Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TRENERLIK FAOLIYATINI YaNADA TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 918-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish, aholiga jismoniy tarbiya-sport hamda sogʻlomlashtirish xizmatlari koʻrsatishning sifatini oshirish va xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jismoniy tarbiya - sport tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2013-yil 1-yanvardan boshlab trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-iyul,
214-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish, trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida trenerlik faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi jismoniy shaxslar, shuningdek jismoniy tarbiya va sportni ommalashtiruvchi yoki ushbu sohada aholiga xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Ushbu Nizom sport yoʻnalishidagi muassasalardan tashqari, davlat umumtaʼlim maktablarida, kollejlarda, litseylarda va oliy oʻquv muassasalarida jismoniy tarbiya boʻyicha oʻqituvchilar sifatida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya (keyingi oʻrinlarda attestatsiya deb ataladi) — jismoniy shaxslarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi malakasini, bilimlarini va kasbiy koʻnikmalari darajasini ularning trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishiga ruxsat berish maqsadida aniqlash;
trenerlik faoliyati — aholi va sportchilar bilan oʻquv-trenirovka, jismoniy tarbiya-sport hamda sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazishga, shuningdek sport natijalariga erishish uchun ularning musobaqa faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyat;
trener — sport boʻyicha trener, trener-oʻqituvchi yoki trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan trener-instruktor sifatida trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma — Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxsga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan hujjat.
4. Quyidagilar attestatsiya oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻquv-trenirovka, jismoniy tarbiya-sport va sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazishda aholi xavfsizligini taʼminlash;
trenyerlarning malaka, metodologik madaniyati darajasini maqsadli, uzluksiz oshirishini, shaxsiy, kasbiy oʻsishini, ularning zamonaviy pedagogik texnologiyalar va amaliy koʻnikmalardan foydalanishini ragʻbatlantirish;
sportchilarni tayyorlash samaradorligi va sifatini oshirish, aholi bilan jismoniy tarbiya-sport va sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazish.
5. Kollegiallik, oshkoralik, ochiq-ravshanlik, talabgorga xolisona munosabatda boʻlish va kamsitishlarga yoʻl qoʻymaslik attestatsiyaning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
II. Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish
6. Attestatsiya Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
7. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sport turlari boʻyicha respublika sport tashkilotlari (federatsiyalari, uyushmalari va boshqalar), jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim muassasalari xodimlaridan shakllantiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
8. Komissiya raisi vakolatiga quyidagilar kiradi:
Komissiya ishlarini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish;
Komissiya aʼzolarining Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Komissiya majlislari kun tartibini belgilash va majlislarni chaqirish;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
9. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini Komissiya raisining oʻrinbosari bajaradi.
10. Komissiya aʼzolari vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Komissiya ishida qatnashish;
Komissiya qarorlarini qabul qilish boʻyicha ovoz berishda qatnashish;
Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan materiallar boʻyicha tegishli xulosalarni oʻz vaqtida taqdim etish;
ekspert guruhlar tarkibiga kiritish uchun ekspertlar nomzodlarini koʻrib chiqish;
ekspert guruhlarning amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish.
11. Komissiya kotibi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Komissiya qarorlari ijrosi monitoringini yuritish va uning natijalarini Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun taqdim etish;
ishchi organ va ekspert guruhlarning Komissiya majlisiga materiallar tayyorlash boʻyicha faoliyatini tashkil etish;
Komissiya raisi bilan majlislarni oʻtkazish muddatlari va joylari, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini kelishish;
Komissiya protokollarini yuritish va tasdiqlangan protokollarni Komissiya aʼzolariga yuborish;
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga soʻrovlar tayyorlash.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ishchi organ:
Komissiya majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;
Komissiya majlislarini oʻtkazishga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi hamda unga davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek Komissiya aʼzolaridan zarur materiallarni va trenerlik faoliyatiga taalluqli ekspert xulosalarni olish huquqi beriladi;
Komissiya majlislari oʻtkazilishini va kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlashni tashkil qiladi;
attestatsiyani sifatli oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish uchun malakali mutaxassislardan ishchi va ekspert guruhlarni shakllantiradi va ularning ishlarini muvofiqlashtiradi;
ishchi va ekspert guruhlar faoliyatini va Komissiya qabul qilgan qarorlarning bajarilishini joylarga borgan holda oʻrganadi;
Komissiya aʼzolarini va taklif etiladigan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, joyi va vaqti toʻgʻrisida tegishli materiallarni yuborgan holda xabardor qiladi;
Komissiya qaroriga koʻra attestatsiyadan oʻtgan shaxslarga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi va beradi, shuningdek ularning dublikatlarini beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslar reyestri” Davlat axborot resursini yuritadi;
Komissiya qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
Komissiya qarori boʻyicha ishchi organga Komissiyaning faoliyati samaradorligini oshirish va attestatsiya oʻtkazish maqsadida boshqa funksiyalar ham yuklanishi mumkin.
III. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
14. Talabgorni attestatsiyadan oʻtkazish 3 yilda bir marta oʻtkaziladi, Komissiya tomonidan attestatsiyadan oʻtishning boshqa muddatlari belgilanadigan quyidagi holatlar bundan mustasno:
talabgorda davlat va xalqaro sport unvonlari va/yoki mukofotlari mavjud boʻlsa yoxud talabgor Oʻzbekiston Respublikasida sportni va trenerlik faoliyatini rivojlantirishga salmoqli ulush qoʻshgan boʻlsa;
talabgorlarda trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga, ularda koʻrsatilgan muddatlarni hisobga olgan holda, sport turlari boʻyicha xalqaro federatsiyalar tomonidan berilgan ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud boʻlsa. Bunda sport turining xususiyati (olimpiada, noolimpiada, milliy va boshqa sport turlari) eʼtiborga olinadi.
15. Homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari boʻlgan ayollar attestatsiyaga jalb etilmaydi.
16. Ilgari ijtimoiy xavfli, ogʻir va alohida ogʻir jinoyatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar attestatsiyaga qoʻyilmaydi.
17. Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan ruxsatnoma berish uchun attestatsiyadan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishni xohlovchi jismoniy shaxs Komissiyaning ishchi organiga trenerlik faoliyatining turini koʻrsatgan holda ariza taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) talabgorning shaxsiy anketasi;
b) propiskasi mavjud boʻlgan pasportining nusxasi;
v) oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy jismoniy tarbiya maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom (mavjud boʻlsa);
g) ish joyi boʻyicha tasdiqlangan mehnat daftarchasining nusxasi yoki undan koʻchirma (mavjud boʻlsa);
d) jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisidagi sertifikat (mavjud boʻlsa);
e) sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi tibbiyot (psixiatriya, narkologiya va fiziologiya) muassasalarining maʼlumotnomalari;
j) jismoniy shaxsning STIR guvohnomasi nusxasi;
z) attestatsiyadan oʻtkazilganligi, trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun toʻlovni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarurat boʻlgan taqdirda hujjatlar oʻrganish uchun vakolatli organlarga yuborilishi mumkin.
Talabgorlardan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiyaning ishchi organi taqdim etilgan hujjatlarni oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqadi hamda attestatsiyaning birinchi bosqichi oʻtadigan sana va joy toʻgʻrisida yoki attestatsiyadan oʻtkazishning rad etilishi haqida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Attestatsiyadan oʻtkazilganlik, trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomani rasmiylashtirganlik va berganlik uchun toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqining 1 (bir) baravari miqdorida toʻlov undiriladi. Toʻlov attestatsiyaning barcha bosqichlari oʻtkazilganligi uchun toʻlov undiriladi, futbol boʻyicha attestatsiya bundan mustasno. Toʻlov mablagʻlarni Komissiya ishchi organining tegishli bank hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Futbol boʻyicha attestatsiyaning birinchi bosqichi oʻtkazilganligi, trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqining 1 (bir) baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Futbol boʻyicha attestatsiyaning ikkinchi bosqichi oʻtkazilganligi uchun toʻlov miqdori Futbol boʻyicha trenyerlar va hakamlar respublika maktabi tomonidan belgilanadi hamda uning tegishli bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Olingan mablagʻlar tegishli ravishda ishchi organning hamda Futbol boʻyicha trenyerlar va hakamlar respublika maktabining attestatsiya boʻyicha ishlarni tashkil etish, trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Attestatsiya ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqich Komissiyaning ishchi organi tomonidan mintaqalarda oʻtkaziladi. Attestatsiyaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli oʻtgandan keyin ikkinchi bosqich respublika mintaqalarida sport turlari respublika (mintaqa) tashkilotlarini (federatsiyalar, uyushmalar va boshqalarni) jalb etgan holda oʻtkaziladi.
22. Attestatsiyaning birinchi bosqichini oʻtkazish sanasi, joyi va vaqti toʻgʻrisidagi axborot attestatsiyani oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin 30 kun mobaynida, attestatsiya boshlangungacha 10 kundan kechikmay talabgorlarga yozma ravishda yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Attestatsiyaning birinchi bosqichi davomida talabgorlar malaka sinovlaridan (mutaxassislar bazaviy nazariy bilimlari darajasining attestatsiya mezonlariga muvofiqligini aniqlash jarayoni) oʻtadilar, bunda kompyuter dasturlari qoʻllanilgan holda yoki yozma shaklda ularning trenerlik faoliyatini amalga oshirish asoslarini, fiziologiya sohasidagi umumiy masalalarni, oʻquv-trenirovka va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazish, oʻquv-trenirovka va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazish paytida shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish metodikalarini bilishlari hamda trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish jarayonida zarur boʻlgan boshqa umumiy nazariy bilimlarni bilishlari aniqlanadi. Savollar va baholash mezonlarining namunaviy roʻyxati ishchi organning taqdimnomasi boʻyicha Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini, boshqa oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport fakultetlarini yoki olimpiya zaxirasi kollejlarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomlarga ega boʻlgan shaxslar koʻrsatib oʻtilgan taʼlim muassasalarini tamomlagandan keyin uch yil mobaynida attestatsiyaning birinchi bosqichidan oʻtgan deb hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Uzrli sabab bilan attestatsiyaga kelmagan talabgorlar navbatdagi attestatsiyaga, biroq koʻpi bilan bir marta qoʻyiladilar. Uzrli sabab bilan bir martadan ortiq attestatsiyaga kelmaganlik uzrsiz sabab bilan kelmagan deb baholanadi, talabgor esa attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblanadi.
25. Uzrsiz sabablar bilan attestatsiyaga kelmagan talabgorlarga ishchi organ tomonidan (hujjatlar/materiallar asosida) talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash hamda unga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror chiqarilganligi haqidagi yozma bildirishnoma yuboriladi.
Uzrsiz sabab bilan attestatsiyaga kelmagan shaxslar oldingi attestatsiya vaqtidan boshlab koʻpi bilan 1 (bir) oydan keyin attestatsiyadan takroriy oʻtish huquqiga egadirlar.
26. Attestatsiyaning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtilgan taqdirda talabgorlarning hujjatlari Komissiyaga yuboriladi, u besh kun muddatda umumjismoniy tayyorgarlik boʻyicha trener-instruktorlar sifatida trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Talabgorlar sport turlari boʻyicha trenyerlar sifatida faoliyatni amalga oshirish xohishini bildirgan taqdirda ular sportning tegishli turi boʻyicha trenyerlarga qoʻyiladigan kasbiy sifatlari, bilimlari va mahoratlarini aniqlash hamda sport turlari boʻyicha trenyerlar, sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchilar va trener-instruktorlar sifatida trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma berish maqsadida xulosa olish uchun sport turlari boʻyicha respublika (mintaqa) tashkilotlariga (federatsiyalari, uyushmalari va boshqalarga) yuboriladi. Tegishli sport tashkilotlari yoki malakali xodim mavjud boʻlmagan taqdirda sportning tegishli turi boʻyicha attestatsiyaning ikkinchi bosqichini oʻtkazish tartibi Komissiya tomonidan belgilanadi.
27. Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi davomida talabgorlar sportning ommalashtirilayotgan turiga oid nazariy va amaliy bilimlari boʻyicha sinovdan oʻtadilar, sinov yakuni boʻyicha xulosa beriladi.
Xulosani berish tartibi, muddatlari va shartlari Komissiya bilan kelishgan holda sport turlari boʻyicha respublika (mintaqa) tashkilotlari (federatsiyalari, uyushmalari va boshqalar) tomonidan tasdiqlanadi.
28. Ishchi organ tomonidan attestatsiyaning birinchi bosqichi natijalari va sport turlari boʻyicha respublika (mintaqa) tashkilotlari (federatsiyalari, uyushmalari va boshqalar)ning attestatsiyaning ikkinchi bosqichi yakunlari boʻyicha xulosalari trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Komissiyaga yuboriladi.
29. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” unvoniga ega boʻlgan shaxslar trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomani muddatsiz, attestatsiyadan oʻtmasdan va attestatsiyani oʻtkazish toʻlovisiz oladilar. Davlat va xalqaro unvonlarga va/yoki mukofotlarga ega boʻlgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan shaxslar attestatsiyadan oʻtishdan va attestatsiyani oʻtkazish toʻlovidan Komissiya qarori boʻyicha ozod qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Komissiya majlisi unda Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Qarorlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Agar talabgor Komissiya aʼzosi hisoblansa u attestatsiyadan oʻtishda oʻz nomzodi boʻyicha ovoz berishda qatnashmaydi.
Komissiya qarori uning uchun Komissiyaning majlisda qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
31. Komissiya majlislari zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi va soʻrov yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
32. Komissiya qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi, u rais yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
33. Komissiya qarori ijobiy boʻlgan taqdirda ishchi organ tomonidan talabgorga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsatnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma blankasi qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va tartib raqamiga ega boʻladi. Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma blankasi raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan hamda rahbarning imzosi va ishchi organning muhri bilan tasdiqlangan tegishli daftarda majburiy tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
35. Komissiya qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bildirilishi mumkin.
36. Jismoniy shaxs attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda toʻlov qaytarib berilmaydi.
37. Attestatsiyadan oʻtmagan jismoniy shaxs oldingi attestatsiyadan 6 (olti) oydan keyin takroriy attestatsiyadan oʻtish huquqiga ega.
Attestatsiyadan ketma-ket 2 (ikki) marta oʻtmagan jismoniy shaxs oxirgi attestatsiyadan 18 (oʻn sakkiz) oydan keyin attestatsiyadan takroriy oʻtish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Trenyerlarga malaka toifalari berish
38. Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomaning mavjudligi, ish jarayonida yuqori sport va mehnat natijalariga erishganlik trenyerlarga malaka toifasi berish uchun asos hisoblanadi.
39. Trenyerlarga malaka toifasi berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Trenyerlarga malaka toifasining amal qilish muddati 5 yilni tashkil qiladi.
V. Yakunlovchi qoida
41. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan ruxsatnoma berish uchun attestatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
| |
|
|
|
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri) | ||
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGI | ||
|
| ||
|
SERTIFIKATLAShTIRISh VA KOMPYuTERLAShTIRISh MARKAZI | ||
| | ||
|
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan | ||
|
______- son RUXSATNOMA | ||
| | ||
|
|
_________________________________________________ | |
|
(F.I.O.) | ||
|
Oʻzbekiston Respublikasi hududida______________________ | ||
|
(trenerning ixtisosligi koʻrsatilsin) | ||
| sifatida trenerlik faoliyatiga ruxsat berilgan. | ||
| | ||
| | ||
| Asos_________________________________________________________________________ | ||
| _____________________________________________________________________________ | ||
| _______________________________ | ||
| 20____y.________________da berilgan. | ||
| 20___y.__________________________ gacha haqiqiy hisoblanadi. | ||
| Rahbar ____________________________________ | ||
|
(vakolatli organning nomi) |
| |
| __________________________ | ||
|
(imzo) |
| |
| | ||
|
M.Oʻ. |
| |
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 332-modda; 2013-y., 5-son, 57-modda; 2014-y., 42-son, 519-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 38-son, 1040-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)