Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
Qarori
NAZORAT QILUVChI ORGANLAR TOMONIDAN TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI — YuRIDIK ShAXSLAR FAOLIYATIDA OʻTKAZILADIGAN TEKShIRIShLARNI MUVOFIQLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1573-5 ]
Mazkur qaror Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 14-martdagi 1-sonli “Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2880, 06.05.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 18-son, 201-modda) muvofiq hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Kengash qaror qiladi:
1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2006-yil 11-martdagi 06-01-01-son qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 1573, 2006-yil 6-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 19-son, 168-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Bosh vazir, Kengash raisi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 25-iyun,
01-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 307-modda)