Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI HAYDOVCHILARINI TAYYORLASH VA QAYTA TAYYORLASH BILAN SHUGʻULLANUVCHI OʻQUV YURTLARINI BITIRGAN HAYDOVCHILIKKA NOMZODLARGA BERILADIGAN YAGONA NAMUNADAGI GUVOHNOMANI BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”GI QARORGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 10-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1652-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 26-yanvardagi 20-son, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 17-yanvardagi 5-q/q-son va Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 21-yanvardagi 3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1652-4, 30.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-son “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-avgustdagi PQ–1392-son qarori) qarori”ga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 525-modda) muvofiq Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Ichki ishlar vazirligining 2006-yil 27-dekabrdagi 6, 48/QB, 11-son “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1652, 2007-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 1-2-son, 18-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-iyul,
3-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi direktori J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-iyul,
42/qq-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-iyul,
25-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq, 25-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
1.Qarorda:
a) nomida va 1-banddagi “oʻquv yurtlarini” degan soʻzlar “taʼlim muassasalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima “avtomototransport vositalarini” degan soʻzlardan keyin “va shahar elektr transporti vositalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Nizomda:
b) muqaddima “avtomototransport vositalarini” degan soʻzlardan keyin “va shahar elektr transporti vositalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin va “oʻquv yurtlarini” degan soʻzlar “taʼlim muassasalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 1-band “avtomototransport vositalari” degan soʻzlardan keyin “va shahar elektr transporti vositalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
g) 2-banddagi “oʻquv yurtlarining” va “oʻquv yurti” degan soʻzlar tegishlicha “taʼlim muassasalarining” va “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 3-banddagi “oʻquv yurtida” va “oʻquv yurti” degan soʻzlar tegishlicha “taʼlim muassasasida” va “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 4 va 7-bandlardagi “oʻquv yurti” degan soʻzlar “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 6-banddagi “oʻquv yurtlarga” degan soʻzlar “taʼlim muassasalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 8 va 9-bandlardagi “oʻquv yurtining” degan soʻzlar “taʼlim muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 12-banddagi “oʻquv yurtining” va “Oʻquv yurtining” degan soʻzlar tegishlicha “taʼlim muassasasining” va “Taʼlim muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
k) 13-banddagi “oʻquv yurti” va “oʻquv yurtining” degan soʻzlar tegishlicha “taʼlim muassasasi” va “taʼlim muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
l) 1-ilovada:
grifidagi “oʻquv yurtlarini” degan soʻzlar “taʼlim muassasalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oʼquv yurti(tashkiloti)ning nomi” va “Oʼquv yurti” degan soʻzlar tegishlicha “Taʼlim muassasasi (tashkiloti)ning nomi” va “Taʼlim muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 32-son, 386-modda)