Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.08.2012 yildagi 252-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012—2015 YILLARDA QIShLOQ XOʻJALIGI XOM AShYoSINI QAYTA IShLAShNI ChUQURLAShTIRISh, OZIQ-OVQAT TOVARLARI IShLAB ChIQARISh HAJMLARINI KOʻPAYTIRISh VA ULARNING TURLARINI KENGAYTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-oktabrdagi PQ–1633-son qarori bilan yangi yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati korxonalarini, shuningdek goʻsht-sut, meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash korxonalarini barpo etish va ishlayotganlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan 2012 — 2015-yillarda oziq-ovqat sanoatini kengaytirish va rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanganligi, ular yuzasidan tarmoq jadvallari ishlab chiqilganligi hamda ularni roʻyobga chiqarish boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki isteʼmol bozorini sifatli oziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirish uchun keyingi uch yilda 540 tadan ortiq yangi korxonalar ishga tushirildi, mahsulotlarning 152 tadan koʻproq yangi turlarini ishlab chiqarish oʻzlashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi xomashyosini qayta ishlash darajasi aholining va iqtisodiyot tarmoqlarining tayyor oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan talabiga, mavjud imkoniyatlar va resurslarga mos kelmaydi. Koʻpgina qayta ishlash korxonalarining ishlab turgan quvvatlari maʼnaviy va jismoniy jihatdan eskirib ketgan, ularni yangilash va modernizatsiyalash talab etiladi. Ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat tovarlarining turlari cheklanib qolmoqda, mahsulot sifati oshib borayotgan talablarga javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash korxonalari uchun goʻsht va sut yetkazib berayotgan dehqon va fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish, korxonalar-agrofirmalarning oʻz barqaror xomashyo bazasini shakllantirish masalalari hal etilmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy korxonalarda qishloq xoʻjaligi xomashyosini qayta ishlashni yanada chuqur qayta ishlashni taʼminlash hamda shu asosda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli, sifatli oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va ularning turlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan, 2012 — 2015-yillarda qishloq xoʻjaligi xomashyosini qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va ularning turlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi maʼqullansin, Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012 — 2015-yillarda meva-sabzavot mahsulotlari va uzum, goʻsht va sut yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlashning 1, 1a — 1v, 2, 2a, 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq maqsadli prognoz parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1, 1a — 1v, 2, 2a, 3 va 3a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mintaqalari boʻyicha anʼanaviy boʻlmagan moyli ekinlarning oʻrtacha yillik ekin maydonlarining va ularni yetishtirishning, oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish hisoblangan hajmlarining 4-ilovaga* muvofiq parametrlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda ushbu qarorga 1, 1a — 1v, 2, 2a, 3, 3a-ilovalarda nazarda tutilgan maqsadli prognoz parametrlariga muvofiq 2012 — 2015-yillarda qishloq xoʻjaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash va isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va ularning turlarini kengaytirish boʻyicha mintaqaviy maqsadli dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishda 4-ilovada nazarda tutilgan parametrlarga muvofiq anʼanaviy boʻlmagan moyli ekinlarning oʻrtacha yillik ekin maydonlarini hisobga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi boshqa manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining qayta ishlovchi korxonalari uchun goʻsht va sut yetkazib beradigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 33-34-son, 398-modda)