Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2020 25.04.1996 yildagi 220-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2020
Hujjat 01.06.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi OʻRQ-604-sonli “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 19-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Erkin iqtisodiy zona tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona — mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan maʼmuriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti boʻlgan maxsus ajratilgan hududdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xoʻjalik, moliyaviy va boshqa faoliyatning istalgan turlari bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyiladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar tuzish va ularning faoliyati bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun, erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi Nizomlar va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Erkin iqtisodiy zonani tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis qarori bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning maqomi va chegaralari, shuningdek uning qancha muddatga tuzilishi har bir iqtisodiy zona boʻyicha Oliy Majlis tasdiqlaydigan Nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning faoliyat muddati belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin Vazirlar Mahkamasi kiritadigan taqdimnomaga binoan Oliy Majlis qarori bilan uzaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Erkin iqtisodiy zona maqomini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning maqomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomda belgilangan muddat tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va maqsadlar bajarilmagan taqdirda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning maqomini tugatish toʻgʻrisidagi qaror belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin Vazirlar Mahkamasi kiritadigan taqdimnomaga binoan Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Erkin iqtisodiy zonalarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin savdo zonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin ishlab chiqarish zonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Erkin savdo zonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni oʻrash-joylash, saralash, saqlash zonalarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin savdo zonalari chegaraga tutash punktlarda, aeroportlarda, temir yoʻl uzellarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Erkin ishlab chiqarish zonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ishlab chiqarish zonalari — tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni joriy etish maqsadida xoʻjalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga moʻljallangan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini va boshqa erkin zonalarni oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat boʻlib, u yerda ilmiy-ishlab chiqarish va oʻquv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari—texnopolislar shaklida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslar huquqlari hamda manfaatlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zona hududida faoliyat yuritayotgan fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalarda investorlarning Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hamma kafolatlari va imtiyozlariga rioya etilishi taʼminlanadi. Nizomda qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va boshqa organlar yoxud mansabdor shaxslarning yuridik shaxslar hamda fuqarolar (jismoniy shaxslar) faoliyatiga asossiz aralashuvi natijasida ularga yetkazilgan zarar, shuningdek boy berilgan foyda va yetkazilgan maʼnaviy ziyon sud tartibida qoplanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan dasturga muvofiq rivojlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi ishlab chiqarish va bozor infrastrukturasini yaratishni, alohida huquqiy tartibotni taʼminlashni, yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar)ning faoliyatini iqtisodiy ragʻbatlantirish choralarini oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini moliyaviy taʼminlash zonaning oʻz resurslari hamda xususiy va boshqa manbalardan mablagʻlar jalb etish, shu jumladan xalqaro dasturlar hisobiga, shuningdek mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga respublika budjetidan va mahalliy budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. ERKIN IQTISODIY ZONALARNING HUQUQIY TARTIBOTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Huquqiy tartibotning oʻziga xos jihatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalarda alohida bojxona, valyuta, soliq tartiboti, shuningdek fuqarolar kirishi, chiqishi va bu yerda boʻlishining, mehnat munosabatlari, moliya-kredit faoliyatining alohida tartiboti hamda investitsiyalarni jalb etishga, tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga va zonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan boshqacha tartibot oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Alohida bojxona tartiboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida bojxona tartiboti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni olib kirish va olib chiqish uchun bojxona bojlarini bekor qilish yoki kamaytirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport yoki import uchun tarifdan tashqari cheklashlarni bekor qilish yoki yengillashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni belgilangan tartibda albatta bayonnomaga kiritgan holda erkin iqtisodiy zonaning bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona hududida alohida bojxona tartibotini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona xizmati taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida bojxona tartiboti erkin iqtisodiy zona hududi orqali tovarlarni tranzit olib oʻtishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Alohida valyuta tartiboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida valyuta tartiboti milliy va chet el valyutalarining erkin muomalada boʻlishi hamda ayirboshlanishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida valyuta tartibotining amal qilish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Soliq imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar xoʻjalik faoliyatining qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) Nizomda ichki va tashqi investorlar uchun teng shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Mehnat resurslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonadagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlash uchun eng avvalo mahalliy mehnat resurslari jalb etiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi shaxslar va chet el fuqarolari ham jalb etilishi mumkin. Erkin iqtisodiy zonalarga ishchi kuchini jalb etish tegishli hududning ishga joylashtirish xizmati tomonidan tartibga solib turiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Erkin iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlarini tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlari qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari (kelishuvlari) va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari (kontraktlari) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa shartnomalari va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ahvolini qonun hujjatlarida, shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi ham qatnashchisi boʻlgan konvensiyalarida nazarda tutilgan shartlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Erkin iqtisodiy zonaning budjeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona mustaqil budjetga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonani shakllantirish bosqichida kreditlar berish yoki ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlarini toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalash tarzida respublika budjeti va mahalliy budjetdan mablagʻlar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning budjeti zona maʼmuriyatining tasarrufidagi yer, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan, turli xizmatlar koʻrsatishdan keladigan tushumlardan va Nizomda belgilangan boshqa tushumlardan tashkil topadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Erkin iqtisodiy zonaga kirish, iqtisodiy zonadan chiqish va uning hududida boʻlish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaga chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi, iqtisodiy zonadan chiqishi va shu hududda boʻlishining Nizomda belgilab qoʻyiladigan soddalashtirilgan tartiboti joriy etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Sugʻurta
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona qatnashchilarining investitsiyalari va tavakkalchiligini sugʻurta qilish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta himoyasi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli sugʻurta organlari va chet el sugʻurta kompaniyalari tomonidan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. ERKIN IQTISODIY ZONANI BOShQARISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Erkin iqtisodiy zonaning boshqaruv organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning faoliyatini zona Maʼmuriy kengashi muvofiqlashtirib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning operativ boshqaruv organi zona Bosh direksiyasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Erkin iqtisodiy zonaning Maʼmuriy kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning Maʼmuriy kengashi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlari, tarmoq boshqaruv organlari, investorlar, shu jumladan chet el investorlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillaridan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning Maʼmuriy kengashiga rais boshchilik qiladi. Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari respublika maʼmuriy-hududiy birligi (shahar, tuman, shahardagi tuman) chegaralariga toʻgʻri kelgan taqdirda Maʼmuriy kengash raisining vazifalarini ijro etish tegishli hokim zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Erkin iqtisodiy zona Maʼmuriy kengashining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning Maʼmuriy kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonaning huquqiy tartibotiga rioya etilishini nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zonani rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni jalb etish uchun qoʻshimcha shartlar belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zonaning har yilgi budjetini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona Maʼmuriy kengashi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar erkin iqtisodiy zona xoʻjalik faoliyati qatnashchilari ijro etishi uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Erkin iqtisodiy zonada davlat mulki huquqining oʻziga xos jihatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona chegaralari ichida joylashgan davlat mulki obyektlari (er, suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar, binolar, inshootlar) joylardagi davlat hokimiyati organlarining oʻz vakolat doirasidagi qaroriga binoan operativ boshqaruv yoki toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zona Maʼmuriy kengashiga topshirib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylardagi davlat hokimiyati organlari erkin iqtisodiy zona Maʼmuriy kengashiga topshirib qoʻyilgan yer, yer osti boyliklari, atrof muhit va boshqa obyektlardan oqilona foydalanilishi hamda ularning muhofaza qilinishi ustidan nazoratni taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini xususiy mulk qilib sotish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Erkin iqtisodiy zona Bosh direksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona Bosh direksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida huquqiy tartibotning amal qilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosida chet el kapitalining jalb etilishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zonani rivojlantirish dasturi roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik, moliyaviy va boshqa faoliyat bilan shugʻullanayotgan korxonalar va tashkilotlarni roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik vaziyatning yaxshilanishi ustidan nazoratni taʼminlaydi, shuningdek tarixiy-madaniy boyliklarning saqlanishi uchun javobgar boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zona Bosh direksiyasi, Nizomda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, korxonalar va tashkilotlarning operativ xoʻjalik, moliyaviy va boshqa faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonaning Bosh direksiyasi zona Maʼmuriy kengashi tomonidan tuziladi va unga ana shu kengashning oʻzi tayinlaydigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktorning vakolatlari Nizomda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Erkin iqtisodiy zonalarda korxonalarni roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona hududida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) Bosh direksiyada roʻyxatdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona tuzilgan paytda uning hududida ishlab turgan yuridik shaxslar Bosh direksiyaga roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direksiya roʻyxatga olingan yuridik shaxsga roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida guvohnoma beradi va bu haqda mahalliy hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasiga xabar qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direksiya roʻyxatga olingan jismoniy shaxsga roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Bosh direksiya yuridik yoki jismoniy shaxsning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga va ularga berilgan guvohnomani bekor qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibotni buzish orqali olgan daromad Nizomga muvofiq undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni qayta tashkil etish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonada ishlab turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, muassasa yoki tashkilotlar qayta tashkil etilgan va tugatilgan paytda ishdan boʻshatilayotgan xodimning qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlari saqlanib qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Nizolarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona qatnashchilari va Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari oʻrtasidagi nizolar, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, sudlarda koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona qatnashchilari oʻrtasidagi yoki zona qatnashchilari va Bosh direksiya oʻrtasidagi, shuningdek erkin iqtisodiy zona qatnashchilari va korxonalar, jamoat birlashmalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi ularning faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha nizolar sudda koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 58-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 39-son, 424-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)