Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.02.2020 18.06.2010 yildagi 210-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.02.2020
Hujjat 25.02.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 235-sonli qarori asosida kiritilgan oʻzgartirishlar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotida ayrim masalalar vujudga kelayotganligi munosabati bilan hamda xoʻjalik sudlari tomonidan ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi umumiy qismini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlaridan iboratligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Yuridik shaxslar va yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolarning (bundan buyon matnda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) soliq majburiyatlarini bajarmaganligi bilan bogʻliq, shu jumladan soliqqa oid huquqbuzarliklari uchun ularga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllashga oid ishlarni koʻrishda soliq toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Soliq kodeksi 2-moddasining uchinchi qismi va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 16-moddasining uchinchi qismiga muvofiq Soliq kodeksida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Soliq kodeksining 11-moddasiga muvofiq soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib boʻlmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq toʻlovchining foydasiga talqin qilinadi. Bunda xoʻjalik sudlari shuni eʼtiborga olishlari kerakki, ushbu qoida birinchidan, qarama-qarshiliklar va noaniqliklar faqat soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida mavjud boʻlganda, ikkinchidan, qonun hujjatlarining oʻzaro nisbati “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasi belgilangan qoidalar asosida bartaraf etib boʻlmaganda qoʻllaniladi.
(1.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 2-moddasining oltinchi qismiga muvofiq soliq va boshqa maʼmuriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qoʻllanilmaydi, Soliq kodeksi va soliq toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli organning soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini bajarmaganligi bilan bogʻliq, shu jumladan soliqqa oid huquqbuzarliklari uchun ularga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllashga oid daʼvo arizalari (arizalari) xoʻjalik sudiga davlat budjeti yoki davlat maqsadli jamgʻarmalari yoxud budjetdan tashqari jamgʻarmalar manfaatida taqdim etilgan deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vakolatli organning daʼvodan voz kechishi qonun hujjatlariga xilof boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, xoʻjalik sudi Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) 40-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq daʼvodan voz kechishni qabul qilmaydi va ishni mazmunan koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini bajarmaganligi bilan bogʻliq, shu jumladan soliqqa oid huquqbuzarliklari uchun ularga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllashga oid nizolar maʼmuriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqanligi sababli ular boʻyicha kelishuv bitimlari tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xoʻjalik sudlari inobatga olishlari lozimki, Soliq kodeksi 3-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi 3-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni bekor qilish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini kamaytirish, soliq toʻlovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega boʻlishi mumkin, agar bu soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, Soliq kodeksi 3-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida ularning amalga kiritilishi vaqti toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatilmagan boʻlsa, yangi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar belgilanishini, imtiyozlar toʻliq yoki qisman bekor qilinishini, soliq solinadigan baza oshirilishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ular rasmiy eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kamida uch oy oʻtgach, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalari oʻzgartirilishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari esa, agar ularda kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular rasmiy eʼlon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi 3-moddasining uchinchi qismiga muvofiq soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega. Shu munosabat bilan xoʻjalik sudlari soliqtoʻlovchilarga huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan ishni koʻrish paytida amalda boʻlgan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini oʻzaro solishtirib, javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan ish koʻrilayotgan paytdagi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan sanksiya bir xil boʻlsa, bunday holda ish koʻrilayotgan paytda amalda boʻlgan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari inobatga olishlari lozimki, eng kam ish haqining miqdoriga qarab belgilanadigan moliyaviy sanksiyani qoʻllashda huquqbuzarlik aniqlangan kunda amalda boʻlgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib moliyaviy sanksiya qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar amal qiladi. Soliq kodeksining 30-moddasida belgilanganidek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar Soliq kodeksi, boshqa qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan berilishi mumkin. Mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha imtiyozlarni berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni eʼtiborga olish lozimki, xoʻjalik sudlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq kodeksining 38-moddasiga muvofiq davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta koʻrib chiqishi mumkin. Soliq toʻlovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi 110-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisiga muvofiq soliq majburiyatlari boʻyicha daʼvo muddatlarining tugaganligi soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini va uni javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holat deb eʼtirof etiladi. Shu munosabat bilan soliq toʻlovchining soliqqa oid huquqbuzarliklari uchun javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi davlat soliq xizmati organining talabi boʻyicha daʼvo muddati huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyin besh yilni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha daʼvo muddatini qoʻllash fuqarolik huquqiy munosabatlarida qoʻllaniladigan daʼvo muddatidan farqlanadi. Shuning uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha daʼvo muddatini qoʻllashda tarafning bu haqdagi arizasi talab etilmaydi. Ammo Soliq kodeksi 38-moddasining uchinchi qismiga koʻra soliq majburiyati boʻyicha daʼvo muddatining oʻtishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatib turilishi, uzilishi va tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq qarzini soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish haqidagi ishlarni koʻrishda xoʻjalik sudlari inobatga olishlari lozimki, Soliq kodeksi 54-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan bir oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xoʻjalik sudlariga tushuntirish lozimki, Soliq kodeksining 56—58-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq ortiqcha toʻlangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha nizo boʻlmaganda ushbu summalarni qaytarish yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazish vakolatli organ tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Agar vakolatli organ va soliq toʻlovchi oʻrtasida ushbu masala yuzasidan nizo kelib chiqsa, soliq toʻlovchi ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazish yoxud undirishni soʻrab xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.1. Agar soliq toʻlovchi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi berilgunga qadar ortiqcha toʻlangan soliqni boshqa turdagi soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ariza bilan davlat soliq xizmati organiga murojaat qilmagan boʻlsa, bu holat nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilmagan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.2. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan soliqlar summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi daʼvo soliqning mazkur turi boʻyicha penya va jarimalar, boshqa turdagi soliqlar boʻyicha qarz, penya va jarimalar boʻlmaganda xoʻjalik sudi tomonidan qanoatlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq kodeksi 69-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish vazifasi yuklatilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlar hisobini yuritishi kerak. Shu munosabat bilan soliq toʻlovchilar tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki asossiz undirilgan pul mablagʻlarini (soliqlar, majburiy toʻlovlar, jarimalar, penyalar) vakolatli organlardan undirish toʻgʻrisida daʼvolar berilganda xoʻjalik sudlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning huzuridagi budjetdan tashqari jamgʻarmalar va (yoki) ularning hududiy organlarini hamda boshqa vakolatli tashkilotlarni XPKning 42-moddasiga muvofiq nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan javobgar tomonidan uchinchi shaxslar sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xoʻjalik sudlariga tushuntirilsinki, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar davlat soliq xizmati organlariga emas, balki Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushadi. Shu munosabat bilan soliq toʻlovchining qayd etilgan toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvosi qanoatlantirilganda jarimalar, penyalar va foizlar undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF—3619-sonli Farmonining 3-bandiga muvofiq davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni sud qarori asosida toʻla hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish haqidagi ishlarni koʻrishda xoʻjalik sudlari davlat soliq xizmati organi nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etganligiga eʼtibor qaratishlari lozim. Qayd etilgan tartibga rioya etilmagan holda berilgan daʼvo arizasi XPK 118-moddasi birinchi qismining 6-bandiga muvofiq qaytarilishi, ushbu holat daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, XPK 88-moddasining 5-bandiga muvofiq daʼvo koʻrmasdan qoldirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.1. Soliq kodeksi 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga bu talabnomani soliq toʻlovchi olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim, soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda esa, u buyurtma xat pochta joʻnatmasi topshirilganligi toʻgʻrisidagi bildirish blankasida koʻrsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq toʻlovchi yuridik shaxsning filiali yoki vakolatxonasi boʻlsa, talabnoma filial yoki vakolatxonaga yuborilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soliq kodeksi 62-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliq qarzini majburiy undirish choralariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soʻzsiz undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvni soliq toʻlovchiga uning debitorlari oʻtkazishi lozim boʻlgan summalarga qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining soliq qarzini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soʻzsiz undirish choralarini koʻrmasdan, undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish haqida berilgan daʼvo arizasi XPK 118-moddasi birinchi qismining 8-bandiga muvofiq qaytariladi, ushbu holat daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, XPK 88-moddasining 4-bandiga muvofiq daʼvo koʻrmasdan qoldiriladi, soliq toʻlovchining bank hisobvaraqlari boʻlmagan yoki soliq toʻlovchi soliq qarzini toʻlash uchun oʻzining bank hisobvaragʻiga toʻlov topshiriqnomasini qoʻygan hollar bundan mustasno.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.1. Davlat soliq xizmati organi undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda soliq qarzdorligining miqdori qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim. Agar qarzdorlik summasi belgilangan miqdordan kam boʻlsa, arizani qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos ravishda rad etiladi, ushbu holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga muvofiq tugatiladi.
(13.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliq kodeksi 63-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini soʻzsiz undirish, agar Soliq kodeksi 62-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka davlat soliq xizmati organining soliq qarzi summasini tegishli budjetga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksining 63-moddasi davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq toʻlovchining soliq qarzini soʻzsiz undirish tartibini belgilaydi. Shu bois xoʻjalik sudlari eʼtiborga olishlari kerakki, soliq qarzini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridan undirish haqidagi daʼvo arizalari (arizalar) xoʻjalik sudlariga taalluqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agar davlat soliq xizmati organi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi berilgunga qadar undiruvni soliq toʻlovchiga uning debitorlari oʻtkazishi lozim boʻlgan summalarga qaratmagan boʻlsa, bu holat daʼvoni mazmunan koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(16 — 16.2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xoʻjalik sudlari undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini ish yuritish uchun qabul qilishda Soliq kodeksi 65-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq daʼvo arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinganligini tekshirishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzi borligi toʻgʻrisida soliq toʻlovchining mavjud shaxsiy kartochkalaridan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining bank hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yoʻqligi toʻgʻrisidagi bank maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha (bunday tekshiruv oʻtkazilgan taqdirda) soliq qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining oxirgi hisobot davriga doir buxgalteriya balansining koʻchirma nusxasi, bundan moliyaviy hisobotni taqdim etish muddati hali kelmagan, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga qayd etilgan hujjatlar ilova qilinmaganligi XPK 118-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq daʼvo arizasini qaytarish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda xoʻjalik sudlari Soliq kodeksining 120-moddasiga koʻra soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatlarining buzilishi oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab boʻlishini, ammo penya miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasidan oshib ketishi mumkin emasligini eʼtiborga olishlari kerak.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari Soliq kodeksining 120-moddasiga muvofiq hisoblangan penyadan soliq toʻlovchini ozod etishga yoki penya miqdorini kamaytirishga haqli emas, penya miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasidan oshib ketgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Soliq toʻlovchining soliqqa oid huquqbuzarliklari uchun javobgarlik choralarini qoʻllash bilan bogʻliq ishlarga soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish va moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash haqidagi talablar ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish, soliq toʻlovchiga moliyaviy sanksiyani qoʻllash, uning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish, vakolatli organning qarorini haqiqiy emas deb topish, inkasso topshiriqnomasini ijro etilishi mumkin emas deb topish haqidagi ishlarni koʻrishda isbotlash majburiyati XPK 55-moddasining birinchi qismiga mos holda vakolatli organ zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 60-moddasi toʻrtinchi qismining mazmuniga koʻra soliq toʻlovchining rahbari yoki xodimiga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha hukm muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha xoʻjalik sudi uchun majburiydir. Bunda vakolatli organ tekshirish tartibi va qoidalari buzilmagan holda oʻtkazilganligini hamda soliq toʻlovchining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligini isbotlashdan ozod etiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan reabilitatsiya asoslariga muvofiq chiqarilgan hukm bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20.1. XPK 54-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga koʻra va Soliq kodeksi 67-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda olingan dalillar (soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hujjatlar yoki boshqa axborot) soliq toʻlovchini soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining xodimi tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jinoyat ishlari boʻyicha sudning maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarorida aniqlangan holatlar xoʻjalik sudi tomonidan dalil sifatida foydalanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Soliq tekshiruvi doirasidagi harakatlar amalga oshirilayotganda sodir etilgan biror bir holatni tasdiqlash uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda xolislar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvining natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslar, voyaga yetmagan shaxslar va davlat soliq xizmati organlari xodimlarining tekshirishda xolis sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu qoida buzilgan holda olingan dalillar xoʻjalik sudi tomonidan inobatga olinishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli organning daʼvo arizasi (arizasi)ga belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, XPK 118-moddasi birinchi qismining 5-bandiga muvofiq daʼvo arizasi (ariza) va unga ilova qilingan hujjatlar sud ajrimi bilan qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Soliq kodeksi 70-moddasining birinchi qismiga muvofiq, kameral nazorat soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir, ushbu Kodeks 71-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalaridan faqat taqdim etilayotgan soliq hisoboti toʻgʻriligini tahlil etish uchun, shuningdek soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yuritish uchun foydalaniladi. Kameral nazorat yoki xronometraj natijasi soliq toʻlovchini javobgarlikka tortish uchun asos boʻla olmaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Soliq kodeksi 108-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq hech kim soliqqa oid sodir etilgan aynan bitta huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlariga tushuntirilsinki, soliq toʻlovchi tomonidan bir nechta bir xil huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlanganda, u bir marta javobgarlikka tortiladi, javobgarlikka tortilgandan keyin sodir etilgan huquqbuzarliklar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Soliq kodeksi 108-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiyalar yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxsning aybli ijtimoiy xavfli qilmishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikka tortilganligi, uni soliqqa oid huquqbuzarligi uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Soliq kodeksida nazarda tutilgan javobgarlikka tortishdan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25.1. Sudlarga tushuntirilsinki, soliq toʻlovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, har bir huquqbuzarlik uchun alohida jarima tayinlanib, soʻngra Soliq kodeksi 108-moddasining sakkizinchi qismiga asosan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar uncha ogʻir boʻlmagan moliyaviy sanksiyani ogʻirroq jarima bilan qamrab olish yoxud tayinlangan jarimalarni toʻliq yoki qisman qoʻshish orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui boʻyicha qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25.2. Bir necha huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun moliyaviy sanksiyalarni qoʻllashda davlat soliq xizmati organi tomonidan arizada qoʻllanilishi soʻralayotgan jarimalarning eng yuqori miqdori ogʻirroq jarima hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari kerakki, uncha ogʻir boʻlmagan jarima ogʻirroq jarima bilan qamrab olinganda ogʻirroq jarima qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jarimaning uzil-kesil miqdori jarimaning yuqori miqdori nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan eng koʻp miqdoridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25.3. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, soliq toʻlovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, agar boshqa huquqbuzarliklar bilan bir qatorda Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ham mavjud boʻlsa va ushbu huquqbuzarlik uchun belgilangan moliyaviy jarima miqdori sodir etilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun belgilangan moliyaviy jarima miqdoridan ogʻirroq boʻlsa, jarimaning uzil-kesil miqdori toʻliq yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jarimaning uzil-kesil miqdori Soliq kodeksi 119-moddasining tegishli qismida nazarda tutilgan eng yuqori miqdoridan oshib ketishi mumkin emas, qisman qoʻshishda esa jarimaning uzil-kesil miqdori Soliq kodeksi 119-moddasining tegishli qismida nazarda tutilgan eng kam miqdordan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25.4. Sudlarga tushuntirilsinki, agar soliq toʻlovchi birinchi ish boʻyicha qaror chiqarilguniga qadar soliqqa oid yana boshqa huquqbuzarliklar sodir etganligi ish boʻyicha qaror chiqarilganidan soʻng aniqlansa, Soliq kodeksi 108-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jarima qoʻllaniladi. Bu holda, sud tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui boʻyicha tayinlangan jarima miqdorida birinchi qaror boʻyicha toʻlangan jarimaning summasi hisobga olinadi va bu haqda hal qiluv qarorida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikkinchi huquqbuzarlik uchun birinchi ish boʻyicha tayinlangan jarimaga nisbatan ogʻirroq jarima nazarda tutilgan boʻlsa, sud ikkinchi ish boʻyicha moliyaviy sanksiyani ikkita sanksiya oʻrtasidagi farq summasi miqdorida qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikkinchi huquqbuzarlik uchun birinchi ish boʻyicha tayinlangan jarimaga nisbatan yengilroq jarima nazarda tutilgan boʻlsa, sud ikkinchi ish boʻyicha moliyaviy sanksiyani qoʻllaydi, biroq, birinchi ish boʻyicha tayinlangan jarima ikkinchi huquqbuzarlik uchun nazarda tutilgan jarimani qamrab olganligi sababli qoʻllanilgan jarima undirilmaydi va bu haqda hal qiluv qarorida koʻrsatiladi.
(25.1 — 25.4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Soliq kodeksi 109-moddasining birinchi qismiga muvofiq shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi faktining yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksining 110-moddasida belgilangan holatlar soliq toʻlovchining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini va uni javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar hisoblanadi hamda bunday holatlardan loaqal bittasi boʻlganda soliq toʻlovchi javobgarlikka tortilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Soliq kodeksi 96-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga quyidagi hollarda murojaat qilishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilinganda yoki daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish soliq toʻlovchi tomonidan rad etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 25-fevraldagi 292-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Soliq kodeksi 101-moddasining birinchi qismiga koʻra davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq soliq tekshiruvi dalolatnomasining barcha nusxalari davlat soliq xizmati organlarining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq toʻlovchiga topshiriladi. Soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olganda dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻyishi shart. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq tekshiruvi natijalaridan rozi ekanligini anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Mazkur holda soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq toʻlovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va shu paytdan eʼtiboran soliq tekshiruvi tugallangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi dalolatnomasi soliq toʻlovchining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjat hisoblanmasligi sababli, soliq toʻlovchining uni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish haqidagi talablari xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.1. Soliq tekshiruvi oʻtkazilganda soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilmagan hollarda tekshirish oʻtkazilmagan va soliqqa oid huquqbuzarlik aniqlanmagan deb hisoblanadi. Shuning uchun davlat soliq xizmati organining soliq toʻlovchini soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori soliq tekshiruvi dalolatnomasiga asoslanmagan boʻlsa, bu holat ushbu qarorni haqiqiy emas deb topish yoki moliyaviy sanksiya qoʻllashni rad etish uchun asos boʻladi. Soliq kodeksining 113, 118, 120-moddalarida koʻrsatilgan huquqbuzarliklar hamda qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa huquqbuzarliklar bundan mustasno.
(28.1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining SKning 92 — 104-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etmaganligi davlat soliq xizmati organining qarori davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan bekor qilinishi yoki mazkur qarorning sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi uchun asos boʻlishi mumkin.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Soliq kodeksi 103-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilganidan keyin besh ish kunidan kechiktirmasdan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlarni va penyani hisoblash yoki buni rad etish haqida yoxud soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortish yoki buni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda uning nusxasi tilxat olish orqali yoki soliq toʻlovchi tomonidan olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali soliq toʻlovchiga topshiriladi. Agar soliq toʻlovchiga qaror nusxasini topshirishning imkoni boʻlmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan joʻnatiladi va joʻnatilganidan eʼtiboran uch kun oʻtgach, topshirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organining qaroridan norozi boʻlsa, davlat soliq xizmati organining yuqori turuvchi organiga qarorni (butunlay yoki qisman) bekor qilishni soʻrab yoxud xoʻjalik sudiga qarorni (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topishni soʻrab ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organi qarorining nusxasi olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qarorda koʻrsatilgan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penya summasini toʻlamasa yoxud qarorning nusxasini olgach soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penya summasini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida yozma bildirish taqdim etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi Soliq kodeksining 62—65-moddalariga muvofiq soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penyani majburiy ravishda undirish choralarini koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Soliq kodeksi 104-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organi qarorining nusxasi olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qarorda koʻrsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etsa hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penya summasini toʻlasa davlat soliq xizmati organi qarorining soliq toʻlovchiga nisbatan qoʻllaniladigan jarima qismi bekor qilingan hisoblanadi. Mazkur norma Soliq kodeksining 114, 119-moddalarida koʻrsatilgan hollarga tatbiq etilmaydi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organi qarorining nusxasi olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlash toʻgʻrisidagi yoki uni rad etganligi toʻgʻrisidagi yozma bildirishni taqdim etmagan yoxud rad etganligi toʻgʻrisida yozma bildirish taqdim etgan taqdirda, shuningdek Soliq kodeksi 104-moddasining beshinchi qismiga muvofiq berilgan muddat ichida jarima toʻlanmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchiga nisbatan jarima qoʻllash toʻgʻrisida ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari nizolarni davlat soliq xizmati organlarining daʼvo arizalarida (arizalarida) bildirilgan talablar va qarorlarida koʻrsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar doirasida hal etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organlarining soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penyani hisoblash yoki soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortish haqidagi qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Soliq kodeksining 18-bobida belgilangan tartib va muddatlarda shikoyat berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Soliq kodeksi 112-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq toʻlovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qoʻllaniladi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq toʻlovchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan SK 54-moddasining uchinchi qismiga koʻra moliyaviy jarimani boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan boʻlsa, ushbu muddat davomida, yaʼni muddat tugamasdan davlat soliq xizmati organi sudga moliyaviy jarima qoʻllash haqida ariza bilan murojaat qilganda, ariza XPK 118-moddasi birinchi qismining 6-bandiga muvofiq qaytarilishi, ushbu holat yuzasidan arizasi ish yurituvga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, XPK 88-moddasining 5-bandiga muvofiq ariza koʻrmasdan qoldirilishi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35.1. Soliq kodeksi 112-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq qoʻllaniladigan moliyaviy sanksiya huquqbuzarlikning oqibatlariga nomutanosib boʻlgan, javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, shuningdek huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olib, sud Soliq kodeksining 17-bobida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq, biroq belgilangan sanksiya eng kam miqdorining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda, sabablar va asoslarni albatta koʻrsatgan holda moliyaviy sanksiya qoʻllashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlarni eʼtibori moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq qoʻllash sudning huquqi ekanligiga qaratilsin. Ushbu huquqni amalga oshirishda sud qoʻllaniladigan moliyaviy sanksiya miqdorining sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik oqibatlariga mutanosibligini baholashi, javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarning mavjudligini aniqlashi, soliq toʻlovchining moddiy ahvolini hisobga olishi lozim. Bunda inobatga olish kerakki, javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarning mavjudligi soliq toʻlovchi tomonidan isbotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi 111-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarning roʻyxati tugal boʻlmaganligi bois, sud soliq toʻlovchi tomonidan soliqlarni muntazam ravishda toʻlab kelinganligini, soliqqa oid huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etilganligini, uning moliyaviy ahvoli ogʻirligini, moliyaviy sanksiyaning qoʻllanilishi oqibatida iqtisodiy nochor (bankrotlik) holatiga tushishi mumkinligini va soliq toʻlovchini ijobiy tavsiflovchi boshqa holatlarni yengillashtiruvchi deb hisoblashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, agar soliq toʻlovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan boʻlib va moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlsa, Soliq kodeksi 112-moddasining toʻrtinchi qismidagi qoida har bir modda yoki moddaning har bir qismi yoxud ularning ayrimlari boʻyicha alohida qoʻllanilishi mumkin. Bunda jarimaning uzil-kesil miqdori toʻliq qoʻshish yoʻli bilan aniqlanib, va u davlat soliq xizmati organi tomonidan arizada qoʻllanilishi soʻralayotgan jarimaning eng yuqori miqdoridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq qoʻllanilishi sabablari va asoslari koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining xulosa qismida har bir huquqbuzarlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan Soliq kodeksining tegishli moddasi, huquqbuzarlikning har biri boʻyicha Soliq kodeksi 112-moddasining toʻrtinchi qismi alohida qoʻllanilganligi va ushbu bandning toʻrtinchi xatboshida belgilangan qoida boʻyicha aniqlangan moliyaviy sanksiyaning uzil-kesil miqdori koʻrsatiladi.
(35.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Xoʻjalik sudlariga tushuntirilsinki, Soliq kodeksi amalga kiritilishi munosabati bilan 2008-yil 1-yanvardan boshlab sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun huquqiy taʼsir choralari faqat tadbirkorlik subyektlariga emas, balki barcha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga sud tartibida qoʻllaniladi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq toʻlovchi sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Soliq kodeksi 53-moddasining birinchi qismiga muvofiq banklar soliq toʻlovchining soliqni va (yoki) boshqa majburiy toʻlovni oʻtkazishga doir toʻlov topshiriqnomalarini, shuningdek tegishli vakolatli organning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomalarini “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomada (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012-yil 15-martda 2342-son bilan roʻyxatga olingan), “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013-yil 3-iyunda 2465-son bilan roʻyxatga olingan) hamda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomada (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012-yil 1-fevralda 2320-son bilan roʻyxatga olingan) belgilangan navbatda bajarishlari shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37.1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori Soliq kodeksi 63-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq soliq qarzi summasini undirish soliq toʻlovchining barcha bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlaridan amalga oshirilishi, qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratish mumkin boʻlmagan hisobvaraqlar bundan mustasnoligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37.2. Soliq kodeksi 53-moddasining oltinchi qismiga muvofiq bankning aybi bilan soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini oʻtkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻtkazilmagan summasini 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qoʻllaniladigan penya bankning oʻz soliq majburiyatlari bajarilishini kechiktirganligi uchun emas, balki mijozning soliq majburiyatlari bajarilishini kechiktirganligi uchun bankka nisbatan belgilangan huquqiy taʼsir chorasi boʻlib, u huquqiy tabiati boʻyicha moliyaviy sanksiya hisoblanadi va sud tartibida qoʻllaniladi, bank sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan hamda penyani ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37.3. Davlat soliq xizmati organining moliyaviy sanksiya qoʻllash haqidagi arizasi bank filialiga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, bankni javobgar sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilish masalasi xoʻjalik sudi tomonidan XPKning 38-moddasiga muvofiq hal etiladi. Davlat soliq xizmati organining arizasi qanoatlantirilganda moliyaviy sanksiya bank filialiga emas, balki bankning oʻziga qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga muvofiq kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, — kirim qilinmagan tovar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi, ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq esa tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 25-fevraldagi 292-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻzgʻatilgan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish yoki jinoyat ishi doirasida kirim qilinmagan tovarlar davlat daromadiga oʻtkazilgan taqdirda, Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiya qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyat ishlari boʻyicha sudning hukmi, ajrimi, qarori yoki hal qiluv qaroriga asosan kirim qilinmagan tovarlar yoʻq qilingan boʻlsa, Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sanksiya qoʻllanilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, sudlar Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga asosan moliyaviy sanksiya qoʻllashda ushbu ish maʼmuriy yoki jinoiy ish bilan bogʻliqligini aniqlashlari hamda sud hujjatlarida bayon etilgan holatlarga asoslanishlari lozim.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qaroriga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38.1. Kirim qilinmagan tovarlarni saqlash deganda buxgalteriya hujjatlarida aks ettirilmasdan saqlanayotgan, realizatsiya qilishga chiqarilgan va realizatsiya qilingan tovarlar tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorning daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish daftari va tovar cheklari daftarchasi hisoblanadi. Daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(38.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim qilinmagan tovarlarning qiymati yuzasidan nizo vujudga kelgan holda, u manfaatdor tarafning iltimosnomasi boʻyicha xoʻjalik sudi tomonidan tayinlangan mutaxassis (ekspert)ning xulosasiga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38.2. Soliq kodeksi 114-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
(38.2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti hujjat bilan tasdiqlanganda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasining hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjatlarning almashtirilganligi, soxtalashtirilganligi yoki yoʻq qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi.
(38.2-bandning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagi “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF—1504-sonli Farmoni 3-bandining beshinchi xatboshisiga muvofiq barcha chakana savdo korxonalari, shuningdek aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalarning tushgan naqd pul mablagʻlarini har kuni bank muassasalariga topshirmasligi ham tushumni yashirish deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu roʻyxat tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38.3. Soliq kodeksi 114-moddasining uchinchi qismiga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) summasiga qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash amalga oshiriladi.
(38.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini ishlatish majburiy boʻlgani holda ularni ishlatmasdan (oʻrnatmasdan) savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish majburiy boʻlgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʻrsatganlik Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorda, texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik yoki fiskal xotirasining xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, shuningdek plastik kartochkalar asosida toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik Soliq kodeksi 119-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40.1. Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan miqdorda, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda esa ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan miqdorda jarima solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jarima qoʻllanilganidan keyin bir yillik muddat deganda, soliqqa oid huquqbuzarlik uchun jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlash uchun muddat berish toʻgʻrisidagi davlat soliq xizmati organining qarori qabul qilingan kun yoki jarima sud tartibida qoʻllanilgan kundan boshlab oʻn ikki oy ichida sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik tushuniladi.
(40.1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40.2. Agar soliq toʻlovchining bir necha savdo shoxobchalari mavjud boʻlsa va bir soliq tekshiruvi jarayonida ularning har birida Soliq kodeksining 119-moddasida nazarda tutilgan bir xildagi huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlangan taqdirda, soliq toʻlovchiga bir marta moliyaviy sanksiya qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40.3. Ushbu toifadagi nizolarni hal etishda xoʻjalik sudlari fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining va yozib beriladigan bir martalik kvitansiyalarning davlat soliq xizmati organidan roʻyxatdan oʻtkazilganligiga eʼtibor qaratishlari lozim. Tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan nazorat-kassa mashinalari va kvitansiyalardan foydalanganlik soliq toʻlovchiga Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jarima qoʻllash uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40.4. Sertifikatlash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan majburiy tartibda sertifikatlanmagan va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik sifatida qaraladi hamda ushbu holat Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jarima qoʻllash uchun asos boʻladi.
(40.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40.5. Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik yoki fiskal xotirasining xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik holati soliq tekshiruvi davomida olingan bunday xulosa berishga vakolatli boʻlgan mustaqil tashkilotning xulosasi bilan tasdiqlanishi lozim.
(40.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Nizo boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar soliq toʻlovchi tomonidan soliq qarzi va moliyaviy sanksiya toʻlangan boʻlsa, xoʻjalik sudi nizo bartaraf etilganligi sababli daʼvoni qanoatlantirishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq toʻlovchi tomonidan daʼvo talabida koʻrsatilgan summa qisman toʻlangan boʻlsa, xoʻjalik sudi soliq toʻlovchining mol-mulkidan undiruvni soliq qarzining qolgan summasiga qaratadi, moliyaviy sanksiyaning qolgan summasini qoʻllaydi. Mol-mulkka undiruv qaratilishi yoki qoʻllanilishi lozim boʻlgan summaning aniq miqdori sudning hal qiluv qarorida koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Xoʻjalik sudlari shuni eʼtiborga olishlari lozimki, agar soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etgan soliq toʻlovchi — yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa, unga huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi 51-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatini bajarish, qayta tashkil etish tugallanguniga qadar huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs soliq majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi faktlari va (yoki) holatlari maʼlum boʻlganligi yoxud maʼlum boʻlmaganligidan qatʼi nazar, uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshirish hujjatida soliq qarzining huquqiy vorisga oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotning mavjud emasligi, huquqiy vorisni ushbu soliq qarzi boʻyicha javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Moliyaviy sanksiyani qoʻllashda xoʻjalik sudlari Soliq kodeksining 111-moddasida belgilangan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarning tugal emasligini, ogʻirlashtiruvchi holat esa tugal hisoblanishini inobatga olishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-bandning ikkkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Xoʻjalik sudlari qonun hujjatlari buzilgan har bir holat boʻyicha mansabdor shaxslarning javobgarligi masalalarini hal etib, huquqbuzarlikni keltirib chiqargan sabablar va sharoitlarni puxta oʻrganib, xususiy ajrimlar chiqarish yoʻli bilan ularni bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 18-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210-son