Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.01.2024 25.07.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2382
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining qarori, 25.07.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2382
Кучга кириш санаси
04.08.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.01.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DON VA DUKKAKLI DON EKINLARI ILMIY TADQIQOT INSTITUTI VA UNING FILIALLARIGA, URUGʻChILIK HAMDA BOShQA XOʻJALIKLARDAN DAVLAT RESURSIGA XARID QILINADIGAN URUGʻLIK DON UChUN NAV USTAMALARIDAN 3 FOIZGAChA AJRATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2382 ]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 15-dekabrdagi 1-son va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi 91-sonli ““Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallariga, urugʻchilik hamda boshqa xoʻjaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urugʻlik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2382-1, 03.01.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-sentabrdagi PQ–1621-sonli “2012-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallariga, urugʻchilik hamda boshqa xoʻjaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urugʻlik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallariga, urugʻchilik hamda boshqa xoʻjaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urugʻlik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. RUZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 30-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3/1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 30-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 30-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 30-maydagi 3/1, 45 va 7-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallariga urugʻchilik hamda boshqa xoʻjaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urugʻlik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 130-modda), “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 156-modda) qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-sentabrdagi PQ–1621-sonli “2012-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallariga urugʻchilik hamda boshqa xoʻjaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urugʻlik don uchun nav ustamalaridan (keyingi oʻrinlarda nav ustamalari deb yuritiladi) 3 foizgacha ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-sentabrdagi PQ–1404-sonli “2011-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 9-son, 377-modda) 4-bandiga muvofiq, 2011-yilgi boshoqli don hosilidan boshlab, urugʻchilik xoʻjaliklari va boshqa xoʻjaliklardan davlat resurslariga xarid qilinadigan urugʻlik don uchun amaldagi preyskurant xarid narxlariga nav ustamalari belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Etishtirilgan boshoqli don ekinlari urugʻlarining hajmini aniqlash va ularni xarid qilish, shuningdek ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish Urugʻchilik fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan boshoqli don ekinlarining superelita va elita urugʻlarini toʻliq hajmda xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1789, 2008-yil 11-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 115-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Urugʻchilik va boshqa xoʻjaliklardan davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don ekinlari urugʻlarini don korxonalariga qabul qilish Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1499, 2005-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 237-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Urugʻliklarning avlodlari boʻyicha toʻlanadigan ustamadan jamgʻarilgan 3 foizgacha mablagʻlarni taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ajratmalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi (“Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”) tomonidan boshoqli don ekinlari urugʻlarining davlat standarti talablariga mos kelishi haqida sertifikat berilganidan soʻng davlat ehtiyojlari uchun xarid qilingan urugʻliklarning avlodlari boʻyicha toʻlanadigan ustamasidan jamgʻarilgan mablagʻning 3 foizigacha Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot institutining maxsus hisobvaragʻiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-avgustdagi 376-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 358-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tarkibiga kiruvchi don mahsulotlari korxonalari va ularning filiallari roʻyxatida belgilangan tashkilotlar tomonidan oʻtkazib beriladi. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi har yili Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ustamadan ajratmalarni aniq miqdorini foizda kelishgan holda korxonalarga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot institutining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazilgan, davlat resurslari uchun xarid qilingan urugʻliklarning avlodlari boʻyicha toʻlanadigan ustamadan jamgʻarilgan 3 foizgacha mablagʻ 100 foiz deb hisoblanib, quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 foizi — Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot institutining seleksiya va urugʻchilik sohasidagi ishlarini yaxshilash hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot institutining hududiy filiallarining seleksiya va urugʻchilik sohasidagi ishlarini yaxshilash hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — boshoqli don ekinlarining mahalliy va xorijiy navlari urugʻini yetishtiruvchi ilmiy muassasalar – navlar originatorlarini, seleksiya va urugʻchilik sohasi olimlarini hamda urugʻlik sifatini taʼminlashda ishtirok etuvchi tashkilotlarni ragʻbatlantirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — boshoqli don urugʻchiligiga ixtisoslashgan xoʻjaliklarning rahbar va mutaxassislari malakasini oshirish, ularni zarur oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlash, oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etish xarajatlari uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot institutining maxsus hisob varagʻiga oʻtkazilgan mablagʻning yillik xarajatlar smetasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan mablagʻlar Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot institutining maxsus hisobvaragʻidan tegishli tashkilotlarga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Nizom “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 29-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi F. BERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 11-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 11-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 354-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)