Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2021 10.07.2012 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2021
Hujjat 10.07.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI HUZURIDA HARBIY-TIBBIYOT FAKULTETINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi 36-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy xizmat ofitsyerlari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazini hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy kafedrasini qayta oʻzgartirish yoʻli bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida Harbiy-tibbiyot fakulteti (keyingi oʻrinlarda fakultet deb ataladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, fakultet yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan oliy harbiy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori intellektual salohiyatga, harbiy tibbiyot sohasida puxta bilimlarga ega, oʻz Vataniga cheksiz sadoqatli, tinch va harbiy davrda qoʻshinlarni tibbiy taʼminlashni samarali tashkil etishga qodir boʻlgan tibbiy xizmatning yuqori malakali ofitsyerlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezerv va zaxira tibbiy xizmatning tibbiyot boʻlinmalarini murakkab taktik sharoitlarda boshqarishga qodir boʻlgan, qoʻshinlarni tibbiy taʼminlash boʻyicha puxta bilimlarga ega ofitsyerlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy vrachlarning harbiy va kasbiy tayyorgarligi darajasini muntazam oshirishni, maxsus bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish va yangilab borishni, yangi tibbiy texnologiyalarni oʻzlashtirishiga koʻmaklashishni nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlajak tibbiy xizmat ofitsyerlarida yuksak maʼnaviy-axloqiy, psixologik va yetakchilik sifatlarini, vatanparvarlik hamda oʻz Vatanidan va mamlakat Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, Oʻzbekiston mustaqilligi gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini tarbiyalash, ularda keng dunyoqarashni va intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, Qurolli Kuchlar tibbiy xizmatining davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi kurashish faoliyatiga zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshinlarni tibbiy taʼminlashni tashkil etish, harbiy-tibbiy kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sohasida oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud oʻquv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, oʻquv jarayoniga tibbiy xizmat ofitsyerlari tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini taʼminlaydigan oʻqitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultetda tibbiy xizmat ofitsyerlarini tayyorlash “Harbiy tibbiyot” oliy taʼlim yoʻnalishi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi oliy tibbiy taʼlim muassasalarining “Davolash ishi” yoʻnalishi boʻyicha oʻqishning beshinchi kursini bitirgan talabalarini ikki yil muddat bilan oʻqitish orqali amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosida harbiy-kasbiy tanlab olishdan oʻtgan va fakultetga qabul qilingan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasasi kursanti maqomi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultetning “Harbiy tibbiyot” yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida harbiy taʼlim tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 19-apreldagi F-2193-son farmoyishi bilan belgilangan namunadagi oliy taʼlim toʻgʻrisidagi diplom va “harbiy vrach” malakasi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultetni bitirgan tibbiy xizmat ofitsyerlari kadrlarni qayta tayyorlash tizimida olingan tor ixtisoslikka ega boʻlishgan taqdirda izlanuvchilar sifatida ilmiy ishlar olib borish hamda nomzodlik (doktorlik) dissertatsiyasini himoya qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiyot muassasalari, Toshkent tibbiyot akademiyasining klinika va kafedralari fakultetning asosiy oʻquv bazalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining tuzilmasi hamda Ustavi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultetning tarkibiy boʻlinmalarini shakllantirish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining belgilangan shtatlar soni doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultetga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan fakultet boshligʻi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda fakultetni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiyot muassasalarining tayyorgarlikka, qoʻshinlarda amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislari, shuningdek mamlakatning yetakchi klinikalari mutaxassislari orasidan professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari bilan taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat taʼlim standartini va oʻquv rejasini, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga davlat talablari ishlab chiqilishini va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultetning professor-oʻqituvchilar tarkibi xodimlarining kasbiy darajasini oshirish, fakultetning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, taʼlim fanlari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish va nashr etish, kursantlarning oʻqishi va yashashi uchun uy-joy-maishiy sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultetning ofitser, serjant va oddiy askar tarkiblaridagi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari hamda oʻqiyotgan kursantlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining tegishli toifalari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha taʼminotlar, kafolatlar va imtiyozlar turlari bilan taʼminlanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kalendar hisobi boʻyicha kamida oʻn yil xizmat qilgan fakultet bitiruvchilariga xizmatdan boʻshatilish chogʻida oliy taʼlim muassasasidagi oʻqigan vaqti (fakultetga qabul qilingungacha) oʻqishning bir oyini xizmatning bir oyiga hisoblagan holda haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, fakultet taʼminoti, shu jumladan harbiy xizmatchilarning pul taʼminoti hamda ishchilar va xizmatchilarga, Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiyot muassasalari boʻlimlarining yetakchi, bosh tibbiyot mutaxassislari hamda boshliqlari orasidan (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soatbay ish haqi toʻlash sharti boʻyicha ishlaydigan) shtatsiz oʻqituvchilarga ish haqi toʻlovlari boʻyicha xarajatlar, tanlab olish boʻyicha tanlovlarni, shu jumladan test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash har yili Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-oʻqituvchilar tarkibi xodimlariga fakultet kursantlarini oʻqitganlik uchun mehnat haqi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga “Maorif” sohasi boʻyicha ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fakultet Toshkent shahar, Ziyolilar koʻchasi, 4-uyga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-iyuldagi 203-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-iyuldagi 203 -son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Ustav “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”, “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti (keyingi oʻrinlarda fakultet deb ataladi) faoliyatining huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fakultet tibbiy xizmat ofitsyerlarini, rezerv va zaxiradagi tibbiy xizmat ofitsyerlarini tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (keyingi oʻrinlarda Qurolli Kuchlar deb ataladi) tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha oliy harbiy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fakultet oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va ushbu Ustavga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fakultet yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, muhrlarga, shtampga, oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa belgilar va rekvizitlarga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fakultetning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Ziyolilar koʻchasi, 4-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Ustavda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi xodimlari — ofitser, serjant va oddiy askar tarkiblarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlarning tegishli maʼlumot va malakaga ega boʻlgan, Qurolli Kuchlarning harbiy tibbiy muassasalari va harbiy-tibbiy boʻlinmalari tarkibiga kiradigan xizmatchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshinlarni tibbiy taʼminlash — davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar, qoʻshinlarni ommaviy qirgʻin qurolidan himoya qilish boʻyicha tibbiy xizmat tadbirlari, shuningdek qoʻshinlarni tibbiyot mol-mulki bilan taʼminlash tadbirlari kompleksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy vrach — oliy tibbiy maʼlumotli, haqiqiy harbiy xizmatdagi, vrach sifatida yoki maʼmuriy faoliyat bilan shugʻullanadigan harbiy xizmatchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezerv yoki zaxiradagi tibbiy xizmat ofitseri — oliy tibbiy taʼlim muassasalarining oʻquv boʻlinmalarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan, oʻqitish dasturini oʻzlashtirgan, belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan, birlamchi ofitser unvonini olgan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Fakultetning asosiy maqsadlari va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tibbiy xizmat ofitsyerlari, rezerv va zaxira tibbiy xizmat ofitsyerlari tayyorlashning samarali tizimini tashkil etish, Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, shuningdek harbiy tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish fakultetning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori intellektual salohiyatga, harbiy tibbiyot sohasida puxta bilimlarga ega, oʻz Vataniga cheksiz sadoqatli, tinch va harbiy davrda qoʻshinlarni tibbiy taʼminlashni samarali tashkil etishga qodir boʻlgan tibbiy xizmatning yuqori malakali ofitsyerlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezerv va zaxira tibbiy xizmatning tibbiyot boʻlinmalarini murakkab taktik sharoitlarda boshqarishga qodir boʻlgan, qoʻshinlarni tibbiy taʼminlash boʻyicha puxta bilimlarga ega ofitsyerlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, bunda harbiy vrachlarning harbiy va kasbiy tayyorgarligi darajasini muntazam oshirishni, maxsus bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish va yangilab borishni, yangi tibbiy texnologiyalarni oʻzlashtirishga koʻmaklashishni nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlajak tibbiy xizmat ofitsyerlarida yuksak maʼnaviy-axloqiy, psixologik va yetakchilik sifatlarini, vatanparvarlik hamda oʻz Vatanidan va mamlakat Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, Oʻzbekiston mustaqilligi gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini tarbiyalash, ularda keng dunyoqarashni, intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, Qurolli Kuchlar tibbiy xizmatining davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi kurashish faoliyatiga zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshinlarni tibbiy taʼminlashni tashkil etish, harbiy-tibbiy kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sohasida oʻquv hamda metodik adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud oʻquv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, oʻquv jarayoniga tibbiy xizmat ofitsyerlari tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini taʼminlaydigan oʻqitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻquv-tarbiyaviy jarayonni va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻquv-tarbiya jarayoni oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullaridan, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat taʼlim standartiga, shuningdek Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimiga davlat tomonidan qoʻyiladigan talablarga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv rejasi va dasturlar asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fakultetda ilmiy va metodik ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qaroriga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Harbiy stajirovka va kursantlar amaliyotining boshqa turlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlarida va harbiy-tibbiyot muassasalarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fakultetda kursantlarni oʻqitish oʻquv rejasiga muvofiq ixtisosli fanlar boʻyicha majburiy tartibda davlat imtihonlari topshirish bilan tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fakultetni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga “harbiy vrach” malakasi berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida harbiy taʼlim tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 19-apreldagi F-2193-son farmoyishi bilan belgilangan namunadagi oliy taʼlim toʻgʻrisidagi diplom beriladi. Diplomga ilovada oliy tibbiy taʼlim muassasalari va fakultetdagi butun oʻqish davri uchun barcha fanlar boʻyicha kursant tomonidan olingan reyting ballari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fakultetda oʻqitish davlat tilida va rus tilida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Fakultetda taʼlim oluvchilar kontingenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Harbiy vrachlar tayyorlash kurslarining kursantlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari, shuningdek Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent farmatsevtika institutining rezerv va zaxira ofitsyerlari tayyorlash kurslariga qabul qilingan talabalari fakultetda taʼlim oluvchilar kontingenti jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Harbiy vrachlar tayyorlash kurslari kursantlari va ularni tanlab olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi oliy tibbiy taʼlim muassasalarining “Davolash ishi” yoʻnalishi boʻyicha oʻqishning beshinchi kursini tamomlagan, tanlov asosida harbiy-kasbiy tanlovdan oʻtgan talabalari fakultet kursantlari etib qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fakultetda oʻqish uchun nomzodlarni harbiy-kasbiy tanlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashlari tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrugʻi bilan fakultetda oʻqish uchun talabalar orasidan nomzodlarni tanlab olish komissiyasi tarkibi eʼlon qilinadi. Fakultet boshligʻi qabul komissiyasining raisi etib tayinlanadi. Tanlov asosida tanlab olish fakultet bazasida har yili aprel-may oylarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar nomzodlarni tanlab olishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning fakultetda oʻqishni davom ettirish xohishi toʻgʻrisidagi shaxsiy arizasi (fakultet boshligʻi nomiga beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga yaroqlilik (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda Qurolli Kuchlarda tibbiy tekshiruv toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi tibbiy tekshiruv natijalari boʻyicha, oliy harbiy taʼlim muassasasi huzuridagi harbiy-tibbiy komissiyaning yakuniy tibbiy tekshiruvi asosida aniqlanadi);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning fakultetda oʻqish tamom boʻlgandan keyin besh yil mobaynida Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatni oʻtash majburiyati (oʻz qoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri nomiga yozilgan raporti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
griflangan adabiyotlar va uchinchi shakl boʻyicha buyumlar bilan ishlashga ruxsat berilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nomzodning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini rasmiylashtirish hamda griflangan adabiyotlar va buyumlar bilan ishlashga ruxsat berish nomzodning fakultetda oʻqishni davom ettirish xohishi toʻgʻrisidagi shaxsiy arizasi berilgan paytdan boshlab nomzod harbiy hisobga olingan joy boʻyicha mudofaa ishlari boʻlimlarida (boshqarmalarida) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagilar fakultetda oʻqish uchun nomzodlarni tanlov asosida tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tibbiy tekshiruv natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) psixologik test sinovi natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) umumkasbiy fanlar boʻyicha test sinovlari orqali intellektual qobiliyatlarni baholash natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlarini oʻtkazish va tashkil etish tartibi Davlat test markazi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi, keyinchalik u belgilangan tartibda Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tanlov asosida tanlab olishni oʻtkazish tartibi va fakultetga qabul qilish mexanizmi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Nomzodlarni fakultetga qabul qilish fakultet boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy taʼlim boshqarmasi bilan kelishilgan buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Fakultet boshligʻining nomzod fakultetga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma harbiy xizmatga chaqiriqni rasmiylashtirish uchun nomzod harbiy hisobga olingan joy boʻyicha mudofaa ishlari boʻlimiga (boshqarmasiga) va fakultetga oʻtkazish uchun oliy (tibbiy) taʼlim muassasasi rektori nomiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kursantlarni kursdan kursga oʻtkazish fakultet boshligʻining buyrugʻi bilan, reyting nazorati va yakuniy nazorat natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Fakultet kursantlari oʻzlashtirmaslik, intizomsizlik, sogʻligʻining holati boʻyicha (harbiy-tibbiy komissiyaning qarori asosida), shuningdek oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oʻqishni davom ettirish imkoniyati yoʻqligi munosabati bilan oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashlari tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fakultetdan chetlatilgan kursantlarni oʻqishga tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilari va tibbiy tarkibi xizmatchilari fakultetning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kurslarni tinglovchilar bilan butlash, tinglovchilarning huquq va burchlari, shuningdek ularni oʻqishdan chetlashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Fakultetning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari Mudofaa vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiyot muassasalari bazasida oʻqitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-tibbiyot fakulteti shtatida ular boʻyicha tegishli oʻqituvchilar nazarda tutilmagan maxsus oʻquv fanlarini oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiyot muassasalari boʻlimlarining yetakchi, bosh tibbiyot mutaxassislari va boshliqlari orasidan shtatsiz oʻqituvchilar soatbay haq toʻlash shartlari bilan jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtatsiz oʻqituvchilar tomonidan ularga soatbay haq toʻlash shartlari bilan bajariladigan fanlar va mashgʻulotlar turlari boʻyicha oʻquv ishlari hajmi oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Rezerv va zaxira ofitsyerlarini tayyorlash kurslari talabalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent farmatsevtika institutida oʻqiyotgan, rezerv va zaxira ofitsyerlarini tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqitish uchun qabul qilingan shaxslar fakultetning rezerv va zaxira ofitsyerlarini tayyorlash kurslari talabalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kurslarni talabalar bilan butlash, talabalarning huquq va burchlari, shuningdek ularni oʻqishdan chetlashtirish tartibi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Fakultet talabalarini rezerv va zaxira ofitsyerlarini tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqitish harbiy-tibbiyot fakultetining oʻquv bazasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Harbiy-tibbiyot fakultetining tuzilmasi va rahbarlikni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Fakultet tarkibida boshqarma, kafedralar, oʻquv kurslari va taʼminot boʻlinmalari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Fakultetga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan fakultet boshligʻi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Fakultet boshligʻi tinchlik davrida va harbiy davrda fakultetga bevosita rahbarlik qiladi hamda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultetning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, rejalashtirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkibning harbiy intizomi va maʼnaviy-psixologik holati hamda harbiy xizmatning xavfsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki tartib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol-yarogʻ, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalarning holati va saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultetning moddiy-texnik, tibbiy, moliyaviy, ijtimoiy-huquqiy va maishiy taʼminoti uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Fakultet boshligʻi oʻzining oʻquv, metodik, ilmiy ishlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatida qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kafedralar boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, kafedralarning katta oʻqituvchilari va oʻqituvchilari lavozimidagi ofitsyerlar, shuningdek Qurolli Kuchlarning oʻqituvchilar lavozimidagi xizmatchilari fakultetning professor-oʻqituvchilar tarkibiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Davlat organlarining fakultetni boshqarish boʻyicha vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat taʼlim standarti, davlat talablari, oʻquv rejasi, oʻqitish dasturlarining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ilmiy, amaliy va oʻquv-metodik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv adabiyotlari va oʻquv-metodik adabiyotlarning ishlab chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq fakultetning oʻquv va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikalari, kafedralari, laboratoriyalari va oʻquv auditoriyalarini fakultetning oʻquv bazasi sifatida taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, umumharbiy va harbiy-tibbiy fanlar boʻyicha ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy yoʻnalishdagi oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish, nashr etish va ular bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultetning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda fakultet faoliyatini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarni va fakultetda harbiy xizmatni oʻtayotgan kursantlarni Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining tegishli toifalari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼminot turlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda fakultetni Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiyot muassasalarining tayyorgarlikka, qoʻshinlarda amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislaridan, shuningdek mamlakatning yetakchi klinikalari mutaxassislaridan professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy-boshqaruv tarkibi xodimlari bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash fakultetda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Fakultetda tibbiy tarkib xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi sertifikatlar namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Fakultetni moliyalashtirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Davlat (respublika) budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar harbiy-tibbiyot fakultetini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Fakultetni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 318-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son; 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)