Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“BOJ OLINMAYDIGAN SAVDO DOʻKONI” BOJXONA REJIMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1317-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 20-yanvardagi 01-02/12-4-son qarori (roʻyxat raqami 1317, 2004-yil 27-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 8-son, 102-modda) bilan tasdiqlangan “Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-avgust,
01-02/12-25-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-25-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 27-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi boj olinmaydigan savdo doʻkoniga joylashtiriladigan tovarlar hisobini hisobga olish daftarini yuritish orqali (shu jumladan, avtomatlashtirilgan tarzda) olib boradi va bojxona organiga ushbu tovarlar harakati toʻgʻrisida har chorakda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda boj olinmaydigan savdo doʻkonidagi tovarlar harakati boʻyicha hisobot taqdim etadi.”;
uchinchi xatboshining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oxirgi yozuv kiritilganidan keyin hisobga olish daftari taqdim qilingan hisobotlar bilan solishtirish uchun bojxona organiga beriladi.”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hisobga olish daftarining shakli boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlar asosida boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasi tomonidan belgilanadi. Bunda hisobga olish daftarining shaklida mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan Boj olinmaydigan savdo doʻkonidagi tovarlar harakati boʻyicha hisobot shaklida mavjud barcha maʼlumotlar boʻlishi kerak”.
2. 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasi bojxona organi bilan kelishgan holda boj olinmaydigan savdo doʻkonini ishlatish qoidalarini tasdiqlaydi.”
3. 31-bandda:
birinchi xatboshidagi “tadbirlarda” degan soʻz “qoidalarda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “hisobga olish” degan soʻzlardan keyin “daftarining” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. 32-banddagi “mazkur tadbirlar” degan soʻzlar “mazkur Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan qoidalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchaga
ILOVA
ILOVA
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
Boj olinmaydigan savdo doʻkonidagi tovarlar harakati boʻyicha
HISOBOT
| T/r |
Bojxona yuk deklaratsiyasi raqami |
Tovar nomi |
Boj olinmaydigan savdo doʻkonidan chiqarilgan tovarlarning |
Izoh | |||
| doʻkondan chiqarish sanasi |
vazni (kg) |
qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori (litr, dona) |
qiymati | ||||
| | | | | | | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 39-son, 458-modda)