25.07.2012 yildagi 228-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI HUZURIDA TAʼLIM MUASSASALARIDA ELEKTRON TAʼLIMNI JORIY ETISH MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida “Elektron taʼlim” milliy tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-apreldagi PQ–1740-son qarorining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yuqori texnologik darajada oʻquv jarayonini tashkil etish uchun elektron oʻquv-metodik va axborot-kutubxona resurslari, axborot tizimlari shakllantirilishini taʼminlovchi yagona organni tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron taʼlim” milliy tizimining maʼmuri va boshqarish funksiyasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan videokonferens-aloqa va masofadan oʻqitish metodlaridan foydalangan holda oʻquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining “Elektron taʼlim” milliy tizimi axborot-taʼlim resurslaridan erkin foydalanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida tashkil etiladigan va “Elektron taʼlim” milliy tizimiga kiritiladigan elektron metodik komplekslar va boshqa taʼlim resurslariga yagona talablarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari pedagoglari uchun oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonida kompyuter uskunalaridan foydalanishning samaradorligini tahlil qilish va monitoring olib borish, oliy va oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining kompyuter va kommunikatsiya vositalarini yangilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼlim” axborot tizimlari majmuasining oliy taʼlim qismini ishlab chiqish, joriy etish va qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-saytini takomillashtirish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 6-yanvardagi 4-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 6-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz faoliyatini moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarning xayriya mablagʻlari, grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Markazning ustavi belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek Markazning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazining Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 3-uy manzilidagi binosiga ijara toʻlovisiz joylashtirsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 6-yanvardagi 4-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 6-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda Markaz xodimlari razryadlarini ishlab chiqsin va ularning mehnatiga haq toʻlash shartlarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni zarur ixtisosli malakali kadrlar bilan taʼminlash, shuningdek uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuvi va Markazning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili Markazni jihozlash va saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasidan zarur mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bitta yengil xizmat avtotransportini saqlashga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-iyuldagi 228-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 6-yanvardagi 4-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 6-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 351-modda; 2016-y., 1-son, 6-modda)