OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING BANK HISOBVARAQLARIDAN PUL MABLAGʻLARINI HISOBDAN ChIQARISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 14-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2342-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova), Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-iyul,
22/2-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-iyul,
57-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-iyul,
2012-24-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 28-iyuldagi 22/2, 57 va 2012-24-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlangan hisobvaraqlarga hamda sud, sud ijrochilari yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan foydalanishga oid cheklovlar oʻrnatilgan hisobvaraqlarga yoki ushbu hisobvaraqlar boʻyicha xatlangan pul mablagʻlariga;”
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan hisobvaraqlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.”.
2. 3-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻiga sud ijrochilari tomonidan soliq qarzi boʻyicha inkasso topshiriqnomalari qoʻyilgan taqdirda, shu qarzdorlik miqdorida oldin davlat soliq xizmati organlari tomonidan qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari ijrosiz qoldiriladi. Sud ijrochilari tomonidan banklarga davlat soliq xizmati organlarining ijrosiz qoldiriladigan inkasso topshiriqnomalari raqami, sanasi, summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim qilinadi.
Banklar shu kunning oʻzida davlat soliq xizmati organlariga ijrosiz qoldiriladigan inkasso topshiriqnomalari toʻgʻrisida elektron xabar beradi. Davlat soliq xizmati organlari shu kunning oʻzida ushbu xabarnoma asosida ijrosiz qoldiriladigan inkasso topshiriqnomalarini banklardan chaqirib oladi.
Banklar tomonidan sud ijrochilarining inkasso topshiriqnomalarining toʻlanmagan summasi ijroga qabul qilinadi.
Ijroga qabul qilingan inkasso topshiriqnomalarining sud ijrochilariga qaytariladigan nusxasining orqa tomoniga qabul qilingan summa koʻrsatilib, bank masʼul ijrochi xodimi tomonidan imzo chekilib, shtamp bosiladi.”.
3. 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur maʼlumotlar Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi orqali Davlat soliq qoʻmitasiga axborot tariqasida uzatilib boriladi.”.
4. 1-ilova quyidagi mazmundagi 14 va 15-bandlar bilan toʻldirilsin:
“14. 20412 — Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamgʻarma depozitlari (Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-avgustdagi 434-sonli qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga, 1996-yil 10-dekabrdagi 437-sonli qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida nizomga, 2000-yil 18-yanvardagi 16-sonli qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash (yigʻish) va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga va Ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1112, 2002-yil 14-mart) asosan ochilgan maxsus hisobvaraqlar).
15. Maqsadli mablagʻlar taqsimoti boʻyicha alohida tartiblarda ishtirok etadigan “Oʻzbekneftegaz” MXK, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK va “Oʻzbekenergo” DAK tarkibidagi tashkilotlarga “Oʻzbekneftegaz” MXK korxonalari va tashkilotlari hisobvaraqlaridan toʻlovlarni amalga oshirish va ularga “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalaridan tushadigan toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1441, 2005-yil 14-yanvar), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK korxonalari hisob raqamlaridan toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 1088, 2001-yil 27-noyabr), “Oʻzbekenergo DAK korxonalari hisobvaraqlaridan toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 1078, 2001-yil 6-noyabr), Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobiga topshirilgan gʻalla va sholi uchun yakuniy hisob-kitoblar qilishda toʻlovlarni amalga oshirish tartibiga (roʻyxat raqami 657, 1999-yil 1-mart) muvofiq ochilgan hisobvaraqlar (asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan tashqari).”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 438-modda)