25.05.2012 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi PLENUMIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QarorI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLIK VA JINOYAT ISHLARI BOʻYICHA SUD ISHLARINI YURITISH SOHASIDA XALQARO HAMKORLIKNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda sud amaliyotida ayrim masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarga tushuntirilsinki, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlik davlatlar tomonidan mazkur toifadagi ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishda ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatlararo munosabatlarda fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish deganda, bir davlatning vakolatli organi tomonidan boshqa (xorijiy) davlatning shunday organi topshirigʻi boʻyicha ayrim protsessual, tezkor-qidiruv va boshqa harakatlarni bajarilishi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlik sud, prokuror, tergovchi va surishtiruv organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy yordam toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq xalqaro shartnomalar shartnoma, kelishuv, konvensiya, protokol, memorandum, deklaratsiya va h.k. shakllarda tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi normalar nafaqat mazkur masalaga doir maxsus xalqaro shartnomalarda, balki boshqa ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar tarkibida ham (masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1999-yil 9-dekabrdagi, transmilliy tashkiliy jinoyatchilikka qarshi 2000-yil 15-noyabrdagi, korrupsiyaga qarshi 2003-yil 31-oktabrdagi konvensiyalari va boshqalarda) mavjud boʻlishi mumkin. Bunda huquqiy yordam toʻgʻrisida soʻrov yuborish va ijro etishning zarur sharti shundan iboratki, hamkorlikka kirishayotgan davlatlardan har biri koʻp tomonlama shartnoma ishtirokchisi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining kuchga kirgan xalqaro shartnomalari, shuningdek protsessual qonunchilik normalariga, jumladan, FPK 1-moddasining uchinchi qismi, 14, 363-moddalari, JPK 3, 4, 592 — 609-moddalariga amal qilinishi lozim.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomani qoʻllash masalasini hal etishda, qonunga koʻra, (“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasi) xalqaro shartnoma shartnomaning oʻzida nazarda tutilgan yoki ahdlashuvchi tomonlar oʻrtasida kelishilgan tartibda va muddatlarda kuchga kirishiga doir qoidadan kelib chiqish kerak.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. JK 12-moddasining uchinchi qismiga muvofiq shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida boʻlishi-boʻla olmasligi masalasini aniqlashda, jinoyatchilikka qarshi kurash va jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining yurisdiksiyaga oid qoidalaridan kelib chiqish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasining 7-moddasi qoidalariga koʻra, chet el fuqarosi yoki Oʻzbekistonda doimiy yashamaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxs respublika hududi tashqarisida sodir etgan jinoyati uchun, agarda, masalan, Oʻzbekistonda boʻlib, boshqa davlat-Konvensiya ishtirokchisiga ushlab berilishi mumkin boʻlmasa Oʻzbekiston JK boʻyicha javobgarlikka tortilishi mumkin. Oʻxshash normalar BMT Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni gʻayriqonuniy ravishda muomalaga kiritishga qarshi kurash toʻgʻrisida 1988-yil 20-dekabrdagi konvensiyasining 4-moddasi, Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasining 15-moddasi va boshqa shartnomalarda nazarda tutilgan.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shuni nazarda tutish lozimki, FPK 363-moddasi, JPK 592-moddasi mazmuniga koʻra, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida huquqiy yordam oʻzarolik prinsipiga asosan ham koʻrsatilishi mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzarolik prinsipi, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining biror-bir xorijiy davlat bilan huquqiy yordam toʻgʻrisida xalqaro shartnomasi mavjud boʻlmagan hollarda qoʻllanilishi mumkin. Bunga ehtiyoj boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi (Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati) xorijiy davlat vakolatli organiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida soʻrov kiritadi va unda oʻziga xorijiy davlat vakolatli organining topshirigʻi boʻyicha zarur protsessual harakatlarni bajarish yuzasidan majburiyat olganligini yozma ravishda tasdiqlaydi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida huquqiy yordam, shu jumladan, quyidagi koʻrinishlarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar hamda sud, bank, moliyaviy, yuridik va boshqa hujjatlar asli va tasdiqlangan nusxalarini tuzish, joʻnatish, taqdim etish, topshirish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tintuv oʻtkazish, predmetlar va hujjatlarni olib qoʻyish, mol-mulkni aniqlash va xatlash, shaxsning daromadini aniqlash, ashyoviy dalillarni joʻnatish va berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzdan kechirish, guvohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar, javobgar, uchinchi shaxslar (ularning vakillarini), jabrlanuvchilar, ayblanuvchilar (sudlanuvchilar), guvohlar, ekspertlarni soʻroq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish, shuningdek huquqbuzarlik sodir etishda ayblanayotgan shaxslarni qidirish va ushlab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishini qoʻzgʻatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlarini, shu jumladan, hukm nusxalari yoki sud qarorlari, sudlanganlik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar (zarurat boʻlganda tegishli qonunchilik normalari matni ilova qilingan holda) taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlarini, ijro yozuvlarini, jinoyat ishlari boʻyicha hukmlarning fuqaroviy daʼvoga oid qismini tan olish va ijro etish.
(5-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida oʻzarolik prinsipiga asosan qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa koʻrinishdagi huquqiy yordam ham koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorijiy davlat hududida ayrim protsessual, tezkor-qidiruv va boshqa harakatlarni bajarish zarurati tugʻilganda, yurituvida fuqarolik yoki jinoyat ishi boʻlgan tegishli sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruv organi xorijiy davlatning vakolatli organiga tegishliligi boʻyicha quyidagilar orqali soʻrov kiritadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrilayotgan ishlarni yuritish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha, shu jumladan, sud tomonidan JPK 4057, 420-moddalari tartibida eʼlon qilingan qidiruv natijasida turgan joyi aniqlangan shaxsni ushlab turish va berish masalalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati orqali;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunda (JPK 593-moddasi) xorijiy davlat hududida jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov mazmuni va shakliga nisbatan muayyan talablar belgilangan. Bunday soʻrov, jumladan, quyidagilarni oʻzida aks ettirishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soʻrov yuborayotgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soʻrov yuborilayotgan organning nomi va joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jinoyat ishining nomlanishi va soʻrovning xususiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, uning tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, mashgʻuloti turi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi maʼlumotlar, uning protsessual maqomi (shu jumladan, sudlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot), yuridik shaxs uchun esa, uning nomi, yuridik manzili va joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar bayoni, shuningdek soʻralayotgan hujjatlar, ashyoviy va boshqa dalillar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uning tavsifi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qilmish jinoyat deb eʼtirof etilishiga asos boʻladigan tegishli moddasi matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) agar jinoyat natijasida zarar yetkazilgan boʻlsa, uning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalarga muvofiq, protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovda uni ijro etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinayotgan hujjatlar soʻrovni yuborayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda ular yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida oʻzarolik prinsipi asosida soʻrov yuborishning oʻziga xos xususiyati JPK 599-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan. Bunday soʻrov faqat quyidagi hollarda yuborilishi mumkin boʻlib, shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilgan taqdirda — agar soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan qilmish har ikkala davlat qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmish boʻlsa va uni sodir etganlik uchun bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo yoki undan ogʻirroq jazo nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmni ijro etish uchun ushlab berilgan taqdirda — agar shaxs olti oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki undan ogʻirroq jazoga hukm qilingan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qidiruvda boʻlgan shaxs xorijiy davlat hududida aniqlanganda, uni ushlash, hibsga olish, ushlab berish va etap qilish masalasi unga nisbatan qidiruv eʼlon qilgan sud tomonidan ajrim chiqarish va tegishli hujjatlarni, shu jumladan, shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaror, sudning ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi, qonuniy kuchga kirgan sudning hukmi, shuningdek, oʻtalmagan jazo muddati haqidagi maʼlumotnomani tasdiqlangan nusxalarni rasmiylashtirish yoʻli bilan hal qilinadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qidiruvda boʻlgan shaxsni ushlab turish, qamoqqa olish, ushlab berish va koʻchirib kelish zaruriyati toʻgʻrisidagi masalani hal etishda, sud mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK 84-moddasiga muvofiq, tugatish uchun asoslar bor-yoʻqligini tekshirishi lozim. Agar ish boʻyicha mazkur moddada nazarda tutilgan asoslardan birortasi mavjudligi aniqlansa, sud jinoyat ishini tugatishga nisbatan shaxsning roziligini olish toʻgʻrisida xorijiy davlatning vakolatli organiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali soʻrov yuborish bilan chegaralanishi mumkin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalqaro huquq normalari va JPK 600-moddasiga muvofiq xorijiy davlat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berilgan shaxs faqat ushlab berilguniga qadar oʻzi sodir etgan va faqat bunga uni ushlab bergan davlat roziligi olingan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilishi va jazolanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishni koʻrish paytida sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksi 59-moddasining sakkizinchi qismi yoki 60-moddasi qoidalariga muvofiq jazo tayinlash uchun asoslar aniqlansa va bunga xorijiy davlat vakolatli organining roziligi olinmagan boʻlsa, sud JPK 418-moddasi tartibida ishning muhokamasini keyinga qoldiradi va materiallarni mazkur masalani hal etish uchun prokurorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda shuni nazarda tutish lozimki, sudlanuvchining harakatlarini Jinoyat kodeksining yengilroq jazoni nazarda tutuvchi moddasiga (moddasi qismiga) qayta kvalifikatsiya qilish, shuningdek ayblovdan JKning biror-bir moddasini chiqarish uchun, agar xalqaro shartnomada boshqa holat nazarda tutilmagan boʻlsa, xorijiy davlat vakolatli organining roziligi talab etilmaydi.
(10-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar hukmni ijro etish bosqichida xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan shaxsni faqat u sudlangan ayrim jinoyat epizodlari yoki Jinoyat kodeksining ayrim moddalari boʻyicha ushlab berishga rozilik berilgan boʻlsa, sud qarorlari ularga tegishli sud instansiyasi tomonidan JPK 600-moddasi talablaridan kelib chiqadigan oʻzgarishlar kiritilgandan soʻng ijro etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tushuntirilsinki, JK 34-moddasining beshinchi qismiga koʻra, xorijiy davlatlar sudlarining hukmlari boʻyicha sudlanganlik holati shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish, javobgarlikni yoki jazoni ogʻirlashtiradigan holatlar, shu bilan birga jazoni ijro etish koloniya turini belgilashda inobatga olish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda hisobga olinishi mumkin. Boshqa barcha hollarda xorijiy davlat sudining hukmi boʻyicha sudlanganlik holatini sud faqat agar bu Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsagina tan olishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida xorijiy davlatning tegishli vakolatli organidan kelib tushgan soʻrovni bajarish shartlari va tartibi, bunday soʻrovni ijro etmasdan qaytarib yuborish asoslari va tartibi JPK 595-moddasida nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, xorijiy davlat hududida jinoyat sodir etgan va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida xorijiy davlat vakolatli organining soʻrovi, basharti Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida bunday qilmish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi norma mavjud boʻlmasa, ijro etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar ayni paytda shuni inobatga olishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida majburlov choralari (masalan, olib qoʻyish, tintuv, mol-mulkni xatlash, ushlab turish, qamoqda saqlash va boshqalar) bilan bogʻliq boʻlmagan protsessual harakatlarni soʻrov kiritilayotgan qilmish har ikkala davlat tomonidan jinoyat deb tan olinmagan taqdirda ham ijro etish nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qonunda (JPK 602-moddasi) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat berish va uni sud tomonidan koʻrishning alohida tartibi belgilangan. Bunda, agar shikoyatni berishdan kelib chiqadigan protsessual munosabatlar mazkur norma bilan tartibga solinmagan boʻlsa, sud JPK 551-bobida nazarda tutilgan tegishli normalarga amal qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday shikoyatni koʻrish natijalari boʻyicha chiqarilgan sud ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) JPK 13-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan uch nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrilishi lozim.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tushuntirilsinki, sudlarning xorijiy davlat vakolatli organlari bilan fuqarolik ishi boʻyicha oʻzaro hamkorlik tartibi FPK III boʻlimi normalari bilan tartibga solingan.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti va Xalqaro-huquqiy boʻlimiga quyidagilar tavsiya etilsin:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda muntazam va oʻz vaqtida sudyalarni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari roʻyxati, matni va xalqaro huquqning boshqa hujjatlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquq manbalarini muntazam tahlil etish va zarur amaliy qoʻllanmalar, sharhlar hamda boshqa metodik adabiyotlar chop etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabiga sudyalar va sud apparati xodimlari uchun oʻquv jarayonini tashkil etishda, sudlar faoliyatida xalqaro hamkorlik masalalarini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qoʻllashga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari vaqti-vaqti bilan fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikka oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirib borsin, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etsin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi B.MUSTAFAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi A.USMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 25-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son