Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019 23.07.2012 yildagi 227-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HUQUQNI MUHOFAZA QILUVChI VA BOShQA DAVLAT ORGANLARI TOMONIDAN INSON HUQUQLARi VA ERKINLIKLARIGA RIOYA ETILIShINING HOLATINI OʻRGANISh BOʻYIChA IDORALARARO IShChI GURUHI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ularning mazkur sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini oʻrganish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda Idoralararo ishchi guruhi deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek Idoralararo ishchi guruhi tarkibi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Idoralararo ishchi guruhi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan bogʻliq masalalarni oʻrganish va umumlashtirish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishi, shu jumladan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala turlarini qoʻllashga doir murojaatlarini koʻrib chiqilishi va hal etilishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklari sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklari sohasida qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek BMTining asosiy Konvensiyalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha BMT konvension organlarining yakuniy tavsiyalari va eʼtirozlarini koʻrib chiqish, shuningdek ushbu yakuniy tavsiya va eʼtirozlarning ijrosi boʻyicha Milliy harakat rejalarini tasdiqlash va monitoring olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoralararo ishchi guruh bir oy muddatda oʻz Reglamentini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.Idoralararo ishchi guruhni tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-fevraldagi 112-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri N.Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 23-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-iyuldagi 227-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini oʻrganish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qaroriga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirish hamda ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish boʻyicha Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklariga rioya etilishining holatini oʻrganish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhining (keyingi oʻrinlarda Idoralararo ishchi guruhi deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Idoralararo ishchi guruhi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan bogʻliq masalalarni oʻrganishni va umumlashtirishni amalga oshiruvchi idoralararo kollegial organ, shuningdek inson huquqlari sohasida davlat siyosatini ishlab chiqishda hamkorlik va yagona yondashuvni tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoralararo ishchi guruhi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Idoralararo ishchi guruhining vazifalari, funksiyalari va huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Idoralararo ishchi guruhining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan bogʻliq masalalarni oʻrganish va umumlashtirish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishi, shuningdek qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala turlarini qoʻllashga doir murojaatlarini koʻrib chiqilishi va hal etilishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklari sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklari sohasida qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek BMTning asosiy Konvensiyalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha BMT konvension organlarining yakuniy tavsiyalari va eʼtirozlarini koʻrib chiqish, shuningdek ushbu yakuniy tavsiya va eʼtirozlarning ijrosi boʻyicha Milliy harakat rejalarini tasdiqlash va monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Idoralararo ishchi guruhi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan bogʻliq masalalarni oʻrganish va umumlashtirish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishi, shuningdek qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala turlarini qoʻllashga doir murojaatlarini koʻrib chiqilishi va hal etilishini monitoring qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi holatini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishlari toʻgʻrisidagi shikoyatlari, shu jumladan qiynoqqa solish va inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shafqatsiz muomala turlarini qoʻllashga oid shikoyatlarini koʻrib chiqilishi va hal etilishini monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika vazirliklari, idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari va xalqaro tuzilmalarning inson huquqlari va erkinliklari masalasi boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir boʻlishi mumkin boʻlgan inson huquqlari buzilishi va uni xalqaro shartnomalarda aks ettirilgan inson huquqlari va erkinliklari universal standartlari tamoyillari boʻyicha baholanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash holati toʻgʻrisidagi obyektiv maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan internetda chop etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) inson huquqlari va erkinliklari sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklari buzilishi holatlari aniqlanganda, shu jumladan qiynoq va inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala turlari qoʻllanganda tegishli shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida vakolatli organlarga iltimosnomalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklarining buzilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash va bartaraf qilish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi ishlarni yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) inson huquqlari va erkinliklari sohasida qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek BMTning asosiy Konvensiyalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonunchilikni doimiy tahlil qiladi hamda qonunchilikni takomillashtirish, BMTning asosiy Konvensiyalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari sohasida oʻtkazilgan monitoring natijalarini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari ijro etilishi monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha BMT Konvensiyaviy organlarining yakuniy tavsiyalari va eʼtirozlarini koʻrib chiqish, shuningdek ushbu yakuniy tavsiya va eʼtirozlarning ijrosi boʻyicha Milliy harakat rejalarini tasdiqlash va monitoring qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning tegishli davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha BMT Konvensiyaviy organlarining yakuniy tavsiya va eʼtirozlarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha BMT Konvension organlarining yakuniy tavsiya va eʼtirozlarini ijro etish yuzasidan milliy harakat rejalarini ishlab chiqishda, shuningdek milliy harakat rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarni ijro etishga masʼul boʻlgan davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarini belgilashda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning tegishli davriy axborotlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha BMT Konvensiyaviy organlarining yakuniy tavsiya va eʼtirozlarini ijro etish yuzasidan milliy harakat rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy axborotlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMT Konvensiyaviy organlarining yakuniy tavsiya va eʼtirozlarini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan milliy harakat rejalarini bajarish uchun masʼul ijrochilarga tarqatilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlislarida milliy harakat rejalarining ijro etilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi haqidagi axborotini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davriy axborotlar yakunlari boʻyicha BMT Konvensiyaviy organlarining yakuniy tavsiya va eʼtirozlarini bajarish yuzasidan milliy harakat rejalarining ijrosi asosida huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari uchun inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi masalalari boʻyicha uslubiy tavsiyanomalar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Idoralararo ishchi guruhi oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi sohasida huquqni muhofaza etuvchi organlardan, boshqa davlat organlaridan, shuningdek fuqarolik jamiyatlari institutlaridan zarur maʼlumotlarni, shu jumladan tahliliy, statistik va boshqa materiallarni soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklari sohasida milliy harakat rejalarida belgilangan tadbirlarning bajarilishiga doir maʼlumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi va davlat organlari, shuningdek fuqarolik jamiyatlari institutlaridan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquq va erkinliklari buzilishi haqidagi maʼlumotlarni vakolatli organlar eʼtiboriga yetkazish, shuningdek harakatlarida inson huquqlari va erkinliklarining buzilishi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa choralarni koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Idoralararo ishchi guruhi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Idoralararo ishchi guruhi tarkibiga rahbar, rahbarning oʻrinbosari, aʼzolar va kotib kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Idoralararo ishchi guruhiga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri rahbarlik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi majlislari kun tartibini belgilash va majlislarini chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi aʼzolarining Ishchi guruh zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi faoliyatini samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa ishlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Idoralararo ishchi guruhi aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari erkinliklarini taʼminlashning dolzarb masalalari boʻyicha Idoralararo ishchi guruhiga takliflar kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi muhokama qiladigan masalalar boʻyicha xulosalar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi aʼzolari Idoralararo ishchi guruhidagi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Idoralararo ishchi guruhi oʻz faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradi va majlislarini zaruriyatga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkazadi. Idoralararo ishchi guruh rahbari tomonidan uning aʼzolarining navbatdan tashqari majlis oʻtkazish uchun sabablari va asoslari bayon qilinishi kerak boʻlgan yozma iltimosiga asosan navbatdan tashqari majlis chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Idoralararo ishchi guruhi majlisini uning rahbari olib boradi. Idoralararo ishchi guruhi rahbari boʻlmagan taqdirda majlisni rahbar oʻrinbosari boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi majlisi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis oʻtkazish uchun kvorum boʻlmaganda Idoralararo ishchi guruhning yangi majlis oʻtkazish sanasi eʼlon qilinadi. Yangi majlis oʻtkazishda uning kun tartibi oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Idoralararo ishchi guruhi majlisiga unda koʻrib chiqilayotgan masalalarning ahamiyatiga koʻra huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat organlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Idoralararo ishchi guruhini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Idoralararo ishchi guruhining ishchi organi va kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi Idoralararo ishchi guruhining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb yuritiladi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Idoralararo ishchi guruhining Ishchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash masalalarini hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhining ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Idoralararo ishchi guruhi muhokamasiga kiritadi, tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhining navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallar, maʼlumotlar va ekspert xulosalarini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi majlisining kun tartibi masalasi boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishini va majlisni oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi va Idoralararo ishchi guruhi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar loyihalarini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi koʻrib chiqishi uchun uning qaroriga muvofiq boshqa materiallarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Idoralararo ishchi guruhi kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhining navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi majlisiga materiallar tayyorlash boʻyicha ishchi organning ishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Idoralararo ishchi guruhi majlislari oʻtkazilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi rahbari bilan majlis oʻtkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar roʻyxatini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning natijalarini koʻrib chiqish uchun Idoralararo ishchi guruhining majlisiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhi majlislarining protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Idoralararo ishchi guruhi aʼzolari va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Idoralararo ishchi guruhi tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Idoralararo ishchi guruhi qarori Idoralararo ishchi guruhining majlisda qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Idoralararo ishchi guruhi rahbarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhining har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Idoralararo ishchi guruhi rahbari qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Idoralararo ishchi guruhining alohida masalalar boʻyicha Idoralararo ishchi guruhi aʼzolari bilan kelishilgan qarorlarini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Idoralararo ishchi guruhi qarorlari Idoralararo ishchi guruhi majlisi protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Idoralararo ishchi guruhi majlisi protokoliga uning barcha aʼzolari tomonidan viza qoʻyiladi, u kotib tomonidan imzolanadi, Idoralararo ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Idoralararo ishchi guruhi aʼzolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Idoralararo ishchi guruhi protokolining asl nusxasi va unga tegishli materiallar ishchi organda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Idoralararo ishchi guruhining ishchi organi va kotibi Idoralararo ishchi guruhi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadilar va koʻrib chiqadilar, zaruriyat boʻlganda Idoralararo ishchi guruhi rahbariga tegishli takliflar kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Idoralararo ishchi guruhi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ahvolini oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Idoralararo ishchi guruhining ish tartibi Reglamentda belgilanadi. Reglament Idoralararo ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 350-modda)