21.05.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Italiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAMKORLIK PROTOKOLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Italiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, Yangi Yevropa uchun Parij Xartiyasi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi Xelsinki Yakuniy akti va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti boshqa hujjatlarining ruhiga muvofiq, ikki davlat va xalqlari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar hamda hamkorlikni rivojlantirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sherikchilik va oʻzaro manfaat prinsiplari, jumladan terrorizmga qarshi xalqaro koalitsiya bilan hamkorlik asosida ularning munosabatlarini kengaytirish maqsadida hamkorlikning yangi shakllariga koʻmaklashish va rivojlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar va uchrashuvlar doirasida hamkorlikni faollashtirishning muhimligini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki tomonlama munosabatlar va ikkala Tomon davlatlari uchun qiziqish uygʻotadigan xalqaro masalalarni muhokama qilish uchun Tomonlar maslahatlashuvlar olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Protokolning 1-moddasida koʻrsatilgan maslahatlashuvlarni bir yilda kamida bir marta olib boradilar. Ular navbatma-navbat Toshkentda va Rimda yoki xalqaro uchrashuvlar davomida oʻtkaziladi. Delegatsiyalar darajasi, kun tartibi va maslahatlashuvlarning muddatlari diplomatik kanallar orqali kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatlashuvlar quyidagilarni qamrab olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqaro munosabatlarning global masalalari va umumiy rivojlanishi, ayniqsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlarning ahamiyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) siyosat, iqtisod, madaniyat, fan, texnika, taʼlim va tadqiqot, shuningdek sogʻliqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ikki tomonlama hamkorlik va xalqlar oʻrtasidagi aloqalarga koʻmaklashish masalalari,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) Yevropa va Markaziy Osiyo xavfsizligi va ushbu mintaqalarda roʻy berayotgan integratsiyalashuv jarayoni masalalari,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) ikki tomonlama bitimlarning bajarilishi toʻgʻrisida axborot almashish, shuningdek Oʻzbekiston-Italiya munosabatlarini rivojlantirishning yangi shakllarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz diplomatlari uchun toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish hamda tajriba almashish maqsadida qulay shart-sharoitlarni yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikkala Tomon vakillari xalqaro anjumanlar na uchrashuvlarda, shuningdek ikkala davlatning uchinchi davlatlardagi diplomatik missiyalari, Birlashgan Millatlar Tashkilotida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotida va boshqa xalqaro tashkilotlarda ikkala Tomon uchun qiziqish uygʻotadigan masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6- modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Protokol imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va Tomonlardan birontasi boshqa Tomondan uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida yozma xabarnoma olgandan keyin uch oy oʻtgach, amal qilishini toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, 2007-yil 21-mayda ikki nusxada, oʻzbek, italyan va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)