04.09.2012 yildagi 258-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

ISHLATILGAN TEXNIK MOYLARNI TOPSHIRISH, TOʻPLASH, ULAR UCHUN HISOB-KITOB QILISH, ULARNI SAQLASH VA TASHISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Motor moylarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-maydagi PQ–1759-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek ishlatilgan texnik moylarni sanoat asosida soʻzsiz va samarali utilizatsiya qilishni va atrof muhitning muhofazasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ushbu qarorning amal qilishi yuzasidan doimiy monitoringni va bajarilishini tahlil qilishni taʼminlasin, shuningdek, zaruriyat boʻlganda, ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentabrdagi 258-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Motor moylarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-maydagi PQ–1759-son qaroriga muvofiq ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilgan texnik moylarni qayta ishlash tashkiloti — ishlatilgan texnik moylarni qayta ishlash boʻyicha zarur quvvatlar va texnologiyalarga ega boʻlgan tashkilot;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilgan texnik moylarni toʻplash tashkiloti — respublika mintaqalari boʻyicha ishlatilgan texnik moylarni toʻplash, saqlash va tashish boʻyicha zarur infratuzilmaga ega boʻlgan tashkilot;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilgan texnik moy (keyingi oʻrinlarda ITM deb ataladi) — mineral, yarim sintetik va sintetik asosdagi, oʻzining dastlabki maqsadiga koʻra bundan keyin foydalanishga yaroqsiz boʻlgan, foydalanish jarayonida belgilangan sifat koʻrsatkichlarini, isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan yoki uning uchun belgilangan muddatlarda ishlatib boʻlingan har qanday industrial yoxud motor moyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik moylarni almashtirish shoxobchasi — yuridik shaxs yoki xususiy tadbirkor, shu jumladan avtotransport vositalaridagi texnik moylarni almashtirish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi servis xizmati stansiyalari va markazlarining ishlatilgan texnik moylarni toʻplash, saqlash va topshirish yuzasidan ishlatilgan texnik moylarni toʻplash tashkiloti bilan shartnoma tuzgan, alohida boʻlmagan boʻlinma;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITMni qayta ishlash — ITMdan bazaviy tovar moylar olish maqsadida ularni tashkilotlar tomonidan qayta ishlash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik moylarni ishlatuvchi — oʻzining ishlab chiqarish yoxud boshqa faoliyati jarayonida texnik moylardan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs, ularning natijasida ITM hosil boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITMni topshirish eng kam miqdorining hisoblangan normativi — mahsulot birligi yoki boshlangʻich xom ashyo birligi hisobiga texnik moylarni ishlatish jarayonida hosil boʻlgan, ishlatishning boshlangʻich miqdoridan foizlar hisobida ITMni toʻplashning maxsus shoxobchalariga topshiriladigan ishlatilgan moylar resurslarini baholash uchun hisoblangan koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladigan ITMni topshirishning ushbu Nizomda belgilangan eng kam miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITMni maxsus toʻplash shoxobchasi (keyingi oʻrinlarda ITMni maxsus toʻplash shoxobchasi deb ataladi) — ITMni toʻplash boʻyicha qabul qilish va saqlash talablariga muvofiq boʻlgan, ixtisoslashtirilgan maydoncha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik moy — mineral, yarim sintetik va sintetik asosdagi har qanday industrial yoki motor moyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITMning tavsifi — ITMning qayta ishlashga yaroqliligini belgilovchi yoʻl qoʻyiladigan koʻrsatkichlar yigʻindisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. ITM ushbu Nizomga 1-ilovadagi tasnifga muvofiq guruhlar boʻyicha ishlatilgan motor moylariga (keyingi oʻrinlarda IMM deb ataladi) va ishlatilgan industrial moylarga (keyingi oʻrinlarda IIM deb ataladi) boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash va saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. ITMni texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga yoxud bevosita ITMni maxsus toʻplash shoxobchalariga topshirish texnik moylarning ishlatuvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Texnik moylarni almashtirish shoxobchalaridan ITMni toʻplash Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalarida joylashgan ITMni maxsus toʻplash shoxobchalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. ITMni maxsus toʻplash shoxobchalari ITMni toʻplash uchun yigʻuvchilar (rezervuarlar), maxsus uskunalar va zarur anjomlar, yongʻinga qarshi vositalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. ITMni saqlash ITMni dvigateldan, mashinadan va texnik moylar ishlatiladigan boshqa mexanizmlarning ishlovchi tizimidan chiqarib olingan vaqtdan boshlab sigʻimlarda, lekin koʻpi bilan olti oy saqlagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. ITMni toʻplash, saqlash va tashish sigʻimlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A4 oʻlchamidan kam boʻlmagan hajmdagi etiketkaga ega boʻlishi, unda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan ITM guruhi koʻrsatilgan holda “Ishlatilgan texnik moylar” yozuvi boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITM bilan oʻzaro kimyoviy taʼsirga kirishmaydigan materiallardan iborat boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularda ITM sizib va/yoki oqib chiqadigan shikastlar boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular bilan ish olib borilmaydigan vaqtda zich yopilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITMni toʻplash va saqlash joylarida ochiq tuproq ustida turmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan standart talablariga muvofiq koʻp tonnali rezervuarlar uchun kalibrlovchi jadvallarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Barcha toifalardagi ishlatuvchilar tomonidan ITM, texnik moylarni almashtirish shoxobchalari va ITMni maxsus toʻplash shoxobchalarida ishlayotganda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITMni har qanday yuzalarga va yer osti suvlariga hamda kanalizatsiya tizimlariga oqizish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproqning ifloslanishiga olib keladigan holda saqlash va/yoki tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reglamentga nomuvofiq tarzda yoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITMni toʻplash faoliyatini amalga oshiruvchi maxsus tashkilotlardan tashqari, ITMni boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga topshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft, benzin, kerosin, dizel yoqilgʻisi, mazut va boshqa yogʻli moddalar bilan aralashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy chiqindilar toʻplanadigan joylarga tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan qurilmalarda yoki tashkilotlarda qayta ishlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash va saqlashda qatnashuvchi shaxslarning umumiy majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. ITMni samarali qayta ishlash maqsadida texnik moylarni ishlatuvchilar, texnik moylarni almashtirish shoxobchalari. ITMni toʻplash tashkilotlari ITMni toʻplash, saqlash, topshirish va tashishni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq IIM va IMM guruhlari boʻyicha aralashib ketishini istisno qiladigan har xil sigʻimlarda amalga oshirishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Texnik moylarni ishlatuvchilar — jismoniy shaxslar ITMni texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Texnik moylarni ishlatuvchilar — yuridik shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITMni maxsus toʻplash shoxobchalariga va/yoki texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga topshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik moylarning aylanishini hisobga olish daftarini yuritadilar, unda muayyan davrda olingan texnik moylarning miqdori, foydalanilgan texnik moylar miqdori, ITMning amaldagi chiqish miqdori va 2-ilovaga muvofiq hisoblangan normativlarga nisbatan ITMni topshirish miqdori koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITMni texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga yoki maxsus toʻplash shoxobchalariga topshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom talablariga muvofiq ITM bilan ishlashning ichki tartibini tasdiqlaydilar va oʻz xodimlarini oʻqitadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Texnik moylarni almashtirish shoxobchalari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik moylarni ishlatuvchilarning transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish natijasida hosil boʻlgan ITMni toʻplash, saqlash va topshirish yuzasidan ITMni toʻplash tashkilotlari bilan shartnoma tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari moyini almashtirish boʻyicha oʻzlarining xizmatlar koʻrsatishi natijasida hosil boʻlgan ITMni toʻplash, saqlash va topshirishni hisobga olishning ichki daftarini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITMni tuzilgan shartnomalar asosida ITMni toʻplash tashkilotiga sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga hamda ITMni toʻplash tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq transport vositalari moyini almashtirish boʻyicha oʻzlari koʻrsatgan xizmatlar natijasida hosil boʻlgan ITM bilan ishlashning ichki tartibini tasdiqlash, oʻz xodimini (mavjud boʻlsa) oʻqitishni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 9-bandida bayon qilingan talablar toʻgʻrisidagi axborotni koʻrinarli joyga osib qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. ITMni toʻplash tashkiloti quyidagilarga majbur:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida ITMni maxsus toʻplash shoxobchalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom talablariga javob beradigan texnik moylarni almashtirish shoxobchalari bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITMni qabul qilishda topshirilayotgan ITMni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplangan ITMni qayta ishlash tashkilotiga topshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. ITMni topshirish va toʻplashni turkumlashtirish maqsadida texnik moylar va moylash materiallarining ishlab chiqaruvchilari, shuningdek import qiluvchilari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITMni ishlatilgan texnik moylarni toʻplash tashkilotiga, ITMni maxsus toʻplash shoxobchalariga yoki texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga majburiy topshirishning zarurligi toʻgʻrisida texnik moylarni ishlatuvchilarni xabardor qilish. Bunda ana shunday axborot texnik moylar sotishning barcha shoxobchalarida koʻrinarli joyga qoʻyilishi va unda ushbu Nizomning 9-bandida bayon qilingan talablar koʻrsatilishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar quyilgan butilkalar, kanistrlar, bochkalar etiketkalarida ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan yozuvlarning boʻlishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. ITMni maxsus toʻplash shoxobchalariga topshirganlik yuzasidan yuridik shaxslar va texnik moylarni almashtirish shoxobchalari oʻrtasidagi hisob-kitoblar belgilangan tartibda, tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Texnik moylarni almashtirish shoxobchalari bilan hisob-kitoblar amalda topshirilgan miqdorlar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar bilan — ITMni topshirish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar bilan — naqd pul bilan, shu jumladan yangi moy va transport vositalarining texnik moylarini almashtirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar narxidan chegirishlar tarzida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. ITMni toʻplash tashkiloti va ITMni qayta ishlash tashkiloti oʻrtasidagi hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. ITMni topshirish, toʻplash, ular uchun hisob-kitob qilish, tashish, saqlash tartibi 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. ITMni ularni toʻplash tashkilotidan qayta ishlash tashkilotigacha tashish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va uning mahalliy hududiy boʻlinmalari ITMni toʻplash, saqlash va tashish faoliyatini amalga oshirish doirasida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan doimiy nazoratni taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash,ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatilgan texnik moylarning guruhlar boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASNIFI

‎‎Ishlatilgan motor moylari
‎(MMO)

‎‎Ishlatilgan industrial moylar
‎(MIO)

MS-20 tipidagi aviatsiya moylari ‎‎ MS-8 tipidagi aviatsiya moylari‎‎
Benzin dvigatellari uchun motor moylari ‎‎ Gidravlik moylar:
‎— mavsumiy almashtiriladigan;
‎— umummavsumiy
Dizel dvigatellari uchun motor moylari‎‎ Industrial moylar:
‎— prisadkasiz;
‎— prisadkali ‎‎
Teplovozlar uchun dizel moylari ‎‎ Turbina moylari ‎‎
Kema dvigatellari uchun dizel moylari ‎‎ Transformator moylari ‎‎
Vakuum moylari ‎‎ Kabel moylari ‎‎
Prokat stanlari uchun moylar ‎‎ Kompressor moylari‎‎
‎‎ Ishqalash moylari ‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash,ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatilgan texnik moylar chiqishining hisoblangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMATIVI

T/r‎ Texnik moylar nomi ‎ MMO/MIO guruhlari ‎ Ishlatilgan texnik moylarni toʻplashning eng
‎kam normativlari (isteʼmol
‎qilishning dastlabki
‎ miqdoridan, foizlarda)‎

‎‏1.

Aviatsiya moylari:‎

— MS-8 tipidagi moylar‎

MIO ‎

10‎

— MS-20 tipidagi moylar‎

MMO‎

16‎

2.‎

Benzin dvigatellari uchun motor moylari‎ MMO‎ 35‎
3.‎ Dizel dvigatellari uchun motor moylari‎ MMO‎ 26‎
4.‎ Teplovozlar uchun dizel moylari ‎ MMO‎ 20‎
5.‎ Kema dvigatellari uchun dizel moylari ‎ MMO‎ 8‎
6. Gidravlik moylar: ‎
— mavsumiy almashtiriladigan ‎ MIO ‎ 60‎
— umummavsumiy ‎ ‎MIO 60‎
7.‎ Industrial moylar:‎
— prisadkasiz ‎ MIO ‎ 42‎
— prisadkali‎ MIO ‎ 50‎
8.‎ Turbina moylari ‎ MIO‎ 45‎
9.‎ Transformator moylari ‎ MIO‎ 60‎
10.‎ Kabel moylari ‎ MIO‎ 55‎
11.‎ Kompressor moylari ‎ MIO‎ 55‎
12.‎ Vakuum moylari ‎ MMO‎ 50‎
13.‎ Ishqalash moylari ‎ MIO‎ 5‎
14.‎ Prokat stanlari uchun moylar ‎ MMO‎ 20‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu ilovada koʻrsatilmagan ishlatilgan texnik moylar chiqishining eng kam normativlari ularning oʻxshash xususiyatlariga va ularni qoʻllash sohalariga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash,ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik moylarni topshirish, toʻplash,ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Izoh:

— ishlatilgan texnik moylarni topshirish va toʻplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ishlatilgan texnik moylar uchun hisob-kitob qilish
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 36-son, 410-modda; 2017-y., 7-son, 96-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)