Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TUGATILAYOTGAN “OʻZULGURJISAVDO” AKSIYADORLIK KOMPANIYASINING AKTIVLARINI SAMARALI BOSHQARISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzulgurjisavdo” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 9-martdagi 67-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzulgurjisavdo” AK aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida “Sergeliulgurjisavdo” shuʼba xoʻjalik jamiyatining mulkiy kompleksini (keyingi oʻrinlarda mulkiy kompleks deb ataladi) tutashib ketgan hudud bilan birgalikda “Oʻzulgurjisavdo” AK balansidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi balansiga bepul asosda berishga qaror qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzulgurjisavdo” AKning tugatish komissiyasi oʻn kun muddatda mulkiy kompleksni tutashib ketgan hudud bilan birgalikda belgilangan tartibda bersin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi esa – oʻz balansiga qabul qilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining “Sergeliulgurjisavdo” shuʼba xoʻjalik jamiyatini qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi huzuridagi “Imkon” davlat unitar korxonasiga (“Imkon” DUK) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi bir oy muddatda “Imkon” DUK roʻyxatdan oʻtkazilishini va tegishli mol-mulk unga tezkor boshqaruvga berilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-iyul,
208-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 208-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzmaxsustaʼminot” agentligini tugatish toʻgʻrisida” 2008-yil 25-avgustdagi 193-son qaroriga 1-ilovaga quyidagi mazmundagi blok qoʻshilsin:
|
“Imkon” DUK, |
| |
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 9-martdagi 113-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 26-modda) 3-ilovaning 2-bandiga “Imkon” DUK (Toshkent shahri)” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 321-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)