26.07.2012 yildagi 229-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

VAZIRLAR MAHKAMASINING “TERMA JAMOALAR HAMDA ULARNING ZAXIRASINI SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYORLAShNI, ShUNINGDEK ULARNI MODDIY JIHATDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2011 YIL 27 APRELDAGI 121-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terma jamoalar hamda ularning zaxirasini sport musobaqalariga tayyorlashni, shuningdek ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Terma jamoalar hamda ularning zaxirasini sport musobaqalariga tayyorlashni, shuningdek ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-apreldagi 121-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 4-son, 29-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyuldagi 229-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Terma jamoalar hamda ularning zaxirasini sport musobaqalariga tayyorlashni, shuningdek ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-apreldagi 121-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining energiya sarflarini qoplashga va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisida Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 13-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Qoplashning har kunlik normasi miqdori terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlari uchun terma jamoalar sportchilari uchun oʻrtacha sutkalik ovqatlanish normalarining shakllanayotgan qiymati hisob-kitobidan kelib chiqib, tegishli moliyaviy yilning 1-yanvarida amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqiga foizlarda, biroq eng kam oylik ish haqining 40 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda har yili 15-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 14-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qaytarilgan summa Komissiyaning qarori boʻyicha terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlariga qoplashning kundalik normalari toʻlovi uchun qayta taqsimlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Nizomga ilova chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandga “Respublika” soʻzidan oldin “Hududiy” soʻzi qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bandga “Respublika” soʻzidan oldin “Hududiy” soʻzi qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Nizomga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilariga ovqatlanishni qoplashga xarajatlarning kundalik normalari har yili 5-yanvargacha vakolatli organlar tomonidan tegishli moliyaviy yilning 1-yanvarida amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqiga foizlarda, biroq eng kam oylik ish haqining 40 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilarining ovqatlanishi bilan bogʻliq xarajatlar tegishli moliyaviy yilga vakolatli organlarning xarajatlar smetasida sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga va ular doirasida qoplanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir kunga ovqatlanishning oʻrtacha sutkalik normalari” jadvali chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Nizomga 3-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Ommaviy tusdagi sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida (festivallar, spartakiadalar, kompleks sport musobaqalari, nogironlar, aqlan zaif sportchilar oʻrtasidagi musobaqalar, aholi, sport faxriylari oʻrtasidagi sport tadbirlari va shu kabilarda) musobaqalar qatnashchilarining sportdagi faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida 1, 2, 3-oʻrinlar uchun sovgʻa mukofotlariga qoʻshimcha ravishda, oʻtkaziladigan sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizomlarda nazarda tutilgan nominatsiyalar boʻyicha alohida sovgʻalar taʼsis etilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik banddagi “4 baravarigacha” soʻzlari “2 baravarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik banddagi “6 baravarigacha” soʻzlari “3 baravarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik banddagi “8 baravarigacha” soʻzlari “4 baravarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 356-modda)