Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.07.2012 yildagi 215-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-2016 YILLARDA QIShLOQ XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShINI YANADA MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIK VA TEXNOLOGIK JIHATDAN QAYTA JIHOZLASh DASTURI AMALGA OShIRILIShINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillarda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 21-maydagi PQ–1758-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2012 — 2016-yillarda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Kompleks tadbirlar (keyingi oʻrinlarda Kompleks tadbirlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-maydagi PQ–1758-son qarori bilan tashkil etilgan 2012 — 2016-yillarda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturini amalga oshirishni taʼminlash yuzasidan Ishlarni muvofiqlashtirish va masalalarni tezkor hal etish boʻyicha idoralararo komissiya (U.U.Rozuqulov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlari loyihalari sifatli ishlab chiqilishini va oʻz vaqtida kiritilishini, shuningdek Kompleks tadbirlarda nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 215-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012 — 2016-yillarda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎

Tadbirlar nomi ‎

Ishlab chiqiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi ‎

Bajarish muddati

Masʼullar ‎‎

vazirliklar, idoralar, korxonalar

Vazirlar Mahkamasining ATD

I. Qishloq xoʻjaligi texnikasi parkini yangilash va kengaytirish, qishloq xoʻjaligini
‎yangi, zamonaviy yuqori unumli va resurslarni tejovchi texnika bilan taʼminlash
1.1

Foydalanilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasining, shu jumladan oʻziyurar mashinalarning agrotexnika tadbirlarini amalga oshirishga tayyorligi va yaroqliligini mustaqil ekspertizadan (texnik koʻrikdan) oʻtkazish tizimini yaratish.‎

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ‎

2012-yil 1-oktabr Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi ‎ Qishloq xoʻjaligi ATD, Mashinasozlik ATD ‎
1.2.

Oʻzbekiston davlat qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazini “Oʻzagromashservis” uyushmasi tarkibidan chiqargan holda Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiritish.

Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini mustaqil sertifikatlash va sinashning yagona tizimini yaratishni hamda Oʻzbekiston davlat qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazi faoliyatini budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. ‎

2012-yil 1-oktabr Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi Mashinasozlik ATD, Qishloq xoʻjaligi ATD
1.3.

Qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanishning cheklangan normativ muddatlarini belgilash va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi texnikasi parkini yangilashni ragʻbatlantirishning qoʻshimcha mexanizmlarini joriy etish.

Qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanishning cheklangan normativ muddatlarini belgilash va qishloq xoʻjaligi texnikasi parkini yangilashni ragʻbatlantirishning qoʻshimcha mexanizmlari boʻyicha takliflar

2012-yil 1-oktabr Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari Qishloq xoʻjaligi ATD, Mashinasozlik ATD, Yigʻma ATD
1.4.

Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari boʻyicha yangi zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnologiyalarini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetish�irish boʻyicha namunaviy texnologik xaritalarga tuzatish kiritish.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati qarori. Yangi namunaviy texnologik xaritalarni Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan kelishish.

2013-yil 1-mart Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi ATD
1.5.

Qishloq xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini bajarishda yuqori unumli melioratsiya texnikasiga oʻrtacha tarmoq xarajatlarini aks ettiruvchi normalarni ishlab chiqish.

Shaharsozlik normalari va qoidalari (ShNQ)

2013-yil 1-aprel “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti Kommunal soha ATD, Qishloq xoʻjaligi ATD, Yigʻma ATD
1.6.

Traktorlarning yangi turlarini va qishloq xoʻjaligi mashinalarining tegishli shleyflarini joriy etish boʻyicha kompleks loyihalarni ishlab chiqish, respublikaning ilmiy, konstruktorlik va ishlab chiqarish salohiyatini integratsiyalash yoʻli bilan yagona tajriba-eksperiment bazani yaratish.‎

2013 — 2015-yillarda Qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning yangi resurslarni tejaydigan texnologiyalarni va ularni amalga oshiruvchi texnik vositalarni yaratish boʻyicha davlat ilmiy-texnik dasturlarini tasdiqlash toʻgʻrisida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi hayʼatlarining qoʻshma qarori‎

2013-yil 1 fevra� ‎ Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari Qishloq xoʻjaligi ATD, Madaniyat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti, Mashinasozlik ATD
1.7.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida va har bir viloyatda:
‎tuproq-iqlim sharoitlarini, tuproqning mexanik tarkibi, tuzilishi va shoʻrlanganligini;
‎qishloq xoʻjaligi tarmoqlari – paxtachilik-donchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik-uzumchilik, sabzavotchilik-polizchilikning oʻziga xosligini;
‎mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi mashinalari namunalari bilan jihozlanganlikni hisobga olgan holda koʻrgazmali texnologik parklarni tashkil etish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish. ‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlarining qarorlari. Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish, moliyaviy tuzilmalar (banklar, jamgʻarmalar) va MFEIning moliyaviy mablagʻlarini, shu jumladan grantlar shaklidagi mablagʻlarini jalb etish, loyihalarni bevosita Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarining nazorati ostida amalga oshirish. ‎

2012-2013-yillar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari Qishloq xoʻjaligi ATD, Yigʻma ATD, Mashinasozlik ATD
II. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash,
‎qishloq xoʻjaligi texnikasining yangi turlari ishlab chiqarilishini tayyorlash
2.1.

2012 — 2016-yillarda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligida joriy etish nazarda tutilgan texnikaning yangi turlariga qoʻyiladigan texnik talablarni ishlab chiqish.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining texnik talablarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori (buyrugʻi). Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalariga texnik talablar qoʻyish

2012-yil 1-oktabr‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari Qishloq xoʻjaligi ATD, Yigʻma ATD, Mashinasozlik ATD
2.2.

Qabul qilish, sinovlar oʻtkazish va ishonchlilik yuzasidan xalqaro, davlatlararo standartlarga muvofiq 2012 — 2016-yillarda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligida joriy etish nazarda tutilgan texnikaning yangi turlariga qoʻyiladigan texnik topshiriqlarni (zaruriyat boʻlganda) va texnik shartlarni ishlab chiqish.

Texnik topshiriqlar va texnik shartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha tadbirlarni loyihalarni amalga oshirishning tarmoq jadvallariga kiritish.

Loyihalarni amalga oshirishning tarmoq jadvallariga muvofiq Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi (Oʻzbekiston davlat qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazi), “Oʻzstandart” agentligi, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari Qishloq xoʻjaligi ATD, Mashinasozlik ATD
2.3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillarda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 21-maydagi PQ–1758-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan birga qishloq xoʻjaligi texnikasining yangi turlarini ishlab chiqarishni birgalikda tashkil etilishini ishlab chiqish.

Salohiyatli xorijiy sheriklar bilan muzokaralar oʻtkazish. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha tegishli shartnomaviy bazani rasmiylashtirish va loyihalarni shakllantirish.

2013-yil 1-iyun Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Mashinasozlik ATD, Yigʻma ATD
2.4.

Jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda zamonaviy texnika ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari ishlab chiqilishini boshlash.

Har bir aniq investitsiya loyihasiga bogʻliq holda Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, ularda investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni taʼminlash uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutish.

2012 — 2016-yillar Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Mashinasozlik ATD, Yigʻma ATD
2.5.

Ishlab chiqarish quvvatlarini maqbullashtirishni, texnik audit yakunlarini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini ishlab chiqish.

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. 2013-yil 1-aprel Iqtisodiyot vazirligi, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari Mashinasozlik ATD, Yigʻma ATD
III. Qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va ularga servis xizmati koʻrsatishni
‎moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish
3.1.

“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” ALKning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirish maqsadida uning ustav kapitalini koʻpaytirish boʻyicha takliflar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

2012-yil 1-oktabr “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-lizing” ALK, Moliya vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi Qishloq xoʻjaligi ATD, Yigʻma ATD
3.2.

TN TIF kodlari yagona guruhi boʻyicha qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasini industrial ishlab chiqarishda maqsadli foydalanish uchun materiallar va butlovchi buyumlarni olib kirishda bojxona toʻlovlari stavkalarini ularni kamaytirish tomonga qayta koʻrib chiqish, shuningdek vakolatli organda (Oʻzbekiston davlat qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazida) davlat sinovlaridan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga (“vaqtincha olib kirish” rejimida) olib kiriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasini davriy bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish boʻyicha takliflar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. 2012-yil 1-noyabr Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari Yigʻma ATD, Mashinasozlik ATD
3.3.

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini metall prokati va xorijda ishlab chiqarilgan boshqa materiallar, butlovchi qismlar bilan bir maromda markazlashgan taʼminotini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Metall prokati va xorijda ishlab chiqarilgan boshqa materiallar, butlovchi qismlarni bir maromda va oʻz vaqtida yetkazib berishni tashkil etish, yirik buyurtmalarni joylashtirish hisobiga xarajatlarni kamaytirish. 2012-yil 1-noyabr Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari Yigʻma ATD, Mashinasozlik ATD
3.4.

Etkazib berilgan texnika, unga ehtiyot qismlar, shuningdek mashina-traktor parklari va qishloq xoʻjaligi texnikalarini taʼmirlash va servis xizmatlari koʻrsatish korxonalari xizmatlari uchun, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalangan holda hisob-kitob qilish tartibini takomillasht�rish hisobiga oʻz vaqtida hisob-kitob qilish yuzasidan masʼuliyat va nazoratni oshirish mexanizmini joriy etish.

Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining qoʻshma qarori.‎

2012-yil 1-sentabr Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzavtosanoat” AK Yigʻma ATD, Qishloq xoʻjaligi ATD, Mashinasozlik ATD
IV. Fermer xoʻjaliklari, mashina-traktor parklari va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi
‎korxonalariga kadrlar tayyorlash va ularning mutaxassislar malakasini oshirish‎
4.1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatdagi namunali mashina-traktor parklari negizida:
‎nazariy asoslarni oʻqitish uchun texnika oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy mutaxassislarini shartnoma asosida;
‎amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish uchun ilgʻor amaliyotchi mutaxassislarni; zamonaviy, yuqori unumli texnikalardan foydalanish va servis xizmatlari koʻrsatish normalarini oʻqitish uchun xorijiy sheriklarga servis xizmatlari koʻrsatish sohasidagi mutaxassislarni jalb qilgan holda fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va xizmat koʻrsatish boʻyicha mashina-traktor parklari mutaxassislarining malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish. ‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼatlarining, “Oʻzagromashservis” uyushmasi fermer xoʻjaliklari, “Oʻzavtosanoat” AKning qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va xizmat koʻrsatish boʻyicha mashina-traktor parklari mutaxassislarining malakasini oshirish dasturini tasdiqlash yuzasidan qoʻshma qarori‎

2012-yil 1-sentabr Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagr�mashservis” uyushmasi, “Oʻzavtosanoat” AK, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Qishloq xoʻjaligi ATD, Mashinasozlik ATD, Madaniyat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti, Yigʻma ATD
4.2.

Qishloq xoʻjaligi texnikalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida xorijiy sheriklar ishlab chiqarishlarida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari mutaxassislarining stajirovkalarini tashkil etish.

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari va xorijiy sheriklar oʻrtasidagi shartnomaviy baza

‎2012 — 2016-yillar

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzavtosanoat” AK Mashinasozlik ATD
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga bogʻliq holda qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjat sifatida birlashtirilishi mumkin.
(1.6 va 4.1-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 333-modda, 36-son, 412-modda)