05.04.2010 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN VETNAM SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Diplomatik pasportga ega fuqarolarning vizasiz safar qilishlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada rivojlantirishga yordam berishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik pasportga ega fuqarolarning oʻzaro vizasiz safar qilishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining amaldagi diplomatik pasportga ega fuqarolari kirish sanasidan boshlab 60 (oltmish) kundan oshmaydigan muddatda kirishlari, chiqishlari va boshqa davlat hududi orqali tranzit oʻtishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomon davlatining amaldagi diplomatik pasportga ega va boshqa Tomon davlati hududida 60 (oltmish) kundan ortiq boʻlishga niyat qilgan fuqarolari oldindan viza oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlarining amaldagi diplomatik pasportga ega va diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasi xodimlari sifatida rasmiy vazifalar bajarayotgan fuqarolari xizmat faoliyatining butun muddati davomida boshqa Tomon davlati hududiga vizasiz kirishlari, chiqishlari va boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlardan birining shtab-kvartiralari boshqa Tomon davlati hududida joylashgan xalqaro tashkilotlardagi vakillari boʻlgan yoki shularga oʻxshash xalqaro tashkilotlarda xizmat qilayotgan va diplomatik pasport egalari boʻlgan Tomonlar davlatlari fuqarolari ham ushbu moddaning 1 - bandida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Butun xizmat faoliyati davrida yuqorida eslatib oʻtilgan shaxslar bilan yashayotgan oilalar aʼzolari (er-xotin va voyaga yetmagan bolalari), agar ular amaldagi diplomatik pasport egalari boʻlsalar, mazkur moddaning 1 - bandida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining ushbu Bitimning 1 va 3 - moddalarida koʻrsatilgan fuqarolari xalqaro passajirlar qatnovi uchun ochilgan oʻtkazish punktlari orqali kiradilar, chiqadilar va boshqa Tomon davlati hududi boʻyicha tranzit oʻtadilar. Shu munosabat bilan ular boshqa Tomon davlatining vakolatli organlari oʻrnatgan zarur rasmiyatchiliklarni bajarishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Tomon davlati fuqarolari boshqa Tomon davlati hududida boʻlgan vaqtlarida shu Tomon davlati chet el fuqarolari uchun oʻrnatgan qonun va qoidalarga, shu jumladan roʻyxatdan oʻtish, boʻlish, bir joydan ikkinchi joyga borish va tranzit yurish qoidalariga rioya qilishlari shart. Tomonlar davlatlari oʻzlari ishtirokchi boʻlgan tegishli xalqaro shartnomalarda boshqa qoida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim davlatlardan har birining oʻz hududiga boshqa davlatning nomaqbul shaxsi kirishini sabablarini tushuntirmay, rad qilish uning hududda boʻlishini toʻxtatib qoʻyish huquqini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlari Tashqi ishlar vazirliklari diplomatik kanallar orqali Bitim imzolangan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kun davomida amaldagi diplomatik pasportlar namunalari bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amaldagi pasportlar oʻzgargan yoki yangi diplomatik pasportlar joriy qilingan taqdirda tegishli Tomon ularni amalga kiritishga qadar kamida 30 (oʻttiz) kun ilgari boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali ushbu hujjatlarning namunalarini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Tomon ushbu Bitim doirasida yoki ushbu Bitimga muvofiq tuzilgan har qanday boshqa bitimlar doirasida olingan yoki boshqa Tomonga taqdim etilayotgan hujjatlar, axborot va boshqa maʼlumotlarning sir tutilishiga kafolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hatto agar ushbu Bitimning amali tugatilsa ham, mazkur moddaning 1 bandi kuchida qolishiga Tomonlar kelishdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar jamoat tartibini saqlash, xavfsizlik mulohazalariga koʻra va shuningdek sanitariya qoidalari va boshqa sabablarga koʻra ushbu Bitim amalini vaqtincha, butunlay yoki qisman toʻxtatib turishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday choralar koʻrgan Tomon mumkin qadar qisqa muddatlar ichida diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonni shu choralar koʻrilgani va tegishlicha ularni bekor qilinishi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Tomon ushbu Bitim amalini vaqtincha, butunlay yoki qisman toʻxtatib turishi boshqa Tomonning adekvat choralar (aynan bir xil javob choralari) koʻrish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, ular alohida protokollar bilan rasmiylashtiriladi, ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va ushbu Bitimning 10-moddasida koʻzda tutilgan tartibda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini qoʻllashda yoki talqin qilishda bahs yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, Tomonlar ularni muzokara va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim imzolangandan soʻng 60 (oltmish) kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim noaniq muddatga tuzildi va bir Tomon boshqa Tomonning ushbu Bitim amalini tugatish niyati borligi toʻgʻrisida xabarnomasini olgan kundan boshlab 90 kun oʻtganga qadar oʻz kuchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2010-yil 5-aprelda ikki nusxada, har biri oʻzbek, vyetnam va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadlarida ingliz tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)