10.09.2010 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN VETNAM SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

TERRORIZM, TRANSMILLIY UYuShGAN JINOYATChILIK VA JINOYATNING BOShQA TURLARIGA QARShI KURAShDA VA ULARNI OLDINI OLIShDA HAMKORLIK QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Hukumati (bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish va mavjud doʻstona munosabatlarni mustahkamlashni istab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz fuqarolarining hayoti, mulki fundamental huquq va erkinliklarini himoyalash zarurligini anglab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va jinoyatning boshqa turlariga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro shartnomalarni inobatga olib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suverenitet, mustaqillik, hududiy daxlsizlik, ichki ishlariga aralashmaslik, tenglik va oʻzaro manfaatdorlik prinsiplarini tan olib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va jinoyatning boshqa turlari tomonidan tahdidni oshib borayotganligidan jiddiy tashvishlanib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transmilliy uyushgan jinoyatchilik va jinoyatning boshqa turlaridan tushadigan mablagʻ terrorizmni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri ekanligini anglab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va jinoyatning boshqa turlariga samarali qarshi kurashda va ularni oldini olishda xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini anglab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilik hamda jinoyatning boshqa turlariga qarshi kurashda va ularni oldini olishda kuchlarini birlashtirishni maqsad qilib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz davlatlarining mavjud qonun hujjatlariga asoslanib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1- modda
Bitimning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim va oʻz davlatlarining qonun hujjatlari doirasida maʼlumotlar va tajribalar almashish orqali jinoyatchilikni oldini olish, fosh qilish va unga qarshi kurashishda hamkorlik oʻrnatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2- modda
Hamkorlik sohalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim va oʻz davlatlarining qonun hujjatlari doirasida jinoyatchilikni, xususan quyidagi jinoiy harakatlarni oldini olish, fosh qilish va unga qarshi kurashishda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) terrorizm va shu kabi jinoiy faoliyatni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari hamda ularning prekursorlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki qonunga xilof ravishda muomala qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) odam savdosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish (legallashtirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qurol-yarogʻlar, oʻq-dorilar, portlatish moslamalari va boshqa xavfli moddalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, ularni ishlab chiqarish, saqlash va foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) elektron va kompyuter vositalari yordamida sodir etilgan jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) xalqaro iqtisodiy jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) kontrabanda va bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Tomonlar zarur deb topgan jinoyatning boshqa turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish va ekstraditsiya masalalariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Hamkorlik shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning 2-moddasida mustahkamlangan hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Tomonlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Milliy qonunchilik va oʻzlarining vakolatlari doirasida quyidagi axborot va hujjatlar bilan almashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Bitimning 2-moddasida belgilangan jinoyat turlariga daxldor jinoiy harakatlar va faoliyatni oldini olish, fosh qilish va ularga qarshi kurashishni takomillashtirish maqsadidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa Tomonning yurisdiksiyasi ostida sodir etilgan jinoyat ijrochilari haqida axborotlar va shaxsiy maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jinoyatchilikni oldini olish, fosh qilish va unga qarshi kurashishga doir oʻzaro kelishilgan boshqa axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Lozim topilgan taqdirda huquq-tartibot organlari tomonidan belgilangan tarzda ularning yurisdiksiyasi ostida sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha maxsus tadbirlarni milliy qonunchilik va tegishli vakolatlar doirasida amalga oshirilishini topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimda belgilangan jinoyatlarga qarshi kurash boʻyicha Tomonlarning milliy qonun hujjatlari toʻgʻrisida tegishli axborotlar bilan almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Bitim doirasida texnik va boshqaruv malaka sohasida qiyosiy tahlilni amalga oshirish va tajribalar bilan almashish maqsadida rasmiy va ekspertlar guruhi yoki oʻquv mashgʻulotlari ishtirokchilarini boshqa davlatga yuborish va qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus tadbirlar, jinoyatni oldini olish va unga qarshi kurashishda ilmiy va texnologik tadqiqotlar oʻtkazish, ishlab chiqarish tadbirlari va maxsus texnik uskunalar hamda huquq-tartibot organlari tomonidan ishlatiladigan qoʻshimcha vositalardan foydalanishda tajriba bilan almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Terrorizmga qarshi kurashish, garovga olingan shaxslarni tutqunliqdan ozod qilish va Tomonlar zarur deb hisoblagan boshqa sohalarda huquq-tartibotni saqlash boʻyicha oʻqitish va tayyorlash hamda huquq-tartibot oʻquv va tayyorlov tuzilmasini yaratishda koʻmak berish yoʻli bilan hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Bitimda nazarda tutilgan sohalardagi nashrlar va amalga oshirilgan ilmiy izlanish natijalari bilan almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim maqsadlarini amalga oshirish uchun Tomonlarning vakolatli organlari oʻzlarining belgilangan vakolatlari doirasida bir-birlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri yoki vakil(lar)i orqali aloqalarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Tashqi ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Ichki ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Milliy xavfsizlik xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Bosh prokuratura;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Davlat bojxona qoʻmitasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Hukumati nomidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamoat xavfsizligi vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashqi ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy xalq prokuraturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moliya vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar oʻzlarining vakolatli organlari roʻyxatiga kiritilgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini darhol diplomatik kanallar orqali xabardor etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5- modda
Alohida hujjatlar tuzish holatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar milliy qonunchilik va oʻzlarining vakolatlariga asosan hamda mazkur Bitim doirasida maxsus dastur va tadbirlarni nazarda tutuvchi alohida yozma kelishuvlar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6- modda
Axborot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar milliy qonunchilik va oʻz vakolatlari doirasida jinoyatlarni fosh qilish va oldini olish, huquqbuzarlarni qoʻlga olish, sudlovga tortish yuzasidan ularning huquq-tartibot organlari soʻrov asosida bir-birlariga xabar berishlarini taʼminlaydilar. Soʻralayotgan Tomon milliy qonunchiligida bunday murojaat sud idoralariga qilinishi lozimligi belgilangan boʻlsa, ushbu modda qoidalari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1 -bandi zarur hisoblangan axborotlarni, xususan huquq-tartibotni taʼminlash boʻyicha axborotlarni, Tomonlar oʻz tashabbuslari bilan milliy qonunchilik asosida bir-birlariga berishlariga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimga muvofiq axborot berish va/yoki yordam koʻrsatish haqidagi soʻrov yozma ravishda rasmiylashtirilib, soʻrayotgan Tomonning vakolatli organi rahbari yoki tayinlangan vakili tomonidan imzolanadi va rasmiy muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot berish va/yoki yordam koʻrsatish haqidagi soʻrovda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yordam soʻrayotgan vakolatli organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishning mohiyati va unga tegishli maʼlumotlar hamda qoʻllaniladigan huquq normalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soʻrovda koʻrsatilgan shaxsning nomi, millati va doimiy turar joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) soʻrovning maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) soʻrovni bajarishda soʻralayotgan Tomon rioya qilishi zarur boʻlgan alohida tartib tavsifini asoslanib berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) soʻrov ijrosini amalga oshirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) soʻrovning bajarilishi uchun lozim boʻlgan har qanday boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) agar lozim topilsa, soʻrovnomani maxfiyligini taʼminlovchi alohida koʻrsatmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soʻrayotgan Tomon soʻralayotgan Tomon axborotlariga joriy qilingan maxfiylik darajalarga rioya qilinishini taʼminlaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tomonlar maʼlumotlarni toʻgʻridan -toʻgʻri yoki diplomatik kanallar yoxud Interpol maʼlumotlarni almashish tizimi orqali yuborish yoʻli bilan muloqotga kirishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7- modda
Nazorat ostida yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz milliy qonunlari va xalqaro majburiyatlari asosida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar xalqaro noqonuniy muomalada boʻlishining oldini olish hamda bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida Tomonlarning vakolatli organlari bilan oʻzaro kelishilgan holda nazorat ostida tovarlar yetkazib berish usulidan foydalanadi, yaʼni noqonuniy muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning oʻz nazoratlari ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bojxona hududidan olib chiqilishiga yoki bojxona hududi orqali tranzit olib oʻtilishiga yoʻl qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8- modda
Hamkorlikni cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar soʻrovni bajarish inson huquqlarining buzulishiga olib kelsa, davlat suvereniteti yoki xavfsizligiga zarar yetkazsa yoxud soʻralayotgan Tomonning qonunchiligi yoki xalqaro majburiyatlariga zid kelsa, uning bajarilishi toʻlaligicha yoki qisman rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrovni bajarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan holda, Tomonlarning vakolatli organlari bu toʻgʻrisida rad etilishning sababini koʻrsatgan holda, bir-birlarini xabardor qiladilar. Bunday rad javobi mazkur Bitimning ijrosiga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimni qoʻllashda shaxsiy maʼlumotlarni berilishi va u bilan ishlanishi har bir Tomonning milliy qonunchiligi va Interpol doirasida amalda boʻlgan qoidalariga mos kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim maqsadi yoʻlida soʻrayotgan Tomon soʻralayotgan Tomonning talabiga asosan barcha axborot, hujjatlar, namunalar yoki texnik uskunalarning maxfiyligini taʼminlash yuzasidan zarur choralarni koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim doirasida almashinilayotgan axborot, hujjatlar, namunalar va texnik uskunalar uchinchi tomonga boshqa Tomonning yozma roziligisiz maʼlum qilinmasligi, oʻtkazilmasligi yoki berilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalarini cheklamagan holda, quyidagi qoidalar ushbu Bitimni qoʻllash yuzasidan berilgan shaxsiy maʼlumotlar bilan ishlashga tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maʼlumotlardan, agar ushbu Bitimda bunday maʼlumotlar berilishi mumkinligi belgilangan boʻlsa, soʻrayotgan Tomon faqat Bitim maqsadlari yoʻlida foydalanishi mumkin, bunday maʼlumotlar faqat soʻralayotgan Tomon ruxsati olingandan keyingina va soʻrayotgan Tomon qonunchiligiga muvofiq boshqa maqsadlarda foydalanilishi uchun berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maʼlumotlar Tomonlar tayinlagan tegishli sud, ichki ishlar idoralari yoxud boshqa huquq-tartibot organi tomonidan foydalanilishi mumkin, bunday organlar roʻyxati boshqa tomonga xabardor etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maʼlumotlarni berayotgan Tomon uning aniqligini kafolatlaydi, agar maʼlumotni bunday tarzda bera olmagan taqdirda, bu haqda soʻrayotgan Tomonni darhol xabardor etadi; shundan soʻng soʻrayotgan Tomon tegishli maʼlumotlarni tuzatishi yoki yoʻq qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Tomonlardan biri jabrlanuvchi tomonga nisbatan oʻz milliy qonunchiligida belgilangan majburiyatlaridan boʻyin tovlash maqsadida boshqa Tomonning noaniq maʼlumot berganligini vaj qilib arz qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) maʼlumotlarning berilishi va qabul qilinishi qayd etilishi lozim. Tomonlar bunday qayd etishni yurituvchi muassasalar roʻyxati bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) maʼlumotlarni berish va unga kirish tegishli shaxs tomonidan soʻralayotgan Tomon milliy qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Maʼlumotlar bunday shaxsga faqat ushbu maʼlumotlarni dastlabki bergan Tomon ruxsati bilan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir Tomon shaxs huquqlarini buzilishini oldini olish va cheklash maqsadida boshqa Tomon tarafidan berilgan axborotlardan foydalanilishi ustidan kuzatuv olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10- modda
Xalqaro majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi yoki Vyetnam Sotsialistik Respublikasi ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11- modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, agar oʻzgacha kelishib olinmagan boʻlsa, ushbu Bitim qoidalarini bajarilishi bilan bogʻliq xarajatlarning oʻz hududida kelib chiqqan qismini qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12- modda
Qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga har qanday vaqtda Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin va yozma ravishda bayonnomalar shaklida rasmiylashtirilishi lozim. Bunday qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Tomonlar tomonidan belgilangan muddatda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13- modda
Hamkorlikni amalga oshirish tili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida hamkorlikni amalga oshirishda ingliz tilidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14- modda
Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini qoʻllash yoki talqin qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha nizolar Tomonlar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar olib borish yoki diplomatik kanallar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15- modda
Bitimning kuchga kirishi, amal qilishi va oʻz kuchini yoʻqotishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan tegishli davlat ichki talablarini Tomonlar bajarganliklari toʻgʻrisida soʻngi xabarnoma olingan sanadan 60 kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim 5 (besh) yil muddat davomida amal qiladi. Bundan keyin, Tomonlardan birontasi ushbu Bitimning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida uning muddati tugashidan 6 (olti) oy ilgari boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, u keyingi 5 (besh) yillik muddatga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim amal qilishining toʻxtatilishi, agar Tomonlar oʻzgacha ahdlashib olmagan boʻlsalar, ushbu Bitim asosida olingan axborot va maʼlumotlarning maxfiyligini saqlash borasidagi Tomonlarning majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni tasdiqlab, oʻz Hukumatlari tomonidan tegishli vakolat olgan quyida imzo chekuvchilar ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2010-yil 10-sentabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, vyetnam va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)