Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2019 24.09.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2393
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligining qarori , 24.09.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2393
Кучга кириш санаси
04.10.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

ChET ELDA OʻTKAZILAYOTGAN OʻZBEKISTONNING MILLIY KOʻRGAZMA-YaRMARKALARI VA XALQARO KOʻRGAZMA-YaRMARKALAR DOIRASIDA QATNAShIShNI TAShKIL ETISh VA EKSPORT KONTRAKTLAR TUZISh IShLARI NATIJALARI BOʻYIChA MAHALLIY XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING MUTAXASSISLARINI RAGʻBATLANTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 24-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2393]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 17-sentabrdagi 408-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2393-1, 17.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-martdagi 73-sonli “Chet elda koʻrgazma-yarmarka faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 12-son, 131-modda) 4-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chet elda oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning milliy koʻrgazma-yarmarkalari va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari boʻyicha mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2012-yil 23-avgust,

EG-01/15-4108-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-son

Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SG-5-1/6-38-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 23-avgustdagi EG-01/15-4108, 59, SG-5-1/6-38-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning milliy koʻrgazma-yarmarkalari va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari boʻyicha mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-martdagi 73-sonli “Chet elda koʻrgazma-yarmarka faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 12-son, 131-modda) muvofiq, chet elda oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning milliy koʻrgazma-yarmarkalari va xalqaro koʻrgazma yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari boʻyicha mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislarini ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chet elda oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning milliy koʻrgazma-yarmarkalari va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari boʻyicha mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislarini ragʻbatlantirish pul mukofoti shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan chet elda oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning milliy koʻrgazma-yarmarkalari va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari boʻyicha tuzilgan eksport kontraktlaridan tushgan mablagʻlar mukofotlash manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Ragʻbatlantirish mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ragʻbatlantirish mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislariga chet elda oʻtkazilgan Oʻzbekistonning milliy koʻrgazma-yarmarkalari va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari jarayonida faol ishtirok etganlik uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislari chet elda oʻtkazilgan Oʻzbekistonning milliy koʻrgazma-yarmarkalari va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari boʻyicha eng kam oylik ish haqining 20 baravarigacha boʻlgan miqdorda ragʻbatlantiriladi va ragʻbatlantirish bir moliyaviy yil uchun faqat bir marta qoʻllaniladi. Ragʻbatlantirish uchun sarflangan xarajatlar mehnatga haq toʻlash xarajatlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislarni ragʻbatlantirishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samarali reklama kampaniyasini ishlab chiqish va koʻrgazma stendini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashabbuskorlik, uyushqoqlik va qatʼiyatlilik bilan ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning milliy koʻrgazma-yarmarkalari va xalqaro koʻrgazma yarmarkalarda qatnashishga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktlari loyihalarini tayyorlash va amalda tuzish hamda mahsulotlar eksportini amalga oshirish jarayonida qoʻshgan hissasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mukofotlarning aniq miqdori va chet elda oʻtkazilayotgan Oʻzbekistonning milliy koʻrgazma-yarmarkalari va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar doirasida imzolangan har bir eksport kontrakti boʻyicha ragʻbatlantiriladigan mutaxassislar xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 16-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 39-son, 455-modda)