federativ Respublikasida navbatma-navbat oʻtkaziladi. Hukumatlararo komissiya oʻz Reglamentini oʻzi muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hukumatlararo komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻzaro manfaatli boʻlgan sohalarda iqtisodiyot va savdo boʻyicha hamkorlik dasturlarini muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kreditlar berishning maʼqul shartlarini, iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlikni moliyaviy taʼminlashni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻrta va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlovchi dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ikki davlat xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlikning shart-sharoitlari yaxshilash uchun takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushbu Bitimning tatbiq qilinishi yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Tomonlar hamda ular davlatlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlikni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlarning oʻzaro ichki kelishuviga asosan mazkur moddani amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar har bir Tomon tarafidan oʻziga tegishli qismi boʻyicha qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq, ushbu Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanadigan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin va ushbu bayonnomalar mazkur Bitimning 11-moddasiga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Oʻzbekiston Respublikasi yoki Braziliya Federativ Respublikasi tomonidan tuzilgan mavjud xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi Tomonlarning har qanday huquq va majburiyatlariga taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim Tomonlardan birining boshqa Tomonning ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat protseduralarini bajarganligi toʻgʻrisida soʻnggi yozma xabarnomani olgan sanadan boshlab kuchga kiradi va Tomonlardan birining mazkur Bitim amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozma xabarnomasini olgunga qadar amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimning amal qilish muddati shunday yozma xabarnoma olingandan soʻng olti oydan keyin toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimning amal qilish muddatining toʻxtatilishi, ushbu Bitimning amal qilishi davomida yuzaga kelgan Tomonlarning moliyaviy majburiyatlarini bajarishiga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Braziliya shahrida 2009-yil 28-may kuni ikki nusxada, har biri oʻzbek, portugal va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilish maqsadida ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)