Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Qarori
OʻQUV MAShGʻULOTLARINI OʻTKAZGANLIK UChUN MEHNATGA SOATBAY HAQ TOʻLASh MIQDORLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 29-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2386]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2012-yil 27-dekabrdagi 18,38, 75-qq-sonli “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2410, 09.01.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF–4450-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 308-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2011-yil 26-dekabrdagi 518, 37 va 81-qq-son “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2311, 2012-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 21-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 16-avgust,
8-son
Xalq taʼlimi vaziri T. ShIRINOV
Toshkent sh.,
2012-yil 16-avgust,
32-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 16-avgust,
46-qq-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2012-yil 16-avgustdagi 8, 32 va 46-qq - son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash
MIQDORLARI
1. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, shuningdek oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari
| T/r |
Kontingent |
Oʻquv mashgʻulotlarini |
Soatbay haq toʻlash miqdorlari (soʻm) |
| 1. | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari |
professor, fan doktori | 15 203,9 |
|
dotsent, fan nomzodi |
8 916,8 | ||
|
ilmiy darajaga ega boʻlmagan |
6 117,0 | ||
| 2. | Oliy taʼlim muassasalari talabalari |
professor, fan doktori |
17 375,8 |
| dotsent, fan nomzodi |
10 974,6 | ||
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar |
7 951,9 | ||
| 3. | Stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha taʼlim muassasalari (kurslari) tinglovchilari |
professor, fan doktori |
20 996,1 |
| dotsent, fan nomzodi |
14 404,0 | ||
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar |
11 622,2 | ||
| 4. | Kurslar tinglovchilari, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan ishchilar, xodimlar |
professor, fan doktori |
11 857,3 |
| dotsent, fan nomzodi |
6 902,2 | ||
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar* |
4 655,5 |
2. Umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlariga oʻtgan darsi uchun soatbay haq toʻlash miqdorlari
| T/r | Lavozimlar nomi | Malaka toifasi | Soatbay haq toʻlash miqdorlari (soʻm) |
| 1. |
Umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich |
oliy malaka toifali | 5 971,8 |
| birinchi malaka toifali |
5 629,0 | ||
| ikkinchi malaka toifali | 5 271,1 | ||
| oliy maʼlumotli | 4 922,2 | ||
| oʻrta maxsus maʼlumotli | 4 601,0 | ||
| 2. |
Umumtaʼlim maktablarining yuqori |
oliy malaka toifali | 4 947,8 |
| birinchi malaka toifali | 4 487,1 | ||
| ikkinchi malaka toifali | 4 202,4 | ||
| oliy maʼlumotli | 3 925,3 | ||
| oʻrta maxsus maʼlumotli | 3 672,5 |
*ilmiy darajaga ega boʻlmagan, mutaxassislik fanlari boʻyicha mashgʻulot oʻtkazish uchun jalb qilinadigan shaxslar.
Izoh:
1. Soatbay haq toʻlash miqdori tarkibiga mehnat taʼtili haqi kiritilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi akademiklari mehnatiga soatbay haq toʻlash miqdorlari 15 foizga oshiriladi.
3. Konkurs va tanlovlar jyurilari aʼzolari, shuningdek konkurs ishlari taqrizchilari mehnatiga haq toʻlashda oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashgʻulotlari olib borganlik uchun toʻlanadigan soatbay haq toʻlash miqdorlari qoʻllaniladi.
4.Taʼlim muassasalarida soatbay haq toʻlash asosida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun shaxslarni jalb qilish, faqat muayyan muassasa shtatidagi oʻqituvchilar tarkibi tomonidan oʻtkazilmaydigan oʻquv mashgʻulotlari va fanlari uchun koʻzda tutiladi. Oʻquv mashgʻulotlarini soatbay haq toʻlash asosida olib borganlik uchun haq toʻlash xarajatlari taʼlim muassasasi xarajatlar smetasining hisob-kitoblar yoyilmasida alohida qator bilan ajratilgan soatbay haq toʻlash fondi mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
5. Soatbay haq toʻlash miqdorlari akademik soatdan kelib chiqib belgilangan.
3. Mazkur oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 16-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 406-modda)