OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
HUJJATLARNI QIMMATLILIGINI ANIQLASh EKSPERTIZASINI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 1-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2347-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 168-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2012-yil 14-fevraldagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2347, 2012-yil 29-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 13-son, 150-modda) bilan tasdiqlangan Hujjatlarni qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-iyul,
58-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2012-yil 5-iyuldagi 58-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Hujjatlarni qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspert-tekshiruv komissiyasi (bundan buyon matnda ETK deb yuritiladi) – davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni oʻtkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai boʻlgan tashkilotlarning EK va MEKlari faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya.”.
2. 3, 3a va 3b-ilovalardagi “doimiy saqlanadigan yigʻmajildlar” degan soʻzlar “saqlash muddati 10 yildan ortiq boʻlgan vaqtincha saqlanadigan yigʻmajildlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4, 4a va 4b-ilovalardagi “doimiy saqlanadigan yigʻmajildlar” degan soʻzlar “shaxsiy tarkib boʻyicha yigʻmajildlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 5-ilovadagi “EK (ETUK)” qisqartmalari “ETK (ETUK)” qisqartmalari bilan almashtirilsin.
5. 5a-ilovadagi “EK (ETUK)” qisqartmalari “EK (MEK)” qisqartmalari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 373-modda)