28.03.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Finlyandiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOJXONA IShI SOHASIDA OʻZARO KOʻMAKLAShISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Finlyandiya Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qonunchiligining buzilishi ularning iqtisodiy, tijoriy, fiskal, ijtimoiy, madaniy, sanoat va qishloq xoʻjalik manfaatlariga zarar keltirishini eʼtiborga olib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona huquqbuzarligining oldini olishga qaratilgan harakatlar ularning bojxona organlari oʻrtasida oʻzaro uzviy hamkorlik qilinganda yanada samaraliroq boʻlishiga ishonch hosil qilib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import va eksportdan undiriladigan bojxona bojlari va boshqa soliqlarning aniq hisoblanishi hamda qonunchilik qoidalarini kuzatishni nazorat qilish boʻyicha choralarni va tovarlar hamda roʻyxatga olingan tovar belgilariga aloqador qoidalarni oʻz ichiga oladigan taqiqlar, cheklashlar va nazorat boʻyicha choralarning toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlash muhimligini tushunib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻq-otar qurollar, oʻq-dorilar, zaharlovchi, radioaktiv moddalar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning chegaradan noqonuniy olib oʻtilishi jamoat sogʻligʻiga va umuman jamiyatga xavf solishini hisobga olib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa hamjamiyatlari hamda ularga Aʼzo-davlatlar oʻrtasida sherikchilik taʼsis etuvchi Sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi 1996-yil 21-iyundagi Bitim qoidalarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik vositalar toʻgʻrisida 1961-yildagi Yagona Konvensiya va unga kiritilgan keyingi oʻzgartirish va toʻldirishlar bilan, Psixotrop moddalar toʻgʻrisida 1971-yildagi Konvensiya, shuningdek BMTning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash toʻgʻrisida 1988-yildagi Konvensiyasi va unga kiritilgan toʻldirishlar qoidalarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hamkorlik kengashining tegishli hujjatlari, jumladan, oʻzaro maʼmuriy hamkorlik toʻgʻrisida 1953-yil 5-dekabrdagi Tavsiyasini eʼtiborga olib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim maqsadlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari” — tovarlarning importi, eksporti hamda tranziti, tovarlarni saqlash yoki oʻtishi, bunga bojxona bojlari, soliqlari yoxud bojxona organlari tomonidan undiriladigan boshqa toʻlovlarni undirish uslublari, shuningdek tovarlar importi va eksportini taqiqlash, cheklash yoki nazorat qilinishiga nisbatan Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona organlari tomonidan qoʻllanadigan qonun hujjatlari va qoidalarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “bojxona organlari” — ushbu moddaning (a) bandidagi qoidalarni qoʻllashga masʼul etib tayinlangan Oʻzbekiston Respublikasidan Davlat bojxona qoʻmitasi va Finlyandiya Respublikasidan Milliy bojxona xizmatini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi” — bojxonaga oid har qanday qoidabuzarlik yoki bunday qoidabuzarlikka har qanday urinishni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “bojxona bojlari va soliqlari” — tovarlar importi va eksporti chogʻida yoki shunga bogʻliq ravishda undiriladigan bojxona bojlari va boshqa barcha bojlar, soliqlar va yigʻimlarni, jumladan Finlyandiya Respublikasiga Yevropa Ittifoqining vakolatli organlari tomonidan joriy etilgan boj va soliqlarni anglatadi, qiymati koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatiga taxminan teng cheklangan yigʻimlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “shaxs” — har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsni anglatadi, agar boshqa mazmunda koʻrsatilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot” — aniqlangan yoki aniqlanayotgan jismoniy shaxslarga taalluqli har qanday maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “giyohvandlik vositalari” — BMTning Giyohvandlik vositalar toʻgʻrisida 1961-yildagi Yagona Konvensiyaning keyingi toʻldirishlar bilan birga I va II roʻyxatlariga kiritilgan barcha tabiiy va sunʼiy preparatlar, shuningdek milliy qonunchilik bilan giyohvandlik vositalariga tenglashtirilgan har qanday vositalarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) “psixotrop moddalar” — Psixotrop moddalar toʻgʻrisida 1971-yildagi Konvensiyaning keyingi toʻldirishlar bilan I, II, III va IV roʻyxatlariga kiritilgan har qanday kelib chiqishi tabiiy va sunʼiy yoki tabiiy materiallar preparatlari, shuningdek milliy qonunchilik bilan psixotroplar moddalarga tenglashtirilgan har qanday vositalarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “prekursorlar” — BMTning 1988-yildagi Konvensiyasi keyingi toʻldirishlar bilan ilovalariga kiritilgan har qanday kimyoviy (ximiyaviy) moddalarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) “nazorat ostida tovar yetkazib berish” — Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning oʻrnini bosadigan boshqa moddalarning gʻayriqonuniy muomalada boʻlishini oldini olish hamda bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida, vakolatli idoralar nazorati ostida Ahdlashuvchi Tomon davlatlari hududidan olib chiqishga, hududiga olib kirishga va hududi orqali tranzit olib oʻtishiga yoʻl qoʻyib, bojxona haqidagi qonunlarni buzishga ruxsat beruvchi uslubni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) “soʻrayotgan bojxona organi” — bojxona ishida yordam koʻrsatishni soʻragan Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organi anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) “soʻralayotgan bojxona organi” — bojxona ishida koʻmaklashish toʻgʻrisida soʻrov olgan Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organi anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Bitimni qoʻllash sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining bojxona idoralari orqali va ushbu Bitim qoidalariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona haqidagi qonun hujjatlariga yetarlicha amal qilinishini taʼminlash maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishini oldini olish, aniqlash va jazolash maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllashga tegishli hujjatlarni yoki xabarnomalarni berishga taalluqli hollarda oʻzaro yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim doirasidagi barcha hamkorlik Ahdlashuvchi Tomon davlatlari hududlarida amal qilayotgan milliy qonunlarga muvofiq, shuningdek ularning bojxona organlari vakolatlari va imkoniyatlari doirasida amalga oshiriladi. Zarur holda bojxona organlari boshqa vakolatli organga koʻmaklashishni tashkillashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimda bojxona bojlari, soliqlar va boshqa har qanday yigʻimlarni undirishni nazarda tutmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Bitim jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalar hamda Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirok etgan boshqa bojxona ishi sohasi boʻyicha xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzaro koʻmaklashish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona maʼmuriyatlari huquqiy va normativ qoidalarga muvofiq, har qanday maʼlumotni, jumladan soʻrov boʻyicha hamda zarur hollarda qayta oʻtkazilgan tekshiruvdan keyingi, ularning bojxona bojlari va soliqlarining toʻgʻri undirilishiga, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boj toʻlanishi zarur boʻlgan qiymatni aniqlash, tarif tasnifi va tovarning kelib chiqishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqiqlash, cheklashlar va nazoratga aloqador meʼyorlarni qoʻllashga imkon beradigan axborotni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrovga binoan soʻralayotgan bojxona organi bojxona haqidagi qonun hujjatlari va protseduralari toʻgʻrisida bu Ahdlashuvchi Tomonda qoʻllanadigan hamda bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq soʻrovlarga taalluqli barcha axborotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bojxona organlari oʻz tashabbusi yoki soʻrovlariga koʻra bir-birlariga bojxona haqidagi qonun hujjatlarining toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlash, shuningdek ularning buzilishini oldini olish, tekshirish va jazolashga doir barcha zarur axborot va hujjatlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir bojxona organi soʻrovnomani taʼminlash jarayonida Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organi yoki boshqa bojxona organining soʻrovini oʻz nomidan bajargandek amalga oshirishi lozim,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soʻralayotgan bojxona organi soʻrovni bajarish imkoniga ega boʻlmasa, u zudlik bilan tegishli organga soʻrovni taqdim etishi va bu organlar bilan hamkorlik qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Koʻmaklashishdagi alohida holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari oʻz tashabbuslariga koʻra yoki soʻrovga binoan bir-birlariga quyidagilar toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrayotgan bojxona organining davlati hududiga boshqa bojxona organining davlati hududidan olib kirilayotgan tovar qonuniy eksport qilinganmi, shuningdek mavjud boʻlsa, ushbu tovarlar joylashtiriladigan bojxona rejimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrayotgan bojxona organining davlati hududidan boshqa bojxona organining davlati hududiga olib chiqilayotgan tovar qonuniy import qilinganmi, shuningdek mavjud boʻlsa, ushbu tovarlar joylashtiriladigan bojxona rejimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bir Ahdlashuvchi Tomon hududidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga eng qulay rejim asosida olib chiqilayotgan tovar qonuniy import qilinganmi, shuningdek har qanday bojxona nazorati choralarini qoʻllashga oid axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Maxsus kuzatuv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻrovga koʻra soʻrayotgan bojxona organi quyidagilar borasida axborot taqdim etadi va maxsus kuzatuv olib boradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Soʻralayotgan bojxona organi davlat hududida amaldagi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarni buzganligini soʻrayotgan bojxona organiga maʼlum boʻlgan yoki buzishda gumon qilinayotgan shaxslar, jumladan ularning soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning bojxona hududi boʻylab va bu hududdan harakatlanishi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Soʻrayotgan bojxona organi xabariga koʻra Soʻrayotgan bojxona organi davlat hududida amaldagi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish predmeti sifatida gumon qilinayotgan tovarlar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amaldagi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish uchun foydalanilayotganligi soʻrayotgan bojxona organiga maʼlum boʻlgan, yoki shunda gumon qilinayotgan transport vositalari haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida tovarlarni noqonuniy saqlashda foydalanish orqali amaldagi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarni buzishida soʻrayotgan bojxona organi gumon qilinayotgan joylar haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidan tovarlarni olib kirishda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi qonuniy savdoni amalga oshirishdan boshqa maqsadda foydalanishini koʻzlab amalga oshirilayotganligi aniq boʻlsa yoki amalga oshirilishi gumon qilinishiga yetarli asos mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududidan importi taqiqlangan tovarlarni olib chiqishni oldini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan tovarlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona organlari oʻz tashabbuslari yoki soʻrovga koʻra Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida amal qiluvchi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzayotgan yoki buzishi mumkin boʻlgan, buzishga tayyorlanayotgan yoki sodir etilishi aniqlangan xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi barcha axborotni bir-birlariga yetkazadilar, eng avvalo, quyidagilarni olib oʻtish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi, zaharlovchi va radioaktiv moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xalqaro shartnomalar va koʻp tomonlama kelishuvlar yoki OQQ tarqatmaslik boʻyicha olgan majburiyatlari va/yoki rejimlar nazorat qilinishi nazarda tutilgan maxsus va strategik tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) narkotik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) madaniy va tarixiy, madaniy yoki arxeologik qimmatliklarga ega boʻlgan antik predmetlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) zaharli moddalar, shuningdek atrof – muhit va sogʻliqqa xavf soluvchi tovarlar hamda moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yuqori bojxona bojlari yoki soliqlarga tortiladigan tovarlar, shuningdek spirtli (alkogolʼ) ichimliklar va tamaki mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) intellektual mulk huquqi toʻgʻrisidagi qonunlarni buzadigan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Nazorat ostida tovar yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona organlari oʻz vakolatlari doirasida, noqonuniy oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi, zaharlovchi hamda radioaktiv moddalar, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar, shuningdek boshqa tovarlarni noqonuniy olib oʻtishida aloqador boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularga qarshi qonuniy choralar (harakatlar) olib borish maqsadida nazorat ostida tovar yetkazib berish uslubidan foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nazorat ostida tovar yetkazib berish uslubini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bojxona organi vakolatlariga kirmasa, u koʻmak toʻgʻrisida iltimos bilan vakolatli milliy organlarga murojaat qiladi yoki ishni ushbu organlarga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nazorat ostida tovar yetkazib berish uslubidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror oʻzaro kelishuvga (ahdlashuvga) muvofiq, har bir holat uchun alohida tartibda qabul qilinadi. Zarur hollarda, Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari milliy qonunlariga muvofiq, moliyaviy kelishuvlar va hamkorlikni amalga oshirish tartibini belgilab olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli organlar erishilgan kelishuvlarga (ahdlashuvlarga) muvofiq, amalga oshiriladigan nazorat qilinadigan yetkazib berish uslubi qoʻllaniladigan noqonuniy oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi, zaharlovchi hamda radioaktiv moddalar, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar partiyasi, shuningdek, boshqa moddalarni, ularning roziligi asosida ushlab qolinishi yoki olib qoʻymasdan yoki qisman olib qoʻyish yoxud butunlay yoki qisman almashtirilib oʻz harakatini davom ettirishga ijozat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Yordam toʻgʻrisidagi soʻrovning shakli va mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim asosidagi soʻrovlar yozma ravishda amalga oshiriladi. Ular soʻrovlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda tezlik bilan ogʻzaki soʻrov qabul qilinishi mumkin, biroq u zudlik bilan yozma ravishda tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1 - bandi asosidagi soʻrovlarga quyidagi axborotlarni kiritish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrovnoma yuborgan bojxona organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻralayotgan tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soʻrov sababi va predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishga aloqasi boʻlgan qonuniy hujjatlar, qoidalar va boshqa huquqiy aktlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tergov obyekti hisoblangan shaxslar toʻgʻrisida imkon qadar toʻliq maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ishga aloqasi boʻlgan holatlar va amalga oshirilgan soʻrovlarning qisqacha taʼrifi, bundan 9-moddada koʻrsatilgan holatlar istisno,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrovlar ingliz tilida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar soʻrovni ijro etish rasmiy talablarga mos kelmasa, aniqlashtirish yoki qoʻshimchalar talab etilishi mumkin emas, buning uchun oldindan zarur choralar koʻrish talab etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Hujjatlarni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining bojxona organi soʻroviga koʻra, soʻralayotgan bojxona organi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxslarga nisbatan maʼmuriy organlar tomonidan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha qabul qilgan qarorlar va choralarga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hujjatlarni taqdim etish soʻralayotgan tomon davlati hududida amalda boʻlgan qonunlarga muvofiq olib boriladi. Hujjatlarni taqdim etish, shuningdek kelishuvga muvofiq aniq shakl yoki uslublar asosida soʻrov shartlari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi qonunlarga zid boʻlmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon koʻrsatilgan uslub va sanani vakolatli organ tomonidan yuborilayotgan tasdiqlov hujjatni (xabarnomani) yuborgan sanadan, vakolatli shaxs imzosi yoki vakolatli organ sertifikati bilan yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10- modda. Tergov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir bojxona organining soʻroviga koʻra boshqa bojxona organi soʻrayotgan bojxona organi davlati hududida amal qilayotgan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan yoki shunga gumon qilinayotgan faoliyat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlaydi va soʻrayotgan bojxona organiga bunday tergovning natijalarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday tekshiruv ishlari soʻralayotgan bojxona organi davlatining hududida amal qiladigan qonunlarga muvofiq oʻtkaziladi. Soʻralayotgan bojxona organi tekshiruv ishlarini oʻz nomidan amalga oshirgandek bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrayotgan bojxona organi tomonidan soʻrovni bajarish uchun tayinlagan rasmiy shaxs (vakil) soʻralayotgan bojxona organining ruxsati bilan va bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzilishini aniqlash mumkin boʻlgan shartlariga amal qilishi maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzilishiga doir axborotlarni soʻralayotgan bojxona organi idoralaridan olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻralayotgan bojxona organi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida soʻrayotgan bojxona organiga daxldor boʻlgan tekshiruvlarda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Ish va hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organi oʻz tashabbusiga koʻra yoki soʻrovga koʻra boshqa Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organiga boshqa bojxona organi davlati hududida amalda boʻlgan bojxona qonunchiligini buzishga olib kelishi mumkin boʻlgan, rejalashtirilayotgan yoki sodir etilgan xatti-harakatlar toʻgʻrisida barcha mavjud axborotni oʻz ichiga olgan hisobotlar, guvohlik koʻrsatmalari yoki hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan hujjatlarning oʻrniga shu maqsadlar uchun har qanday shakldagi kompyuterlashtirilgan axborot taqdim etilishi mumkin. Ushbu axborotni talqin qilish va foydalanish uchun zarur boʻlgan barcha tegishli materiallar birdaniga (bir vaqtda) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ish va hujjatlarning asl nusxalari faqat tasdiqlangan nusxalarning taqdim etilishi yetarli boʻlmagan hollarda soʻralishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Bitim doirasida olingan ish va hujjatlarning asl nusxalari qisqa muddatlarda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Ekspert va guvohlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining soʻroviga binoan bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishi munosabati bilan soʻrayotgan bojxona organi soʻroviga koʻra, soʻralayotgan bojxona maʼmuriyati oʻz mansabdor shaxslarini soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlari oldida ular tomonidan oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish paytida aniqlagan faktlar boʻyicha ekspert yoki guvoh sifatida ishtirok etishi mumkin. Soʻrovda mansabdor shaxs qay tarzda va kim sifatida ishtirok etishi aniq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi uning mansabdor shaxslari koʻrsatma berishi toʻgʻrisida soʻrov olganda, mansabdor shaxslarning koʻrsatma berishi mumkin boʻladigan holatlarni aniq koʻrsatib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Mansabdor shaxslarning ishtirokini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Tomon bojxona organining mansabdor shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida boʻlganda, ular har qanday vaqtda ham oʻzlarining rasmiy vakolatlari tasdiqlarini taqdim etishga qodir boʻlishlari lozim. Ushbu shaxslar maxsus kiyim kiymasliklari va qurol taqmasliklari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Axborot va hujjatlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimga muvofiq olingan axborot, hujjatlar va boshqa maʼlumotlar faqat ushbu Bitimda koʻzda tutilgan maqsadlarda foydalaniladi. Ular ushbu hujjatlarni taqdim etgan bojxona organining yozma roziligi bilangina boshqa har qanday maqsadlarda taqdim etilishi yoki foydalanilishi, shuningdek ushbu bojxona organi tomonidan kiritilgan barcha cheklashlarga amal qilishi lozim. Ushbu qoidalar oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi, zaharlovchi hamda radioaktiv moddalar, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarga taalluqli boʻlgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborot, hujjat va boshqa maʼlumotlarga nisbatan qoʻllanilmaydi. Bunday axborot narkotik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bilan bevosita shugʻullanuvchi organlarga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaklidan qatʼi nazar, taqdim etilgan har qanday maʼlumotlar yopiq turdagi (konfidensial) hisoblanadi. U soʻrayotgan bojxona organiga taqdim etilgan axborot, maʼlumot va hujjatlar ushbu Bitimga binoan mazkur Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida amalda boʻlgan milliy qonunlari himoyasida boʻlgan aynan shu mazmundagi hujjat va axborotlar singari muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1-bandi keyinroq boshlangan bojxona qonun buzilishlari bilan bogʻliq har qanday yuridik yoki maʼmuriy protsesslarda axborotlardan foydalanishga toʻsiq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni himoya qilish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ahdlashuvchi Tomonlar hududida amalda boʻlgan qonunlarga muvofiq quyidagi shartlarga amal qilish orqali qoʻllashda kelib chiqadigan muqobil himoyasini taʼminlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-modda qoidalariga qaramasdan, agar maʼlumotlarni taqdim etish yoki undan foydalanish Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonunlariga, jumladan maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha qonunlarga zid boʻlayotganligiga yetarli asos borligiga ishonch hosil qilinsa, shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilmaydi. Shuningdek, ushbu shart agar maʼlumotlar taqdim etish manfaatdor shaxslarga biror-bir noqulaylik keltirib chiqarsa, ularga ham qoʻllaniladi. Soʻrov asosida maʼlumotlarni olgan bojxona organi ulardan qanday foydalanganligi va natijalari haqida maʼlumotlarni taqdim etgan bojxona organini xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamoat ayblovlari va yuridik organlar sud ishlarida koʻrib chiqish zaruriyati tufayli bojxona organlariga va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga berilishi mumkin. Bunday axborotlar boshqa shaxslarga berilmaydi, biroq qonunlarga va kelishuvlarga hamda bunday axborotni taqdim etayotgan organ roziligiga muvofiq taqdim etish mumkin boʻlgan hollarda bunday axborotlar taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soʻralayotgan bojxona organi taqdim etilayotgan maʼlumotlarni haqiqiy va toʻgʻriligini tasdiqlashi shart. Axborotlarni taqdim etayotgan bojxona organi uni haqiqiy va toʻgʻriligini taʼminlaydi. Soʻrayotgan bojxona organi zarur hollarda shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashtiradi, yoʻq qiladi yoki oʻchirib tashlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) soʻralayotgan bojxona organi milliy qonuniga muvofiq, oʻz navbatida taqdim etilayotgan maʼlumotnomalar oʻchirib tashlash (yoʻq qilish)ni soʻnggi muddati toʻgʻrisida axborot beradi. Shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlash muddati taqdim etilgan maqsadlarda foydalanish lozim boʻlgan muddatdan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bojxona organlari taqdim etilgan yoki olingan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi bayonnomalarni (yozuvlarni) saqlash va ularni noqonuniy olish, oʻzgartirish, matbuotda eʼlon qilish, ziyon yetkazish yoki yoʻqotishdan samarali himoyalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxslar toʻgʻrisida ushbu Bitim doirasida maʼlumotlarni almashishda Ahdlashuvchi Tomonlar maʼlumotlarning standart himoyasini, hech boʻlmaganda ushbu Bitimning tarkibiy qismi boʻlgan Ilovada bayon etilgan prinsiplarni qoʻllashda kelib chiqadigan muqobil himoyasini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni himoya qilishga doir soʻrovnomalarni yuborishi mumkin boʻlgan vakolatli milliy organ toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Axborot va hujjatlardan dalil sifatida foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona organlari ushbu Bitim asosida olingan axborot va hujjatlardan dalil sifatida oʻz bayonnomalarida, guvohlik koʻrsatmalari yozishmalarida, shuningdek sud protsesslarida ushbu Bitim maqsadlari va doirasida foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday axborot va hujjatlarning sud protsesslarida dalil sifatida foydalanilishi va ularning dalil kuchi Ahdlashuvchi Tomonlarning milliy qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Koʻmak koʻrsatish boʻyicha majburiyatlardan istisno qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining bojxona organi soʻrovining bajarilishi davlatning iqtisodiy xavfsizligi yoki boshqa manfaatlariga, shuningdek, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning sanoat, tijoriy yoki kasbiy maxfiylikni buzadi deb hisoblagan hollarda yoki ichki huquqiy tizimini asosiy prinsiplariga zid boʻlsa, u ushbu Bitimda nazarda tutilgan koʻmak berishni butunlay yoki qisman rad etishi, yoki shart yoxud talablarga rioya etilgandagina berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining bojxona organi oʻzi bajara olmasligi mumkin boʻlgan koʻmak yuzasidan murojaat qilsa, u oʻz soʻrovida bu holatga eʼtibor qaratadi. Bunday soʻrovning bajarilishi soʻralayotgan bojxona organining ixtiyoriga havola etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar koʻmak berish rad etilsa, sababi koʻrsatilgan holda koʻmak berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror soʻrayotgan bojxona organi eʼtiboriga yozma ravishda zudlik bilan yetkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻmak soʻralayotgan bojxona organi tomonidan koʻmak oʻtkazilayotgan tekshiruvga, jazolashga yoki sud protsessiga xalaqit beradi degan asosda qoldirilishi mumkin. Bu holda soʻralayotgan bojxona organi soʻrayotgan bojxona organi bilan oʻz vakolatlari doirasida maʼlum sharoitlarda koʻmak koʻrsatilishi mumkinligini aniqlab olish toʻgʻrisida maslahatlashuv oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar koʻmak berish rad etilsa, sababi koʻrsatilgan holda koʻmak berishni rad etish yoki kechiktirish toʻgʻrisidagi qaror soʻrayotgan bojxona organi eʼtiboriga yozma ravishda zudlik bilan yetkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona organlari ushbu Bitim qoidalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash boʻyicha barcha talablarni inkor etadilar, ekspertlar va guvohlarga toʻlanadigan xarajat hamda toʻlovlar, shuningdek davlat xizmatchilari boʻlmagan ogʻzaki va yozma tarjimonlar uchun soʻrayotgan bojxona organidan undirilishi kerak boʻlgan haq bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar soʻrovning ijro etilishi katta xarajatlarni talab etsa, bojxona organlari shartlarni belgilash maqsadida soʻrov bajariladigan, shuningdek xarajatlar qay tarzda qoplanishi toʻgʻrisida maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim, 14 va 15 moddalariga daxl qilmagan holda, Yevropa hamjamiyatlari Komissiyasining vakolatli organlari bilan Finlyandiya Respublikasi bojxona organlari oʻrtasidagi hamjamiyat uchun qiziqish uygʻotuvchi bojxona masalalari boʻyicha har qanday axborotni olishga oid oʻzaro harakatlarini tartibga soluvchi hamjamiyat qoidalariga zid kelmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Bitimni ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan hamkorlik bevosita Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona organlari oʻrtasida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona organlari ushbu Bitimni ijro etishda koʻmaklashish maqsadida aniq tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ikki Ahdlashuvchi Tomon bojxona organlari rahbarlari yoki ularning vakillari hamda ekspertlardan iborat oʻzbek-fin qoʻshma komissiyasi tuziladi. Bu komissiya zarur hollarda istalgan bojxona organi soʻrovi boʻyicha ushbu Bitimni ijro etishni nazorat qilish yuzasidan uchrashuv oʻtkazadi, shuningdek yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona organlari bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishini tekshirish yoki jazolash bilan shugʻullanuvchi masʼul shaxslar oʻrtasida ichki maʼmuriy protseduralardan kelib chiqqan holda bevosita aloqalar oʻrnatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona organlari ushbu Bitimni talqin etish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan barcha masalalarni oʻzaro maslahatlashuvlar orqali hal etadilar. Kelishmovchiliklar (ziddiyatlar) borasida biron kelishuvga erishish imkoni boʻlmasa, ular diplomatik kanallar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Bitimda nazarda tutilgan axborotlar faqatgina bojxona organlaridan maxsus tayinlangan shaxslarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21- modda. Qoʻllash doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida va Finlyandiya Respublikasi bojxona hududida qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22- modda. Qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, ushbu Bitimga alohida qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish mumkin. Ular ushbu Bitimning 23-moddasi 1-bandida belgilangan tartiblarga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23- modda. Bitimni kuchga kirishi va tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan barcha davlat ichki tartib qoidalarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali ikkinchi xabarnoma olingan sanadan boshlab 60 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim nomaʼlum muddatga tuzilgan hisoblanadi, biroq, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborishi orqali oʻz kuchini yoʻqotishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim bunday yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtgach oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim oʻz kuchini yoʻqotgan davrda oxiriga yetkazilmagan ishlar imkoni qadar uning qoidalariga muvofiq nihoyasiga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida imzo qoʻyuvchi shaxslar ushbu Bitimni imzolashga vakolatlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, 2008-yil 28-martda ikki nusxada, oʻzbek, fin va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin etishda anglashilmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni himoya qilishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxslar toʻgʻrisida oʻz-oʻzidan ishlov beriladigan maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonuniy va adolatli asosda olingan hamda ishlov berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus hamda qonuniy maqsadlarda saqlangan va bunday maqsadlarga zid hollarda ishlatilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) muqobil, ishga taalluqli va saqlov maqsadidan ortiqcha boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) aniq va zarur hollarda yangilangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bu maʼlumotlar saqlanayotgan oʻsha maqsad uchun juda zarur boʻlmagan maʼlumotlarni tenglashtirishga imkon beruvchi shaklda va muddatda saqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxslarning irqiy kelib chiqishi, siyosiy qarashlari yoki diniy va boshqa eʼtiqodlarini yorituvchi, shuningdek sogʻligʻining darajasi yoxud jinsiy hayotining oʻziga xosliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ichki qonunlar tegishlicha himoya qila olmasa, oʻz-oʻzidan ishlov berishga olinmaydi. Bu shuningdek jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ham taalluqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaxslar toʻgʻrisida kompyuter fayllarida saqlanadigan maʼlumotlarni beruxsat yoʻq qilish yoki tasodifiy yoʻqotishdan, shuningdek ruxsatsiz tanishib chiqishdan, oʻzgartirish va yoyishdan himoya qilish uchun tegishli xavfsizlik choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Istalgan shaxs quyidagi imkoniyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shaxsiy maʼlumotlari boʻlgan kompyuter fayli borligini, uning maqsadlari, shuningdek bu faylni nazorat qiluvchi kishining shaxsi va turar joyi yoki asosiy ish joyini isbotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uning shaxsiy maʼlumotlari kompyuter faylida saqlanayotganini tasdiqlab, muayyan maqbul vaqt oraligʻida va juda uzoq muddatga qoldirmagan holda yoki xarajatlarsiz, shuningdek unga kirish huquqi boʻlgan shakldagi xabarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar bunday maʼlumotlar ushbu Ilovaning 1 va 2- qoidalarida bayon qilingan asosiy prinsiplarni harakatga keltiruvchi ichki qonunlarga zid ravishda ishlab chiqilgan boʻlsa, zarur hollarda ularni tuzatish yoki yoʻq qilishga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ushbu qismning b) va v) bandlarida koʻzda tutilgan xabar, tuzatish yoki yoʻq qilishga boʻlgan soʻrov ijro etilmagan boʻlsa, xarajatni undirib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Ushbu Ilovaning 1 -, 2- va 4-qismlarida bayon etilgan qoidalarga nisbatan quyidagi qismda belgilangan cheklanishlardan tashqari, hech qanday istisnolar qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Ahdlashuvchi Tomonning qonunlarida koʻzda tutilgan boʻlsa, ushbu Ilovaning 1 -, 2- va 4-qismlaridagi qoidalardan qisman chegirishlarga yoʻl qoʻyiladi va demokratik jamiyatda quyidagilarga erishish uchun zarur chora sifatida yuzaga chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat, jamiyat xavfsizligi, davlatning moliyaviy manfaatlarini muhofaza qilish yoki ogʻir jinoyatlarning oldini olishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻz yuritilayotgan maʼlumotlar yoki boshqa shaxslarning huquq va erkinligini himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Kompyuter fayllarida saqlanadigan, statistika maʼlumotlarini yigʻish maqsadida foydalanadigan yoki zikr etilgan maʼlumotlarga yetkazilishi mumkin aniq xavf yoʻq boʻlgan hollarda ushbu Ilovaning 4-qoidasidagi (b), va (g) bandlarida belgilangan huquqlardan foydalanish boʻyicha shaxsiy maʼlumotlar borasidagi cheklanishlar qonunda ilmiy tadqiqotlar uchun koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu Ilovada bayon etilgan asosiy prinsiplarni ishga tushiruvchi ichki qonun-qoidalarni buzganligi uchun zararni undirish boʻyicha tegishli sanksiyalar oʻrnatish va choralar koʻrish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Ilova qoidalaridan hech qaysisi Ahdlashuvchi Tomonga mana shu Ilovada belgilanganlarga koʻra aytilgan maʼlumotlarga kengroq muhofaza choralari koʻrishni cheklovchi yoki boshqacha tarzda imkoniyatini toraytiruvchi sifatida talqin qilinmasligi kerak.